Научная статья на тему 'Tasviriy sanatda portret janri va obraz talqini'

Tasviriy sanatda portret janri va obraz talqini Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
491
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
tasviriy sanʼat / portret janri / obraz talqini / fayyum portreti / monumental rangtasvir / personaj

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Anvar Ulashovich Uraqov

Mazkur maqolada tasviriy sanʼatda portret janri va obraz talqini, sanʼat asarlarida ifodalangan salbiy voqealar, Fayyum portretlari, rangtasvirda asosiy ifoda vositasi haqida batafsil bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Tasviriy sanatda portret janri va obraz talqini»

Tasviriy sanatda portret janri va obraz talqini

Anvar Ulashovich Uraqov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada tasviriy san'atda portret janri va obraz talqini, san'at asarlarida ifodalangan salbiy voqealar, Fayyum portretlari, rangtasvirda asosiy ifoda vositasi haqida batafsil bayon qilingan.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, portret janri, obraz talqini, fayyum portreti, monumental rangtasvir, personaj

Portrait genre and image interpretation in visual arts

Anvar Ulashovich Urakov National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: This article describes in detail the portrait genre and image interpretation in visual arts, negative events expressed in works of art, Faiyum portraits, the main means of expression in painting.

Keywords: fine art, portrait genre, image interpretation, fayum portrait, monumental painting, character

Kirish:

San'at bu - har bir xalqning ma'naviy qadriyatlarini, urf-odatlarini, madaniyatini, joiz bo'lsa hayotini tasvirlovchi vosita sanaladi. San'at yordamida insonlarning dunyoqarashini, hayotga qarashlarini, tasavvurini o'zgartirish va tarbiyalash ham mumkin. San'at insonning ma'naviyatini oziqlantiradi.

Ijodkor ziyolilarimizning eng yaxshi asarlarini yurtimizda va chet ellarda targ'ib qilishni biz ma'naviy-ma'rifiy sohadagi siyosatimizning asosiy bir qismi sifatida davom ettiramiz. Ayniqsa, madaniyat, san'at, adabiyot va matbuot olamiga kirib kelayotgan iqtidorli yoshlarni moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirishga, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga alohida e'tibor qaratiladi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya:

Tasviriy san'atning eng murakkab janrlaridan biri odam yuzini tasvirlash hisoblanib, bu rassomdan shakl, nisbat va ranglarning mohir ustasi bo'lish bilan birga, inson shaxsini yaxshi tushunishi, uning psixologik holatini idrok qila olishi, his-tuyg'ularini bila olishi, teng rangini rasm ishlayotgandagi holatga mos tarzda ifodalash malakalariga ega bo'lishini talab qiladi. Sababi, asardagi kishining

kimligini, yoshini, fe'l-u atvorini, amal-unvonini, hatto gavda tuzilishi, boy-kambag'alligini ham ifodalab berishi kerak.

O'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda xususan tasviriy san'atning o'rni beqiyosdir. Tasviriy san'at asarlari kishilarning his-tuyg'ulariga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ham egadir. Kishilar tasviriy san'at asarlarini tomosha qilish yordamida, ularda ifodalangan go'zallikni ko'rish orqali o'z hayotlariga ana shunday go'zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonlarni ko'rib esa ularga o'xshashga intiladilar.

San'at asarlarida ifodalangan salbiy voqealar, xunuk xatti-harakatlarni ko'rib, ulardan muayyan xulosalar chiqaradilar, bunday hodisalardan uzoq bo'lishga intiladilar. Rangtasvir obrazlari nihoyatda jiloli va har biri o'ziga xos. Musavvirlar rangtasvir vositalari yordamida asar yaratadilar va ular har doim chizma tasvir, kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanadilar. Demak, rangtasvirda muhim ifoda vositasi rang bo'lib qolaveradi.

Insonning ichki ruhiy olami bilan bog'langan holda aniq bir obraz yaratilishi portret san'ati deb sanaladi. Portret yaratish o'ziga xos murakkab jarayon bo'lib, insonning anatomik tuzilishidan tortib ichki ruhiy, ma'naviy holati, shuningdek, tashqi ko'rinishidagi barcha jihatlarini aks ettirishi bilan san'at darajasidagi asar bo'lishi mumkin. Portretchi rassom odamlarga xos turli harakatlarni his qila bilishi, ayniqsa, odamning qiyofasidagi samimiylik yoki soxta jihatlarni tasvirlay olish qobiliyatiga ega bo'lishi zarur.

Natijalar:

Rangtasvir insonning murakkab aql-zakovati, tafakkurini, tabiatda sodir bo'lib turadigan katta-kichik o'zgarishlarni, uzluksiz falsafiy g'oyalar va fantastik obrazlarni ta'sirchan ifodalashga qodir. Hodisa, voqea va ko'rinishlar doirasining to'laligi turli yo'nalishdagi janrlar orqali ochib beriladi. Tasviriy san'atning bir nechta janrlari mavjud bo'lib, har birining o'z ahamiyati va tomoshabini mavjud. Ayniqsa portret janri rassomlarning ko'p murojaat qiladigan va tomoshabini ko'pligi bilan ajralib turadi.

Portret - janrlar ichida eng qadimiylaridan bo'lib, kishilarning tashqi va ichki kechinmalarini tasvir yordamida ochib beradi. Tasviriy san'at asarlari bizga musavvir yashagan vaqtni, madaniyatini, shuningdek tasvirdagi insonning ruhiyatini asarda talqin qiladi. Portret - eng qadimgi janrlardan biri. Fayyum shaharchasida rangtasvirning mum usulida qilingan g'oyat go'zal portretlari topilgan. Bu asarlar eramizning I-III asrlarida qadim Misrda yaratilgan.

Fayyum portretlari yorqin hayotiy obrazlar ekanligi shaklning yorug'-soyali hajmiy model yordamida bajarilganligi bilan boshqa uslublardan farq qiladi. Rassom portret janrida ishlar ekan asarida tarixiy obraz, zamondoshining obrazini yoki badiiy obrazni ifodalaydi. Portretdagi har bir obrazni kuzatar ekansiz u haqida ma'lumotga

ega bo'lasiz. Rassom portretdagi har bir obrazda uning his-tuyg'ulari, ichki kechinmalari, psixologiyasini tasvirlashga harakat qiladi. Hozirgi vaqtda yoshlarimizga ta'lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san'atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tarafidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo'lgan ajoyib san'at namunalaridan keng foydalanishga yuqori ahamiyat qaratipmoqda.

Muhokama:

O'tmishda yashab o'tgan buyuk vatandoshlarimiz, ulug' allomalar siymosini tasviriy san'at asarlarida aks ettirish ijod ahli oldiga ham mas'uliyatli vazifalarni yuklaydi. Shu sababli ham ularni o'rganish, tahlil qilishni taqozo etadi. O'zbekistonda ham yangi ma'naviy-g'oyaviy yo'nalishlarning shakllanishi o'z navbatida, zamonaviy san'atning hamma sohalariga samarali ta'sir qilib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtiradi.

Portret san'ati o'zining eng gullagan vaqtni Uyg'onish davrida oldi. Bu davrda oliy-yuqori yangilikning boshlanish sifatida inson shaxsining ulug'lanishi san'atdagi olamshumul boylik va qahramonlik deb sanaldi. Uyg'onish davrida portretning rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika turlari yuksak taraqqiy topdi. Faol, o'z qadr-qimmatini biladigan qo'rqmas, jasur inson qiyofasi mazkur davrning bosh qahramoniga aylandi.

Xulosa:

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, borliqni ilmiy asosda o'rganish va shu bilimlarni amaliyotda foydalanishga intilishlar portretning yangi tizimini yuzaga keltirdi. Endilikda tasvirlanuvchi noreal makon va muhitda emas, balki insonga yaqin bo'lgan tabiat qo'ynida aks etildi. Monumental rangtasvir asarlarining personajlar orasida rassom o'zining qiyofasini ham ishlay boshlaydi. Bu jarayon keyingi davr san'atida yanada shakllantirildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. B.Oripov, A.Turdialiyev. Tasviriy san'atni o 'qitish metodikasi. T., 2000.

2. Qodirxo'jayev P. Badiiv bezak san'ati. --T., «Iqtisod-moliya», 2007.

3. Abdirasulov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir. -T.; «O'zbekiston», 2006.

4. Boymetov B.B., Abdirasilov S.F. Chizmatasvir. -T., «G'afur G'ulom», 2004.

5. Abdirasilov S.F. Tasviriy san'at metodikasi. -T., «I!m-Ziyo», 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.