PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
O'ZBEK XALQ MAQOLLARINING TILSHUNOSLIKDA O'RGANILISHI
Orasta Yuldasheva
O'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13219064 Annotatsiya: Jahon tilshunosligi tilda har bir millatning milliy-madaniy o'ziga xosligi, dunyoqarashi, turmush
tarzi hamda diniy tasavvurlarini o'zida aks etishi masalasiga doimo qiziqib kelgan. Shuning uchun tilshunoslikning har bir sohasida bu masalaga doir bir qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Etnomadaniy qadriyatlarning asosiy tushunchalaridan biri bo'lgan til birliklarini lingvokulturologik jihatdan o'rganish zamonaviy tilshunoslikning asosiy muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Jahon tilshunosligida lingvokulturologiyaga bo'lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Zamonaviy antroposentrik lingvistikada maqollar millatning milliy-madaniy o'ziga xosligini ochib berishda katta o'rin tutishi va ularning muayyan lingvomadaniy jamoaga xos xususiyatlarini o'zida yorqin ifodalashi alohida qayd etiladi. Xalqlarning milliy o'zligini anglashi, til va madaniyatning o'zaro munosabati masalalari jahon tilshunosligida inson omilini lingvomadaniy jihatdan o'rganishda katta ilmiy qiymatga ega. Til va madaniyat munosabatini "inson+til+madaniyat" ning o'zaro aloqasi va ta'siri doirasida tushunish hamda tahlil qilish mumkin O'zbek tilshunosligida tilning milliy madaniyat va ma'naviyatini, diniy tasavvur va turmush tajribalarini til birliklarida saqlash hamda namoyon qilish muammolari markaziy o'rinlarni egallamoqda
Kalit so'zlar: Maqol, matal, madaniyat, lingvokulturologiya, lingvomadaniy kod
1 KIRISH
O'tgan asrning ikkinchi yarmidan keyin maqollar tilshunoslik nuqtai nazaridan ham o'rganila boshlandi. Ularning lisoniy tarkibi, unda ishtirok etgan leksik birliklar va maqollarning o'z mazmuniga ko'ra semantik munosabati masalasi lingvistlarning tadqiqot maydoniga aylandi. Bu borada X. Abdurahmonov, Y. Pinxasov, Sh. Rahmatullayev, G'. Salomov, Q. Samadov, M.Sadriddinova, A. Jo'raxonov, M. To'ychiyev, Sh. Shorahmedov kabi tilshunoslar hamda shogirdlarining tadqiqotlarini alohida ta'kidlash joiz. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib tildagi milliy-madaniy belgilar tadqiqiga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Tilshunsolikda til va madaniyat, til va inson omili, til va tarix masalalariga birinchilardan V.fon Gumbolt, A.Vaysgerber, L.Blumfild, E.Sepir, B.de Kurtene, A.A.Potebnya, A.A.Shaxmatov kabi Yevropa va rus tilshunoslari e'tibor berishgan. O'zbek frazeologiyasiga oid dastlabki tadqiqotlar XX asrning 50-yillari boshida yuzaga kelgan. Bularga Y.Pisixanov, A.Shomaqsudov, M.Husainovlarning nomzodlik ishlarini kiritishimiz mumkin. G'.Salomov frazemalarni tarjima qilgan hamda "frazeologizm" atamasi ostida maqol, matal va idiomalarni kiritadi. Abdug'afur Mamatov frazeologizmlarning shakllanish masalalarini tadqiq qilan. B.Yo'ldoshev frazeologizmlarning konnotativ ma'nolari, badiiy tasvir vositasi sifatida imkoniyatlarini atroflicha yoritib bergan. M.Xoliqova
frazeologizmlarning milliy semantikasi, ekstralingvistik omillarning frazeologizmlar semantikasiga ta'siri kabi muammolarni o'zbek va rus tillari misolida o'rgandi. Yuqorida qayd etilgan ishlar o'zbek frazeologiyasi sohasida erishilgan yutuqlar keyingi ushbu sohada olib borilayotgn tadqiqotlar uchun ilmiy metodologik asos vazifasini o'tamoqda. Bu ishlar natijasida A.Nasirov, B.Jo'rayeva, N.Nasrullayeva, A.Yuldashev kabi olimlar frazeologizmlarni antroposentrik paradigma, xususan, lingvokognitiv, pragmalingvistik va
lingvomadanioyatshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etishgan. Frazeologizmlarning milliy-madaniy xususiyatlari talqini, lisoniy madaniyatshunoslik, til semantikasi, etimologiyasi va tarixi lingvistikaning umumiy masalalari o'zbek tilshunos olimlari Sh.Raxmatullayev, N.Mahmudov, A.Nurmonov,
A.A.Mamatov, B.Yo'ldoshev, Sh.Safarov, D.Xudayberganova, Sh.Shomaqsudov, S.Dolimova, M.Xoliqova, M.Abdurazzaqov, A.Nosirov,
B.Jo'rayevalarning ilmiy ishlarida o'z aksini topdi. 2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Jahon tilshunosligida ham, o'zbek tilshunosligida ham maqol, matal, turg'un birikma, ibora va hikmatli so'zlarning o'zaro munosabatiga bag'ishlangan ishlar ko'p. Ayniqsa, bahsli bo'lgan maqol va matal munosabatiga alohida tadqiqotchilar to'xtalib, ushbu ikki milliy fenonimning farqli va o'xshash jihatlariga turli tomondan yondashib, har xil xulosalarga
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
kelishmoqdaki, ularning jami maqol va matallarning umumiy konseptual jihatini oydinlashtirish hamda farqlarini umumlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tilshunos Bibish Jo'rayeva maqollarning yondosh hodisalarga munosabatiga to'xtaladi va ularning farqlarini quyidagicha tasniflagan:
1. Maqolda faktik ahamiyat katta bo'lsa, matalning informativ qimmati ustuvor bo'ladi: xavf-xatardan qo'rqqan maqsadga yetolmas - chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmas.
2. Maqol matalga nisbatan o'zgaruvchan va yuqori variantlikka ega, matal esa shaklan nisbiy turg'undir: kattaga hurmatda bo'l, kichikka izzatda bo'l(matal) - bir qinga ikki qilich sig'magay / ikkita qo'chqorning boshi bir qozonda qaynamas [B.Jo'rayeva, 2006:24].
Maqol va matalni farqlashdagi misollarga e'tibor beradigan bo'lsak, matal deb berilgan: kattaga hurmatda bo'l, kichikka izzatda bo'l maqoli matal deb izohlanadi, ammo bu ibora matal emas maqoldir. Shuni ham ta'kidlash kerakki, matal ham o'zgaruvchan faqat unda variantlilik yo'q. Omonulla Madayev "O'zbek xalq og'zaki ijodi" o'quv qo'llanmasida maqol va matalning farqiga to'xtalar ekan, "Matal, odatda, notiq nutqining tarkibiy qismini tashkil etadi, ammo mustaqil qo'llanganda tugal ma'no anglatmaydi. Bundan tashqari, agar biz nutqimizni go'zallashtirish maqsadida, dalillab maqolning bir qismini ishlatadigan bo'lsak, biz maqol emas, matal ishlatgan bo'lamiz. Maqol mataldan mustaqil ma'no ifodalay olish xususiyati bilan farqlanadi", deyilgan [O.Madayev, 2010:77]. Bizningcha ham maqol va matalni tugal ma'no anglatish va tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqqan holda farqlagan ma'qul.
3. Maqollar majoziy, ko'chma ma'noga ega bo'lsa, matallar to'g'ri o'z ma'nosida qo'llaniladi. Bu fikrga ham to'liq qo'shilib bo'lmaydi, chunki maqol ham, matal ham ko'chma, majoziy ma'nolarga ega. Lekin olima maqolni shu jihati bilan idiomalashgan, matalni esa idiomalashmagan birlik sifatida baholaydi [B.Jo'rayeva, 2006:24].
"Bizningcha, tilshunoslikda maqol va matallarni ma'no tomonidan chegaralash maqsadga muvofiqdir, chunki ular berilayotgan xabarni ifodalash xarakteriga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Matal nutqda axborot berish vositasi bo'lsa, maqol shu axborotni jonli timsollarda yetkazish, uni dalillash, isbotlash vositasi sifatida qo'llanadi. Masalan, matal: Kutganga kun uzoq. Shu ma'noning maqollarda ifodalanishi: tikilgan qozon qaynamas / ochga tortgan kechga tortgan " [B.Jo'rayeva, 2019:21]. Bu fikrlar matal va maqol orasidagi farqini belgilashning eng yaxshi variant bo'lsa kerak. Olima faqat matal va maqol munosabati
www.in-academy.uz
bilangina cheklanib qolmay, maqol va idioma munosabati, maqol va ibora munosabati va matal tipidagi paremalar bilan maqollarning munosabati hamda ularning ma'noviy, sintaktik farqlarini farqlagan.
Xalq maqollari va matallari chegarasini mutlaq qo'yib bo'lmasligini alohida ta'kidlaydigan tadqiqotchilar ham bor. Xususan, professor E.Qilichevning "O'zbek tilining praktik stilistikasi" o'quv qo'llanmasida matallar va maqollar bir mavzu ostida berilgan. Olim yer sotgan er bo 'Imaydi; pul belga quvvat, boshga toj; andishaning oti qo'rqoq; Hamal kirdi - ekinlarga amal kirdi ifodalarini ham matal maqollar mavzusi ostida beradi [E.Qilichov, 1985:105]. Bu esa yuqoridagi maqol va matallarni farqlash tamoyillariga to'g'ri kelmaydi.
Maqol va iboralar olami turli soha mutaxassislari hisoblangan olimlar: tilshunoslar, adabiyotshunoslar, paremiologlar, folklorshunoslar, etnograflarning tadqiqotlar olib borishlari uchun "hosildor maydon" hisoblanadi. Bu tabiiy hol, chunki maqol shaklan ixcham, sodda bo'lishiga qaramay, turli tadqiqot nuqtayi nazarlaridan ko'rib chiqilishi mumkin. Maqollar semantik va struktur jihatdan to'la tugallangan matn sifatida tilshunoslikning til haqidagi ancha navqiron sohasi bo'lgan matn lingvistikasining ham diqqatini o'ziga jalb etmoqda. Bir til, hatto o'zaro yaqin bo'lgan va umuman bir-biriga qardosh bo'lmagan tillardagi turli maqollar yagona mantiqiy turga tegishli bo'lishi va bir xil alomatni ko'rsatishi mumkin. Shu bois ular mantiqiy semantika va semiotikaga bevosita tegishli bo'ladi. Maqollar grammatik nuqtayi nazardan muayyan sintaktik birlik hisoblangan gaplardir. Ularni O.Madayev "shaxsi umumlashgan gaplar" deb ataydi [O.Madayev, 2010:65]. Shu bois maqolning sintaktik birlik sifatida shakliy tuzilishi grammatikada o'rganilishi lozim. Bizningcha, bunday mulohazalar trivial xulosa emas, aksiomatik xulosaga o'xshaydi. Bunda tadqiqotchining vazifasi - bularning qanchalar adolatli ekanligi va bir-biriga qardosh va, aksincha, ancha uzoq bo'lgan turli tillar asosida teranligini ko'rsatishdir.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tilshunoslikda maqollar frazeologik birliklar nomi bilan ham juda ko'p o'rganilgan. Frazeologik birliklarga -maqol, matal, hikmatli so'z va iboralar kiritilgan. B.Yo'ldashev frazeologiya obyekti tor doirada tushunilsa, "frazeologiyaning o'rganish doirasi aniqroq namoyon bo'ladi, undan haqli ravishda bo'linmas leksik birliklar, jumladan maqol, matal, hikmatli so'z va aforizmlar chiqib ketadi, chunki ular struktural jihatdan yaxlit holda qo'llanuvchi sintaktik birliklardir", - degan
PPSUTLSC-2024
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
fikrni aytgan [B.Yo'ldashev, 2011:114]. M.Xoliqova frazeologizmlarning milliy semantikasi, ekstralingvistik omillarning frazeologizmlar semantikasiga ta'siri kabi muammolarni o'zbek va rus tillarida o'rgangan. Yuqorida qayd etilgan o'zbek frazeologiyasida erishilgan yutuqlar keyingi ushbu sohada olib borilayotgan tadqiqotlar uchun ilmiy metadalogik asos vazifasini o'tamoqda. Buning natijasida ko'plab tadqiqotchilar frazeologizmlarni antroposentrik paradigma doirasida, xususan,
lingvomadaniyatshunoslik, pragmalingvistika va lingvokognitiv nuqtai nazardan tadqiq etishmoqda. Masalan, Sh.Qalandarov o'zbek xalq maqollarining evfemik mazmuni va uni voqealantiruvchi omillarga atroflicha to'xtalgan va A.Qahhor asarlaridagi xalq maqollari misolida mavzuni ochib bergan [Sh.Qalandarov, 2019:126]. D.Turdaliyeva xalq maqollarining lingvopoetik xususiyatlarini yoritib bergan. Bunda badiiy matnning turlari va intertekstuallik, til vositalarining poetik aktuallashuvi hamda maqollarda kuzatiladigan variatsiya hodisalarini o'rganadi. Variantdosh va sinonim maqollarning farqlarini ham keltirib o'tadi [D.Turdaliyeva, 2009:144].
Maqollarning lingvokulturologik tahlili bo'yicha ko'plab maqolalar yozilgan. Durdona Xudayberganovaning "Lingvokulturologiyada madaniy kod tushunchasi va talqini" va Z.Muqimova bilan hamkorlikda yozilgan "Lingvomadaniy kodlar va o'zbek xalq maqollari" ilmiy maqolalari shular jumlasidandir. O'zbek xalq maqollari misolida lingvomadaniy kodlarni tasniflagan. O'zbek xalqining obrazli tafakkuri va dunyoqarashi, turmush tarzi, qadriyatlari, fe'l-atvori, e'tiqod va an'analari maqollarda ifodalangan lingvomadaniy kodlarda ham yaqqol ko'zga tashlanadi va o'z ifodasini topadi. Hatto maqollardagi mavzular o'xshash bo'lsa-da, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvir maqollardagi milliy-madaniy bo'yoqni ta'minlaydi [D.Xudayberdiyeva, Z.Muqimova, 2021/№4.20-23].
4 TAHLIL VA NATIJALAR
Adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtai nazaridan maqolning ikki xil alohida xususiyati e'tirof qilingan:
a) maqol - xalq og'zaki ijodining eng kichik janri;
b) maqol - chuqur mazmunli gap [D.Turdaliyeva, 2009:50].
Maqol - xalq og'zaki ijodining eng kichik janri. Eng avvalo, uning janriy tabiati nutq hodisasi ekanligini ko'rsatadi. Maqollar gap shaklidadir. Umuman, olganda ular an'analashgan gaplar hisoblanib, muayyan qoliplar asosida shakllanadi. Masalan, xalq - tosh, amaldor -suv: [ega - kesim], [ega - kesim]. Ko'pdan quyon qutulmas: [to'ldiruvchi - ega - kesim].
www.in-academy.uz
Maqol, matal va hikmatli so'zlar semantik jihatdan turg'unlik va obrazlilikga, sintaktik nuqtai nazardan esa ular gap tuzilishiga ega ekanligi va ular hech qachon gap chegarasidan tashqariga chiqmasligi, uslub jihatidan frazeologik birliklarning boshqa tiplaridagi kabi turli-tuman namunalarni namoyon qilishi sabab ular frazeologik sath birliklari hisoblanadi. Maqollar - milliy mentalitet, madaniyat, ramz va o'xshatishlarning ko'zgusi. Maqollarni lingvomadaniyatshunoslikda o'rganishning ahamiyati shundaki, maqollar muayyan xalq, davlat yoki aynan bir davrga xos hisoblanadi. Ularning o'ziga xosligi shundaki, ularda xalqning hayot tajribalari, olam haqidagi tasavvurlari bilan bir qatorda til egalarining o'ziga xos obrzali tafakkuri ham aks etadi. Maqollarni tahlil qilishda lingvomadaniy jamoaning olamni idrok qilishning o'ziga xos xususiyatlari, xalq tarjibalari, donishmandligi, tafakkurini aks ettiruvchi milliy-madaniy xususiyatlar aks etgan leksemalarni ham o'rganish muhim ahamiyatga ega. Til va madaniyatning o'zaro munosabatini maqollarning lisoniy shakli va milliy madaniyatni hosil qiluvchi mazmunida ko'ramiz. S.Ivanova frazeologik birliklarning milliy-madaniy bo'yoqdorligining lingvistik manbalari sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatadi:
1) obrazli asos: sabzi to'g'rashni bilmasang, o'tni pufla; yuzta "siz-bizdan" bitta "jiz-biz" yaxshi; yaxshi xotin go'sht quritar, yomon xotin go'sht sasitar; mirishkor xotinning qo'li charx yigirar, oyog'i beshik tebratar;
2) etnosotsium tajribasining spetsifik fragmenti: chillasi chiroq ko'rmagan - mum shamni kamsitar; cholni ko'rsang, bobom de; yoshning hurmati - qarz, qarining hurmati - farz; yoshi ulug'ni ulug'lagan - baxt topar;
3) so'z realiyalarning mavjudligi: to'yning ovozasi karnayidan ma'lum; qizni beshikka sol, sepini sandiqqa sol; sakson biya, sakkiz tuya - sepli qizning qalini;
4) maqollar asosida madaniy konsept: to'y - qizniki qiyin bilan bitar, o'g'ilniki o'yin bilan bitar; hurmat -mehmon otangdek ulug'.
Obrazli asosning milliy-madaniy markerligi ikki yoki undan ortiq turli tipli til tizimi sathlarini qiyoslash-chog'ishtirish yo'li bilan tahlil qilinganda yanada yorqinroq namoyon bo'ladi. Maqollar misolida ifodalangan madaniy konseptning qimmatlilik segmentini aniqlash tadqiqotchining lisoniy kompetensiyasiga ham bog'liq
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xalq maqollarini o'rganish necha yillik qadim tarixga ega. Ularning til xususiyatlarini o'rganish, tahlil qilish dolzarbligicha qolaveradi. Maqolada o'zbek xalq maqollarining bir-birini takrorlamaydigan, rang-barang mavzularga hamda shakllanish tarixiga ega ekanligi va maqola hajmining chegaralanganligini hisobga olgan
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz
holda, faqat urf-odat asosida shakllangan maqollarga e'tibor qaratdik. Til va madaniyat muammosini o'rganish uzoq o'tmishga borib taqaladi va bu izlanishlar bugungi kunda ham davom etmoqda. Bu izlanishlarda til birliklarinining ham yangidan yangi qirralari kashf qilinmoqda.
Maqol xalq og'zaki ijodining namunasi bo'lishi bilan bir qatorda ular madaniyat kaliti hamdir. Bizningcha, til madaniyatni saqlaydigan xotira va har bir lingvomadaniy jamoa o'z madaniyatini tilining imkoniyatlaridan foydalangan holda ifodalaydi. Til tuzilishi milliy madaniyat, olamning milliy manzarasi va etnik shartlangan shaxsning fe'l-atvoriga ta'sir qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Жураева Б. Ма;олларнинг лисоний мав;еи ва маъновий-услубий ;улланилиши: Филол. фанлари номзоди... дисс. - Самарканд, 2006. - 120 b.
[2] Madaev O. "O'zbek xalq og'zaki ijodi" o'quv qo'llanma. -Toshkent: "Mumtoz so'z", 2010. - 512 b.
[3] Жураева Б. Узбек хал; ма;олларининг ;ис;ача синономик лугати. - Тошкент: Фан, 2006. - 66 b.
[4] Узбек хал; ма;оллари. / Тузувчилар: Мирзаев Т., Мусо;улов А., Саримсо;ов Б.; Масъул мухаррир: Турдимов Ш. - Тошкент: Шар;, 2003. - 512 б.
[5] Yuldasheva O. O'zbek tilida urf-odat asosida shakllangan maqollar // УзМУ хабарлари. - Toshkent. 2022, [1/9/1]. - B. 305-307.
[6] Худайберганова Д., Мукимова З. Лингвомаданий кодлар назарияси ва узбек хал; ма;оллари // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent. 2021/№ 4.20-23 b.
[7] Худайберганова Д. Лингвокултурологияда маданий код тушунчаси ва тал;ини // O' zbek tili va adabiyoti. -Toshkent. № 3 (2019). -B. 15-16 b.
[8] ^аландаров Ш. Узбек лингвомаданий мухитида хал; маколлари эвфемизатсияси: филол. фан. докт (PhD). ... дисс. - ^у;он, 2019. 126 б.
[9] Турдалиева Д. Узбек хал; ма;олларининг лингвопоетик хусусиятлари: Филол. фанлари буйича фалсафа докт (PhD). дисс. - Тошкент, 2009. 144 б.
[10] Маматов А.Э. Узбек тили фразеологизмларининг шаклланиши масалалари: филол. фан. докт. ...дисс. автореф. - Тошкент, 1999. - 56 б.