Научная статья на тему 'EKOLOGIYA SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING O‘ZIGA XOSLIGI'

EKOLOGIYA SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologiya / ekologiya sohasidagih / huquqbuzarliklarnioldiniolish / profilaktika

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — G‘aniev Farrux Taxirjanovich, Mirzaikromova Fotimaxon Mirzaakbar Qizi

Ushbu maqola orqali huquqbuzarliklar profilaktikasida ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarning o‘ziga xosligi, ushbu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlar hamda profilaktika inspektorining ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati yoritilib, mamlakatimizda ushbu huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIYA SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING O‘ZIGA XOSLIGI»

ARTICLE INFO

Received: 15th March 2024 Accepted: 18th March 2024 Published: 20th March 2024

KEYWORDS Ekologiya, ekologiya sohasidagi h, huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika.

EKOLOGIYA SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING

O'ZIGA XOSLIGI

G'aniev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi o'qituvchisi mayor, tel: +998916117373 Mirzaikromova Fotimaxon Mirzaakbar qizi O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o'quv kursi 312-guruh kursanti https://doi.org/10.5281/zenodo.10843844 __ABSTRACT

Ushbu maqola orqali huquqbuzarliklar profilaktikasida ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarning o'ziga xosligi, ushbu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlar hamda profilaktika inspektorining ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati yoritilib, mamlakatimizda ushbu huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rsatib o'tilgan.

Ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik - aybdorning qonunga xilof xatti- harakati yoki harakatsizligi oqibatida O'zbekiston Respublikasining ekologik tizimiga yoki e sohasiga yetkazilgan zarar, ekologik sohani mustahkamlash yoki rivojlantirishga tajovuz qilish, ekologik talablarni o'z vaqtida amalga oshirishga putur yetkazish hamda ekologiya sohasidagi qonun va talablarni buzishda namoyon bo'ladi.

Ta'kidlash o'rinliki, ekologiya sohasida xatti-harakati bilan qasddan yoki ehtiyotsizlikdan, tabiat obyektlariga - yer, suv, yer osti boyliklari, atmosfera, o'rmon, hayvonot va o'simliklar dunyosiga hamda inson salomatligi va yashash muhiti uchun xavfli bo'lgan harakat yoki harakatsizlik oqibatida vujudga keladi. Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik huquqiy javobgarlik institutining bir qismi bo'lib, uning mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini bilib olish katta ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida va boshqa huquqiy adabiyotlarda ushbu masalaga alohida e'tibor berilgan. Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi. Ekologiya sohasidagi huquqbuzarlikka nisbatan qo'llaniladigan ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka bir qator xususiyatlar xos. Xususan, uning asosiy maqsadi va mohiyati ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar, ekologik qonunlarning buzilishiga qarshi kurash hamda ekologik qonunchilik va huquqiy tartibotni ta'minlashdan iborat.

Bugungi kunda profilaktika inspektorlari ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha ishlarni yetarlicha tashkillashtirmayotganligi ushbu faoliyatda bir qancha muammo va kamchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarning quyidagi sabablarini keltirib utish lozim.

Birinchidan, profilaktika inspektorlarining ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish va sodir etilgan huquqbuzarlikni aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko'rish bo'yicha deyarli hech qanday ish amalga oshirmayotganligidir. Bunga sabab sifatida profilaktika

Volume 1, Issue 4, March 2024

Page 8

inspektorlarining joylardagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo'limlari bilan hamkorlikda deyarli hech qanday profilaktik ishlarni amalga oshirmayotganligini keltirib o'tishimiz mumkin.

Ikkinchidan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarni ortib borishiga yana bir asosiy sabab sifatida fuqarolarda, ayniqsa yoshlarda ekologik ong va ekologik madaniyatni yetarli darajada shakllanmaganligini keltirib o'tishimiz mumkin. Uchinchidan, bugungi kunda atrof-muhit muhofazasining barcha yo'nalishlarda aksariyat noqonuniy harakatlarning o'z vaqtida oldini olish choralari mavjud bo'lgan bo'lsa-da, vakolatli davlat organlarining fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamkorligida olib boriladigan chora- tadbirlarga yetarli darajada e'tibor qaratilmayotganligi sababli ham ekologik qonunbuzarlik holatlari davom etmoqda.

Shu boisdan profilaktika inspektorlari Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishga va amalga oshirish faoliyatida kuyidagi tadbirlarni amalga oshirishlari lozim. Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda har bir mahallada profilaktika inspektori bir oyda kamida bir marotaba joylardagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo'limlari bilan hamkorlikda fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, shu jumladan mahalla faollari bilan birgalikda aholi profilaktik suhbatlar o'tkazish kerak.

Fuqarolarda ekologik madaniyatni shakllantirish borasida men quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblayman:

A) o'sib kelayotgan yoshlarda ekologik ta'lim va tarbiyani yanada rivojlantirish maqsadida maktablarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida uzluksiz ta'limni yo'lga qo'yish lozim;

B) ommaviy axborot vositalari orqali doimiy asrab-avaylashga doir qisqa metrajli filmlarni namoyish etib borish;

S) ekologik targ'ibotni keng yo'lga qo'yish mexanizmini takomillashtirish va rag'batlantirish maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktablarida turli xil ko'rik-tanlovlar tashkil qilish. Joylardagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo'limlari, ichki ishlar organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa davlat organlari bilan doimiy ravishda uzluksiz hamkorlikni ta'minlagan holda profilaktik ishlarni amalga oshirib borish lozim. Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, ekologik huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish nafaqat davlat organlarining, balki shu jamiyatning a'zosi hisoblangan har bir insonning vazifasidir. Eng avvalo, o'zimiz, oila a'zolarimiz va tabiat va jamiyat oldidagi mas'uliyatni doimo his qilib yashash, atrofdagi hodisalarga beparvolik bilan munosabatda bo'lmaslik, tabiat ne'matlari qadriga yetib yashash barchamizning kundalik hayot tarzimizga aylanishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi // Xalq so'zi. - 2016. - 7 dek.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. — T.: «O'zbekiston», 2017. — 488 b.

3. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.

— T.: «O'zbekiston», 2017. — 104 b.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

4. Mirziyoev Shavkat Miromonovich. Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. - Toshkent. «O'zbekiston» NMIU, 2018. - 64 b.

5. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi T. 2019 // URL: http://www.lex.uz.

6. O'zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi 2014 yil 14 maydagi qonuni // URL: http://www.lex.uz.

7. O'zbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi Qonun // Toshkent sh.; 2016 yil 16 sentyabr; 0'RQ-407-son // URL: http://www.lex.uz.

Volume 1, Issue 4, March 2024

Page 10

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.