Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA GERMANIYA TAJRIBASI ASOSIDAGI DUAL TA’LIMNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI'

PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA GERMANIYA TAJRIBASI ASOSIDAGI DUAL TA’LIMNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
166
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Professional ta’lim / dual ta’lim / dual ta’limning afzalliklari / dual ta’limning kamchiliklari / ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda dual ta’limning ahamiyati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nodirov J.M., Abdulakimov A.

Professional ta’lim tizimning huquqiy asoslari, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda dual ta’lim, Germaniya tajribasi asosidagi dual ta’limning ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA GERMANIYA TAJRIBASI ASOSIDAGI DUAL TA’LIMNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI»

Nodirov J.M.

NamDU tayanch doktoranti Abdulakimov A.

NamMQI o'qituvchi

PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMIDA GERMANIYA TAJRIBASI ASOSIDAGI DUAL TA'LIMNING TA'LIM-TARBIYA

JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDAGI

AHAMIYATI

Annotatsiya. Professional ta'lim tizimning huquqiy asoslari, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda dual ta'lim, Germaniya tajribasi asosidagi dual ta'limning ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: Professional ta 'lim, dual ta'lim, dual ta'limningafzalliklari, dual ta'limning kamchiliklari, ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda dual ta'limning ahamiyati.

Nodirov J.M. NamSU doctoral student Abdulakimov A. teacher NamICI

THE SIGNIFICANCE OF DUAL EDUCATION IN THE SYSTEM OF

PROFESSIONAL EDUCATION IN THE ORGANIZATION AND MANAGEMENT OF EDUCATIONAL PROCESSES BASED ON THE

GERMAN EXPERIENCE

Abstract. The legal basis of the professional education system, dual education in the organization of educational processes, the importance of dual education based on the German experience are highlighted.

Key words: Professional education, dual education, advantages of dual education, disadvantages of dual education, importance of dual education in organization and management of educational processes.

Barchamizga ma'lumki, ta'lim jarayoniga katta e'tibor qaratgan mamlakatlar bugun rivojlangan davlatlar qatorida turibdi. Binobarin, tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, kadrlar masalasi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy figurasi hisoblanadi. Shu bois O'zbekistonda ham bu borada bir qator islohotlar o'tkazib kelinmoqda.

Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimining bir bo'g'ini sifatida professional ta'lim tizimida o'quvchi-yoshlarda professional ta'lim, kasbiy

kompetentliliklarini shakllantirish, professonal ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish masalasi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Turli rivojlangan davlatlar tajribalarini o'rganish, ularning ijobiy tomonlarini o'zlashtirish, milliy qadriyat va an'analarimizni hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya jarayoniga moslashtirish, joriy etish bo'yicha bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda.

Proyezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonlari, 2020 yil 7 avgustdagi 466-sonli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus, professonal ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi qarorlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 394-son "Mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan malakali kadrlar ni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari, 2020 yil 23 sentyabrda tasdiqlangan 637-son O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish faoliyatini takomillashtirishning huquqiy asoslari hisoblanadi [1;2;3].

Bugungi kunda ushbu tizim Germaniya, Avstriya, Shveysariya va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojla ntirishda juda katta o'ringa ega.

Hozirgi kunda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamkorligida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish borasida amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda professional ta'lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo'llab-quvvatlash" loyihasi doirasida professional ta'limda dual ta'limni tashkil etish bo'yicha xorij tajribasini o'rganish uchun mamlakatimiz hukumati, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti, kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari hamda professional ta'lim muassasalari vakillarining akademik almashinuvlari amalga oshirilmoqda.

Almashinuvlar davomida O'zbekistonning Berlindagi elchixonasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko'magida Federal professional ta'limi instituti (BIBB), Germaniyaning professional ta'limi sohasida xalqaro hamkorlik byurosi (GOVET), Savdo-sanoat palatasi, yirik ish beruvchilar hamda yoshlarni kasbga o'qitish markazlari vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazilgani holda kelgusidagi o'zaro hamkorlik istiqbollari belgilandi.

Uchrashuvlar davomida Germaniyada dual ta'limni joriy etilishning huquqiy asoslari, tamoyillari, dual ta'lim tizimi ishtirokchilarining majburiyatlari, o'quv me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, xususiy sektorni jalb qilish hamda

yoshlarini dual ta'limga qiziqtirish masalalari yuzasidan o'zaro fikr va tajribalar almashib, professional ta'lim tizimiga joriy etilmoqda.

An'anaviy ta'lim shaklida o'quvchi/talaba oliy yoki professional ta'lim muassasasida nazariy bilimlarni ko'proq egallab, amaliyot qismini juda oz soatlarda korxona va tashkilotlarda o'taydi.

Shuning uchun, rivojlangan mamlakatlarning ta'lim tizimi o'rganilib, zamonaviy texnologiyalar va dastgohlarda o'qish bilan bir vaqtda korxona, tashkilotlarda ish faoliyatini olib borish imkoniyatini beruvchi dual ta'lim shakli O'zbekiston ta'lim tizimiga kiritildi.

"Dual" so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, biror narsaning ikki qismga taalluqliligi, ikkita narsani ifodalovchi, ikki qismdan iborat, degan ma'nolarni bildiradi.

Dual ta'lim - o'quvchi/talabaga ta'limni o'z yo'nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib borish imkoniyatini beruvchi tizimdir.

Bunda yoshlar 2-3 kun ta'lim muassasasida nazariy bilimlarni va 3-4 kun korxona va tashkilotlarda haqiqiy ish jarayonlarida amaliy ko'nikmalarni egallaydi.

Dual ta'lim shaklida tahsil olayotgan o'quvchi/talaba korxona va tashkilotlarda ishga qabul qilinganda ularga korxona tomonidan ustoz biriktiriladi va oylik maoshi to'lanadi.

Maqsad iqtisodiyotning barcha sohalarida malakali va zamonaviy kasbiy ko'nikmalarga ega o'rta bo'g'in kadrlarini tayyorlash hamda yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat [7].

Aytib o'tganimdek, yoshlar ta'lim olish bilan birga haqiqiy ish joyida o'z kasbiy ko'nikmalarini rivojlantiradilar.

Dual ta'lim shakli professional ta'lim tizimida yo'lga qo'yildi. 2021-2022 o'quv yilidan boshlab, maktabgacha ta'lim, temir yo'l va qurilish kabi sohalarda o'rta bo'g'in kadrlarini tayyorlash maqsadida professional ta'lim muassasalariga dual ta'lim shakli bo'yicha 3 mingdan ortiq yoshlar o'qishga qabul qilindi.

2022-2023 o'quv yilida professional ta'lim muassasalariga 4,5 mingdan ortiq yoshlar dual ta'lim shaklida o'qishga qabul qilindi hamda yuqorida aytib o'tilgan sohalarga qo'shimcha ravishda axborot texnologiyalari, yengil sanoat, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish kabi sohalarda ham dual ta'lim shaklida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi [4;6].

Bugungi kunda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, 7,5 mingdan ortiq yoshlar respublikamizdagi professional ta'lim muassasalarida dual ta'lim shaklida ta'lim olib, 1,5 mingga yaqin korxona va tashkilotlarda ish faoliyatini olib bormoqda.

Oliy ta'lim tizimida esa faqat Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida dual ta'lim asosida o'qitish yo'lga qo'yilgan (3- va 4-bosqich talabalari uchun). Kelgusi o'quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich boshqa oliy ta'lim

muassasalarida ham dual ta'lim shakli asosida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda.

Biz bilamizki, Germaniya o'zining ta'lim tizimiga dual ta'limni bir necha yillar oldin joriy qilgan. Germaniyada dual ta'lim rivojlanishining asosiy omili qonunchilikda dual ta'lim ishtirokchilarining (korxona, o'quvchi, ta'lim muassasasi) vazifalari va majburiyatlari aniq belgilab qo'yilgan.

Bugungi kunda Germaniyada 1,4 million yoshlar dual ta'lim shaklida ta'lim olishadi. Germaniyada har yili 500 ming o'quvchi dual ta'limda ishtirok etish uchun korxonalar bilan shartnoma imzolashga erishadi va 74 foiz yoshlar o'qishni yakunlagandan so'ng ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi imzolashga erishadi. Korxona tomonidan o'quvchi(lar)ga malakali va maxsus sinovdan o'tgan hamda sertifikatga ega bo'lgan ustoz biriktiriladi.

Dual ta'limni tashkil etish va ish beruvchilarni jalb qilish Savdo sanoat palatasi va tarmoq savdo palatalari faoliyatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Professional ta'lim muassasalarida dual ta'lim tizimi tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda ta'lim olishni tashkil etish kelajakda tashkilot yoki korxonani malakali kadrlar bilan ta'minlash, o'z iqtisodini rivojlantirish uchun vaqt va xarajatlarni tejaydigan, ishlab chiqarish muhitiga moslashib olgan xodimlarni tanlab olish imkonini beradi.

Dual ta'lim nafakat ma'lum bir professional vazifalarni bajarishga o'rgatadi, balki mehnat jamoasida muvaffaqiyatli moslashishni ta'minlaydi, kerakli vakolat va mas'uliyatni shakllantiradi [8].

Professional ta'lim tizimida dual ta'lim tizimining afzalliklari:

- ta'lim dasturlarining mazmuni va tarkibi ta'lim muassasasi va korxona o'rtasida kelishilgan bo'lib, barcha tomonlarning talablarini qondirishni nazarda tutadi;

- mutaxassislarni amaliy tayyorlash nafaqat korxonalarda, balki ta'lim tashkilotlarining ustaxonalari, laboratoriyalari va o'quv maydonchalarida ham tashkil etiladi;

- ta'lim muassasasi va korxona o'rtasida o'zaro hamkorlik rivojlanadi;

- korxonada amaliy ishlarni bajarish uchun o'quv muassasasidagi nazariy faoliyatning doimiy o'zgarishini o'rganish uchun eng yaxshi omil hisoblanadi;

- ishga joylashganda, adaptatsiya jarayonini tezlashtiradi;

- kasbni aniq tushunish va kasbiy kompetensiyani shakllantiradi.

Professional ta'lim tizimida dual ta'lim tizimining ijobiy tomonlari bilan

birga, uning kamchiliklarini ham ko'rib chikaylik:

- ta'lim tashkilotlarining ukuv dasturlari bilan korxonada bajariladigan ishlarning mavsumiy ketma-ketligi har doim ham bir-biri bilan uyg'un bo'lmaydi;

- ta'lim tashkiloti ba'zan korxona tomonidan talab qilinadigan o'quv materialini taqdim etishga ulgurmasligi mumkin;

- korxonalarning yangi (yosh) mutaxassislarni qabul qilishni istamasligi;

- moliyaviy imkoniyatlarning yetishmasligi sababli korxonalar yosh mutaxassislarga oylik belgilashni xohlamasligi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, dual ta'lim-korxona (muassasa), talaba hamda davlatning manfaatlari va talablariga javob berishi juda ham muhim.

Professional ta'lim muassasalarining bo'lajak bitiruvchilarini o'z mutaxassisliklari bo'yicha muvaffaqiyatli ish bilan ta'minlash masalasi qiziqtiradi. Shuning uchun davlat butun iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasini samarali hal qilib kelmoqda.

Yuqori va zamonaviy darajaga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashda dual ta'lim tizimining elementlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shunday mashg'ulotlar talabaga motivatsiya beradi, o'z 6ilimlarini ko'rsatish, ijodiy rivojlanish imkoniyatlarini beradi, shu bilan birga mustaqil fikrlash, o'z faoliyatini rejalashtirish, korxonadagi amaliyot davrida o'z ish o'rniga ega bo'lish, kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish va kutilgan natijalarga erishishni o'rgatadi.

Binobarin, professional ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda Germaniya tajribasi asosidagi dual ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi 637-son Qonuni. 2020 yil 23 sentyabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-sonli Farmoni 2019 yil 6 sentyabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus, professonal ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 466-sonli Qarori 2020 yil 7 avgust.

4. N.Ismoilov, Q. Shodmanov. Professional ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar tahlili. Science and innovation.2022 y.

5. Shodmanov, K. O., Nodirov, J. M., & Narzullayeva, G. N. (2020). Professional ta'lim muassasalari ukuvchilarida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish. NamDU. Ilmiy axborotnoma.

6. Nodirov, J. M., & Shodmanov, Q. O. (2023). PROFESSIONAL TA'LIM MUAS SASLARIDA TA'LIM-TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHGA OID XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBALARINING QIYOSIY TAHLILI (YAPONIYA MISOLIDA). Ekonomika i sosium, (6-1 (109)), 313-321.

7. Nodirov, J. M., Xamrakulov, M. A., & Abdulakimov, A. A. (2023). PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM-TARBIYA JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Journal of new century innovations, 38(2), 113-117.

8. Nodirov, J. M. (2023). PROFESSIONAL TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM-TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA

BOSHQARISHDA REFLEKSIV YONDASHUV. Novosti obrazovaniya: issledovaniye v XXI veke, 1(11), 894-900.

9. Юлдашев, Ж., Каюмов, Д., & Жураев, У. (2021). Олий таълим муассасаси профессор укитувчисининг маъруза утиш услуби ва узини тутиши. Экономика и социум, (1-2 (80)), 813-817.

10. Юлдашев, Ж., Каюмов, Д., & Жураев, У. (2021). Укув жараёнини илмий асосда ташкил этишда талабаларнинг мустакил таълимини ривожлантиришнинг услубий асослари. Экономика и социум, (1-2 (80)), 802-806.

11. Nurmuxamad Najmitdinovich Majidov, Dilshod Abdug'Ofur O'G'Li Qayumov, & Ulug'Bek Inomiddin O'G'Li Jo'Rayev (2023). TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI. Oriental Art and Culture, 4 (2), 441446.

12. Alisher Xaydaraliyevich Alinazarov, Dilshod Abdug'Ofur O'G'Li Qayumov, & Ulug'Bek Inomiddin O'G'Li Jo'Rayev (2023). O'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA FAN, TA'LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO'NALISHLARI. Oriental Art and Culture, 4 (2), 234-240.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.