Научная статья на тему 'Pretsedent nomlarning o’zbek va ingliz badiiy matnlaridagi o’rni'

Pretsedent nomlarning o’zbek va ingliz badiiy matnlaridagi o’rni Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
197
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antonomaziya / onomastik birliklar / metafora / metanimiya / epitet / lingvopoetika / lingvokulturologiya / antraponimlar / toponimlar / zoonimlar / analitik usul

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shoxida Bazarbayevna Davletova

Ushbu maqolada pretsedent nomlar badiiy matnlarda turli maqsadlarda qo’llanilishi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Pretsedent nomlarning o’zbek va ingliz badiiy matnlaridagi o’rni»

Pretsedent nomlarning o'zbek va ingliz badiiy matnlaridagi

o'rni

Shoxida Bazarbayevna Davletova Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada pretsedent nomlar badiiy matnlarda turli maqsadlarda qo'llanilishi tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: antonomaziya, onomastik birliklar, metafora, metanimiya, epitet, lingvopoetika, lingvokulturologiya, antraponimlar, toponimlar, zoonimlar, analitik usul

The role of precedent names in Uzbek and English literary

texts

Shokhida Bazarbayevna Davletova Urganch State University

Abstract: This article analyzes the use of precedent names in literary texts for different purposes.

Keywords: antonomazia, onomastic units, metaphor, metonymy, epithet, language poetics, language culturology, antraponomial, toponyms, zoonyms, analytical method

Hozirgi jahon tilshunosligida til xodisalari ijtimoiy ong taraqqiyoti hamda insoniyatning hayotiy va ilmiy ehtiyoji bois uni antroposentrik yo'nalishda tadqiq etishga a'lohida e'tibor qaratilmoqda. Dunyo tilshunosligida antonomaziyalar o'zida ijtimoiy-tarixiy, siyosiy, falsafiy, ma'rifiy-ma'naviy, adabiy axborotni saqlovchi, semantic, lingvopoetik va lingvokulturologik jihatlarni o'zida to'liq namoyon etuvchi mental tuzilma hamda potensial birliklar sifatida e'tirof etiladi. Ular boshqa lingvomadaniy birliklar - metafora, o'xshatish, maqol, iboralar kabi tilning bebaho boyligi hisoblanadi, til egalarining xotirasida muntazam saqlanib turadi va madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi sifatida abadiy mavjud bo'ladi. Shunga ko'ra ingliz va o'zbek tilshunosligida antonomaziyalarni zamonaviy metadologiya va metodlar asosida o'rganish, ularning lingvistik tabiati, badiiy matndagi o'rni yuzasidan ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish, tegishli tavsiyalar ishlab chiqarish, semantik, lingvopoetik va lingvokulturologik aspektlarda o'rganish, falsafiy, mantiqiy, lisoniy, semantik hamda badiiy- estetik, poetik xususiyatlarini yaxlit tahlil

qilish kabilar yechimini kutayotgan jiddiy muammolardan biridir. Antonomaziyalarni ustida turli tillar doirasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish ijtimoiy davr talabi hisoblanadi. Antonomaziya vositasida ta'riflanayotga va tavsiflanayotgan inson yoki obraz xususiyatlari aniq va ta'sirli ifodalanadi. U nafaqat emotsianallikni yuzaga keltiradi balki shu bilan birga antonomaziyalashgan inson yoki obrazga to'g'ri va aniq bahoni ham beradi. Antonomaziyalarda kishilarning tabiati, xususiyati va fazilatlari - insoniyligi, mardligi, jasurligi, aqlliligi, sahiyligi, qo'rqoqligi, zulmkorligi, rashkchiligi, xasisligi kabilar e'tiborga olinib, barchaga yoki ko'pchilikka ma'lum bo'lgan nom bilan ataladi. Ijobiy xususiyatli antonomaziyalarga Margaret Tetcherning temir xotin, Maykl Jeksonning pop qiroli, Onna Madonnaning pop malikasi, Eynshteynning aqlli kishi nomlari bilan atalishini aytib o'tish mumkin.

Pretsedent nomlarni qo'llashda ingliz va o'zbek tillari tizimida ham o'xshashlik, ham farqli jihatlar mavjud. O'xshashliklari shundan iboratki, ingliz va o'zbek tillari tizimida mazkur xodisa bir xil tabiatga ega, ya'ni muayyan kishini to'liq tavsiflashda epitet sifatida foydalaniladi. Ikkala tilda ham antonomaziya manbalari xalq og'zaki ijodi, mifologik va diniy tushunchalar, tarixiy voqealar va shaxslar, san'at, xususan, badiiy asarlarga doir obrazlar xisoblanadi. Farqli jihatlari shundaki, ingliz tilida antonomaziyalarning yuzaga kelishiga ko'proq siyosatchilarning ma'ruzalari, notiqlik san'ati sabab bo'lgan bo'lsa, o'zbek tilida esa badiiy adabiyot, xususan, she'riy asarlar antonomaziyalarning shakllanishi va keng tarqalishiga asos vazifasini o'tagan. Ingliz tili antonomaziyalari shakllanishining ilk asosiy manbasi yunon mifologiyasi va Injil kitobi bo'lsa, o'zbek tilidagi antonomaziyalarning dastlabki manbasi Sharq mifologiyasi va muqaddas Qur'ondir.

Antonomaziyalar badiiy matnda turli maqsadlarga ko'ra qo'llaniladi, ularning eng muhimlarini quyida keltirib o'tamiz: 1) Ijodkorning fikrini yorqin, ixcham, aniq, ta'sirchan va yaqqol tarzda ifodalash uchun; 2) Badiiy san'atni voqelantirish uchun; 3) Matnning intertekstualligini ta'minlash uchun; 4) Salbiy yoki ijobiy bahoni ekspressiv ifodalash uchun; 5) Kuchli his-hayajonni ifodalash uchun; 6) Obraz xarakteriga xos ayrim jihat va belgilarni bo'rttirib ko'rsatish uchun; 7) fikrni izohlash, tasdiqlash, dalillash uchun; 8) kitobxonning badiiy- estetik didi va dunyoqarashini mukammallashtirish va boyitish uchun.

Antonomaziyalar badiiy matn tarkibida o'z ma'nolaridan boshqa ma'no tovlanishlariga, ko'chma ma'no - ma'joziy xususiyatlariga ega bo'lgan nomlar bo'lib, ular badiiy nutq ta'sirchanligi, emotsionalligini oshirishga xizmat qiladi. Antonomaziya ijodkorni ifodalash lozim bo'lgan fikrni batafsil aytishdan, xolatni batafsil tasvirlash zaruratidan xalos etadi, badiiy maqsadga muayyan fikr yoki holatga mos keladigan boshqa biror mifologik, diniy yoki badiiy obraz ismiga ishora qilish bilan erishish imkonini beradi. Natijada bir ismni ifodalash bilan unga o'zaro aloqador ko'p ma'no ifodalanadi va talmih badiiy san'ati voqealanishiga sabab

bo'ladi. Hozirgi davr nuqtai nazardan antonomaziyalarni iste'mol, qo'llanilish va tushunilish doirasiga ko'ra uch guruhga - umummilliy, mintaqaviy va milliy antonomaziyalarga ajratish mumkin. Umummilliy antonomaziyalar ( mas., Sulaymon, Otello, Gamlet, Ikar, Kalumb kabilar) ning ko'chma ma'nolarini dunyodagi aksariyat kishilar biladi. Masalan, Otello rashk timsoli ekanligi, u badiiy asarlarda rashk ramzi sifatida majoziy ma'noda ko'p qo'llanishidan deyarli hammaning habari bor. Mintaqaviy antonomaziyalar (mas., Hotam, Layli, Majnun, Xusrav, Rustam kabilar)ning ma'joziy ma'nolaridan Sharq xalqlarining aksariyati xabardor, desak yanglishmagan bo'lamiz. Masalan, Hotamni sahiylik, qo'li ochiqlik ramzi sifatida o'zbek, tojik, arab kabi xalqlar yaxshi biladi. Milliy antonomaziyalar sifatida esa Alpomish, Bobur, Furqat, Kumush, Otabek, Cho'lpon kabilarni aytish mumkin. Bu kabi antonomaziyalarning ma'joziy ma'nolari faqat o'zbek xalqi va unga yaqin xalqlargagina ma'lum va tushunarlidir.

Ingliz va o'zbek adabiyotida antonomaziyalar muhim ahamiyat kasb etadi, ular mazkur adabiyotlarning barcha taraqqiyot bosqichlarida u yoki bu darajada iste'molda bo'lgan. Ingliz adabiyotida bu badiiy san'atni eng yuqori pog'onalarga olib chiqqanlardan biri Shekspir bo'lsa, o'zbek adabiyotida esa Alisher Navoiy bu san'atni mislsiz darajada rivojlantirib, o'zbek adaboyotida antonomaziyalarni alohida tizim sifatida shakllantirdi. Shoirning adabiy- badiiy asarlarida qo'llangan pretsedent nomlar o'zbek xalqining tarixi, madaniyati va adabiyotini to'liq o'zida aks ettiradi, desak aslo mubolag'a etmagan bo'lamiz. Shoirning quyidagi baytini misol tarzida keltirib o'tamiz.

Ko'zlaring birla labing andog'ki urdi din yo'lin,

Ne balolardin Bilol o'tgay, ne sahmodin Suhayb. (Navoiy)

Ushbu baytda Bilol va Suhayb ismlari talmeh sifatida keltirilgan. Suhayb antroponimining majoziy ma'nosini hozirgi kitobxonlarning aksariyati bilmasligi mumkin. Mazkur shaxsning to'liq nomi Suhayb Rumiy, u Bilol kabi islom dinini birinchilardan bo'lib qabul qilgan. Shoirning yashagan davrda ham, hozirgi davrda ham ko'chma ma'nosi ko'pchilikka ma'lum bo'lgan pretsedent nomlarga Layli, Majnun, Farhod, Shirin kabilarni misol tarzida aytish mumkin.

Adabiy asarlar bilan bog'liq antonomaziyalarga Cordelia ismini misol tarzida ifodalash mumkin. Ma'lumki bu ism Shekspirning "Qirol Lir" tragediyasi sabab mashxur bo'lgan. Asarda tasvirlanishicha, Cardelia qirol Lirning sevimli qizi bo'lib, u o'gay singillari Regan va Gonerildan farqli o'laroq vijdonli, to'g'riso'z va ochiqko'ngil bo'lgan, yolg'onchilik, xushomadgo'ylik, ikkiyuzlamachilikni yomon ko'rgan. U shu fazilatlari va turli ig'vo bo'xtonlar tufayli otasining qahriga uchrab, saroydan quviladi. Yolg'onchi, xudbin va munofiq singillari esa xushomadgo'ylik bilan otasini aldab, uning barcha mol-mulklarini o'zlariniki qilib olishadi. Baxtli tasodif tufayli Fransiya qiroliga turmushga chiqqan Cardelia otasini kechiradi va

singillaridan ota yurtini qaytarib olish uchun qo'shin tortadi va g'alabaga erishadi. Ingliz adabiyotida Cardelia ismi rostgo'ylik, to'g'riso'zlik, vijdonlilik, mayin ovozli, nozik va latif ayol timsoli sifatida ko'chma ma'noda qo'llaniladi. Yevropa adabiyotida Gerqules kuchli erkak, Venera esa go'zal ayol ko'chma ma'nosida ko'p qo'llaniladi.

Mifologik, diniy-afsonaviy qahramonlar nomlari tilshunoslikda agionimlar (yun. Muqaddas, ilohiy nom) lar deb yuritiladi va unda muqaddas deb bilinadigan ob'ekt nomlari, shuningdek diniy antraponimlar tadqiq etiladi. Alisher Navoiy she'riy asarlarida Odam, Ruhulloh (Masih, Iso), Ayub, Dovud, Nuh, Sulaymon, Xizr, Yusuf, Yaqub kabi payg'ambarlar nomlari antonomaziya sifatida keltirilgan.

Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon ollida hudhud,

Buroqing soyir anjum shohi ostida sipehroso.

Sulaymon islom olamida payg'ambar va ulug' podshoh sifatida talqin etiladi. Sharq rivoyatlarida aytilishicha, unga yeru osmon, shamol, devu pari, barcha hayvonot olami bo'ysunadi. Uning taxtini devlar ko'taradi, shamol uchiradi, qushlar esa boshiga soyabon bo'ladi. Kunlardan bir kun Hudhud Sulaymonga Sabo shahrining malikasi Bilqis haqida habar keltiradi. Mazkur baytning birinchi misrasida shunga ishora qilingan, talmeh san'ati orqali Jabroilning Muhammad payg'ambarga xabar yetkazib turishligini Hudhudning Sulaymonga xabar yetkazib turishiga o'xshatilgan. Ikkinchi misrada esa payg'ambar yaqinlari va ko'makchilarining sifatlari badiiy tasvirlangan.

Ingliz tilida mif va afsonalardagi obrazlar asosida yuzaga kelgan antonomaziyalarga Pandora ismini aytish mumkin. Yunon afsonasiga ko'ra, Pandora ismli ayol ochish taqiqlangan sirli qutini o'ylab o'tirmasdan ochadi, natijada qutida yashiringan yomon illatlar, g'am-tashvishlar, kasalliklar va baxtsizlik yer yuziga tarqalib ketadi hamda shu bilan insoniyat abadiy azob chekishga mahkum bo'ladi. Ingliz tilidagi Pandora's box iborasi shundan kelib chiqqan. Bu ibora odatda g'am-qayg'u va baxtsizlik ko'chma ma'nosida qo'llaniladi.

E'tiborli tomoni shundaki o'zbek tilida payg'ambarlarning ismi alluziv nom sifatida qo'llangan bo'lsa, ingliz adabiyotida esa xudolarning ismi antonomaziya bo'lib kelgan.

Ingliz va o'zbek tillarida pretsedent nomlarning tabiati o'xshash, shakllanish va voqealanish mexanizmi deyarli bir xil, maqsad hamda vazifasi ham bir-biriga muvofiq keladi. Ikkala tilda ham pretsedent nomlar manbalari shu xalqlarning ijtimoiy hayoti, madaniyati, diniy e'tiqodi, tarixi va adabiyotidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Achilova .R.A. G'arb adabiyotida ayrim antonomaziyalarning semantic xususiyatlari. Ilm sarchashmalari. Urganch Davlat Universitetining ilmiy- nazariy metodik jurnali. 2021,- B, Urganch

2. Isxoqov Yo. Alisher Navoiy va Navoiy taxallusli shoirlar. O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1968.

3. Mahmudov. N. Tilimizning tilla sandig'i.- Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2012.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati, besh jildli, Toshkent: " O'zbekiston milliy ensiklapediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.