Научная статья на тему 'O‘ZBEK ONOMASTIKASI KO‘LAMI, UNING HAJMI VA MAZMUNI'

O‘ZBEK ONOMASTIKASI KO‘LAMI, UNING HAJMI VA MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
24
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Onomastika / toponimika / antroponika / onomastik ko‘lam / onomastik birlik / onomastik lug‘at / onomastik termin / onomastik tushuncha. / Onomastics / toponymy / anthroponymy / onomastic school / onomastic unit / onomastic dictionary / onomastic terminology / onomastic concepts.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muhiddinova Nilufar Sadriddin Qizi

XX asrning 60-70-yillarida o‘zbek tilshunosligida bir qator ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Masalan: eksperimental fonetika, fonologiya, morfonologiya, frazeologiya, stilistika (uslubshunoslik),nutq madaniyati, ijtimoiy tilshunoslik (sotsiolingvistika), areal lingvistika, lingvostatistika kabilar. O‘zbek onomastikasi ham o‘sha davrlarda vujudga kelgan tilshunoslikning yangi sohalaridan biri sanaladi. Maqolada o‘zbek onomastikasi ko‘lami, uning hajmi va mazmuni borasida fikr yuritlgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCOPE OF UZBEK ONOMASTICS, ITS VOLUME AND CONTENT

In the 1960s and 1970s, a number of significant developments occurred in Uzbek linguistics, including the emergence of new scientificfields such as experimental phonetics, phonology, morphological analysis, phraseology, style (methodology), and speech culture. Additionally, social linguistics (sociolinguistics) and areal linguistics were established, as well as linguistic statistics. One of the newer fields to e merge during this period was Uzbek onomastics. This article examines the scope and content of Uzbek onomastic sand its significance within the broader field of linguistics.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK ONOMASTIKASI KO‘LAMI, UNING HAJMI VA MAZMUNI»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

SCOPE OF UZBEK ONOMASTICS, ITS VOLUME AND

CONTENT Muhiddinova Nilufar Sadriddin kizi

IDUM, Nurota District, Navoi Region, English teacher https://doi.org/10.5281/zenodo.12515041

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 18th June 2024 Accepted: 23th June 2024 Online: 24th June 2024

KEYWORDS Onomastics, toponymy, anthroponymy, onomastic school, onomastic unit, onomastic dictionary, onomastic terminology, onomastic concepts.

In the 1960s and 1970s, a number of significant developments occurred in Uzbek linguistics, including the emergence of new scientific fields such as experimental phonetics, phonology, morphological analysis, phraseology, style (methodology), and speech culture. Additionally, social linguistics (sociolinguistics) and areal linguistics were established, as well as linguistic statistics. One of the newer fields to emerge during this period was Uzbek onomastics. This article examines the scope and content of Uzbek onomastics and its significance within the broader field of linguistics.

O'ZBEK ONOMASTIKASI KOLAMI, UNING HAJMI VA MAZMUNI Muhiddinova Nilufar Sadriddin Qizi

Navoiy viloyati Nurota tumani IDUM, Ingliz tili fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12515041

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 18th June 2024 Accepted: 23th June 2024 Online: 24th June 2024

KEYWORDS Onomastika, toponimika, antroponika, onomastik ko'lam, onomastik birlik, onomastik lug'at,

onomastik termin,

onomastik tushuncha.

XX asrning 60-70-yillarida o'zbek tilshunosligida bir qator ilmiy yo'nalishlar paydo bo'ldi. Masalan: eksperimental fonetika, fonologiya, morfonologiya, frazeologiya, stilistika (uslubshunoslik), nutq madaniyati, ijtimoiy tilshunoslik (sotsiolingvistika), areal lingvistika, lingvostatistika kabilar. O'zbek onomastikasi ham o'sha davrlarda vujudga kelgan tilshunoslikning yangi sohalaridan biri sanaladi. Maqolada o'zbek onomastikasi ko'lami, uning hajmi va mazmuni borasida fikr yuritlgan.

Onomastika - yunoncha onomastike - so'zidan olingan bo'lib, "nom qo'yish san'ati" degan ma'noni bildiradi. Hozirgi vaqtda bu termin ikki ma'noda qo'llaniladi: 1. Ma'lum bir til, xalq tarkibida qo'llangan barcha atoqli otlarning yig'indisi.

é

Ws,

2. Atoqli otlar, ularning shakllanishi va o'ziga xos xususiyatlarini o'rganuvchi tilshunoslik sohasi1.

O'zbek onomastikasi (nomshunosligi) o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. O'zbek nomshunosligi bo'yicha olib borilgan keng ko'lamli tadqiqotlar o'zbek onomastikasi sohasini bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug'atlar, ko'p sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitdi2.

Ma'lumki, onomastika tilshunoslikning har qanday atoqli otlarni, ularning paydo bo'lish va o'zgarish tarixini o'rganuvchi bo'limi, shuningdek tildagi barcha atoqli otlar yig'indisini o'zida ifodalaydi. Onomastika fani tildagi mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va o'rganishni maqsad qilib qo'yadi.

Onomastika fani atoqli nomlarni olgan ob'ektlarning toifalariga ko'ra quyidagi guruh (bo'lim)larga ajratadi: antroponimiya - kishilarning atoqli nomlari (ismlari, familiyalari, ota ismlari, laqablari, taxalluslari), toponimiya - geografik ob'ektlarning atoqli nomlari, teonimiya - turli diniy tasavvurlar bo'yicha xudolar, ma'budlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlari, zoonimiya - hayvonlarga qo'yiladigan (shartli) atoqli nomlar, laqablar, kosmonimiya - fazoviy bo'shliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlari, astronimiya - ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar) nomlarining majmuini o'zida ifodalaydi. Bundan tashqari onomastikaning yana bir qancha bo'lim (guruh)lari mavjud. Masalan, onomastikaning bir bo'limi realionimlar (avval va hozir mavjud bo'lgan ob'ektlarning nomlari) deb nomlansa, unga zid bo'lgan mifonimlar xayoliy - to'qima ob'ektlarning nomlarini bildiradi.

Atoqli nomlarning til (lisoniy) xususiyatlarini o'rganilish darajasiga qarab onomastika adabiy va dialektal onomastika, odatdagi (amaliy) va poetik onomastika, zamonaviy va tarixiy onomastika, nazariy va amaliy onomastika kabi turlarga bo'linadi.

Shulardan biri bo'lgan nazariy onomastika til va nutqdagi, adabiy va dialektal sohalarga tegishli atoqli nomlarning paydo bo'lishi, ularning nominatsiya (nomlanish) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil o'zgarishlari, onomastik birliklarning nutqda qo'llanilishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda onomastik birliklarning tarkibiy tuzilishini o'rganadi. Badiiy matnlardagi atoqli nomlarni tadqiq etish alohida muammo bo'lib, bu badiiy onomastika yoki onomapoetikaningasosiy vazifasidir. Onomastika, shuningdek, tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik xaritalashtirish va boshqa usullarini qo'llagan holda, atoqli nomlarning fonetik, morfologik, derivatsion (yasalish, shakllanish), semantik, etimologik kabi jihatlarini ham o'rganadi.

Amaliy onomastika horijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi, transliteratsiyasi, an'anaviy (talaffuz va yozilishiga ko'ra), tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlarni aniqlash, "begona" nomlarni o'z tilda qanday yozish bo'yicha yo'riqnomalar tayyorlash, horijiy tillardan o'zlashgan nomlardan yangi onomastik birliklar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni o'zlashtirish masalalari bilan shug'ullanadi.

1 Ishayev A. Mang'it so'zining etimologiyasi haqida // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1958. - №2. - B.63-65.

2 Ishayev A. Mang'it so'zining etimologiyasi haqida // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1958. - №2. - B.63-65.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Onomastika, jumladan o'zbek onomastikasi tarix, etnografiya, genealogiya, geraldika, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, geografiya, astronomiya, geologiya, demografiya kabi bir qator fanlar bilan uzviy aloqador fan sanaladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda onomastikaning nazariy va amaliy muammolarini o'rganishga alohida ahamiyat berilmoqda. Masalan, respublikadagi har bir viloyat, shahar, tuman hokimliklari oldida toponimik ob'ektlarga nom qo'yishni muvofiqlashtirish bo'yicha maxsus komissiyalar ish yuritmoqda. Bu komissiyalar o'sha hududdagi tomonimik ob'ektlarga qo'yilgan nomlarni zamon talablariga ko'ra yangilash bo'yicha qator ishlarni amalga oshirmoqda. Masalan, prof.I.Suvonqulov Samarqand shahri ko'chalarining yangi nomlari talqini haqida "Tariximizning o'chmas sahifalari" deb nomlangan asar yaratgan edi. Xuddi shunday ish Qarshi shahri bo'yicha ham amalga oshirilgan.

References:

1. Aytmuratov D. Tyurkskie etnonimi. - Nukus, 1986. - 234 c.

2. Ishayev A. Mang'it so'zining etimologiyasi haqida // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1958. - №2. - B.63-65.

3. Yo'ldoshev T. "Ilonli" etnonimi to'g'risida // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2001. -№1. - B.62-63.

4. Nafasov T. O'zbek urug' va qabilalarining nomlanishida tamg'aning roli // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2006. - №2. - B.70-73.

5. Otajonova A. Kerayit etnonimi haqida // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1995. -№3. - B.59-62.

6. Otajonova A. Xorazm etnonimlarining ayrim fonetik xususiyatlari // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1995. - №5. - B.40-42.

7. Sarsenbekov A. Turkiy toponimlarda "qang'li" etnonimi // O'zbek tili va adabiyoti. -Toshkent, 2000. - №5. - B.68-70.

8. Faxriddinov A. Etnonimlar tarixidan // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1998. - №1. - B.79-81.

9. Shoniyozov K. Qang' davlati va qang'lilar. - Toshkent: Fan, 1990. - 168 b.

10. Qorayev S. Etnonimika. - Toshkent: O'zbekiston, 1979. - 23 b.

11. Qorayev S. Toponimika. O'quv qo'llanma. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. - 320 b.

12. Do'simov Z., Tillaeva M. Joy nomilarining siri. Xiva, 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.