EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
NATIONAL-CULTURAL CHARACTERISTICS OF EQUIPMENT NAMES IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES RELATED TO ETHNIC LIFE
Bekturdiyeva Nilufar Aybek Kizi
Uzbekistan State University of World Languages 2nd-year master's student https://doi.org/10.5281/zenodo.10911188
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 25th March 2024 Accepted: 30th March 2024 Online: 31th March 2024
KEYWORDS Linguoulturology, lingvocultureme, lacuna,
reality, etymology, etymology, household furniture names, diachronic aspect.
This article describes the aspects related to the analysis of the national-cultural characteristics of the names of household appliances in the English and Uzbek languages, related to the people's lifestyle and traditions. In the course of the research, in addition to the explanation of information about linguistic and cultural units, one of the linguistic and cultural units of reality was studied based on the names of household appliances in English and Uzbek languages.
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA JIHOZ NOMLARINING ETNOS TURMUSH BILAN BOG'LIQ MILLIY - MADANIY XUSUSIYATLARI
Bekturdiyeva Nilufar Aybek qizi
O'zDJTU magistratura bo'limi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10911188
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 25th March 2024 Accepted: 30th March 2024 Online: 31th March 2024
KEYWORDS Lingvolulturologiya, lingvokultureme, lakuna,
realiya, etimon, etimologiya, uy-jihoz nomlari, diaxron aspekt.
Mazkur maqolada ingliz va o'zbek tilllarida uy-jihoz nomlarining xalqning turmush tarzi, an'analari bilan bog'liq milliy-madaniy xussusiyatlari tahlili bilan bog'liq jihatlar yoritilgan. Tadqiqot jarayonida lingvomadaniy birliklar haqida ma'lumotlar izohi bilan bir qatorda, lingvomadaniy birliklardan biri bo'lgan realiyalarning ingliz va o'zbek tillaridagi uy-jihoz nomlari asosida o'rganildi.
Jаhоn tilshunоsligi ilmidа bаrchаning e'tibоrini tоrtаyоtgаn til vа mаdаniyаt tushunchasi bilan bog'liq lingvоkulturоlоgiya masalalari ko'plab tadqiqоtchilar tоmоnidan о'rganilmоqda va zamonaviy tilshunoslikning yangi bir sohasi sifatida tadqiq qilinmoqda. Dunyo hamjamiyatida yuz berayotgan jadal rivojlanish, integratsiyalashuv va madaniyatlarning aralashuvi, globallashuv, ilmiy aloqalar, bularning barchasi kommunikativ jarayon bilan bog'liq bo'lib, turli xalqlar tili va madaniyatini o'rganish, qiyosiy tadqiq etish, jahon lingvistikasi muammolarini hal qilish har jihatdan dolzarb vazifa hisoblanmoqda.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Qolaversa, bu yurtimizda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, savdo-sotiq va turizm aloqalariga bo'lgan e'tiborning kuchayishiga, respublikamizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzining oshishiga, xorijdagi mamlakatlar bilan o'zaro turli sohadagi munosabatlarning kengayishiga sabab bo'lmoqda. Albatta, bu til va madaniy aloqalarda ham o'z ifodasini topmoqda. Aytish joizki, til va madaniyat munosabatlari, uning ijtimoiy hayotimizda aks etishi, o'z tilimizni va xorijiy tillarni o'rganish masalalari alohida e'tiborni talab qiladi.
Har bir so 'zning etimonini tahlil qilish etnolingvistika fanining tadqiqot obyekti sifatida qarashimiz mumkin. Etnolingvistika uchun madaniyat va tilning etnos bilan o'zaro ta'siri muammosi ma'lum darajada munozarali hisoblanadi. Til va madaniyat o'zlarining barcha qo'llanishlarida ijtimoiy tuzilmalarni differensiyalash, alohida sotsiumlarni integratsiyalash va qarshi qo'yishga qodir deb hisoblanadi. Til va madaniyatning etnosga, ya'ni umumiy tarixiy kelib chiqish, birga yashash, yagona madaniyat va yagona til bilan birlashgan insonlar jamoasiga munosabatida yorqin namoyon bo'ladigan muhim funksiyasi shundan iborat. Barcha komponentlar orasida til nisbatan ifodali etnik funksiyaga ega bo'lishiga qaramay, uning etnik belgi sifatidagi roli etnografik va lingvokulturologik bilimlar bilan bahslashadi.
Jamiyatning axborot-faoliyatini va uning o'ziga xosligi shundaki, u jamoaviy axborotni to'plash, saqlash va uzatish uchun maxsus tizimlarning mavjudligidan iborat. Bunda tilning mavjudligi madaniyatlarning paydo bo'lishining asosiy shartidir. Shuningdek, til rivojlanishining asosiy omili hamdir. Chunki til madaniy ahamiyatga ega axborotlarni saqlash va to'plash vositasi hisoblanadi.
Lingvokulturologiya - bu tilshunoslik, madaniyatshunoslik, tilda milliy madaniyat aks etishi va mustahkam o'rnashib olishini tadqiq etuvchi sohalar to'qnashgan o'rinda paydo bo'lgan tilshunoslik tarmog'idir. Shuningdek, lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasi bo'lib, madaniyat va tilning o'zaro aloqasini, o'zaro ta'sirini, tilda o'z aksini topgan xalq madaniyatining ko'rinishlarini tadqiq etadi. Lingvokulturologiya tilni madaniyatning fenomeni, tashuvchisi sifatida o'rganadi. Mazkur fan doirasida leksik darajaning til birliklari semantikasidagi madaniyatshunoslikning tarkibiy qismlari va madaniy ma'nolari o'rganiladi. Ma'lumki bu borada ko'plab jahon va o'zbek tilshunos olimlari o'z taqdiqotlarini olib borishgan va bugungi kunda ham bu izlanishlar davom etmoqda.
A.E. Mamatov ta'biri bilan aytganda, til va madaniyatning o'zaro munosabati spetsifik muammolarining lingvokulturologiya tomonidan yechilishi ikki yo'nalishda amalga oshishi mumkin. Bir tomondan, lingvokulturologiya madaniy faktorning tilga ta'siri (kulturologik lingvistika muammolari), boshqa tomondan, til faktorining madaniyatga ta'siri (lingvistik kulturologiya muammolari) ni o'rganadi. Shunga qaramay, lingvokulturologiyaning obyekti, ularning bir-biriga munosabatida, til va madaniyatdan iborat bo'lishi lozim. Tadqiqot obyektining yaxlitligi haqidagi bunday tasavvur muammolar kompleksini yagona ilmiy-nazariy yondashuv asosida yechish imkonini beradi.1
D.U. Ashurovaning fikriga ko'ra, til va madaniyat o'rtasidagi munosabat badiiy matnlarda yaqqol ifodalanadi. Birinchi marta yetkazilgan badiiy matnda ijtimoiy-madaniy, estetik va hissiy ma'lumotlar mavjud bo'ladi. Olima shuni alohida ta'kidlaydiki, matnda
1 Mamatov A.E. Zamonaviy lingvistika. (Lingvomadaniyatshunoslik asoslari). - Toshkent: Tafakkur avlodi, 2020. 168 b.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
kodlangan madaniy ma'lumotlar turlicha xarakterga ega bo'ladi. Eng qizig'i, intelekttual, ma'naviy sohalarni aks ettiruvchi matnlar inson hayotidan olinadi va bu kabi matnlarni tahlil qilish lingvomadaniy kompetensiyani talab qiladi.2
R. U. Madjidova "Antroposentrik maqollarni aksiologik tadqiqi (o'zbek va rus tillari materiali asosida)" mavzusida olib borgan tadqiqot ishida antropotsentrik maqollarning antropomorfik madaniyat fondining ajralmas qismi sifatida tahlil qilgan. Olima maqollar insonlar qadiryatlari va milliy- madaniy xususiyatlari asosida yuzaga kelishini ta'kidlaydi. Shungdek, tadqiqot asosida o'zbek va rus xalqining maqollar asosida namoyon bo'lgan madaniyatini tahlil qiladi.3
Lingvokulturemalar (lingvomadanniy birliklar) deb ataluvchi, aynan til va madaniyat kesishmasida yuzaga keladigan milliy realiyalar o'z mazmun-mohiyatida milliy madaniy tushunchalarni qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda lingvokulturologik tadqiqotlar tarkibida aynan lingvokulturema tushunchasi bilan bog'liq ilmiy-metodik izlanishlar ham tilshunoslik yo'nalishida, ham ta'lim yo'nalishida olib borilmoqda. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
• lingvokulturemalarning muayyan turini toponimika, animalistika, somatizmlar, antroponimlar, frazeologik iboralar va turg'un birikmalar, qarindoshlik atamalari nuqtai nazarlaridan tadqiq qiluvchi va tasnifiy guruhlarga ajratib o'rganish yuzasidan olib boriladigan tilshunoslikka oid lingvokulturologik tadqiqotlar;
• lingvokulturemalarning nutqda qo'llanishi, nutq aktidagi til egalarining mentalitetidan kelib chiqadigan ustuvor mezonlar, nutqiy qoliplar, turli nutqiy vaziyatlarda til sohiblari bilan muloqot jarayonida qo'llanishi qat'iylikni talab qiladigan verbal va noverbal vositalarini tadqiq qilish yuzasidan olib boriladigan til ta'limiga oid lingvokulturologik tadqiqotlar.
Lingvomadaniy birliklar siarasiga lakunalar, realiyalar, stereotiplar, paremiologik tadqiqotlar, urf-odat va an'analarimizni ham kiritishimiz mumkin bo'ladi. Aynan tadqiq etilayotgan ingliz va o 'zbek tillarida jihoz nomlarining milliy -madaniyat va o'tmish qadiryatlari bilan bog'liqlik jihatini yoritishni maqsad qildik. Har bir lingvomadaniy birlik doirasida uy -jihoz nomlarini tahlil qilamiz.
Realiya (lotincha) "real" - "moddiy", "haqiqiy narsalar" degan ma'noni bildirib, mavhum tushunchalardan farqli ravishda borliqda mavjud narsalarni anglatadi. Realiyalarni boshqa yondosh tushunchalardan farqlab turuvchi asosiy belgi ham ularning aynan predmet-narsa ma'nosiga ega bo'lganligidir. Realiyalarni chuqurroq tadqiq etish va ularning milliy va tarixiy jihatlarni aks ettirish xususiyatlarini o'rganish harakatlari XX asrning 50-yillaridan boshlangan.
"Realiyalar bir xalq tilida paydo bo'lib, millatning turmush tarzi, tarixi, madaniyatini o'zida aks ettiradi va o'zga tilda uning aniq muqobili bo'lmaydi". Realiyalar ma'lum bir xalqqa xos bo'lgan milliy-madaniy jihatlarni aks ettiruvchi birlik bo'lib, ularda xalqning ijtimoiy kelib chiqishi, milliy ruhi, tarixi va madaniyati bilan bog'liq bo'ladi. Realiya faqat bir xalqqa xos bo'lgani va u boshqa xalq uchun notanish bo'lgani uchun tarjimada uni ifodalash uchun
2 Ashurova D.U. Galiyeva M. R. Text linguistics. - Tashkent: Turon - iqbol. 2016. - 324 b.
3 Maджидова Р.У. Аксиологическое исследование антропоцентрических пословиц (на материале узбекского и русского языков). дисс ... докт. филол. наук. - Фергага, 2020. - 117 c.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
maxsus usul va metodlardan foydalaniladi. Lingvomadaniy birlik sifatida olingan realiyalarni aynan uy-jihoz nomlarida qo'llanilishini chog'ishtirilayotgan har ikki tilda tahlil qilamiz: Ingl:
- fireplace;
- pillow;
- plug;
- knocker;
- thatched cottage;
- tower;
- chair;
- griddle;
- rolling pin. O'zb:
- sandal;
- tokcha;
- tandir;
- xontaxta;
- ko'rpacha;
- yostiq;
- gilam;
- ko'rpa.
Turli millatlarga xos realiyalar xususiyat va bajaradigan vazifalariga ko'ra bir biriga juda o'xshab ketishi mumkin, lekin ularda shunday o'ziga xos, nozik xususiyati boshqalarida takrorlanmasligi lozim. Masalan, o'zbek xalqi milliy madaniyatining asosiy predmetlaridan biri beshik realiyasini olamiz. Buvilarimiz, onalarimiz bizlarni beshikka belab, allalar aytib katta qilishgan. Boshqa xalqlarda ham bolalarni yotqizishga, uxlatishga mo'ljallangan har xil turdagi beshiklar mavjud. O'zbek madaniyatini va milliyligini anglatuvchi beshik inglizlarning belanchagi bilan ba'zi bajaradigan vazifasi bilangina o'xshashligi aniqlandi.
O'zbek milliy-madaniyatida uy-jihoz buyumlarining etimologiyasiga, kelib chiqish tarixiga to'xtalsak, har bir jihoz bajaradigan vazifasiga qarab nomlanish tarixiga egadir.
> Beshik turk tilidan kirib kelgan so'z bo'lib, uni ma'no jihatidan tahlil qilsak "o'tkir harakat qilish ma'nosini"anglatadi.
> Dazmol so'zi turk tilidagi "daz"(o't), "mol" (yo'l, masofa) so'zlaridan tarkib topgan. Mazkur so'z "yo 'l o'tish va yo'l ustida" ma'nolariga egadir.
> Dasturxon bu so'zning etimologiyasi "dastur" (tadbir, yig'in), "xon" (joy) so'zlaridan olingan bo'lib, "tadbir,yig'in o'tkazish joyi"ma'nosini ifodalaydi.
> Sandal arab tilidan kirib kelgan so'z bo'lib, "ter"ya'ni "oyoqdagi ter" ma'nosini ifodalaydi. Tahlillarimizdan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, har bir uy-jihoz buyumi o'ziga xos
nomiga va vazifasiga egaligi bilan farqlanadi. Chog 'ishtirilayotgan ingliz va o'zbek tillarida uy-jihoz nomlari nomlanishi jihatidan, shuningdek, funsional jihatdan ham o'ziga xos farqli xususiyatga egadir.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
References:
1. Mamatov A.E. Zamonaviy lingvistika. (Lingvomadaniyatshunoslik asoslari). - Toshkent: Tafakkur avlodi, 2020. - 168 b.
2. Ashurova D.U. Galiyeva M. R. Text linguistics. - Tashkent: Turon - iqbol. 2016. - 324 b.
3. Maджидова Р.У. Аксиологическое исследование антропоцентрических пословиц (на материале узбекского и русского языков). дисс ... докт. филол. наук. - Фергата, 2020. - 117 c.
4. Narmurodova G.I. Empathy as an Expression of Emotions and Mood in English Lingvoculture. // International Journal of Linguistics, Literature and Culture. 2021. P. 506510.