Научная статья на тему 'PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINI PROFILAKTIK XISOBGA OLINGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATIGA YANGICHA MEXANIZM JORIY ETISH BO‘YICHA'

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINI PROFILAKTIK XISOBGA OLINGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATIGA YANGICHA MEXANIZM JORIY ETISH BO‘YICHA Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
profilaktik xisob / profilaktika inspektori / ma’muriy amaliyot / xorij tajribalari tayangan xolda / moddiy–texnik baza / profilaktik xisobga olingan shaxsar / shaxs toifalari.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Farrux G‘aniyev, Gulandon G‘aniyeva, Mohinur Rixsitillayeva

Ushbu mavzuning dolzarbligi profilaktika inspektorlarining profilaktik xisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish va ularning moddiy-texnik ta’minoti tushunchasi va asosiy xususiyatlari profilaktika inspektorlarining profilaktik xisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish va ularning moddiy-texnik ta’minotidagi muammo va kamchiliklar, ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bir qator takliflar, profilaktika inspektorlarining profilaktik xisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish va ularning moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha ilg‘or horij davlatlarining tajribasi va milliy qonunchiligimizdan foydalanib ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari yoritib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINI PROFILAKTIK XISOBGA OLINGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATIGA YANGICHA MEXANIZM JORIY ETISH BO‘YICHA»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

ARTICLE INFO

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINI PROFILAKTIK

XISOBGA OLINGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATIGA YANGICHA MEXANIZM JORIY ETISH

BO'YICHA

G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston,e-mail: [email protected] orcid.org/0009-0005-2423-050X G'aniyeva Gulandon Ibragimovna Namangan davlat universitetining Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 2-kurs magistranti Rixsitillayeva Mohinur Baxtiyor qizi O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quv

kursi 310-guruh kursanti https://doi.org/10.5281/zenodo.14241993

ABSTRACT

Received: 19 th November 2024 Accepted:20th November 2024 Published:29th November 2024 KEYWORDS

profilaktik profilaktika ma'muriy tajribalari moddiy profilaktik

xisob, inspektori,

amaliyot, tayangan texnik xisobga

xorij xolda, baza, olingan

shaxsar, shaxs toifalari.

Ushbu mavzuning dolzarbligi profilaktika inspektorlarining profilaktik xisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish va ularning moddiy-texnik ta'minoti tushunchasi va asosiy xususiyatlari profilaktika inspektorlarining profilaktik xisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish va ularning moddiy-texnik ta'minotidagi muammo va kamchiliklar, ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha bir qator takliflar, profilaktika inspektorlarining profilaktik xisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish va ularning moddiy-texnik ta'minoti bo'yicha ilg'or horij davlatlarining tajribasi va milliy qonunchiligimizdan foydalanib ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiyyo'nalishlariyoritib o'tilgan.

Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning tuzalishini ta'minlash va kayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olish maqsadida profilaktika inspektorlari tomonidan Huquqbuzarliklar profilaktika-sini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalar bilan xamkorlikda amalga oshiriladigan profilaktika chora -tadbirlar majmuidan iborat profilaktik xisob yuritiladi. Profilaktika inspetorlarini profilaktik xisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyati deganda - Ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turgan shaxslarni axloqan tuzalishi va qayta huquqbuzarlik sodir etishlarining oldini olish maqsadida ular bilan olib boriladigan tarbiyaviy axamiyatga ega bo'lgan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish faoliyati tushuniladi. Profilaktika inspektori shaxsga nisbatan profilaktik hisob yuritish bilan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish bilan birga jamoat tartibini va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash jarayoniga munosib xissa qo'shadi. Chunki, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish orqali ana shunday vazifalarni amalga oshiradi. Bundan huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarga profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyati orqali ular bilan samarali profilaktik ishlarni tashkil etishga alohida e'tibor qaratish talab etiladi.

Bu borada professor G.Mamadalieva ta'kidlaganidek, profilaktik hisobda turgan shaxslar ming afsuski, o'z qilmishlari bilan nafaqat o'z taqdirlariga, balki jamiyatni taqdiriga bevosita salbiy ta'siri bor ekanligini hamisha ham anglamaydilar, Profilaktik hisoblarni yuritishda huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan ishlashfaoliyatini olib borish jarayoniga jiddiy yondashish lozim. Ayniqsa, profilaktik hisob ishlarini yuritish masalasiga alohida e'tibor qaratish kerak bo'ladi. Bu borada har bir profilaktik hisob ishi bo'yicha profilaktik hisobga olingan hamda ma'muriy nazoratga olingan shaxsning shaxsini, xulq-atvorini sinchiklab o'rganish va shu asosda yakka tartibda profilaktik ishlarni tashkil etish yuzasidan individual reja tuzish tavsiya etiladi. Tuziladigan rejada amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbir aniq ko'rsatilishi, uni o'tkazish usuli, shakli, joyi va vaqti aniq belgilanishi talab etiladi Profilaktika (katta) inspektori profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda shaxsning yoshi, jinsi, ruhiy holati, ijtimoiy ahvoli, ma'lumoti va mutaxassisligi, ehtiyojlari, qiziqishlari, qobiliyatlari kabi shaxsiy xususiyatlarini e'tiborga olishi lozim. Bundan tashqari, profilaktik hisobga olingan shaxslarga nisbatan yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni manzilli (muayyan shaxsga nisbatan), har bir shaxsning ijtimoiy xavflilik holati, u sodir etgan huquqbuzarlik tasnifi, turini hisobga olingan holda samarali amalga oshirish uchun profilaktika (katta) inspektori o'ziga biriktirilgan ma'muriy hududda yashaydigan bunday shaxslarni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslarning maxsus qismlarida ko'rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishlar ob'ektlaridan kelib chiqqan holda toifalarga ajratgan holda ularga nisbatan hisob profilaktika ishlarini, shuningdek ular bilan olib borilgan profilaktik ishlar natijalari bo'yicha hisobotlarni yuritadi. Profilaktika inspektori bundan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:

- profilaktik hisobga olingan shaxsni g'ayriijtimoiy xulq-atvorni davom ettirmaslik haqida ogohlantiradi;- profilaktik hisobga olingan shaxsni uning ish (o'qish) va yashash joyidan tekshiradi, uning xulq-atvori haqida ma'lumotlar oladi; - yakka tartibdagi barcha chora-tadbirlarni («Huquqbuzarliklar

profilaktikasi to'g'risida»gi qonunning 5-moddasi «Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari»da) belgilangan ta'sir ko'rsatish chora-tadbirlarini farqlash va yakka tartibdagi yondashish tamoyiliga qat'iy amal qilgan holda olib boradi; - jazoni ijro etish muassasasidan bo'shatilgan shaxslarning oilasiga, shuningdek jamiyatga moslashishida ko'mak beradi; rag'batlantirish yoki aksincha g'ayriijtimoiy xulq-atvorini davom ettirgan shaxslarga nisbatan esa, qonunda belgilangan tartibda majburlash choralarini qo'llaydi. Shaxsni profilaktik hisobga qo'yishga quyidagilar asos bo'ladi:

1.Vakolatli organning yoki mansabdor shaxsning ushbu Qonun 35-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ma'muriy jazo qo'llash tg'risio'dagi qarori;

2.Vakolatli organning yoki mansabdor shaxsning jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi yoxud reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo'yicha jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish to'g'risidagi qarori;

3.Shaxsga nisbatan qamoqqa olish bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyot chorasi tanlangan ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilish to'g'risidagi tergovchining yoki prokurorning qarori;

4.Sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi;

5. Shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganligi xaqidagi qarori;

6. Bolalar masalalari bo'yicha komissiyaning qarori;

IlVning 2017 yil 12 iyuldagi «Ichki ishlar organlarining Huquqbuzar-liklar profilaktikasi bo'linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 151-son buyrug'i xisoblanib, profilaktika inspektorlarining ushbu turdagi faoliyatini samarali tashkil etishda 151-sonli buyruq bevosita huquqiy asos bo'lib, ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turuvchi shaxslarning axloqan tuzalishi va qayta huquqbuzarlik sodir etishlarining

oldini olish maqsadida ular bilan olib boriladigan profilaktika ishlarini tashkil etish hamda ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turuvchi shaxslar hamda probatsiya xizmati hisobida jazo o'tayotgan mahkumlarning axloqan tuzalishi va qayta huquqbuzarlik sodir etishlarining oldini olish maqsadida ular bilan olib boriladigan profilaktika ishlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Profilaktik xisobga olingan shaxslar bilan ishlash faoliyatini amalga oshirish tartib - tamoyilli va shunga o'xshash faoliyatlar tartibga solingan-ligiga qaramay taxlillarga ko'ra kamchiliklar kuzatilganligini ko'rishimiz mumkin. Birinchidan, bugungi kunda profilaktika hisobga olingan shaxslarning umumiy hisobini yuritish va bu boradagi axborotlardan Huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qarorlar qabul qilish, ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini o'z vaqtida to'g'ri taqsimlashga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Qolaversa, profilaktika inspektorlarining profilaktik hisobga olish va uni yuritishga faoliyatini zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosida nazorat qilish, ularga bu borada uslubiy yordam ko'rsatish mexanizmi mavjud emas. Shu sababli qonunga quyidagi mazmundagi 341-moddani kiritish: «341-modda. Profilaktik hisobga olishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini yuritish Profilaktik hisobga olishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasalar faoliyatini tezkor axborot bilan ta'minlashga qaratilgan bo'lib, ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ishni ko'rib chiqqan vakolatli organ yoki mansabdor shaxs o'zi tomonidan chiqarilgan va shaxsni profilaktik hisobga qo'yishga yoki profilaktik hisobdan chiqarishga asos bo'luvchi hujjatlarni ular qabul qilingandan so'ng uch kun ichida, sud esa chiqarilgan hukm, qaror va ajrimlarni ular qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch kun ichida shaxs doimiy yoki vaqtincha yashayotgan hududdagi ichki ishlar organiga aloqa xati (elektron tarzda) orqali taqdim etib boradi. Shaxsning doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo'lmagan hollarda profilaktik hisobga olish va profilaktik hisobdan chiqarish asoslari ushbu shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun joylashtirilgan muassasalar joylashgan hududga xizmat ko'rsatuvchi ichki ishlar organiga taqdim etiladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar yoki muassasalarga, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar va shaxslarga profilaktik hisobda turgan shaxslarga tegishli shaxsiy ma'lumotlar ularning so'roviga asosan maxfiylik qoidalariga rioya qilingan holda ichki ishlar organlari tomonidan taqdim etiladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish (ma'lumotlarni to'plash, ro'yxatdan o'tkazish, tahlil qilish, qayta ishlash, saqlash va taqdimetish) O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartib va talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Keyingi o'rinlarda esa bugungi kunda profilaktik hisobga olinishi lozim bo'lgan shaxslar toifasi sun'iy ravishda kengayib ketgan. Natijada profilaktika inspektorlari profilaktik hisobga olinishi lozim bo'lgan shaxslarning barchasini bunday hisobga olishga va profilaktik hisobda turgan shaxslarga nisbatan o'z vaqtida yakka tartibdagi profilaktik chora - tadbirlarini amalda qo'llashga jismonan ulgurmayapti. Qolaversa, o'zining xulq-atvori, yashash tarzi hamda umumijtimoiy normalar va qonunlarga bo'lgan munosabatiga ko'ra profilaktik hisobga olinishi lozim bo'lgan ayrim toifadagi shaxslarni profilaktik hisobga olish belgilanmagan. Shu sababli profilaktik hisobga olinishi lozim bo'lgan shaxslar toifalarini qayta ko'rib chiqib uni maqbullashtirish lozim. Xususan, quyidagi toifadagi shaxslarni profilaktik hisobga olish amaliyotini bekor qilish: o'ziga nisbatan qamoqqa olish bilan bog'liq bo'lmagan ehtiyot chorasi tanlangan jinoyat sodir etishda ayblanuvchilar; O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 56, 58, 106, 131, 165-1,184-1, 201, 202 - moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar toifasini. Shunda balki profilaktik xisob faoliyati o'zini yukori darajadagi samarasini beradi desak ham xato bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

2. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi

3. O'zbekiston Respublikasining 2014 - yil 14-maydagi Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonuni

4. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrdagi "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qonuni

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10

apreldagi «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5005-son Farmoni

6. O'zbekiston Respublikasi IlVning 2017 yil 12 iyuldagi «Ichki ishlar organlarining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bulinmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiklash xakida»gi 151-son buyrug'i

7. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 25 avgustdagi «Ichki ishlar organlari tomonidan Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomani tasdiqlash haqida»gi 191-son buyrug'i

8. «Profilaktika inspektorlarini faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan» -N.M.Mansurov ilmiy ishi.

9. G'aniev F. T. O 'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MILLIY PREVENTIV MEXANIZMI //Results of National Scientific Research International Journal. -2024. - T. 3. - №. 3. - S. 84-90.

10. G'aniev, F. T. (2024). TURKIYA RESPUBLIKASI: TABIYATI, MADANIYATI VA AN'ANALARI. Results of National Scientific Research International Journal, 3(3), 101-116.

11. G'aniev F. T. O 'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MILLIY PREVENTIV MEXANIZMI //Results of National Scientific Research International Journal. -2024. - T. 3. - №. 3. - S. 84-90.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.