Komilova G. T.
Chirchiq pedagogika instituti Tillar va tarix fakulteti II bosqich magistranti, Chirchiq shahar 7-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona tili va adabiyoti fani o 'qituvchisi
LINGVOKULTUROLOGIYA YANGI SOHA SIFATIDA
Annotatsiya: Ushbu maqolada til va lingvokulturologiya tadqiqi, uning til mva xalq o'rtasidagi tutgan o'rni, madaniyatning xalqqa, milliylikka munosabati va o'zaro ta'siri ilmiy tadqiq etiladi.
Kalit so'zlar: Lingvokulturologiya, til, madaniyat, xalq, mentalitet, semantika, ottenka, integral belgi, differntsial belgi, oppozitsiya, transformatsiya, komponent, metod, shakl, munosabat, lingvokulturema.
Komilova G. T.
2nd year master's degree faculty of languages and history Chirchik Pedagogical Institute native language and literature teacher Chirchik city 7th comprehensive school
LINGUCULTUROLOGY AS A NEW FIELD
Abstract: This article examines the study of language and linguoculturology, its role between language and people, the relationship of culture to the people, nationality and interaction.
Keywords - Linguoculturology, language, culture, people, mentality, semantics, ottenka, integral sign, differential sign, opposition, transformation, component, method, form, attitude, lingvokulturema.
Bugungi kunda tilshunoslikning yangi sohalariga jiddiy e'tibor berilmoqda. Lingvokulturologiya mana shu yangi sohalardan,yo'nalishlardan biri sanaladi. Tilning bu yo'nalishi bevosita madaniyat,shu til vakilining dunyoqarashi, lisoniy va ong osti bilimi bilan bog'liqdir. Ushbu soha dastlab Yevropada paydo bo'lib, tadqiq qilina boshladi.
XX asrning 90 - yillarida tilshunoslik bilan ma'daniyatshunoslik orasida yangi fan sohasi, lingvokulturologiya (lingvomadaniyatshunoslik) paydo bo'ldi. U tilshunoslikning mustaqil yo'nalishi sifatida tan olindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida deyarli barcha tadqiqotchilar ushbu nazaryaning ildizi V. fon Gumboldtga borib taqalishini ta'kidlaydilar.
Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A. Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi:
1) fan shakllanishiga turtki bo'lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Fon Gumboldt, E.Benvnist, L.Vaysgerber, A.A. Potebnya, E.Sepir) kabi tilshunoslarning ishlari );
2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi;
3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi;
XXI asr boshiga kelib lingvokulturologiya dunyo tilshunosligidagi yetakchi yo'nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Lingvokulturologiya tilni madaniy fenomeni sifatida o'rganuvchi fan bo'lib, o'zaro aloqadorlikda bo'lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil etadi. Jumladan, V.N. Teliya bu haqida shunday yozadi: "Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog'i insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo'lgan inson to'g'risidagi antropologik paradigmaga xos bo'lgan yutuqlar majmuasidir"
V.V.Vorobyev "lingvokulturologiya - sintezlovchi toifadagi kompleks ilm sohasi bo'lib, u madaniyat va til o'rtasidagi o'zaro aloqalar va ta'sirlashuvlarni o'rganadi. Bu jarayonni yagona lisoniy va nolisoniy (madaniy) mazmunga ega birliklarning yaxlit tarkibi sifatida mazkur jarayonni zamonaviy nufuzli madaniy ustuvorliklarga (umuminsoniy me'yorlar va qadryatlar) qaratilgan tizimli metodlar yordamida aks ettiradi", - deb ko'rsatadi. Ushbu tushunchalarning o'zaro farqli jihatlarini professor O'. Yusupov quydagicha izohlaydi. "Lingvokulturema - o'z semantikasida (ma'nosida) madaniyatning biror bo'lagini aks ettiruvchi til yoki nutq birligi.
Lingvokulturemalarga madaniyatning biror bo'lagini aks ettiruvchi so'zlar, frazeologik birliklar, so'z birikmalari, gaplar, paremiyalar, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema mazmun va ifoda planiga ega, ifoda plani yuqorida ko'rsatilgan birliklar, mazmun planini esa o'sha birliklarning semantikasi tashkil qiladi. Demak, lingvokulturema kontseptdan o'zining mazmun va ifoda planiga ega bo'lishi bilan farq qiladi, lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy ko'rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. Uningcha, "lingvokulturema" tushunchasi qiyosiy tilshunoslik uchun foydali, "zero til - madaniy fakt, biz meros qilib oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va ayni paytda qurol hamdir. Xalq madaniyati til orqali verballashadi, aynan til madaniyatining tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga keltiradi va ularni belgilar ko'rinishida, ya'ni so'zlar vositasida ifoda etadi".
Agar madaniyatshunoslik insonning tabiat, jamiyat, san'at, tarix va boshqa ijtimoiy va madaniy borliq sohalarida o'z-o'zini anglash xususiyatini o'rgansa, tilshunoslik tilda dunyo lisoniy manzarasining mental modellari sifatida aks etuvchi dunyoqarashni o'rganadi. Lingvokulturologiyaning asosiy tadqiqot predmeti esa doimiy o'zaro ta'sirlashish holatida bo'lgan ham til, ham madaniyat hisoblanadi.
"Madaniyat" lotincha "Colere" so'zidan olingan bo'lib, "ishlov berish, tarbiyalash, rivojlanish, hurmat qilish, ibodat" ma'nolarini anglatadi. XVIII asrdan boshlab "madaniyat" atamasi inson faoliyatining mahsuli bo'lgan barcha narsalarga nisbatan qo'llanila boshlagan. Bu ma'nolarning barchasi "madaniyat" so'zining qo'llanilishida saqlanib qolgan, ammo aslida bu so'z "insonning tabiatiga maqsadli ta'siri, tabiatning inson manfaatlari uchun o'zgartirilishi, ya'ni yerga ishlov berilishi" (qishloq xojalik madanyati) degan ma'noni anglatgan. Keyinchalik "madaniyat" atamasi bilimdon, marifatli, yuksak tarbiyali insonlarni tariflashda ham ishlatila boshlagan. Hozirga kelib "madaniyat" atamasining fan va amaliyotning turli sohalarida 500 dan ortiq variantda ishlatilishi ma'lum.
Mualliflarning madaniyatga bergan ta'riflari umumlashtirilsa, madaniyatga butun tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomononidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklar yig'indisi" deb ta'rif berish mumkin. Shunga asosan madaniyatning ikki turi farqlanadi: 1) moddiy madaniyat; 2) ma'naviy madaniyat; Moddiy madaniyat inson faoliyati tufayli yaratilgan "ikkinchi tabiat", ya'ni ishlab chiqarilish vositalari, mehnat qurollari, mehnat ko'nikmalari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan hayot uchun hizmat qiladigan barcha boyliklarni anglatadi. Ma'naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo'lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya'ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif, ta'lim-tarbiya, maktab, o'rta va oliy ta'lim, fan, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalari, san'at, xalq ma'naviy ijodiyotning barcha turlarini qamrab oladi. Moddiy va ma'naviy madaniyat bir biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, biri ikkinchisini to'ldiradi. Masalan, moddiy boylikning biror turini inson aql-zakovatisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo'lmaydi. Demak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ma'naviy madaniyat ham yotadi. Har qanday moddiy va ma'naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma'naviy ma'daniyat voqealikni badiiy aks ettirish va o'zlashtirish vositasidir. Moddiy madaniyat dunyo va insonlarning moddiy hayot sharoitlari bilan, ma'naviy madaniyat esa urf-odat, rasm-rusm, an'ana, marosim va milliy qadriyatlar bilan chambarchars bog'liqdir.
Madaniyat qanchalik chuqur va tafsilotlari bilan o'rganilsa, uning inson fikrlashi bilan bog'liq ekanligi yakdil seziladi. Shunday ekan, inson ko'z o'ngida aks etgan voqea-hodisalarni madanyati orqali ongiga singdirishga hamisha intiladi. Ma'lumki, insonlar ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaydilar, u yoki bu milliy tilda so'zlashadilar va ular muayyan milliy ma'naviyat va madaniyatga ega. Milliy ma'naviyat, uni ro'yobga chiqishida muhim o'rin tutadigan til madaniyati va nutq ma'naviyatining o'ziga xos xususiyatlari insonlarning lisoniy kognitiv faoliyatida o'z aksini topadi. Masalan, stol ustidagi biror narsani yerga tushib ketishidagi emotsional holatni ingliz ayoli "Oaps", nemis ayoli "Mein Got!", rus ayoli "Боже мой!", o'zbek ayoli esa "Voy, o'lay"
tarzlarida ifodalaydi. Turli millatlarga mansub bo'lgan ayollar til madaniyati va nutq ma'naviyatini qiyosiy tahlil qilish imkonini beruvchi ushbu misoldan ko'rinib turganidek, to'saddan sodir bo'lgan his - hayajonni ifodalashda hech qanday lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan "Oaps!" undov so'zidan, nemis va rus ayollari o'z ajdodlarining til madaniyati va nutq ma'naviyatiga amal qilgan holda Allohni rozi qiladigan "Mein Got", "Боже мой" so'zlaridan foydalanadilar. O'zbek ayoli esa bunday holda salbiy ma'noga ega bo'lgan "Voy, o'lay!" so'zlarini ishlatadi.
Insonning hayot kechirishida kerakli predmetlar hamda yuzaga keladigan voqea-hodisalarni madaniyat vositasi deb fikr yuritsa ham bo'ladi. Masalan, quyoshni yoki oyni madaniyatga kiritish bir tomomdan mumkin emasdek ko'rinadi. Ammo barcha xalqlar madaniyatida ushbu tushunchalarning mavjud ekanligi ma'lum. Lekin ba'zi salqin ob-havo sharoitida yashovchi Yevropa xalqlari (slavyanlar va germanlar) quyoshni issiqlik, ardoqlash va iltifot belgilari sifatida ijobiy baholaydi. Arab davlatlari madaniyatida esa quyosh yoz paytida ularni qiyin ahvolga soluvchi jazirama haroratga tenglashtirib, salbiy baholanadi. Demak, quyoshni faqat tabiat hodisasi emas, balki madaniyat mahsuli sifatida tushunsa bo'ladi.Janubda yashovchi xalqlar madaniyatida oy alohida e'tirof bilan tilga olinadi. Ruslar ongida u qorong'ilik, oxirat bilan bog'lanib, ba'zida hayot- va momot bilan (жить «под луной», » в подлунном мире» - hammaning hayoti birdek sharoitda kechadi) tasavvur qilinsa, oy nuri boshqa slavyanlarda homilador hamda norasidalar uchun havfli, ziyon keltiradigan hodisaga taqqoslanadi. Vetnamliklarda esa boshqa janubiy Osiyo xalqlaridagi kabi oyga munosabat tomoman boshqacha, ya'ni ular oy kalendari bo'yicha yashashadi, maxsus nishonlanadigan Oy bayrami bolalarning sevimli bayrami hisoblanadi. Go'zal, nozik va beg'ubor yosh qizlar oyga o'xshatiladi, sevishganlar oy yorug'ida guringlashib, unga bag'ishlab she'rlar to'qishadi va qo'shiqlar aytishadi. Shuning uchun Vetnam xalqi hayotidagi barcha ezguliklarni oy orqali tasavvur etadilar. Shu kabi oyga munosabat - o'zbek xalqiga ham mansub ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Chunki o'zbeklarda oy quyoshdan nur olib, yog'du soluvchi samoviy jismgina emas ("oyni etak bilan yopib bo'lmaydi" - maqol), balki "go'zal, chiroyli yuz" ( oy yuzini qora chimmat zulmidan qutiltirg'il. "juda go'zal, juda ham chiroyli") ("Oy desa oyga, kun desa kunga o'xshaydi"), safarga ketayotgan kimsaga yaxshilik tilash ("Oy borib omon qayt") ma'nolarida ishlatiladi [5, 205]. Shuni aytib o'tish joizki, rus xalqida ham "лицо как луна" iborasi go'zalikka tan berishni anglatadi. Bunga o'xshagan misollarni boshqa xalqlar madaniyatida ham uchratish mumkin. Turli xalqlar madaniyatida mavjud yuqorida keltirilgan o'ziga xos alohidaliklarning tilda aks etishini o'rganish lingvokulturologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus, o'zbek tilshunosligida eng rivojlangan yo'nalishlardan biri bo'lib, bu borada bir qancha o'quv qo'llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e'tirof etilishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A. Maslova tomonidan yaratilgan o'quv qo'llanma
hisoblanadi. Mazkur o'quv qo'llanmada lingvokulturoligiya sohasining metodlari, obyekti va predmeti, yo'nalishlari yoritib berilgan, muayyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish namunalari ko'rsatilgan.
Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o'zbek tilshunosligida oxirgi o'n yilliklarda paydo bo'la boshladi. Professor N. Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi va yo'llarini izlab..." nomli maloqasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib beriladi. Ushbu maqolani o'zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin. Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun hizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan.
XIX asrda V.Gumboltdning til va tafakkur munosabatlarini o'rganishda millat madaniyatiga asosiy e'tibor berilishi lozimligi haqidagi mulohazalari XX asrning 90-yillarida qator tilshunoslar tomonidan yangi fan lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo'lib, ushbu fan hozirgi zamon tilshunosligida o'ta tez sur'atlarda rivojlanib, umumiy tilshunoslikdan alohida o'rin egalladi. Lingvokulturologiya til va madaniyat, til va xalq mentaliteti, milliy o'ziga xosligining o'zaro munosabati hamda o'zaro ta'sirini tadqiq etadi, ilmiy asoslaydi. Bu jihatdan u madaniyat hamda til haqidagi fan bilan o'zaro bog'lanadi. Lingvokulturologiya til birliklarining milliy-madaniy ma'nosi (semantika)ni, ma'no mazmuni va ottenkalarini, til va madaniyat munosabatlarini, milliy madaniyatning tilda ifoda etilishi muammolarini ilmiy va amaliy o'rganadi.[1]
Har qanday voqelikni qiyoslash qiyoslanayotgan voqelik yoki narsa hodisaning integral yoki differentsial belgilarni aniqlashtirish imkonini yaratadi.[2] Tilshunoslikda F. de Sossyur tomonidan tilning integral va differentsial belgilari farqlandi. Bu ilmiy yo'nalish oppozitsiya, transformatsiya, komponent tahlil kabi qator tilni ilmiy va amaliy o'rganish metodlarining asosini tashkil etadi.
Xalqlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyatlararo munosabatlarni shakllantirish asnosida boshqa tillarga murojaat etish va o'rganish kuchaymoqda. Boshqa tillarni o'rganish esa o'sha xalqning madaniyatini o'rganish, ya'ni, his qilish imkonini beradi. Shu ma'noda oxirgi paytlarda tilning madaniyat bilan o'zaro munosabatini o'rganish favqulodda dolzarb masalaga aylandi. Shu asnoda tilshunoslikda lingvokulturologiya deb ataluvchi maxsus yo'nalish, tadqiq ob'ekti paydo bo'ldi. Nemis tilshunosi V. fon Gumboldt til va madaniyat munosabatlarini ilk bor o'z asarlarida ifoda etdi: "Inson tili unga predmet haqidagi ma'lumotni qay tarzda yetkazsa, shu bilan yashaydi. Har qanday til shaxs mansub bo'lgan xalqni, uning tarzini ifoda etadi".[3]
Ilmiy tadqiqotlarda lingvokulturema termini qo'llanila boshlandi. Lingvokulturemalar (yazbikovoe znachenie-nominativ ma'no, predmetlik
ma'nosi)dan tashqari, milliy-madaniy (tildan tashqaridagi madaniy ma'no) kabi segmentlarni o'z ichiga oladi. So'z (belgi-ma'no) til birligi sifatida lingvokulturemaning tarkibiy qismi hisoblanadi. So'z tildagi narsa-hodisalarni ifodalasa, lingvokulturema predmet mazmunini ifodalaydi. Lingvokulturema tildagi ifodasiga ko'ra so'z, gap, atama, so'z birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Lingvokulturema til birligiga nisbatan murakkab hodisadir.[4] U o'zida tilning ifodasini, tasavvuri bilan birga tildan tashqaridagi muhitni (vaziyat, reallik), mavjudlikni ifoda etadi. Ona tili yoki boshqa chet tilini yaxshi biladigan har qanday shaxsning nutqida madaniy (kulturnbiy areal) ma'no ishtirok etadi. Madaniy ma'nosiz u yoki bu matnning mohiyatiga kira olmaymiz, u haqidagi mazmunni idrok eta olmaymiz. Matn mazmunidagi madaniy fenomenni tushunib yeta olmaymiz. U yoki bu millatga xos bo'lgan o'ziga xoslikni tasavvur etish uchun milliy mentallikni anglash bilimi zarur. Lingvokulturema o'ziga xoslangan nominativ ma'noni ifoda etishi bilan birga madaniy-ma'rifiy, milliy mentallik assotsiativ tasavvurlarni anglab yetish imkoniyatini yaratadi.
Lingvokulturologiya hamda tarjima nazariyasi uyg'unligiga aloqador tadqiqotlar orasida jahon tilshunosligida G.B.Palmer, G.Morain, B.Serdixun, B.Sivasish, V.V.Vorobev, Ye.O.Oparina, I.G.Olshanskiy, A.Vejbitskaya, S.G.Vorkachev, V.I.Karasik, V.Krasnbix, K.E.Nagaeva, V.A.Maslova, O.E.Salnikova, O.I.Vasilenko, O.A.Podlesova, D.D.Lagaeva, N.N.Dzida, Ye.B.Eliseeva, T.I.Gustomyasova, F.X.Xasanova, F.G.Fatkullina, A.R.Gabbasova, o'zbek tilshunosligida esa G.Boqieva, D.Ashurova, A.M.Bushuy, Sh.Safarov, G.Sh.Ataxanova, A.Mamatov, O'.Yusupov, J.Yoqubov, A.Ziyaev, D.Xudoyberganova, D.Djumanova, N.Djusupov, S.Isamuhammedova, D.Tosheva, N.A.Tuxtaxodjaeva kabi tadqiqotchilarning bu boradagi ilmiy qarashlari alohida e'tiborni tortadi.[5]
Lingvokulturemalar xalqning o'ziga xos madaniyatini uning til birliklari orqali aks ettiruvchi lisoniy hodisalardir.[6] V.A.Maslova ularni o'rganuvchi fan tilshunoslik va madaniyatning kesishishida paydo bo'lganini va u «Lingvokulturologiya» deb atalishini, bu fan millat madaniyatini tilda aks ettirish va mustahkamlash masalasini o'rganishini qayd etib, uning asosiy yo'nalishlarini belgilab ko'rsatgan, tasnifini amalga oshirgan.
Lingvokulturologiya asosini shaxs tili tushunchasi va kontsept tashkil etadi. Darhaqiqat, lingvokulturologiyaning asosiy o'rganish predmeti bo'lgan lingvokulturemalar «kontsept sifatida ontologik jihatdan yuksak umumlashtiruvchilik va tilning turli sathlari, vositalari orqali ifodalanish imkoniyatlariga ega bo'lgan, har bir tilda o'ziga xos semantik maydonni vujudga keltiradigan keng qamrovli tushunchadir».[7] Biroq lingvokulturema va kontseptning farqli va umumiy xususiyatlari mavjud. V.I.Karasikning e'tirof etishicha, «lingvokulturologik kontseptlar uch tarkibiy qismdan tashkil topgan. Bular: tushuncha, obrazlilik va ma'lumot».
Hozirgi dunyo tilshunosligida til va so'zlovchi (tinglovchi), til va kommunikatsiya, til va mantiq, til va olamni bilish, til va madaniyat bog'liqligi masalalari tadqiqiga yanada jiddiy yondashish natijasida tilshunoslikning lingvokulturologiya yo'nalishi ham kundan-kunga rivoj topib bormoqda.[8] Kognitiv tilshunoslik bilan uzviy bog'liq bo'lgan lingvokulturologiyada til taraqqiyoti madaniyat va til aloqadorligi, ularning bir-biriga ta'siri, xos belgilarining o'zaro sintezlashishi kontseptida o'rganilsa, shu asosda kelib chiqqan til birliklari - lingvokulturemalar genezisi, xususiyatlari, o'zida lisoniy va ekstralingvistik belgilarni dialektik birlikda namoyon etishi ochiladi.
Sohalararo kompleks birlik bo'lgan «lingvokulturema» terminini tilshunoslikda ilk bor qo'llagan V.V.Vorobev talqiniga ko'ra, «Lingvokulturema - bu lingvistik va ekstralingvistik (tushuncha yoki predmet) mazmuni dialektik birligini tashkil etgan kompleks birlikdir». Bu birlik so'zga nisbatan chuqur ma'noga ega. Odatiy belgi - ma'noga kulturemaning tildan tashqari mazmuni, ya'ni madaniy tushuncha komponenti ham qo'shiladi.
Lingvokulturemalar semantikasida ma'lum bir xalqning urf-odat va an'analari, madaniyati, tarixi, turmush tarzi, xo'jalik muhiti bilan tutash milliy-madaniy xususiyatlari aks etishi sababli ular bilan bog'liq muammolar tadqiqotchilarni uzoq yillardan beri qiziqtirib kelmoqda.[9] Ko'proq amaliy tabiatga ega bo'lgan lingvokulturologiya fani XIX asrda til hodisalarini antropologik paradigmaning hosilasi sifatida o'rgana boshlagach, ancha dolzarblik kasb etdi. XX asrning oxirgi choragiga kelib lingvokulturologiyaning Yu.S.Stepanov, N.D.Arutyunova, V.N.Teliya, V.Vorobev, V.Shaklenay maktablari shakllandi.
Ilmiy izlanishlardan anglashiladiki, lingvokulturemalar tarkibi til birliklariga qaraganda ancha murakkabdir. Lingvokulturemalar o'zida lingvistik, madaniy, etnopsixologik va ekstralingvistik omillarni mujassamlashtiradi. Lingvokulturemalar tarkibi belgi-ma'no-tushuncha-predmetlardan tashkil topgan. Ular to'g'ri va ko'chma ma'nosidan farqli o'laroq, inson madaniyati va tili darakchisidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Petersen Marilyn. A Treasury of Uzbek Legends and Lore. - Tashkent: Qatortol-Kamolot, 2000. - Р.125.
2.Эпоева Л.В. Лингвокультурологические и когнитивные аспекты изучения языка волшебной сказки (на материале английского и русского языков): Автореф. канд. дисс. филол. наук. - Краснодар, 2007.
3.Ивченко М.В. Функционально-семантические и лингвокультурологические особенности вербализованного концепта «волшебство» в сказачном и рекламном дискурсах: Автореф. канд. дисс. филол. наук. - Ростов-на-Дону, 2010.
4.Palmer G.B. Toward a Theory of Cultural Linguistics. - Austin: University of Texas Press, 1996. - 348 p.
5.Morain G. Kinesics and cross-cultural understanding // Culture Bound. Bridging the Cultural Gap in Language Teaching. Ed. J. Valdes. Cambridge: Cambridge University Press, 1998. - P.64 - 76
6.Serdihun B., Sivasish B. Language, Culture and Translation of the Karbi: A Brief Study. / International Journal of Social Science and Humanity vol. 2, no. 6.
- India, 2012. - P.562-564
7. ВоробьевВ.В. Лингвокультурологическаяпарадигмаличности. - М.:Рос. Ун-т. Дружбы народов, 1996. - 170 с
8.Опарина Е.О. Лингвокультурология: методологические основания и базовые понятия // Язык и культура: сб. обзоров. - М.: ИНИОН РАН, 1999.
- С.27-48
9.Ольшанский И.Г. Лингвокультурология в конце ХХ века: итоги, тенденции, перспективы // Лингвистические исследования в конце ХХ века. - М.: ИНИОН, 2000. - С.25-55