Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo Civil Society and a People-Friendly State_etishning huquqiy kafolati
YANGI O'ZBEKISTONNING YANGI KONSTITUTSIYASI: EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHNING HUQUQIY POYDEVORI
Mafura Muxtarxanovna Inagamova
(PhD), dotsent
Abbos Rustam o'g'li Egamberganov
Toshkent davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi
Bugungi kunda insoniyat to'qnash kelayotgan eng katta muammolardan biri -hech shubhasiz, ekologik muammolardir. Bu muammo so'nggi vaqtlarda nafaqat olimlar, soha mutaxassislari balki xalqaro tashkilotlar hamda siyosatchilar tomonidan ham insoniyat kelajagiga halokatli xavf soladigan muammolardan biri deb baholanmoqda.
Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, iqtisodiy o'sishning an'anaviy modelidan "yashil iqtisodiyof'ga o'tish nafaqat alohida milliy iqtisodiyotni, balki butun sayyora barqarorligini belgilaydigan global tendensiyadir. Zotan, "yashil o'sish" ko'plab davlatlarning maqsadi global ekologik muammolarni hal qilishning muhim vositasi sifatida Konstitutsiyasida aks ettirilgan. Ma'lumki, hozirgi vaqtda ko'plab rivojlangan davlatlar, tabiatdagi global o'zgarishlarni hisobga olgan holda o'z Konstitutsiyalariga ekologiyani va atrof-muhitni asrab avaylashga oid maxsus normalarni kiritganliklarini ijobiy deb baholash mumkin. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda «...Konstitutsiyada ekologik huquqlari to'g'risidagi moddalarning kiritilishi "Inson qadri uchun" degan ustuvor tamoyilini to'la ro'yobga chiqarish imkonini yaratadi». [1]
Mamlakatimizning yangi rivojlanish bosqichida barcha sohalar qatori atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarning inson salomatligiga salbiy ta'siri oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar barqaror rivojlanish kafolati bo'lmoqda. Bu islohotlarning huquqiy asoslari esa Konstitutsiyamizda o'z ifodasini topgan. Xususan, Konstitutsiyamizning Muqaddimasidayoq «...mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko'paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib», mazkur masalaga davlat siyosati darajasida urg'u berilayotganligi tahsinga sazovordir.
Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqiga ega.
Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatilishiga yo'l qo'ymaslik
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
263
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State_
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi.
Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko'radi. [2]
Shuningdek, davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bo'yicha zarur choralar ko'rishi belgilab o'tilgan.
birinchidan, fuqarolarning ekologik burchi Konstitutsiya daraj asida mustahkamlanadi; ikkinchidan, Konstitutsiyaning ushbu normalari nafaqat fuqarolarning tabiatni muhofaza qilish, balki ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlashga, aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga hamda ekologik xavfsizlik muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.
[3]
Bugungi kunda dunyodagi ekologik muammolar zudlik bilan yechimlarni talab qilmoqda. Avvalo, yuqorida aytib o'tilganidek, inson omiliga e'tibor qaratish lozim. Tabiat bilan uyg'unlashib, odamlar endi unga faqat iste'molchi sifatida qarashmaydi. Keyinchalik, umumiy ko'kalamzorlashtirish bo'yicha bir qator choralarni ko'rish zarur. Bu ishlab chiqarishda va kundalik hayotda yangi ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqishni talab qiladi, barcha yangi loyihalarni ekologik ekspertizadan o'tkazish talab etiladi va chiqindisiz yopiq tsiklli ishlab chiqarishni yaratish talab etiladi.
Atrof-muhit muhofazasiga jamiyatning barcha kuchlarini jalb etish hamda butun dunyo hamjamiyati tan olgan milliy tashabbuslarni tatbiq etish jarayonlarini yanada kuchaytirish bo'yicha konstitutsiyaviy asoslarni belgilab qo'yish lozim. Chunki konstitutsiyaviy normalarning ekologik siyosatni amalga oshirishdagi o'rni va ahamiyati beqiyosdir.
Umuman olganda, Konstitutsiya mamlakatimizda insonning qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo'lish va mamlakatning ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylangan. Zotan, unda ekologiya sohasidagi konstitutsiyaviy va xalqaro talablarni
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
mustahkamlash nafaqat mamlakatda, balki mintaqa mamlakatlari ekologik xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. [4]
Bir qator yo'nalishlarni misol qilib ko'rsatish mumkin:
- atrof tabiiy muhit obyektlaridan oqilona foydalanish va biologik resurslarning qayta tiklanishini ta'minlash;
- iqtisodiy faoliyatning atrof muhitga va aholining salomatligiga salbiy ta'sirini pasaytiruvchi innovasion texnologiyalarni joriy etish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish;
- iqtisodiyotning barcha sohalarini "yashil" iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlantirishga yo'naltirilgan siyosat yuritishdir.
Albatta, bu vazifalarning hal etilishi O'zbekiston taraqqiyoti, xalq farovonligi va kelgusi avlod uchun ekologik barqaror vaziyatni asrab qolish, musaffo ekologik muhit yaratishda o'ta muhim o'rin tutadi.
Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotganligi inobatga olinib, so'nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta'lim-tarbiya, ekologik ma'rifat masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. [5]
Ekologik ta'limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o'ta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo'shishi zarurligi bilan belgilanadi.
Biroq, ekologik ta'limni amalga oshirish jarayonining tizimli tahlili ekologik ta'limni tashkil etishda bu boradagi islohotlarni to'liq ro'yobga chiqarishga to'sqinlik qiluvchi jiddiy muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotganligini ko'rsatmoqda. Xususan:
barcha turdagi ta'lim muassasalarida O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni 4-moddasida nazarda tutilgan ekologiya o'quvining majburiyligiga oid talablar yetarli darajada bajarilmayapti;
amaldagi davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlari mazmunan ekologik bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalar bilan zarur darajada boyitilmagan;
ekologik ta'lim yo'nalishida ilg'or milliy va xorijiy tajribani o'rganish, ular asosida ta'lim oluvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning aniq paramet rlari ishlab chiqilmagan;
ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalda bo'lgan ta'lim dasturlari bugungi kundagi global ekologik muammolarni bartaraf etish, mavjud ekologik xavf-xatar darajasini kamaytirish, tabiiy muhitni qayta
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
tiklashga qaratilgan umummilliy tadbirlar mohiyati bilan muvofiqlashtirilmagan;
ta'lim dasturlari to'liq qayta ko'rib chiqishga muhtoj, jumladan, ular respublikada so'nggi vaqtlarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan islohotlardan kelib chiqib tubdan takomillashtirilishi lozim.
Shu munosabat bilan aniq maqsad va vazifalarni hamda yo'nalishlarni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasida Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini (keyingi o'rinlarda Konsepsiya deb ataladi) muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali ekologik ta'lim tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. [6]
Konstitutsiyada O'zbekiston ekologik taraqqiyot strategiyasining asosiy qoidalari, ekologik va aholining ekologik xavfsizligiga doir talablar belgilangan bo'lib, ushbu siyosiy-huquqiy hujjat mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha eng muhim va asosiy qoidalarni belgilab beradi.
Ma'lumki, konstitutsiyaviy normalarning ekologik siyosatni amalga oshirishdagi o'rni va ahamiyati beqiyos. Aynan asosiy qonunda davlat organlari va jamoat birlashmalarining ekologik faoliyatini shakllantirish bo'yicha asosiy prinsiplari mustahkamlanadi,fuqarolarning ekologik burchlari belgilanadi, jamiyatning ekologik barqaror rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari o'rnatiladi.
Konstitutsiyaviy normalar tizimi jamiyat va tabiatning o'zaro aloqalari chog'ida yuzaga keladigan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tavsifidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki qismga - umumiy va maxsus ekologik normalarga bo'linishi mumkin.
Konstitutsiyaviy normalar demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tashkil etishning asosiy prinsiplarini belgilashda, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashda, ekologik huquq-tartibotni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyamizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vakolatlari ham belgilangan bo'lib, ushbu normalar mazkur organlarning ekologiya sohasidagi vakolatlarining huquqiy maqomini belgilovchi milliy qonun hujjatlarining rivojlanishi uchun asos bo'ladi.
Umumiy konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yana shu bilan belgilandiki, birinchidan, ularda ekologik munosabatlar to'g'ridan-to'g'ri tartibga solinadi; ikkinchidan, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga bo'lgan asosiy qoidalarni belgilab beradi.
Shu o'rinda amerikalik huquqshunoslar mamlakat Konstitutsiyasini ekologiya huquqi normalari shakllanadigan huquqiy tizim uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi "bilvosita manbaa" sifatida ta'riflaydilar. AQShning ekologik qonunchilikni ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
bo'lgan barcha umumiy konstitutsiyaviy normalarini uch yirik guruhga ajratishimiz mumkin: 1) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida huquqiy tartibga solishni amalga oshirish bo'yicha Kongress vakolatlarini belgilovchi normalar; 2) ushbu vakolatni chegaralovchi normalar; 3) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasini huquqiy tartibga solishga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan fuqarolarning huquqlariga oid normalar. AQSh ekologik qonunchiligida asosiy o'rinni konstitutsiyaviy qoidalar ni sud sharhi egallaydi hamda u ekologik munosabatlarni har qanday sohada qo'llashni nazarda tutadi.
O'z davlatimizga to'xtalsak. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlat ekologik faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ifodalaydi:
Birinchidan, respublika tabiiy resurslari umummilliy boylik hisoblanadi, ya'ni yuridik ma'noda ular xalq mulkini tashkil etadi hamda ular nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida ish yuritadi.
Ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarur. Ekologiya huquqida oqilona deganda, tabiiy resurslardan ekologik normativ va standartlarga qat'iy rioya etgan holda foydalanish tushuniladi.
Uchinchidan, tabiat ob'ektlari va resurslari davlat tomonidan qo'riqlanadi. Bu davlat tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta'minlashini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va manfaatlariga, shuningdek ekologik huquq-tartibotga rioya etilishini kafolatlashini anglatadi.
Bir qator xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarining tahlili ularda ekologik-huquqiy normalar turlicha tartibga solinganligidan guvohlik beradi. Xususan:
1. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarida davlatning tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash singari mustaqil funksiyalari mavjudligi mustahkamlangan (GFR Konstitutsiyasining 15-moddasi, Bolgariya Konstitutsiyasining 31-moddasi va b.q.).
2. Tabiiy obyektlar va resurslarga nisbatan davlatning mutlaq mulk huquqi belgilab qo'yilgan (Vengriya Konstitutsiyasining 8-moddasi, Ruminiya Konstitutsiyasining 12-moddasi va b.q.).
3. Xalq xo'jaligini va tabiatdan foydalanishni rivojlantirishda xalq xo'jaligini rejalashtirish, xom-ashyo va resurslarga bo'lgan ehtiyojni inobatga olish, ularning rejali taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish kabi normalar mustahkamlab qo'yilgan. (Vengriya Konstitutsiyasining 7-moddasi va sh.k.).
4. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va majburiyatlarini shakllantirish. Ayni damda ta 'kidlash o'rinliki, ko'p hollarda fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitda yashash huquqi ayni damda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
majburiyati bilan bog'lanadi (GFR Konstitutsiyasining 34 -moddasi va sh.k.).
5. Tabiatni muhofaza qilishda jamoat birlashmalari va harakatlarning o'rni mustahkamlangan (GFR Konstitutsiyasi 29-moddasi, Ruminiya Konstitutsiyasi 24-moddasi va b.q.).
6. Davlatning mamlakat va jamiyatning tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ichki va tashqi siyosatiga oid prinsiplarining yaxlitligi (Vengriya Konstitutsiyasining 20-moddasi va h.k.).
Shuningdek, Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Litva, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya va Estoniya kabi davlatlarda fuqarolar va davlatning ekologiya sohasidagi huquq va majburiyatlari aniq-ravshan belgilab berilgan. Xususan, Gretsiya Konstitutsiyasi (1975 y.) 24-moddasida "Tabiiy va madaniy atrof muhitni muhofaza qilish davlatning majburiyati hisoblanadi", deb belgilangan. Avstriyada esa, "Atrof muhitni har tomonlama muhofaza qilish to'g'risida"gi Federal Konstitutsiyaviy qonun (1920 y.) amal qilishi ushbu mamlakatning atrof muhitni kompleks muhofaza qilishga intilayotganligidan dalolat beradi. GFR Konstitutsiyasi 20a-moddasida ham davlat atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi, bugungi avlod kelajak avlod oldida ma'sul ekanligi uqtirilgan. Italiyada ham atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo'yicha vazifa davlat zimmasiga yuklangan. Italiya Konstitutsiyasi 9-moddasida (1947 y.) ta'kidlanishicha, "Respublika mamlakat tabiatini muhofaza qiladi". Hindistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari davlatning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilashga harakat qilishga majbur ekanligini hamda bu har bir Hindiston fuqarosidan talab qilinishini belgilaydi.
Turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy-ekologik normalarining qisqacha tahlili Konstitutsiyada davlat ekologik siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda yanada aniqlashtirish hamda qonunni qo'llash madaniyati ekologik barqaror rivojlanishga imkon berishini yana bir karra tasdiqlaydi. Xuddi shuningdek, qiyosiy tahlil ko'rsatganidek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy ekologik-huquqiy normalar eng ilg'or xorijiy davlatlar tajribasiga mos bo'lib, mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta'minlashga, atrof muhit musaffoligini saqlashga, tabiatni hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda. [7]
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar — tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi jinoyatlar. Ekologiya insonni tabiat bilan bog'lab turadigan ijtimoiy holatdir. Bunday bog'liklik, o'z navbatida, g'ayriqonuniy xattiharakatlar orqali huquqbuzarliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu xildagi huquqbuzarliklar Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
O'zbekistonda tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga oid qonunqoidalar, yuridik normalar ishlab chiqilgan.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 6-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 24-avgustda ma'qullangan. Bu qonunning asosiy maqsadi-Ushbu Qonunning maqsadi o'simliklarni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. [8]
25.08.2021 yildagi «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'RQ-711-son Qonun qabul qilindi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda suv ob'yektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo'l qo'yish shartlari to'g'risidagi talablarni buzganlik uchun fuqarolarga 3 BHMdan 5 BHMgacha, mansabdor shaxslarga esa 5 BHMdan 10 BHMgacha jarima solinishi belgilandi. Suvlarning hamda suv ob'yektlarining holatiga ta'sir ko'rsatuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o'zboshimchalik bilan bajarganlik uchun ham xuddi shunday jazo choralari qo'llaniladi.
MJTK quyidagi moddalar bilan to'ldirildi: 79-«O'simlik dunyosi ob'yektlarini yig'ish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi va shartlarini buzish» hamda 86 -«Ozon qatlamiga zararli ta'sir ko'rsatishning oldini olishga doir talablarni buzish».
Dala va aholi punktlarida ang'iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o'simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, fuqarolarga 5 BHMdan 7 BHMgacha, mansabdor shaxslarga esa - 10 BHMdan 15 BHMgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
96-«Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ro'yobga chiqarish» moddasida nazarda tutilgan sanksiyalar endi fuqarolarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
111-«Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish» moddasiga o'zgartirishlar kiritildi:
hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lish, ya'ni ularni g'arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, - 3 BHMdan 5 BHMgacha jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo'lsa yoki hayvonlarning o'limiga yoxud mayib bo'lishiga olib kelsa,
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
- bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
Endi hayvonlarga nisbatan ularning o'limiga yoxud mayib bo'lishiga olib keladigan holatda shafqatsiz munosabatda bo'lganlik uchun javobgarlik Jinoyat kodeksida ham belgilanadi. [9]
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarga qarshi qabul qilingan kodekslarda ham belgilangan javobgarliklar o'z aksini topgan. Bunga misol qilib Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning mazkur moddasini ko'rsatishim mumkin: Suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish
Tabiiy suv oqimlari (jilg'alar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko'llar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, suvlarning hamda suv obyektlarining holatiga ta'sir ko'rsatuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o'zboshimchalik bilan bajarish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo'lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish,
Sun'iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to'planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sun'iy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish, ya'ni suvdan xo'jasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta'sir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o'zboshimchalik bilan bajarish, suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv iste'moli rejalarini buzish. [10]
Jinoyat kodeksidan ham misol keltirishim mumkin:
Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining a'zolari tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi insonning o'limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta'sir qiladigan darajada atrof muhitning o'zgarib ketishiga yoki boshqacha og'ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. [11]
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
Chet davlatlarning mazkur sohadagi qabul qilayotgan qonunlari ham bu sohadagi jinoyatlarning asosli ravishda ko'p ekanligidan va tabiatni asrab avaylashga qaratilganidan dalolat beradi.
Yevropa Ittifoqi ekologik jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiradi
Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi davlatlari atrof-muhitga qarshi jinoyatlar ro'yxatini kengaytirdi va ularga nisbatan jazo choralarini kuchaytirdi. Odamlar o'limiga olib keladigan ekologik jinoyat uchun aybdorlar 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. 2023-yil 16-noyabr kuni Yevroparlament va Yevropa Ittifoqining ekologik kengashi ekologik jinoyatlarga qarshi kurash bo'yicha yangi direktiva bo'yicha kelishib oldi, deb xabar berdi Yevropa komissiyasi.
Hujjatda atrof-muhitga qarshi jinoyatlar ro'yxatini kengaytirish va ularga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish, shuningdek, ekologik jinoyatlarga aniqroq ta'rif berish nazarda tutilgan.
"Yangi qonunchilik bazasi jiddiy ekologik huquqbuzarliklar jazosiz qolmasligini ta'minlaydi. Bu atrof-muhitning ifloslanishi va degradatsiyasining oldini oladi hamda kelajak avlodlar uchun tabiatimizni asrab-avaylashga xizmat qiladi", — deyiladi YeK bayonotida.
Umuman olganda, ekologik jinoyatlar ro'yxati 9 tadan 18 ta bandga kengaytirildi. Noqonuniy daraxt kesish yo'li bilan olingan yog'ochning noqonuniy muomalasi, kema qismlarini noqonuniy utilizatsiya qilish, kimyoviy moddalardan foydalanish va utilizatsiya qilish qoidalarini buzish shular jumlasidandir.
O'limga olib keladigan qasddan ekologik jinoyatlar uchun Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida shaxslar kamida 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Boshqa qasddan ekologik jinoyatlar uchun jazo 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan belgilanadi.
Atrof-muhitga qarshi jiddiy jinoyatlar sodir etgan kompaniyalar global tovar aylanmasining kamida 5 foizi miqdorida jarimaga tortiladi yoki 40 million yevro to'laydi. Kamroq jiddiy ekologik qoidabuzarliklar uchun jarima kompaniya umumiy aylanmasining 3 foizini yoki 24 million yevroni tashkil qiladi - deyilgan Yevropa Ittifoqi bayonotida. "Ekologik jinoyatlar atrof-muhitga, salomatligimizga, shuningdek, iqtisodiyotimizga katta zarar yetkazadi. Jinoyatchilar juda uzoq vaqt davomida kuchsiz sanksiyalar va jazo muqarrar emasligidan foyda ko'rdi", — dedi Yevropa Ittifoqining atrof-muhit bo'yicha komissari Virjiniyus Sinkevichius erishilgan kelishuvlarni sharhlar ekan. [12]
Joriy yilning 9 oyida ekologiya sohasida qancha qonun buzilish aniqlandi? Bu borada ham izlanib ko'rdim:
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
AOKAda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Tadbirda ekologik nazorat reydlarida hamda brakonyerlikka qarshi kurashishda aniqlangan holatlar haqida ma'lumot berildi.
Qayd etilishicha, o'tgan 9 oy mobaynida sohaga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 34 275 nafar shaxs aniqlandi. 32 mlrd. so'm ma'muriy jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblanib, 16,3 mlrd. so'm undirib olindi. 1365 ta holat bo'yicha 15 mlrd. so'm jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan tayyorlangan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritildi. 12 ta holat bo'yicha 1,6 mlrd. so'mlik da'volar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish bo'yicha ish qo'zg'atildi.
Huquqbuzarlardan 376 dona hayvon va parranda, 1 900 kg baliq, 49 637 kg dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar, 1520 m3 o'tin, 45 ta ov qurol va 570 ta aslaxa va boshqa inventarlar olib qo'yilgan. Inspeksiya tomonidan 23 ta idoraviy xizmat tekshiruvlari o'tkazilib, natijasi bo'yicha aniqlangan kamchiliklar va xodimlarga chora ko'rish yuzasidan tegishli takliflar kiritildi va ijroga qaratildi. [13] Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,
Orol dengizining qurishi tufayli kelib chiqqan ekologik vaziyat; ko'p yillik paxta yakkahokimligi, ma'danli o'g'itlar va o'simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini me'yoridan ortiq ishlatish, flora va faunaning degradatsiyasi tufayli vujudga kelgan tuproq va suv resurslari sifatining qoniqarsizligi;
tuproq, suv, biologik resurslar va atmosfera havosi sifatiga antropogen, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishi ta'sirining kuchayishi;
sanoat va maishiy chiqindilarni to'plash, tashish va qayta ishlash tizimining qoniqarsizligi;
atrof-muhit holati va uni ifloslantirish manbalari axborot monitoringining texnik va metodik ta'minoti rivojlanmaganligi va shu kabi muammolarning yechimlarini topish uchun ana shunday konstitutsiyaviy normalar asosida ishlash kerak va atrof-tabiiy muhit, ekologiyani asrashga qaratilgan bunday qonunlarni ko'paytirish kerak va ijrosini ta'minlashimiz kerak.
REFERENCES
l.Prezidentimiz O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlangan bayram tabrigida 2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 49-modda. 3. A.Xolbekov. Ekologik barkarorlikni ta'minlash davr talabi
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
272
Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo Civil Society and a People-Friendly State_etishning huquqiy kafolati
4.Xushvaqtov Islam Nortashovich- Konstitutsiyaviy normalarning ekologik siyosatni amalga oshirishdagi o'rni va ahamiyati
5.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.05.2019 yildagi 434-son
6.M.M.Inagamova. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. -Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 5964.
7. M.M. Inagamova. M.E.Fahriddinov. Konstitutsiya - inson qadri va adolat ustuni / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1
8.M.M.Inagamova. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. -Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 5964.
9. www.gazeta.uz
10. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 193-modda
11. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 74-modda.
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
273