International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
O'ZBEK TILIDAGI ANTONOMAZIYALARNING MA'NOSI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-523-528
Achilova Risolat A'zamovna
Buxoro davlat universiteti, katta o'qituvchisi e-mail: [email protected] tel:+99890-637-05-05
ANNOTATSIYA
Maqolada antonomaziya hodisasining til va nutqda voqelanishi ochib berilgan3 uning mohiyati va leksik-semantik xususiyatlari aniqlangan3 inson lisoniy faoliyatida hamda badiiy matnni shakllantirishdagi o'rni va vazifalari belgilangan, nominativ vazifasidan tashqari ramziy ma 'nolarni anglatishi, badiiy san 'atni voqelantirishdagi roli, ayrim lingvopoetik xususiyatlari hamda o 'zbek lingvomadaniyatida tutgan o 'rni kabi masalalar o 'rganilgan. Antonomaziyalarni semantik xususiyatlariga ko 'ra uch guruh, ya 'ni a) mashhur tarixiy voqealar asosida shakllangan antonomaziyalar; b) afsonalar asosida yuzaga kelgan antonomaziyalar; v) adabiy asarlar3 ulardagi obrazlar asosida shakllangan antonomaziyalar bo 'yicha o 'rganish maqsadga muvofiqligi bo'yicha tavsiya berilgan. O'zbek adabiyotidagi antonomaziyalarning ayrim uslubiy va lingvopoetik xususiyatlariga Alisher Navoiy asarlari misolida aniqlik kiritilgan.
Kalit so'zlar: trop, antonomaziya, talmih, o'xshatish3 metafora3 onomastika, antroponim, mifologiya, lingvopoetika, lingvokulbturologiya.
THE MEANING OF ANTONOMASES IN UZBEK LANGUAGE
ABSTRACT
The article reveals the phenomenon of antonomasia in language and speech, defines its essence and lexical-semantic features, defines its role and functions in human linguistic activity and in the formation of literary texts issues such as location have been studied. There are three groups of antonomasia according to their semantic features: a) antonomasia formed on the basis ofpopular historical events; b) antonomasia based on myths; c) Literary works are recommended for study on the antonomasia formed on the basis of the images in them. Some methodological and linguo-poetic features of antonomasia in Uzbek literature are clarified in the works of Alisher Navoi.
Key words: trop, antonomasia, talmih, analogy, metaphor, onomastics,
anthroponomy, mythology, lingvopoetics, lingvoculturology.
523
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
KIRISH
Ijtimoiy ong taraqqiyoti til hodisalariga yangicha nuqtai nazarlar bilan qarash ularni yangi ilmiy kontseptsiyalar va zamonaviy metodlar bilan tadqiq etish zaruratini yuzaga keltirdi. Shunga ko'ra keyingi davrlarda tilning inson hayotidagi mohiyatini chuqurroq va yanada ko'proq bilishga, til hodisalarini insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy-ma'naviy hayoti bilan o'zaro bog'liq holda o'rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ijtimoiy hayotni shakllantiruvchi eng asosiy vosita - tilning asl tub mohiyatini to'liq anglash uchun uning zohiriy hodisalari bilan birga botinidagi hodisalarni o'rganish ham muhimligi ayon bo'lib qoldi.
Dunyo va milliy tilshunoslikda tadqiq etilishi muhim bo'lgan masalalardan biri antonomaziya hodisasidir. Bu hodisaning mohiyati shundaki, unda hammaga ma'lum va mashhur bo'lgan badiiy asar qahramonlariga, tarixiy voqea va afsonalarga ishora qilinadi. Antonomaziyaning asar badiiyatiga ta'sirini aniqlash, asosiy xususiyatlari, shakllanish, rivojlanish yo'llari va qonuniyatlarini tadqiq etish, unga oid mavjud mulohazalarni yangicha qarash, tamoyil, mezon va dalillar asosida tahlil etish, leksik-semantik va lingvopoetik aspektda maxsus o'rganish, mantiqiy-psixologik, lisoniy va poetik xususiyatlarini yaxlit tahlil etish, lisoniy va poetik xususiyatlari bo'yicha ilmiy fikrni shakllantirish muhim bo'lib turibdi.Antonomaziya nomning ko'chishiga asoslangan, ya'ni ob'ektning ma'lum bir xususiyat-harakati boshqa ob'ektda namoyon bo'lishining alohida hodisasidir. Keyingi davrlarga qadar antonomaziyani shunday tushunilib kelindi, shunday ta'riflash bilan cheklanildi va faqat nutqning stilistik hodisasi hamda vositasi deb qabul qilindi. Hozirgi davrga kelib esa uning mohiyat-mazmuni to'g'risida qarama-qarshi fikrlar bildirilmoqda. Bunday yondashuvlar antonomaziyani noto'g'ri tushunishni anglatmaydi, balki uning ba'zi jihatlarini yanada kengroq yoritishni, stilistik voqelikdan yanada kengroq hodisa ekanligini bildiradi. Antonomaziya lingvistik nominatsiya vositasidir, uning natijasida mutlaqo yangi ma'no guruhlarining tarkibiy, semantik va pragmatik xususiyatlari namoyon bo'ladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Antonomaziyalar og'zaki nutqda ham, badiiy matnda ham qo'llaniladi. Biroq ularning badiiy nutqda qo'llanishi nisbatan ko'proq uchraydi. Antonomaziyalar badiiy matnda ijodkorning sub'ektiv munosabatini ifodalab kelib, matnni shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. Ular badiiy matnda metaforik ma'noda qo'llanilib, badiiy san'atlar va uslubiy figuralar yaratishga asos bo'ladi. Antonomaziyalarda ishora qilinayotgan tarixiy yoki badiiy faktning mashhur, ya'ni
524
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
ko'pchilikka tanish bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ishora qilinayotgan faktning mashhurlik va ma'lumlik darajasi qancha yuqori bo'lsa, uning mohiyat-mazmunini, ko'chma ma'nosini tushunuvchilar doirasi ham shuncha keng bo'ladi. Antonomaziyalar badiiy matnda quyidagi maqsadlar uchun qo'llaniladi: 1) ijodkorning fikrini yorqin, ixcham, aniq, ta'sirchan va yaqqol tarzda ifodalash uchun; 2) badiiy san'atni voqelantirish uchun; 3) matnning intertekstualligini ta'minlash uchun; 4) salbiy yoki ijobiy bahoni ekspressiv ifodalash uchun; 5) kuchli his-hayajonni ifodalash uchun; 6) obraz xarakteriga xos ayrim jihat va belgilarni bo'rttirib ko'rsatish uchun; 7) fikrni izohlash, tasdiqlash, dalillash uchun; 8) kitobxonning badiiy-estetik didi va dunyoqarashini mukammallashtirish va boyitish uchun.
Antonomaziyalar tarkibiga kiruvchi badiiy asar obrazlarining nomi -antroponimlarni shartli tarzda uch guruhga ajratish mumkin: 1) tarixiy antroponimlar; 2) mifologik antroponimlar; 3) xayoliy-to'qima antroponimlar. Antonomaziya sifatida qo'llaniladigan tarixiy antroponimlarga Kolumb, Iskandar, Hotam, Cho'lpon; mifologik antroponimlarga Odam Ato, Momo Havo, Masih; xayoliy-to'qima antroponimlarga esa Otello, Buratino, Kumush, Otabek kabilarni misol tarzida aytib o'tish mumkin. Ayonki, ifoda vositalarining yolg'iz o'zi mustaqil holda badiiylik kasb etmaydi va badiiy nutqni tashkil qilmaydi. Ular faqat badiiy matn ichida, asar mazmuniga bog'liq holda, boshqa tasvir vositalari bilan birgalikda ma'lum ma'no kasb etadi, muayyan badiiy vazifani bajaradi, tasvirlanayotgan voqea-hodisani va unga xos xususiyatlarni yanada bo'rttirib va umumlashtirib ko'rsatishda muhim vosita bo'ladi. Ifodaviy vositalar, jumladan, antonomaziyalar badiiy nutq tarkibida o'z ma'nolaridan boshqa ma'no tovlanishlariga, ko'chma ma'nolarga, majoziy xususiyatlariga ega bo'lgan so'zlar bo'lib, ular badiiy nutq ta'sirchanligini. emotsionalligini oshirishga, tarbiyaviy-estetik vazifasini konkretlashtirishga imkon beradi.Mubolag'asiz aytish mumkinki, o'zbek mumtoz adabiyotidagina emas, balki Sharq mumtoz adabiyotida, qolaversa, jahon adabiyotida miqdor nuqtai nazardan eng ko'p antonomaziyalarni qo'llagan shoir, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Uning birgina "G'aroyib us-sig'ar" devonida yetmishga yaqin antonomaziya qo'llanilgan. Ayrim qiyosiy tahlillar shuni ko'rsatdiki, bunday miqdordagi antonomaziyalar Alisher Navoiydan avval ham, keyin ham ijod etgan shoirlar ijodida mavjud emas. Bu Alisher Navoiyning mazkur badiiy san'at turini yuksak darajada taraqqiy ettirganligini dalilovchi faktlardan biridir. "G'aroyib us-sig'ar" devonidagi antonomaziyalarni quyidagi guruhlar bo'yicha tasniflash mumkin:
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
1) tarixiy shaxslar nomi. Bunday antonomaziyalar real, ya'ni hayotiy shaxslar nomidan iborat bo'ladi. O'z o'rnida bu guruhdagi antonomaziyalarni ikkita kichik guruhga ajratish mumkin:
a) hukmdorlar va payg'ambarga yaqin kishilar nomi: Sikandar // Iskandar, Doro, Bilol, Suhayb va boshq. Misol:
Qachonkim zohir etsang «tanzi' -ul -mulk»,
Sikandarning bo'lub mag'lubi Doro.
[Navoiy, 15]
Tavsifi: yomonlik va yaramasliklaringni ochiq-oshkor yuzaga chiqarsang, bilintirsang, paydo qilsang, bilgilki, Iskandarning mag'lubi Doro kabi bo'lasan. Ma'lumki, Doro qadimgi Erondagi axomaniylar sulolasiga mansub podshohlar bo'lib, ular miloddan avvalgi 522-331 yillarda hukmronlik qilgan. Axomaniylar sulolasining eng oxirgi podshosi Doro III (Kodoman) yunon hukmdori Iskandar Zulqarnayn bilan bo'lgan jangda (mil. av. 331) mag'lubiyatga uchraydi va Sharqiy Eronga qochadi. U yerda o'z amaldori, Baqtriya satrapi (hokimi) Bess tomonidan o'ldiriladi. Alisher Navoiy mazkur baytida ana shu tarixiy shaxs va voqeaga ishora etadi.
b) shoirlar nomlari va taxalluslari: Lutfiy, Mavlaviy, Nizomiy, Firdavsiy Amir Xusrav Dehlaviy, Hofiz Sheroziy va h.k.
2) badiiy asarlardagi to'qima obrazlar nomi: Farhod, Shirin, Layli, Majnun (Qays), Rustam, Bahrom, Xusrav h.k. Alisher Navoiy muhabbat mavzusidagi asarlarida ko'pincha Sharqda keng tarqalgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhro» kabi qissa va dostonlarnng qahramonlari nomiga ishora qiladi.
Sendin o'rgangan kibi Laylou Shirin zulmi kin,
Mendin o'rganmak kerak Majnun bila, Farhod ishq.
[Navoiy, 87]
baytida shoir «Farhod va Shirin» hamda «Layli va Majnun» dostonlariga, ulardagi Farhod va Shirin, Layli va Majnunlarning ilohiy, beg'ubor, samimiy sevgisiga ishora etadi.
3) diniy-afsonaviy, mifologik qahramonlar nomi. Tilshunoslikda bunday nomlar agionim (yun. muqaddas, ilohiy nom)lar deb yuritiladi va unda muqaddas deb bilinadigan ob'ekt nomlari o'rganiladi. Alisher Navoiy devonida Odam, Iso, Nuh, Sulaymon, Xizr, Yusuf, Yaqub kabi payg'ambarlar nomlari antonomaziya sifatida keltirilgan. Misol:
Nuh umriyu Sulaymon mulkiga yo'qtur baqo,
Ich, Navoiy, bodakim olam g'ami behudadur.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
[Navoiy, 118]
Shoir ushbu baytda aytmoqchi, Nuh umri va Sulaymon mulkiga boqiylik, abadiylik yo'q, ular o'tkinchi, ey, Navoiy, shu uchun boda (may) ich, olam g'amini yemoq behudadir. Baytda ikkita shaxs nomi: Nuh va Sulaymon tilga olingan. Ular bo'yicha Sharq xalqlarida turli afsona va rivoyatlar yaratilgan, "Qur'on"da ham bu rivoyatlar uchraydi. Ma'lumki, Nuh payg'ambar eng uzoq umr ko'rgan payg'ambar hisoblanadi. Sulaymon esa Dovud payg'ambarning o'g'li bo'lib, u o'n to'qqiz aka-uka orasida eng donishmandi bo'lgan. U barcha yer yuzidagi odamlarnigina emas, hayvon, qurt-qumursqa va qushlarga ham hukmronlik qilgan. Alisher Navoiy mazkur baytida Nuh payg'ambarning uzoq umriga, Sulaymon payg'ambarning esa cheksiz hokimiyatiga ishora etadi. She'rdagi antonomaziyalar shoirning xilma-xil, turli-tuman badiiy niyatlarini namoyon etuvchi muhim uslubiy vosita sifatida voqelangan. Yuqorida keltirilgan misollar shundan dalolat beradiki, antonomaziyalar o'zida ijtimoiy-tarixiy, madaniy, geografik, falsafiy, siyosiy, ma'rifiy, adabiy axborotni saqlovchi potentsial birliklardir. Ular xuddi metafora, o'xshatish, maqol, iboralar kabi tilimizning boyligi hisoblanadi va til egalarining xotirasida muntazam saqlanib turadi.
XULOSA
Alisher Navoiy badiiy asarlaridagi antonomaziyalar, asosan, ot so'z turkumidagi so'zlar asosida shakllantirilgan. Ularning ko'pchiligi arab tilidan o'zlashgan atoqli otlardir. Miqdor jihatdan to'qima obrazlar, diniy-afsonaviy (mifologik) qahramonlar nomlari hukmdorlar nomlariga nisbatan ko'p uchraydi. Adib asarlarida qo'llangan juda ko'plab antonamaziyalar hozirgi o'zbek badiiy adabiyotida an'anaviy tarzda hozir ham faol qo'llanishda davom etmoqda. Ular o'zbek xalqining turmush tarzi, madaniyati va adabiyotiga chuqur singib, uning ijtimoiy tafakkuri, estetik didi va ahloqiy qarashlari taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatib kelayotganligini alohida ta'kidlash o'rinlidir.
REFERENCES
1. Andaniyozova D. Badiiy matnda onomastik birliklar lingvopoetikasi: filol. fan. b. fals. dok. diss. avtor. -T.: 2017. -27 b.
2. Arutyunyan M.A. Struktura, semantika i pragmatika stilisticheskoga priema «antonomaziya» na materialax nemetskogo yaztika: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. -M.: 2010. - 24 s.
3. Boboev T. She'r ilmi ta'limi. T.: O'qituvchi, 1996. -142 b.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
4. Golub I. B. Stilistika russkogo yazbika. 4-e izd. -M.: Ayris-press, 2003. -Ctr. 448-451.
5. Ishoqov Yo. So'z san'ati so'zligi. -T.: Zarqalam, 2006. -125 b.
6. Navoiy. Xazoyin ul-maoniy (G'aroyib us-sig'ar). Mukammal asarlar to'plami. Yigirma tomlik.- -T.: Fan, 1988.III tom.-589 b.
10. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10
11. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.
12. Насирова, С. A. (2022). СИСТЕМА ТИТУЛОВ В ДРЕВНЕМ КИТАЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 93-98.
13. Хашимова, С. A. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.
14. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.
15. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.
16. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.