Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “HAND/QO’L” KONSEPTI IFODA VERBALIZATORLARINING LINGVOMADANIY ASPEKTI'

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “HAND/QO’L” KONSEPTI IFODA VERBALIZATORLARINING LINGVOMADANIY ASPEKTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsept / verbalizator / lingvomadaniy aspekt / jahon tilshunosligi / antroposentizm / lingvokulturologiya / konnotatsiya / entolingvistika / lisoniy semantika / nolisoniy semantika / freozologik munosabat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mamadaliyeva Xabibaxon Muhiddin Qizi

Mazkur maqola Ingliz va O‘zbek tillarida ‘‘Hand/Qo‘l’’ konseptini ifodalovchi verbalizatorlarning lingvomadaniy jihatlari va lisoniy manzarasini tashkil etuvchi birliklarning struktursemantik funksional lingvokulturologik va lingvopragmatik jihatlarini aniqlashdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “HAND/QO’L” KONSEPTI IFODA VERBALIZATORLARINING LINGVOMADANIY ASPEKTI»

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA "HAND/QO'L" KONSEPTI IFODA VERBALIZATORLARINING LINGVOMADANIY ASPEKTI Mamadaliyeva Xabibaxon Muhiddin qizi

Andijon Davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi o'qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetichet tillarini o'qitishning integrallashgan kursi kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.1108573 7

Annotatsiya. Mazkur maqola Ingliz va O'zbek tillarida "Hand/Qo'l" konseptini ifodalovchi verbalizatorlarning lingvomadaniy jihatlari va lisoniy manzarasini tashkil etuvchi birliklarning struktursemantik funksional lingvokulturologik va lingvopragmatik jihatlarini aniqlashdan iborat.

Kalit so'zlar: konsept, verbalizator, lingvomadaniy aspekt, jahon tilshunosligi, antroposentizm, lingvokulturologiya, konnotatsiya, entolingvistika, lisoniy semantika, nolisoniy semantika, freozologik munosabat

Аннотация. Целью данной статьи является определение лингвокультурных аспектов вербализаторов, выражающих концепт «Рука/Кол» в английском и узбекском языках, а также структурно-семантических, функциональных, лингвокультурных и лингвопрагматических аспектов единиц, составляющих лингвистический ландшафт.

Ключевые слова: концепт, вербализатор, лингвокультурологический аспект, мировое языкознание, антропоцентизм, лингвокультурология, коннотация, энтолингвистика, лингвосемантика, неязыковая семантика, фреозологическая установка.

Abstract. This article aims to determine the linguistic and cultural aspects of the verbalizers expressing the concept of "Hand/Kol" in English and Uzbek, and the structural-semantic, functional, linguo-cultural and linguo-pragmatic aspects of the units that make up the linguistic landscape.

Keywords: шnceptc, verbalizer, linguistic and cultural aspect, world linguistics, anthropocentism, linguocultural science, connotation, entolinguistics, linguistic semantics, non-linguistic semantics, phreosological attitude

Bugungi kunga kelib jahon tilshunosligida ma'lum millat yoki elat mulki bo'lgan til va madaniyat munosabatlari tadqiqiga antropotsentrizm nuqtai nazaridan yondashuv urf bo'lib ulgurdi va jadal rivojlanish bosqichiga kirdi. Tilshunoslik va madaniyatshunoslik hamkorligiga asoslangan kelajagi porloq bu fan lingvokulturologiya (lot.lingua - til, cultura - madaniyat, - logos - fan, ta'limot) nomi va maqomini oldi. Lingvokulturologiyani fan sifatida shakllanishi rivojlanish tarixi V.Fon Xumboldt, A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Xols, U.D.Uitni, E.Sepir, F.Baos, B.L.Uorf, A.Venestitskaya, V.N.Teliya, N.D.Arutyunova, A.N.Leontev, V.A. Maslova, V.V. Vorobev kabi olimlarning nomi va tadqiqotlari bilan bog'liq.

Tadqiqotlar diqqat markazida til - millat (shaxs) - madaniyat munosabatlari mustahkam o'rin egalladi. Alohida olingan til yoki chog'ishtirma planda bajarilayotgan tadqiqotlarning asosiy obyekti til va madaniyat aloqalari va o'zaro ta'siri, lisoniy birliklar ifodasi va semantikasidagi milliy madaniy o'xshashliklar va farqli jihatlar, bunga sabab bo'luvchi omillarni aniqlash, tavsiflash, ular bilan bog'liq omillarni xususiy qonuniyatlarni aniqlash bo'lib lingvokulturologiya lingvokulturemalar termini (V.V.Vorobev tomonidan ilmiy maqolaga kiritilgan) bilan ish ko'radi. Professor O'.Q.Yusupov fikriga ko'ra "Lingvokulturema o'z semantikasida (ma'nosida) madaniyatning biror bo'lagini aks ettiruvchi til yoki nutq birligidir".

Lingvokulturologiya o'rganish obyektiga ko'ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o'rganish obyektiga bo'lgan yondashuviga ko'ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilda namoyon bo'lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog'liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalarni o'rganadi, hamda millat madaniyatining tilda aks etgan o'ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash, tadqiq etish bilan shug'ullanadi. Ma'lumki, madaniyat tushunchalar sistemasi, muayyan xalqning hayot obrazi, milliy xarakter, milliy mentalitet sifatida keng etnografik mazmun kasb etadi. N.S.Trubetskiy ning yozishicha: "Madaniy konnotatsiyalarsiz biror so'z bo'lishi mumkin emas, ya'ni qiyosda, solishtirishda qandaydir umumiy qismlar bo'lishi shart". Til va madaniyatning ana shunday o'zaro yaqinligi va aloqadorligi ularni yagona metodologik asosda o'rganish imkonini berdi.

"Til va madaniyat" muammosining o'rganilishida bir qancha yondashuvlarni belgilash mumkin: birinchi yondashuv faylasuf olimlar S.A.Atanovskiy, G.A.Brutyan , E.S.Markaryan lar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda madaniyatning tilga bir tomonlama ta'siridan borliqning o'zgarishi natijasida milliy-madaniy tipiklashtirish va tilda o'zgarish yuz beradi, degan g'oya yotadi .

Ikkinchi yondashuvda esa, bu ta'sirning aks tomoni, ya'ni hozirgi kungacha ochiq qolib kelayotgan va munozarali masala - tilning madaniyatga ta'siri masalasini o'rganish maqsad qilinadi. Tilni ruhiy quvvat sifatida tushunish (V.Gumboldt, A.A.Potebnya ) asosida Sepir-Uorf ning lingvistik aloqadorlik gipotezasi, ya'ni har bir xalq borliqni o'z ona tilisi orqali ko'radi, his etadi, his etganini belgilaydi, degan g'oya yotadi. Bu g'oya keyinchalik, I.L.Vaysgerberning tilni "O'tkinchi dunyo", ya'ni "borliqni anglash", muayyan "mavjudlik va tafakkur" sifatida qaraluvchi g'oyalarida ilgari surilgan. Uning bu gipotezasi ko'pchilik olimlar tomonidan inkor etilgan bo'lsa-da, biroq ular boshqa usullar bilan tushuntirilishi murakkab bo'lgan hodisalarni anglashga yordam berdi.

Xususan, N.I.Tolstning etnolingvistik maktabi vakillarining ishlari, E.Barminskiy va izdoshlarining lingvoantropologik yo'nalishdagi ishlari buning isbotidir . Uchinchi yondashuv to'g'ridan-to'g'ri til va madaniyatning o'zaro ta'siri va aloqadorligi g'oyalariga asoslanadi. Til milliy mentalitetning spetsifik qirralarini o'zida namoyon etadi. Boshqa tomondan "madaniyat tilda" joylashgan, ya'ni u matnda to'laligicha o'z ifodasini topadi.

"Lingvokulturologiya" atamasi dastlab frazeologik maktab asoschisi V.N.Teliya va V.V.Vorobyov, V.A.Maslova va boshqalarning ishlarida ko'rindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.F.Gumboldtga borib taqalishini ta'kidlaydilar.

Bu fan XX asrning 90- yillarida mustaqil soha sifatida shakllandi." Linguokulturologiya" atamasi V.N.Teliya tomonidan yuritilayotgan frazeologik maktab ishlarida, Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.V.Vorob'yev, V.Shaklein, V.A.Maslova boshqa tadqiqotchilarning nashrlarida paydo bo'ldi. Agar kulturologiya(madaniyatshunoslik) inson ongini tabiat, jamiyat, san'at va ijtimoiy- madaniy borliqning boshqa ko'rinishlari bilan munosabatda o'rgansa, tilshunoslik tilda dunyoning o'ziga hos ruhiy modeli sifatida dunyoqarashni o'rganadi. Lingvokulturologiyada esa til ham, madaniyat ha, tadqiqot objekti hisoblanadi, ular o'zaro aloqada o'rganiladi. Agar til va madaniyat munosabati masalasini an'anaviy talqini madaniyat haqidagi bir qancha tasavvurlardan foydalanib, lingvistik muammolarni hal qilshga borib taqalsa, bu tilning o'z birliklari bilan madaniyatni qamrab olishi, saqlashi va ifodalashi usullari o'rganiladi.

V.V.Vorobev lingvokulturogik taxlilning asosiy birligi-lingvokulturema tushunchasini olib kiradi va unga lisoniy va nolisoniy (tushuncha va pedmet) mazmunining dialektik birligi" deb tariflaydi. So'zning lingvokulturemadan farqini esa A.A.Potebnyaning "so'zning yaqin va uzoq ma'nosi" tushunchasi izohlaydi.Lingvokulturema so'zdan farqli o'laroq bir munch amurakkab tuzulishga ega, mazmun plani ikkita bo'lib, lisoniy ma'no va madaniy mazmunga ega bo'ladi. Bu birliklar konnotativ mazmunga ega bo'lib, uni yuzaga keltirgan mafkuraviy kontekst tugamaguncha mavjud bo'laveradi.

Yana bu sohaning rivojlanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbiskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning fikrlari muhim rol o'ynaganligi ta'kidlanadi . Ana shu g'oyalar asosida ming yillarda chet elda yangi fan - lingvokulturologiya vujudga keldi va XX asrning 90-yillarida maxsus soha sifatida shakllandi.

Lingvokulturologiya bugungi kunda bir necha yo'nalishlarda namoyon bo'ladi: 1.Lingvokulturologiya yorqin madaniy aloqalarni, lingvomadaniy holatlarni, aniq ilmiy izlanishlarni o'z ichiga oladigan alohida sotsial guruh. 2. Diaxronik lingvokulturologiya. Lingvomadaniyatning etnos holatidagi aniq o'tish vaqtining o'zgarishlarini o'rganadi. 3. Qiyosiy lingvokulturologiya.

Lingvomadaniyatda paydo bo'ladigan turli xil etnoslarning ikki tomonlama qiyoslash bilan shug'ullandi. 4. Tavsifiy lingvokuturologiya. Bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar barmoq bilan sanarli. Ular orasida M.K.Golovanivska ning "Rus tilida so'zlashuvchilar nuqtai nazarida fransuz mentaliteti" nomli ishi katta ahamiyatga ega. Ishning obyekti sifatida rus va fransuz tillaridagi abstrakt tushunchalar: taqdir, xavf, omad, qalb, ong, tafakkur, g'oya va boshqalar olingan.

5. Lingvokulturologik leksikografiya. Lingvoo'lkashunoslik lug'atlarini tuzish bilan shug'ullanadi. Llingvokulturologiyaning bu yo'nalishi hozirgi kunda boshqa yo'nalishlarga qaraganda jadal rivojlanib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida D.G.Maltseva ning lingvoo'lkashunoslik lug'atini keltirishimiz mumkin.

Bu lug'at 25 bobdan iborat. Unda Germaniya realiyalarida ifodalanuvchi til birliklari, iqlim xususiyatlari, hayvonot va o'simlik dunyosi, mamlakatlar tarixi, qadimiy urf-odatlar, an'analar; qadimiy afsonalar, son va rangni ifodalovchi simvollar; to'y, marosimlar, bayramlar; diniy marosimlar; valyuta tizimining rivojlanishi; uzunlik, og'irlik, hajm, yuza; savdo-sotiq ishlari, fan, texnika, tibbiyot; pochta xizmati, shaharlar qurilishi va arxitektura tarixi kabilar obyekt sifatida olingan. Shuningdek, lug'atda berilgan ma'lumotlar ichidan til, kitobatchilik, hattotlik san'ati, talaba va talabalar hayoti, maktab, milliy kiyimkechak spetsifik elementlari, milliy taomlar, milliy o'yinlar, milliy raqslar, an'anaviy ko'rishish usullari va tilaklar, etiketga xos jumlalar, shaxsiy ism va familiyalar, milliy imo-ishoralar, badiiy ijod namunalari, aforizm, milliy xarakter kasb etuvchi olmon qo'shiqlari joy olgan.

Shu nuqtai nazardan, "hand/qo'l" konsepti verbalizatorlari tarkibiga kirgan ingliz va o'zbek tillarida milliy-madaniy semantikasiga tub, yasama, qo'shma, qo'shma yasama, murakkab tarkibli so'z, frazeologik birlik (frazema, parema), so'z birikmasi, gap, matn kabi lisoniy va nutqiy birliklarni lingvokulturema deb ataymiz. Bunday kulturemalar lisoniy ma'nodan tashqari, madaniy mazmunga ham ega bo'ladilar va u tilning leksik, gramatik va paralingvistik vositalar orqali voqelashadi. V.V.Vorobev bu haqida shunday yozadi "Lingvokulturema denotativ va konnotativ (madaniy) ma'nolarni bir vaqtning o'zida mujassamlashtirilgan til birligidir". Frazeologizmlar ikkilamchi nominatsiya xosilasi bo'lib, ularning obrazlilik xususiyati u yoki bu etnosning madaniy ma'naviyati bilan bevosita bog'liq bo'ladi.

Frazeologizmlar tilda borliqni obraz tasavvur qilish asosida u yoki bu lingvomadaniy jamoa ongida paydo bo'ladi. Lingvokulturemaning ushbu jihati konsept bilan bir xil ekanligidan dalolat beradi.

Lingvokulturema maqomiga ega bo'lgan til va nutq birliklarining bilan boshqalardan farq qiladi. Lingvokulturemaning ushbu jihati til egalari, u orqali muloqot qiluvchi kommunikantlar, uning lisoniy va madaniy semantikasi bo'yicha kompetent bo'lishlari talab etiladi. Ana shunday talablar doirasida sodir bo'lgan muloqot samaradorligi yuqori bo'lishi tabiiy.

Yuqoridagi fikrlarni tasviriy ravishda quyidagicha ifodalaymiz:

Lingvomadaniyatni lisoniy belgi(3Ham)larda o'z ifodasini topadi va turli nutqiy vaziyatlarda voqelanadigan madaniyat deb baholash mumkin. U yoki bu xalq milliy madaniyat konseptosferasi va lisoniy birliklarida muhrlangan madaniy axborot o'sha xalq hayot tarzi, orzu-umidlari, dunyoqarashi, qadriyatlari, ahloq-odob qoidalari, milliy-madaniy obrazlar kabilarni o'zida mujassam etgan bo'ladi. Tilning milliy-madaniy xususiyatlari aks etgan birliklarini lingvomadaniy birliklar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.

Zamonaviy tilshunoslikda tilni muloqot va olamni bilish vositasi sifatida tadqiq etish bilan birgalikda inson ongi til lisoniy manzarasini idrok va ifodasi etishda qo'llaydigan tilni madaniy kodlar majmui sifatida qaragan tendensiyasi ham paydo bo'ladi. Tilning leksik qatlami birliklari orasida frazeologik birliklar u yoki bu millat va etnik guruhlarning milliy - madaniy o'ziga xosliklarini yorqin ko'rsatib berishga xoslanganligi bilan e'tiborga loyiq.

Chunki FB lar, shuningdek, maqol va matnlar ham etnik guruhlarning olamni ko'rish, idrok etish tarzi, ularning madaniy FBlarning lingvomadaniy aspektini beradi. V.N.Teliyaning fikriga ko'ra "Tilning frazeologik tarkibi lingvomadaniy umumiylik o'zining milliy o'zligi namoyon etuvchi ko'zidir".

Olamning frazeologik manzarasini lingvokulturologik tahlilga tortish orqali kodlar aniqlanadi, bunday kodlar til va mentalitet munosabatlarini ochib beradi, mental va frazeologik birliklar orasidagi turli toifa muvofiqliklar kashf etiladi. Bu albatta turfa mental operatsiyalar orqali amalga oshadi.

REFERENCES

1. Телия В.Н. О методолигических основах лингвокультурологии XXI Международная концеренция Логика, методология, философия наука.- М.: Обник, 1995.

2. Воробьев В.В. Лингвокультурология М.Изд. Роситусткого университета дружбы народов, 2006; Малова В.А. Лингвокультурология Учеб. Пособие Маслова В.А.Введение в лингвокультур. - М, 1997.

3. Юсупов УД.Концепт ва лингвокультурема атамлари хусусидаДиёсий чогиштирма,типологик ва умумий тилшуносликнинг долзарб муаммолари. -Андижон: Жах,он интер принт, 2010. - Б.13-14

4. Воробьев В.В. Лингвокультурология.Теория и методы. - М., 2004.

5. Телия. В.Н. Русская фразеология. Семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты" М.Школа языки русской культуры, 1996. - C. 9.

6. Raxmatullaev Sh. Annotated dictionary of Uzbek phraseology.

7. Спирина Т.С. Фразеологические единицы английского, русского и немецкого языков, характеризующие власть, с компонентами -соматизмами . Лингвистика и перевод. №3 (41), 2013. С. 133-139

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.