Научная статья на тему 'PRETSEDENT BIRLIK VA PRETSEDENT NOM, ULARNING OʻZBEK LINGVOMADANIY JAMIYATIDAQOʻLLANISHI'

PRETSEDENT BIRLIK VA PRETSEDENT NOM, ULARNING OʻZBEK LINGVOMADANIY JAMIYATIDAQOʻLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
34
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intertextuality / precedent unit / precedent name / linguocultural society / mentalitet / etalon / anthroponуm.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yakubova S. H.

Ushbu maqolada pretsedent birliklarining o'rganish tarixi, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari muhokama qilinadi. Maqolada zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan pretsedent nomlarni ifodalashning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan misollardan foydalanildi. Pretsedent birliklarning o‘zbek lingvomadaniy jamiyatidagi o‘rni ham bayon qilindi. Tilshunoslarning pretsedent birliklarga, xususan, pretsedent nomlarga bo'lgan katta qiziqishi turli til vakillarining muloqoti natijasida yuzaga keladigan lingvistik jarayonlar bilan izohlanadi. Shuning uchun ham pretsedent birliklarni o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar soni ortib bormoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PRETSEDENT BIRLIK VA PRETSEDENT NOM, ULARNING OʻZBEK LINGVOMADANIY JAMIYATIDAQOʻLLANISHI»

Open access journal

www.in-academy.uz

Wf-ESE-

EURASIAN JOURNAL OF TECHN01:0GY AND INNOVATION

PRETSEDENT BIRLIK VA PRETSEDENT NOM, ULARNING OZBEK LINGVOMADANIY JAMIYATIDA QOLLANISHI

Yakubova S. H.

SamDUUF Gumanitar fanlar kafedrasi assistant o'qituvchisi

ARTICLE INFO ABSTRACT

Ushbu maqolada pretsedent birliklarining o'rganish tarixi, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari muhokama qilinadi. Maqolada zamonaviy tilshunoslikning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lgan pretsedent nomlarni ifodalashning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan misollardan foydalanildi. Pretsedent birliklarning o'zbek lingvomadaniy jamiyatidagi o'rni ham bayon qilindi. Tilshunoslarning pretsedent birliklarga, xususan, pretsedent nomlarga bo'lgan katta qiziqishi turli til vakillarining muloqoti natijasida yuzaga keladigan lingvistik jarayonlar bilan izohlanadi. Shuning uchun ham pretsedent birliklarni o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar soni ortib bormoqda.

Insoniyat taraqqiyotining bugungi qiyofasi, globallashuv tamoyillari asosida jadallik bilan umumiy, universal xususiyatlar kasb etib borayotgan zamonamizda o'zligini saqlab qolish, milliy qadriyatlarning ahamiyati, milliy-madaniy boyliklarning asl qiymatini bugun har bir millat to'laligicha anglab yetdi. Til milliy-lingvomadaniy jamiyat taraqqiyotini o'zida aks ettiruvchi ko'zgu sifatida hamisha olimlar diqqat markazida bo'lib kelgan. O'tgan asrda boshlangan milliy o'zlikni anglash va uni saqlab qolishga intilish harakatlari zamirida tilga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi, aniqrog'i, til tadqiqiga oid izlanishlar yangi rakursga ko'tarildi. Til o'zida jamiyatdagi voqelikni aks ettirishi bilan bir qatorda, bevosita uning ta'sirida o'zgarishlarga ham uchrab boradi. Ma'lum millatga xos xarakterni, uning mental qiyofasini aks ettirish barobarida u ba'zi manbalar bilan boyib borsa, ba'zi yo'qotishlarga ham yo'liqadi.

Intertekstuallik va pretsedent birliklar nazariyasi ham ana shunday qarashlar zamirida shakllandi. Tilshunoslarning pretsedent birliklarga, xususan, pretsedent nomlarga katta qiziqish bilan qarashlari turli til vakillarining muloqoti natijasida sodir bo'luvchi lingvomadaniy jarayonlar bilan izohlanadi.

Aksariyat hollarda kishilar muloqot chog'ida fikrni ifodalash, uning ta'sirchanligini oshirish yoki retsipiyent diqqatini ayni bir hodisa-jarayonga jalb etish maqsadida keng ommaga ma'lum jumla, vaziyat yoki shaxslarga turli ishoralar bilan murojaat qiladilar. Tillardagi bu jarayon o'zida bevosita millatning mental qiyofasini aks ettiruvchi jihatlarni namoyon etadi. Intertekstuallik va pretsedent birliklar nazariyasi ham ana shunday qarashlar

Received: 05th January 2024 Accepted: 12th January 2024 Online: 13th January 2024

KEY WORDS Intertextuality, precedent unit, precedent name, linguocultural society, mentalitet, etalon, anthroponym.

www.in-academy.uz

zamirida shakllandi. Tilshunoslarning pretsedent birliklarga, xususan, pretsedent nomlarga katta qiziqish bilan qarashi turli til vakillarining muloqoti natijasida sodir bo'luvchi lingvomadaniy jarayonlar bilan izohlanadi. Shu sababli ham pretsedent birliklar tadqiqiga bag'ishlangan tadqiqotlar soni ortib bormoqda.

Fanga ilk bor "pretsedent birlik" atamasini olib kirgan Y.N. Karaulov pretsedent birliklarni "ma'lum shaxsning o'ta shaxsiy xarakterdagi, ya'ni unga yaxshi tanish bo'lgan va uning keng doirasini, shu jumladan, uning o'tmishi va zamondoshlarini ham qamrab oluvchi, va nihoyat, ushbu til sohibining diskursida qayta-qayta murojaat etiluvchi bilish va hissiy munosabatlarida juda ahamiyatli" birlik sifatida tavsiflaydi [Karaulov, 1987; 267]. N. Karaulov pretsedent birliklarga dastlab badiiy asar nomlari nomlari va sitatalarni kiritadi, O.V. Lisochenko esa pretsedent birliklar sirasini kengaytirib, ularga antroponimlarni ham kiritadi [Lisochenko, 2007]. Nisbatan keyingi adabiyotlarda, masalan, N. Pyego-Gro tadqiqotida pretsedent birliklar 4 guruhga ajratilgan: sitata, referensiya, qo'shtirnoqsiz ko'chirma va allyuziya [Pyego-Gro,2008: 240]. Shu bilan bir qatorda ayrim manbalarda pretsedent fenomenlar sirasiga pretsedent vaziyatlar ham kiritiladi [internet-manba].

D.Xudayberganova "O'zbek tilidagi badiiy matnlarning antroposentrik talqini" nomli doktorlik dissertatsiyasida ta'kidlaganidek, "pretsedent birliklar madaniy kodlarni avloddan avlodga olib o'tuvchi vosita sifatida namoyon bo'ladi. Bunda matn-o'xshatishlar, matn-metaforalar, tarkibida pretsedent birliklar, etalonlar, nutqiy etiketlar mavjud bo'lgan matnlarni o'rganish muayyan etnosga xos bo'lgan olamning lisoniy manzarasi ilmiy talqinini yaratishda eng muhim manba hisoblanadi" [Xudoyberganova, 2015: 58].

Pretsedent birlik ma'lum lingvomadaniy jamiyat vakillariga yaxshi tanish, ularning orasida keng ommalashgan, jamiyat hayoti va tarixi bilan bog'liq, o'xshash hodisalarni ifodalash uchun xizmat qiladigan barqaror namunaviy asosdir. Pretsedent birliklar lingvomadaniy jamiyat mafkurasiga, uning mental qiyofasi, borliqni anglash tarziga qadar singib ketadi. Ularning korpusi doimo o'zgarib turadi. Pretsedent birliklar ham dinamik va o'zgaruvchandir, ular madaniy, tarixiy va lingvistik sharoitlarga moslashadi. Masalan, S.S. Xvatova rus tilida BORODINO pretsedent birligi (pretsedent vaziyat - Borodino jangi, pretsedent matn -M.Lermontovning "Borodino" dostoni va shunday familiyali yaqin o'tmishdagi siyosatchi nomi - pretsedent nom) misolida bu holatni bayon etadi [Xvatova, 2004: 10].

Pretsedent nomlarining manbalari doimo yangilanib turadi. Hozirgi kunda an'anaviy pretsedent nom manbalari (diniy manbalar - Injil, Qur'on, hadis, antik madaniyat, folklor, tarix, san'at, badiiy va ilmiy adabiyot va h.k.)dan tashqari nisbatan yangi manbalarni ham ko'rsatish mumkin, chunonchi, turli ko'rinishdagi mediamatnlar. Ommaviy axborot vositalari, internet resurslari (reklama shiorlari, teledasturlar va ularning nomlari, gazeta va jurnal ruknlari va h.k.) bugungi kunda yangi pretsedent nomlarning paydo bo'lishiga, ularning keng ommalashishiga, eskirgan pretsedent birliklarning tez fursatlarda yangilari bilan to'lib borishiga yoki almashinishiga xizmat qilmoqda. Hozirgi zamonaviy sharoitda pretsedent nomlarning yuzaga kelish asosiy manbai ommaviy axborot vositalaridir. Avvallari pretsedent nomlarning ommalashishi uchun uzoq yillar talab etilgan bo'lsa, bugungi kunda bu jarayon juda qisqa fursatda amalga oshmoqda. Har qanday tilning pretsedent nomlari fondi milliy va xalqaro nomlarni o'z ichiga oladi, biroq unda millatning muayyan dunyoqarashi, milliy o'ziga xosligi, e'tiqodi sezilib turadi.

«

www.in-academy.uz

Avvalroq qayd etganimizdek, pretsedent nomlarga qiziqish turli til vakillarining muloqoti natijasida sodir bo'luvchi lingvomadaniy jarayonlar bilan izohlanadi. Bu holatni A.V.Tereshchenko quyidagicha izohlaydi: "Turli lingvomadaniy jamiyatga a'zo til vakillarining muloqoti til to'sig'i bilan bir qatorda madaniy to'siq ham yengib o'tilgandagina samarali bo'ladi" [Tereshchenko, 2016; 76]. Y.B.Ushakova pretsedent nomlar turli til vakillarida farqli semantizasiya qilinishini Yuliy Sezar, Kvazimodo, D'Artanyan pretsedent nomlarining rus va boshqa til vakillari o'rtasida turlicha assotsiatsiyalar hosil qilishi bilan tavsif qiladi [Ushakova, 2014]. Bu holatni o'zbek milliy pretsedent nomlarining boshqa til vakillarida farqli assosiasiyalar hosil qilishida ham kuzatishimiz mumkin: Abdulla Qodiriyning «O'tkan kunlar» romani nemis tiliga «Toshkentlik oshiqlar» nomi ostida tarjima qilingan. O'zbek o'quvchisida asar qahramoni Zaynabga, uning harakatlariga nisbatan salbiy munosabat kuzatilsa, g'arb kishilari tomonidan u o'z sevgisi yo'lida kurashgan personaj sifatida qabul qilingan. Yoki Xo'ja Nasriddin Afandi o'zbek kishisi tomonidan aksariyat hollarda komik personaj sifatida qabul qilinsa (xalq orasida latifalarni «afandi» deb ham ataydilar), turklar Xo'ja Nasriddinga nisbatan kuchli faylasuf, o'tkir zehn sohibi, arbob sifatida qaraydilar.

Har qanday millatning uzoq-yaqin o'tmishida butun halqqa tanilgan mashhur shaxslari, afsonaviy xalq qahramonlari, e'tiborga molik manzilgohlari, mashhur tarixiy voqealarning nomlari ana shu lingvomadaniy hamjamiyatning lisoniy xotirasida turli assosiasiyalar bilan bog'liq tarzda saqlanib turadi.

Pretsedent nomlarning ayrim hollarda etalon bo'lib kelishi ham shu bilan asoslanishi mumkin. Ko'p xalqlarning barqaror qiyosiy birliklari orasida mashhur atoqli otlarning etalon bo'lib kelishi haqida I.V. Zimin ham alohida to'xtalib o'tganlar [Zimin, 2004; 110-111].

Y.A.Naximova pretsedent nomlarga ta'rif berar ekan, ular keng ommaga ma'lum bo'lgan mashhur nomlar bo'lish bilan bir qatorda, ayrim sifatlarning, hodisa va jarayonlarning o'ziga xos madaniy ramzi bo'lib kelishini ham e'tirof etadi [Naximova, 2007].

Pretsedent nomlarning aksariyati metonimik ko'chma ma'noda qo'llanilishi orqali namoyon bo'ladi. Bunda ikki pretsedent birlik o'xshash jihatlari yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir diapazonda namoyon bo'ladi: O'zbekiston delegatsiyasi tashrifi arafasida A.Pushkin nomidagi Moskva tasviriy san'at muzeyida mamlakatimizning I.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi eksponatlari ko'rgazmasi ochildi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ushbu ko'rgazmaga tashrif buyurdilar. "Sahrodagi Luvr" nomini olgan bu muzeyning bebaho eksponatlari dunyo san'atsevarlari e'tiborini qozongan (Abdullaev M. Tarixiy tashrif // O'zbekiston adabiyoti va san'ati. — 2017).

Yuqoridagi matnda pretsedent nomning allyuziya bilan ifodalanishi kuzatilmoqda. "Sahrodagi Luvr" allyuziv birligini anglash uchun o'quvchi avvalo har ikki muzey bo'yicha tasavvurga ega bo'lmog'i lozim. Agar o'quvchi Luvr muzeyi Fransiyaning poytaxti Parij shahrida joylashgan dunyoning eng mashhur amaliy san'at muzeylari sirasidan ekanligini, I.Savitskiy nomidagi davlat muzeyi ham nodir eksponatlarga boy ekanligi jihatidan Luvrga nisbatlanganligini anglamasa, muallif matnda keltirgan allyuziya o'z qiymatini yo'qotadi. D.Xudoyberganova ham ushbu jihatni inobatga olib, allyuziv nomni qo'llashda uning mashhurligi muhim ahamiyat kasb etishini, ular ishtirokidagi gaplar muallifning nechog'lik chuqur bilim egasi ekanligini ko'rsatish bilan bir qatorda, o'quvchi bilimlarini sinovchi "maydon" ekanligini ta'kidlaydi [Xudayberganova, 2015: 138].

Open access journal

www.in-academy.uz

Dunyo tilshunosligida pretsedent birliklar tadqiqiga turli aspektlarda yondashilgan. Ular asosida o'zbek tilidagi pretsedent birliklarni keng o'rganish, ularning til vakillari mentalitetini ifodalashdagi o'rnini belgilash, olamni lisoniy idrok etishdagi xususiyatlarini ochib berish bugungi kun o'zbek tilshunoslari oldida turgan galdagi vazifalardan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Milliy pretsedent nomlar o'zbek mentalitetini ifodalovchi, milliy lisoniy ongimizni namoyon etuvchi muhim birliklardir, ular millatning madaniy kodi sifatida avloddan avlodga o'tishi yoki o'z ahamiyatini yo'qotganda unutilishi mumkin. Ularni tadqiq etish orqali olamning o'zbekcha lisoniy manzarasini, undagi lingvomadaniy o'ziga xosliklarni kuzatish va tahlil qilish mumkin bo'ladi.

References:

1. Караулов Ю.Н. Русский язык и языковая личность / Ю.Н.Караулов. -М.: Наука, 1987.

2. Лисоченко О. В. Риторика для журналистов: прецедентность в языке и речи: Учебное пособие для студентов вузов / О. В. Лисоченко. - Ростов н/Д.: Феникс, 2007.

3. Пьего-Гро Н. Введение в теорию интертекстуальности. - М.: ЛКИ, 2008.

4. Mahliyo, D. (2023). MEDIA DISCOURSE: MEDIA TRANSLATION AND NECESSITY OF STUDYING IT. Лучшие интеллектуальные исследования, 9(3), 211-214.

5. Doniyorova, G. S. (2023). SOME THOUGHTS ABOUT PROFITABLE PLANTS OF UZBEKISTAN: ON THE EXAMPLE OF KAVRAK. «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ».

6. Mahliyo, D. (2023). THEORETICAL ORIENTATIONS TO L2 METHODS & APPROACHES. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 1(7), 66-69.

7. Mahliyo, D. (2023). MORPHEMES: TYPES AND USAGE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(27), 530-533.

8. Mahliyo, D. (2022). THE DIFFERENCES BETWEEN ESP AND ESL FOR STUDYING LANGUAGES. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(1), 139-142.

9. Omanov, P. (2021). DEVELOPMENT OF STUDENTS'SOCIO-CULTURAL COMPETENCE IN ENGLISH TEACHING THROUGH AUTHENTIC VIDEO MATERIALS. Academic research in educational sciences, 2(9), 1085-1100.

10. Bafoyev, M. U. B., & Xabitovich, O. P. L. (2022). PROMOTION OF PUBLIC DIPLOMACY IN THE ERA OF THE CREATION OF THE 3RD RENAISSANCE THROUGH THE EYES OF YOUTH. Journal of new century innovations, 15(2), 108-110.

11. Shamaksudovna, S. L., Erkinovna, K. S., Khabitovich, O. P., Zung, T. T. K., & Adkhamovna, Z. N. (2022). MODERN TECHNOLOGIES OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN UZBEKISTAN. Journal of Positive School Psychology, 5538-5550.

12. Омонов, П. Х. (2021). АЛИШЕР НАВОИ-ГОРДОСТЬ УЗБЕКСКОГО НАРОДА Бурхонова Зарина Баходир кизи. МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ, 25.

13. Rajabova, K., & Omonov, P. (2021). FACTORS OF THE LANGUAGE FUNCTIONING. In Приоритетные направления развития спорта, туризма, образования и науки (pp. 598602).

14. Omanov, P. L. X. (2021). TALABALAR IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA AUTENTIK MATERIALLARNING O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 820-826.

Open access journal

www.in-academy.uz

15. ОМАНОВ, П. Х. (2020). CONTENT AND FORMS OF USING AUTHENTIC VIDEO MATERIALS IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'SOCIAL AND CULTURAL COMPETENCE. Иностранные языки в Узбекистане, (3), 118-131.

16. Дубровина, М. Э., & Мухитдинова, Х. С. (2011). Сравнительно-типологический анализ причастия с показателем-gan в узбекском языке. Российская тюркология, (2), 4147.

17. Mukhitdinova, K., Asilova, G., Salisheva, Z., & Rakhmatullaeva, M. (2019). Current Issues of Creating Educational Material for Intensive Teaching to the Uzbek Language of Foreigners. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 5224-5226.

18. Madjidova, R. U., Muxitdinova, X. S., & Sultonova Sh, M. (2016). Umumiy tilshunoslik fanidan ma'ruzalar matni. Toshkent-2016.

19. Muxitdinova, X. S. (2013). Avlakulov Ya. I., Nuriddinova DA O 'zbek tili. Ta'lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun darslik. Toshkent:«Yangiyo 'l poligraph service, 143.

20. Muxitdinova, X. S. (2011). Improving the scientific and methodological basis for ensuring the continuity of teaching the Uzbek language at the educational stage: Ped. fanl. doctors.... diss.

21. Muxitdinova, X., Xudoyberganova, D., Umirov, I., Jiyanova, N., & Yusupova, T. (2004). Hozirgi o 'zbek adabiy tili (Oliy o 'quv yurti talabalari unun o 'quv qo 'llanma). T.: Ilm Ziyo, 216.

22. Nozima, B., & Nusratovich, K. U. B. (2023). THE IMPACT OF MULTILINGUALISM ON COGNITIVE ABILITIES IN EFL LEARNERS. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1048-1052.

23. Nozima, B., & Nusratovich, K. U. B. (2023). ADDRESSING COMMON GRAMMAR MISTAKES IN EFL WRITING. PEDAGOG, 6(11), 551-554.

24. Nusratovich, K. U. (2023). JAMES JOYCE'S WORKS AND HIS CONTRIBUTION TO THE ENGLISH LITERATURE. Научный Фокус, 1(2), 833-836.

25. Dilshod o'g'li, A. S., & Nusratovich, K. U. (2023). THE DESCRIPTION OF DIFFERENT THEMES IN "JANE EYRE". Научный Фокус, 1(2), 807-810.

26. Nusratovich, K. U. (2023). GEORGE ELIOT'S LIFE IS DEDICATED TO HIS WORK. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(6), 253-255.

27. Nusratovich, K. U. (2023). INFLUENCE OF SHAKESPEARE'S WORKS ON MODERN LITERATURE AND CULTURE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(31), 8688.

28. Маджидова, Р. У., Мухитдинова, Х. С., & Оманов, П. Х. РОЛЬ ЛИНГВОСТРАНОВЕДЧЕСКИХ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ В ПРЕПОДАВАНИИ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО. ''УЗБЕКИСТОН ОЛИМЛАРИ ВА ЁШЛАРИНИНГ ИННОВАЦИОН ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ТАДКИКОТЛАРИ"7-КИСМ, 149.

29. Khabitovich, O. P. (2018). The Importance of Social Competence in Teaching Foreign Languages. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(5), 72-77.

30. Кенжабоев, Ж. А. (2017). Языковое тестирование как способ контроля при обучении английскому языку. Вестник современной науки, (2-2), 50-54.

31. Кенжабоев, А., & Кенжабоев, Ж. (2016). Бошлангич синфларда хорижий тилларни уцитишда педагогик технологиялар. Современное образование (Узбекистан), (6), 18-25.

«

www.in-academy.uz

32. Кенжабоев, Ж. А. (2017). Новые личностно-ориентированные технологии обучения. Вестник современной науки, (3-2), 45-47.

33. Кенжабаев, Ж. (2021). Лингводидактические особенности развития устной речевой компетенции студентов физического воспитания (на примере спортивной терминологии). Общество и инновации, 2(3/S), 150-154.

34. Abdisalimovich, K. J. (2021). LINGUODIDACTIC FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF ORAL SPEECH COMPETENCE OF STUDENTS IN THE FIELD OF PHYSICAL CULTURE EDUCATION (IN THE EXAMPLE OF SPORTS TERMS). Conferencious Online, 47-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.