Научная статья на тему 'AFORIZMLAR TILNING MILLIYMADANIY TARKIBIY QISMI SIFATIDA'

AFORIZMLAR TILNING MILLIYMADANIY TARKIBIY QISMI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvokulturologiya / madaniyat / aforizmlar / olamning lisoniy manzarasi / paradoksal bayonot / matn / pretsedent matn.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahmedova Gulizebo Yakubovna

Bugungi kunda tilshunoslikda lingvokulturologiya mustaqil soha sifatida talqin etilib, uning muhim xususiyatlaridan biri bu “til madaniyat – shaxs”ning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishdir. O‘ziga ilmiy xarakterdagi aniq vazifalarni qo‘ygan holda, lingvokulturologiya o‘zining amaliy, ilmiy va uslubiy rivojlanishida avvalambor, til birliklarining milliy-madaniy mazmunini o‘rganib chiqish, ma’lum bir til va madaniyatning ona tilida so‘zlashuvchilar tomonidan idrok etilishiga imkon qadar yaqinroq darajada tushunish uchun ularni tavsiflashni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada, aforizmlar milliy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini, ma’lum bir xalq uchun o‘ziga xos dunyoqarashni, estetik g‘oyalarni va axloqiy tamoyillarni aks ettirgan tilning milliy-madaniy tarkibi sifatida o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AFORIZMLAR TILNING MILLIYMADANIY TARKIBIY QISMI SIFATIDA»

AFORIZMLAR - TILNING MILLIY- MADANIY TARKIBIY QISMI SIFATIDA

Ahmedova Gulizebo Yakubovna

SamDChTI tayanch doktoranti tel:+998979224804, e-mail: gulizebo.ahmedova@bk.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10820856

Annotatsiya. Bugungi kunda tilshunoslikda lingvokulturologiya mustaqil soha sifatida talqin etilib, uning muhim xususiyatlaridan biri bu "til - madaniyat - shaxs"ning o'zaro bog'liqligini o'rganishdir. O'ziga ilmiy xarakterdagi aniq vazifalarni qo'ygan holda, lingvokulturologiya o'zining amaliy, ilmiy va uslubiy rivojlanishida avvalambor, til birliklarining milliy-madaniy mazmunini o'rganib chiqish, ma'lum bir til va madaniyatning ona tilida so'zlashuvchilar tomonidan idrok etilishiga imkon qadar yaqinroq darajada tushunish uchun ularni tavsiflashni o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada, aforizmlar - milliy madaniyatning o'ziga xos xususiyatlarini, ma'lum bir xalq uchun o'ziga xos dunyoqarashni, estetik g'oyalarni va axloqiy tamoyillarni aks ettirgan tilning milliy-madaniy tarkibi sifatida o'rganilgan.

Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, madaniyat, aforizmlar, olamning lisoniy manzarasi, paradoksal bayonot, matn, pretsedent matn.

Til asrlar davomida insoniyat tomonidan yaratilgan beqiyos madaniy axborotni avloddan avlodga olib o'tuvchi noyob hodisadir. XXI asr tilshunosligida til nafaqat insonlar o'rtasidagi aloqa vositasi sifatida, balki millatning madaniy kodi sifatida faol ravishda rivojlanmoqda. Til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlar masalasini ishlab chiqishga "til falsafasi" asoschisi V. fon Gumboldtning hissasi katta bo'lib, u tilning lingvistik-falsafiy kontseptsiyasini inson nazariyasining shakllanishining yadrosi deb bildi. Lingvistik nisbiylik nazariyasining tarafdorlaridan biri E. Sepir esa "til va madaniyat" muammosini ishlab chiqishda davom etdi. Til - ma'naviy va moddiy madaniyatni ifodalab, har qanday xalqning o'ziga xosligini, olamning milliy qarashlarini, milliy madaniyatni o'zida mujassam etadi.

Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo'lib, til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi, bu bog'liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Lingvokulturologiyaning paydo bo'lishi va faol rivojlanishi tilni o'rganish va tavsiflashga madaniy yondashuvning ustunligi bilan bog'liq. Til va madaniyatning bog'liqligi, madaniyatning tilda aks etish muammosi bilan bog'liq masalalarning metodologik asosi yaqin yillardangina boshlandi. Ularning asosi sifatida V.V.Vorobyov, V.M.Shaklein, V.N.Teliya, V.A.Maslovalarning ishlarini qayd etish mumkin. Til va madaniyat uzviyligini tadqiq etuvchi soha hisoblangan lingvomadaniyatshunoslik asoschilaridan biri V.N Teliya shunday yozadi: "Madaniyatning o'ziga xos "tili" bor u biz bilan me'morchilik, rassomchilik, musiqa, raqs, adabiyot va insoniyatning boshqa ijod mahsullari orqali so'zlashadi. Lekin madaniyat "tili"ning eng universal vositasi tabiiy tildir".

Bugungi kunda o'zbek lingvomadaniyatshunosligi tilshunosligimizning rivojlanib borayotgan sohalaridan biri sifatida ko'plab tadqiqotchilarning e'tiborini tobora o'ziga tortmoqda. Bunda soha rivojiga salmoqli hissa qo'shgan A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Mamatov, D.Ashurova, Sh.Safarov kabi taniqli olimlarning ishlari nazariy asos vazifasini o'tamoqda.

Lingvokulturologiyaning asosiy vazifalaridan biri bu madaniyatning til birliklarida qanday namoyon bo'lishini talqin qilish va tavsiflash hisoblanadi. Tilning o'ziga xos madaniy jihatlarini

tadqiq etgan tadqiqotchilar til va nutq hodisalarining eng "madaniy ahamiyatga molik" qatlamlari sifatida leksikologiya va frazeologiyani ta'kidlaydilar. Aynan tildagi iboralar olamning lisoniy manzarasini anglashda katta ahamiyat kasb etib, majoziy shaklda avloddan avlodga o'tib boradi. Shuning uchun frazeologik birliklar lingvokulturologik tadqiqotlar uchun bevosita va istiqbolli obyektdir.

Bizning tadqiqot obyektimiz sifatida milliy madaniyatning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi aforizmlar hisoblanadi. Aforizmlar ma'lum bir xalq uchun o'ziga xos dunyoqarashni, estetik g'oyalarni va axloqiy tamoyillarni aks ettiradi. Aforizmlarning stereotiplik va ramziyligi ularning madaniy-milliy xususiyatlarini belgilaydi va ularni tilning madaniy yadrosiga aylantiradi.

Aforizmlar har doim insonlar e'tiborini jalb qilib kelgan bo'lib, hozirgi paytda aforizmlarga qiziqishning ortishi, ularning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Chunki aforizmlar o'zining ko'p qirraliligi va semantik xilma-xilligi tufayli har qanday davr ruhiga mos keladi. Shuni ta'kidlash kerakki, aforizm uzoq yillar davomida faqat falsafiy-adabiy nuqtai nazardan talqin etildi, biroq u tilshunoslik va boshqa fanlarning o'rganish mavzusiga ham aylandi va turli jihatlardan o'rganilmoqda.

Aforizm atamasining keng qo'llanilishiga qaramay, ushbu fenomen turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinib, L. V. Uspenskiy, C. G. Gavrish, T. I. Manyakina, M. N. Yelenevskaya, N. T. Fedorenko, L. I. Sokolskaya, I. P. Sharapov, Z. K. Tarlanov, O. I. Kulishkina kabi ko'plab tadqiqotchilar o'zlarining ta'riflarini taklif qilishgan.

Uspenskiy aforizmni "ma'lum bir muallifning umumlashtirilgan, to'liq va chuqur fikri bo'lib, u lakonik, sayqallangan shaklda ifodalangan, ekspressivlik va hukmning aniq kutilmagan hodisasi bilan ajralib turadigan" deb ta'riflaydi. Paremiyalar singari, aforizmlar isbot talab etmaydi, bahs-munozara tarzida ifodalanmaydi, balki mazmunan ishonarli va yorqinligi bois ongga asl tafakkur formulasi bilan ta'sir qiladi. Aforizmning ekspressivligi so'zlar sonining kamayishi bilan ortadi. Yuqoridagi olimlarning tanqidiy qiyosiy tahlili natijasida quyidagi ta'rif qabul qilingan: aforizm - bu muallifning qisqacha va sayqallangan shaklda ifodalangan, kitobiy stilistik rangga ega bo'lgan umumlashtirilgan paradoksal bayonotidir.

Aforizmning o'ziga xos bo'lgan muhim xususiyatlarini tahlil qilmay turib uning asosiy jihatlarini aniqlab bo'lmaydi. Shu bois aforizmlar diaxronik, lingvokulturologik, frazeologik, leksik-grammatik, semantik-sintaktik, stilistik va funktsional jihatlarda o'rganilgan.

Lingvokulturologik jihatdan aforizm umumlashtiruvchi semantikasi, o'zining mazmuni va ifoda shaklining o'ziga xosligi bilan namoyon bo'lib, aforizmlar lingvomadaniy hamjamiyat kognitiv bazasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Har qanday tildagi olam manzarasining aforistik ifodasi turlicha talqin qilinadi. Bir tomondan, aforizmlar ijtimoiy ahamiyat molik kasb etsa, boshqa tomondan, ularning mualliflari tomonidan olamni idrok etish va tushunishning individualligini namoyish etadi.

A. V. Artemovaga ko'ra, aforizmlar milliy madaniyatning ko'zgusi sifatida, ma'lum bir til hamjamiyatining an'analari, asoslari, dunyoqarashining o'ziga xosligi va mentaliteti to'g'risida juda ko'p ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

O. A. Dmitrievaning ta'kidlashicha, aforizmlar ona tilida so'zlashuvchilar ongida ma'lum bir ma'lumot to'plamini yaratadi, bu bir tomondan aforizmlarning mantiqiy tuzilishini belgilasa, boshqa tomondan, ularni qo'llash, biror bir hayotiy vaziyatlar, insonlar tarixi va madaniyati bilan bog'liqligini ko'rsatadi.

Tarjima nazariyasi va amaliyotida aforizm fikrning lakonik ifodasi takrorlanadigan birlik emas, balki kichik badiiy asar sifatida qaraladi. Shu bois, aforizmlarni tilning mutlaqo mustaqil birliklari deb hisoblash va mustaqil ravishda o'rganilishi mumkin. Aforizmlar so'zlovchining fikrini nafaqat aniqroq, balki ma'nodor, majoziy va eng muhimi - hissiy jihatdan ham ifodalaydi. Lingvistik aforizmlar so'zlovchi tomonidan o'z fikrini mustahkamlash, so'ziga ishontirish uchun ishlatiladi. Boshqacha qilib aytganda, aforizmlar nutqni bezash, uni yanada rang-barang qilish uchun ishlatiladi.

Ma'lumki, lingvokulturologiya bevosita matn bilan bog'liq bo'lib, matn ham boshqa til birliklari qatorida bu sohaning tadqiq obyektlaridan biri hisoblanadi. Lingvokulturologiyaning matn bilan bog'liq yana bir hodisasi bu pretsedent matn masalasi bo'lib, pretsedent birliklar sifatida til egalariga yaxshi tanish bo'lgan, ularning lisoniy xotirasida saqlanadigan, nutqiy faoliyatda qayta-qayta murojaat qilinadigan shaxs nomlari, barqaror so'z birikmalari, jumlalar hamda matnlar qayd etiladi. Ba'zi olimlarning ilmiy ishlarida aforizmlar pretsedent hodisalar sifatida talqin etiladi. Inson olam haqidagi bilimlarining ko'p qismini bevosita o'z tajribasidan emas, balki o'qigan matnlaridan olib, eshitilgan yoki o'qilgan matnlar insonning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.

Tadqiqotimiz doirasida madaniy ahamiyatga ega bo'lgan ingliz va o'zbek aforizmlarni o'rganib chiqish jarayonida, ularning asosan adabiyot, siyosat, falsafa va musiqa sohalariga oid ekan degan xulosaga keldik. Masalan, Amerika Qo'shma Shtatlari mustaqillik urushi yetakchisi sifatida tarixga kirgan Benjamin Franklinning "Advice to Young Tradesmen" asarida aytgan: "Time is money" (Vaqt - bu pul) so'zlari eng mashhur, umumbashariy va keng tarqalgan pretsedent aforizmlardan biri hisoblanadi. Ushbu aforizm bugungi kunda nafaqat ingliz tilida so'zlashuvchilar uchun balki, o'zbek tilida so'zlashuvchilar tomonidan ham qo'llanilib, ushbu aforizm tilda nafaqat o'ta qisqa shakli bilan, balki aniq ifodalangan fikr tufayli mustahkamlangan.

Shunday qilib, doimiy ravishda rivojlanib boradigan aforizmlar juda uzoq tarixga ega. Aforizmlar turli sohalarda (masalan, tibbiyot, falsafa, adabiyot va boshqalarda) qo'llanilgan, shuningdek, ushbu sohalarda boyitilgan. Aytishimiz mumkinki, aforizm ijtimoiy va madaniy ahamiyatga molik til birligi bo'lib, u rivojlangan, rivojlanmoqda va kelajakda rivojlanadi.

REFERENCES

1. Худойберганова Д. Тил тафаккур маданият - ^шкет: Нодирабегим, 2020-6-38

2. Худойберганова Д.С. Матннинг антропоцентрик таджики. — Т.: Фан, 2013. — 83 6.

3. Артемова А. В. Эмотивно-оценочная объективация концепта женщина в семантике ФЕ (на материале английской и русской фразеологии): автореф. дис. ... канд. филол. наук. Пятигорск, 2000. -21 с.

4. Дмитриева O. A. Культурно-языковые характеристики пословиц и афоризмов (на материале фр. и рус. яз.): автореф. дис. ... канд. филол. наук [Текст] / Дмитриева O. A.; Волгогр. Гос. Пед. Ун-т. - Волгоград, 1997. - 14 с.

5. НЕФЕДОВА, Любовь А.: Прецедентные тексты современных немецких афоризмов (на материале книги заметок и афоризмов Элмара Шенкеля). В: Филологические науки, 2005, №4, с. 84 - 93.

6. Успенский Л. В. Коротко об афоризмах // Афоризмы: избранные изречения деятелей литературы и искусства. Л.: Лениздат, 1964. С. 3-20.)

7. ПОЛЧАНИНОВА, Екатерина О.: Афоризмы как предмет изучения фразеологии (на материале немецкоязычных афоризмов). В сб.: К юбилею германиста: Сборник научных статей к юбилею профессора И.И. Чернышевой. Отв. ред. л. А. Нефедова. Москва: МАКС Пресс 2011, Вып. 3, с. 88 - 99.

8. Yakubovna, A. G. (2023). USING APHORISMS IN DEVELOPING SPEAKING COMPETENCES OF ECONOMICS STUDENTS. The Journal of Economics, Finance and Innovation, 901-908. Retrieved from http://sbtsuej ournals.uz/index.php/EFI/article/view/154

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.