Научная статья на тему 'PORTRET JANRINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI'

PORTRET JANRINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
73
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
portret / janr / anatomik tuzuzlish / ruhiy kechinma / dinamika / yuz qismlari / lali g‘uncha / labiyaproq / uyg‘unlashgan lab. / portrait / genre / anatomical arrangement / mental experience / dynamics / facial parts / lali guncha / labiaproc / harmonious lip.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — A’zamjonov, Axadjon A’zamjonovich, Arziyeva, Nazira Mahmudjon qizi

Mazkur maqolada portret janri, uning o‘ziga hos xususiyatlari, portret janrida ijod qilgan rassom pedagoglar asarlari orqali mazkur janrning ilmiy nazariy asoslari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC THEORETICAL BASIS OF THE PORTRAIT GENRE

In this article, information about the portrait genre, its specific features, and the scientific theoretical foundations of this genre are given through the works of the artist and pedagogues who created in the portrait genre.

Текст научной работы на тему «PORTRET JANRINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI»

_ SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023

PORTRET JANRINING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

A'zamjonov Axadjon A'zamjonovich

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi

Arziyeva Nazira Mahmudjon qizi

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi

Mazkur maqolada portret janri, uning o 'ziga hos xususiyatlari, portret janrida ijod qilgan rassom pedagoglar asarlari orqali mazkur janrning ilmiy nazariy asoslari haqida ma 'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: portret, janr, anatomik tuzuzlish, ruhiy kechinma, dinamika, yuz qismlari, lali g'uncha, labiyaproq, uyg'unlashgan lab.

In this article, information about the portrait genre, its specific features, and the scientific theoretical foundations of this genre are given through the works of the artist and pedagogues who created in the portrait genre.

Key words: portrait, genre, anatomical arrangement, mental experience, dynamics, facial parts, lali guncha, labiaproc, harmonious lip.

В данной статье сведения о портретном жанре, его специфических особенностях, научно-теоретических основах этого жанра даны через творчество художника и педагогов, творивших в портретном жанре.

Ключевые слова: портрет, жанр, анатомическое расположение, душевный опыт, динамика, части лица, лали гунча, половые губы, гармоничная губа.

Mustaqillik yurtimizga nafaqat siyosiy erkinlikni, balki, millatimizga millatdek, xalqimizga xalqdek yashash, mustaqil fikrlash erkinligini ham berdi. Shu tufayli biz san'at sohasini, uning tarixini dunyoviylik, insonparvarlik nuqtai-nazaridan o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldik. Mamlakatimiz fuqarolarida tafakkur erkinligi shakllanib bormoqda. Yurtimizda sodir bo'layotgan murakkab yaratuvchanlik tafakkur mustaqilligi bilan uzviy bog'liq hodisadir. Mamlakatimizda o'tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Portret janri - insonning ichki ruxiy olami bilan bog'langan holda aniq bir obraz yaratilishi portret san'ati deb yuritiladi. Tasviriy san'atning asarlarini yaratishda portret rangtasvir ishlashda insonning to'la gavdasi, yarmi yoki yuz qiyofasining faqat o'zi ham bo'lishi mumkin. Portret yaratish o'ziga hos murakkab jarayon bo'lib, insonning anatomik tuzilishidan tortib ichki ruxiy, ma'naviy, shuningdek, tashqi ko'rinishidagi barcha jixatlarini aks ettirishi bilan san'at darajasidagi asar bo'lishi mumkin. Portretchi rassom odamlarga hos turli harakatlarni his qila bilmog'i, ayniqsa, odamning qiyofasidagi samimiylik yoki soxta jihatlarni tasvirlay bilish qobiliyatlariga ega bo'lishi kerak.

O'zbekiston xalq rassomi akademik Malik Nabiyev buyuk siymolar obrazini o'ziga xos talqin eta olgan iste'dodli mo'yqalam sohibidir. Uning «Amir Temur» portreti fikrimiz dalilidir. Buyuk Sarkardaning, taxtda o'ychan qilichga qo'llarini qo'yib o'tirgan holati mohirona tasvirlangan. Uning yurt tinchligi, xalq farovonligini o'ta ziyraklik bilan mushoxada etayotganligi ishonarli ko'rsatilgan. Boshidagi shoxlik toji barvasta qomatlariga juda mos tushgan. Uning nihoyatda qattiq qo'lligi, dovyurak va abjirligi, o'ta zakovatliligi yuzidagi qiyofada o'z ifodasini topgan.

Inson obrazini yaratish - tasviriy san'atda eng murakkab jarayon hisoblanadi. Tasviriy san'atning portret janri insonning ma'naviy qiyofasini o'zida ifodalashi bilan san'atning boshqa turlaridan bir muncha farq qiladi. Tasviriy san'atning asarlarini yaratishda portret rangtasvir ishlash orqali inson obrazini mohirona ko'rsata olgan buyuk rassomlar qatoriga Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Rembrandt, shuningdek, o'zbek rassomlaridan Abdulxaq Abdullayev, Rahim Axmedov, Chingiz Axmarov, Malik Nabiyev va boshqa bir qancha rassomlarni kiritish mumkin.

Tasviriy san'atning asarlarini yaratishda portret rangtasvir ishlashi ko'rinishini sharqda qiyofa ilmi deyishgan va u bilan shug'ullanish man etilmagan. Masalan, Muhammad alayhissalomning «Utlub ul-xayri min hison il-vujuh» hadislarida bir misol keltirilgan va uning mazmuni quyidagicha «Sizlar yaxshilikni chiroyli yuzlilardan qidiringlar».

Inson qiyofasini obrazli tasvirlash - bu juda qiziqarli san'at bo'lib, u insonlarni yuzi, a'zolari, tuzilishi, rangi, inson tanasini harakat holatlari, kulishi, uxlash holati kabilardan uning psixologik xarakterini kompozitsiyasini topishga o'rgatadi. Xitoy va Ovropada inson qiyofasini o'qish san'ati mavjud, u qadimdan to shu kunlargacha davom etib kelmoqda. Har bir insonning fe'l-atvoriga bog'liq holda tashqi ko'rinishi berilar ekan. Ko'zi, qoshi, yuzi, umuman, chehrasi ichki olamiga monand bo'ladi. Shuning uchun yuzini tasvirlashda odam fe'l-atvorini yanada chuqur o'rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish zarur. Chizg'ilarni qalbdan yuritish buyuk bir san'atdir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Bizning fikrimizcha, bunday maxsus psixologik holatni tasvirlash jarayonida psixologiya san'ati kabi rassom-pedagog mutaxassislarni tayyorlashda juda katta ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Ular inson qiyofasini rangtasvir, miniatyura va boshqalarda aks ettiradi. Inson qiyofasining dinamik holatlardan eng xarakterli holati kulgi va yig'idir. «L.N.Tolstoy o'z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi ko'rinishlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan».

«Har xil sabab bilan yig'lagan paytda odamning qoshi va og'zi har xil qiyofada o'zgaradi», - degan edi Leonardo da Vinchi.

Psixolog P.M.Yakobson tomonidan ishlangan rasmlardan ko'rinib turibdiki, odamning aftidagi qiyofa, asosan, lablar, qosh va ko'z o'zgarishlarining bir-biriga nisbatan turlicha holatiga, shuningdek ko'zning qanchalik chaqnab turishiga bog'liqdir».

Tomoshabinning asosiy diqqati portretning bosh, yuz qismiga ko'proq qaratilgan bo'ladi. Tasviriy san'at asarlarini yaratishda «plenerda»da portretda eng muhimi uning ko'rinishi va yuz ifodasidir. Aynan shu ifodada insonning ichki ruhiy dunyosi aks etadi. Inson xarakterini, umuman butun borlig'ini yorqin namoyon etadigan ifodani topish juda muhimdir. Boshqa detallar esa uni to'ldiradi va kuchaytiradi. Inson tasvirida ko'z, burun va lablar uning xarakterini ifodalaydi.

Ko'zdagi rangdor pardaning rangi odamda hayotiy kuchlar bor - yo'qligini ko'rsatadi: qora, jigarrang va yashil ko'z pardasil - jo'shqinlikdan, g'ayratdan; moviy rang - ta'sirchanlikdan; och jigarrang parda - tortinchoqlikdan dalolat beradi.

Yaponiyada qirqqa yakin ko'z turlari o'zaro farqlanadi va muayyan hayvonga xos xatti-harakatdagi ko'zlar o'sha turdagi odamga hos deb hisoblanadi. Burun haqida - burun shakli 40 yoshdan keyin barqarorlashadi. Risoladagidek burunning uchi yumaloq, parraklari yaqqol shakllangan bo'ladi. Burun teshiklarining haddan ziyod kattaligi shaxsiyatdagi nuqsonlardan darak beradi. Buruni chiroyli odam kuchli shaxs hisoblanadi. Uzun burun, odatda, yaqqol ko'rinib turuvchi shaxsiyat belgisidir. Lekin u turli ko'rinishda xilma-xil ma'nolarni anglatadi.

Mutaxassislarning fikriga qaraganda erkaklar, ayollar og'izining, ya'ni lab tuzilishida ma'lum ma'nolar yotar ekan. Kuyida o'ziga xos ana shunday lab tuzilishilarini rangtasvir mashg'ulotlar jarayonida amaliy ishlarida qo'llash uchun ta'rifini keltiramiz. Masalan, la'li g'unchalar - ko'rinib turgan lablardagi nafis chiziqlar, o'ziga xos mayin, oq ko'ngil, iboli va halolligidan nishonadir. Labi yaproqlar - yupqa lab sohiblari bosiq, vazmin bo'lsalarda, hamisha maftunkordirlar. Ko'rinishdan qiziqqon, lekin o'zlarini tuta bilishda ularning oldiga tushadigani bo'lmaydi. Bundaylarni yo'ldan "urish" osonmas. Boisi, bunday ayollar hamisha tiniq fikr yuritadilar. Uyg'unlashgan lablar - qandaydir iymanish va istiholaga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

borayotganligi sezilib turgandek bunday lab sohiblari aksariyatini ma'naviyati yetarli bo'lib, yozuvchi, shoirlarga xosdir. Ular haqiqat bilan kechirishni mohirona moslashtira bilishadi.

Qo'lga qarab odamning kasbi, xarakteri, xatto bajaradigan ishini ham aniqlash mumkin. Bosh xarakteri uning burilib, egilib turishi, yuz mimikasi, gavdaning umumiy holati inson xarakterini ochishga yordam beradi. Insonning ichki ruhiy holatini ifodalash rassomning muhim, asosiy vazifasidir. Xarakterli ishoralar ham rassom nazaridan qolmasligi zarur. Ular yuz ifodasiga mos bo'lishi kerak. Inson dunyoqarashi uning ruhiyati, har bir harakati, o'zini tutishi, voqealarga bo'lgan munosabati, fikrlashi ham obrazni to'laqonli yoritishga yordam beradi. Qarakat insonning eng zo'r o'ziga xos xarakteridir. Bu narsani faqat mavzuli asar ishlaganda emas, portret ustida ish yuritish jarayonida ham unutish kerak emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. N.Abdullayev San'at tarixi II-jild I-kitob «San'at», Toshkent, 2001.

2. V.P.Shevchenko «Odam anotomiyasi va rasm». T., A.Qodiriy Nomidagi Xalq me'rosi nashriyoti 1996.

3. N.K.Axmedov. «Odam anotomiyasi» Atlas. Ibn-Sino.T. I-jild. 1996. II-jild 1998.

4. A'Zamjonov, A., & Muhammadali, C. (2022). TASVIRIY SAN'AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 84-88.

5. A'Zamjonov, A. A. Z. (2022). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 56-60.

6. A'Zamjonov, A., and Ko'Hinur Hamdamov. "TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI BILAN BOG'LIQLIGI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2.10-2 (2022): 71-77.

7. A'Zamjonov, A., & Ibrohimov, A. (2022). O'ZBEKISTON TASVIRIY SAN'ATI MEROSI AN'ANALARINI ILMIY PEDAGOGIK JIHATLARINI O'RGANISHNING AMALIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 151-156.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

8. A'Zamjonov, A., & Kimsanboyev, M. (2022). O'QITUVCHI FAOLIYATIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O'RNI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 199-205.

9. Davron, O., & Muxammadjon, U. (2022). MODERN METHODS OF TEACHING FINE ARTS. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).

10. A'Zamjonov, A. A. Z., & O'Rinov, M. X. O. G. L. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1009-1016.

11. A'Zamjonov, A. A. Z., & O'Rinov, M. X. O. G. L. (2022). TALABALAR MUSTAQIL TA'LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING CHIZMACHILIK FANIDAGI O'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1032-1038.

12. Сулайманова, С., Омонов, Д., & Aъзамжонов, A. (2022). Aлишер Навоий асарларидан бадиий олий таълим муассасаларида тасвирий санъатни укитиш жараёнида фойдаланишнинг зарурияти. Research Focus, 1(2), 272-277

13. Arziyeva, N., & Dodoboyev, A. (2022). TASVIRIY SAN'AT VOSITASIDA O ' QUVCHILARINING BADIIY VA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 996-1002.

14. KAMOLOV, I. B., & ARZIYEVA, N. (2021). The Practical and Social Importance of Art in The Spiritual and Moral Form of the Person.

15. Курбанова, Б. М., Юнусалиев, М., & Aрзиева, Н. (2022). ОСОБЕННОСТИ ТЕХНИКИ: AKBAPEm, МAСЛO И rYAmb. Research Focus, 1(2), 319-325.

16. Sulaymanova, S. B. Q. (2023). BADIIY AN'ANALARGA YO 'G 'IRILGAN QUROQCHILIK SAN'ATI NAMUNALARINING TASVIRIY SAN'ATDAGI O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(9), 106-111.

17. Sulaymanova, S. (2023). IMPORTANCE OF THE PATCHWORK NEEDLEWORK IN STUDY WHICH HAS GIVEN A BIRTH TO APPLIED ARTS, BASED MUCH ON ANCIENT OLD-TIME TRADITION. Science and innovation, 2(C4), 9-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.