INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
PORTRET JANRI ORQALI TALABALARDA BADIIY OBRAZNI SHAKLLANTIRISH
Kurbanov Baxtiyor Baxodirovich
Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi direktori
https://doi.org/10.5281/zenodo.7336367
Annatatsiya. Maqolada tasviriy san'atning rangtasvir turi va rassomlarining portret janrida obrazining tasvirlanishi bayon qilingan. Shuningdek, asarlardagi ranglar gammasi, obrazlarning holati va ularning talqin etilishi, milliy qadryatlarimizning tarannum etilishi hamda falsafiy g'oyalari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: tasviriy san'at, rassom, asar, janr, yo'nalish, portret, obraz, ayol, ona obrazi, talqin, qadryat, ijod, falsafiy g'oya, ranglar gammasi, moybo'yoq, to'kin-sochinlik, mehru-muhabbat, go'zallik, nafosat, ramz, madaniyat.
ФОРМИРОВАНИЕ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ОБРАЗА У СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ ЖАНР
ПОРТРЕТА
Aннотация. В статье описывается живописный вид изобразительного искусства и изображение персонажей в портретном жанре художников. Также были рассмотрены световая гамма произведений, состояние образов и их интерпретрасия, воспевание и философские идеи наших национальных ценностей.
Ключевые слова: изобразительное искусства, художник, произведение, жанр, направление, портрет, образ, женщина, образ матери, интерпретатция, стих, творчество, философия идея, световая гамма, водяной знак, текстил, нежность, любовь, красота, элегантность, символ, культура.
FORMATION OF ARTISTIC IMAGE OF STUDENTS THROUGH THE GENRE OF
PORTRAIT
Abstract. The article describes the painting type of Fine Art and the portrayal of images in the portrait genre of artists. The works also reflect on the color gamut, the state of the images and their interpretation, the glorification of our national values and philosophical ideas.
Keywords: fine art, artist, work, genre, direction, portrait, image, image of a woman, mother, interpretation, dignity, creativity, philosophical idea, color gamut, watermark, fullness, love, beauty, elegance, symbol, culture.
KIRISH
San'at bu-har bir xalqning ma'naviy qadryatlarini, urf-odatlarini, madaniyatini, joiz bo'lsa hayotini tasvirlovchi vositadir. San'at orqali insonlarning dunyoqarashini, hayotga qarashlarini, tasavvurini o'zgartirish va tarbiyalash ham mumkin. San'at insonning ma'naviyatini oziqlantiradi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ijodkor ziyolilarimizning eng yaxshi asarlarini yurtimizda va chet ellarda targ'ib etishni biz ma'naviy-ma'rifiy soxadagi siyosatimizning muxim bir kismi sifatida davom ettiramiz. Ayniqsa, madaniyat, san'at, adabiyot va matbuot olamiga kirib kelayotgan iqtidorli yoshlarni moddiy va ma'naviy jihatdan ragbatlantirishga, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga alohida e'tibor qaratiladi."
O'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda xususan tasviriy san'atning ahamiyati beqiyosdir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Tasviriy san'at-asarlari kishilarning his-tuyg'ulariga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ham egadir. Kishilar tasviriy san'at asarlarini tomosha qilish orqali, ularda ifodalangan go'zallikni ko'rish orqali o'z hayotlariga ana shunday go'zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qaxramonlarni ko'rib esa ularga o'xshashga intiladilar. San'at asarlarida ifodalangan salbiy voqealar, xunuk xatti-harakatlarni ko'rib, ulardan muayyan xulosalar chiqaradilar, bunday xodisalardan yiroq, bo'lishga intiladilar.
Leanardo da Vinchi o'zining "Kniga O jivopisi" nomli asarida rassomchilikni jiddiy ilmiy fan soxasi deb qaradi. U ko'p yillar davomida anatomiya, rang, kishi a'zolari o'rtasidagi mutanosiblik qonuniyatlarini ishlab chiqqan.
Tasviriy san'at rangtasvir, grafika, amaliy san'at, haykaltaroshlik turlariga bo'linadi. Rangtasvir - tasviriy san'atning shunday bir turidirki, unda rang eng asosiy o'rinni egallaydi. Biror yuzada bo'yoqlar vositasida bajarilgan san'at asari rangtasvir deyiladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Rangtasvir obrazlari nihoyatda jiloli va har biri o'ziga xos. Musavvirlar rangtasvir vositalari ko'magida asar yaratadilar va ular har doim chizmatasvir, kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanadilar. Demak, rangtasvirda asosiy ifoda vositasi rang bo'lib qolaveradi. Rangtasvir insonning murakkab aql-zakovati, tafakkurini, tabiatda sodir bo'lib turadigan katta-kichik o'zgarishlami, uzluksiz falsafiy g'oyalar va fantastik obrazlarni ta'sirchan ifodalashga qodir. Hodisa, voqea va ko'rinishlar doirasining to'laligi turli yo'nalishdagi janrlar orqali ochib beriladi.
Tasviriy san'atning bir nechta janrlari mavjud bo'lib, har birining o'z ahamyati va tomoshabini bor. Ayniqsa portret janri rassomlarning ko'p murojat qiladigan va tomashabini ko'pligi bilan ajralib turadi.
Portret- janrlar ichida eng qadimiylaridan bo'lib, kishilarning tashqi va ichki kechinmalarini tasvir orqali ochib beradi. Tasviriy san'at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi.
Portret - eng qadimgi janrlardan biri. Fayyum shaharchasida rangtasvirning mum usulida bajarilgan g'oyat go'zal portretlari topilgan. Bu asarlar eramizning I-III asrlarida qadim Misrda yaratilgan. Fayyum portretlari yorqin hayotiy obrazlar ekanligi shaklning yorug'-soyali hajmiy model asosida bajarilganligi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.
Sharqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari Mahmud Muzahhib. Qosim Ali va boshqalar rangtasvirning miniatyura usulida samarali ijod qilganlar. O'zbek xalqining mohir musavvirlari A. Abdullayev, R. Ahmedov, M. Nabiyev, Ch. Ahmarov, R. Choriyev, S. Rahmetov, B. Jalolov, A. Mirzayev, A. Nur, D. Mamedova, N. Oripova, Sh. Jumaniyazarov, S.Raxmonov kabilar buyuk allomalar va portret janrida zamondoshlarimiz siymolarini yaralganlar va yaratib kelmoqdalar.
Rassom portret janrida ishlar ekan asarida tarixiy obroz, zamondoshining obrazini yoki badiiy obrazni ifodalaydi. Portretdagi har bir obrazni kuzatar ekansiz u haqida ma'lumotka ega bo'lasiz. Rassom portretdagi har bir obrazda uning his-tuyg'ulari, ichki kechinmalari, psixalogiyasini tasvirlashka harakat qiladi.
MUHOKAMA
Masalan M.Nabiev ijodida 1994 yilda yaratilgan — Amir Temur portreti katta ahamyatga ega. Bu asarni chizish istagi 1941-yilda sohibqiron go'ri ochilib uning kalla suyagi olingani hamda bu asosda Amir Temurning haykalini rus haykaltaroshi M.Gerasimov tomonidan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ishlashga kirishilgan paytdan boshlangan edi deb eslaydi rassom. Sohibqironning bosh suyagini tarix muzeyida o'z ko'zi bilan ko'rgan M.Nabiev uning portretini ishlashga kirishadi.
Buyuk shaxsni portretini ishlash qanchalik ma'suliyatli va murakkab bo'lganligini bilgan rassom bunga ellik yildan ortiq vaqt sarfladi. Bu davrda u Xindiston, Eron, Turkiya, Angliya, Fransiya, Ispaniya kabi mamlakatlarning muzeylari va kutubxonalarida saqlanayotgan Amir Temur hayoti va faoliyati bilan bog'liq bo'lgan mo'jaz rangtasvir asarlarini, u xaqida yaratilgan ko'plab adabiyotlarni o'rgandi.
1-rasm.
M.Nabiyev "Amir Temur portreti." 1994.
Oxir oqibatda davlat arbobi, harbiy qo'mondan obrazini realistik tarzda zo'r mahorat bilan yaratishga muvaffaq bo'ldi. 1994 yilda eng yaxshi yaratilgan Amir Temur obrazi uchun e'lon qilingan tanlovdan M.Nabievning bu asari bosh mukofatga sazovor bo'ldi.
2-rasm.
Abdullayevning Abror Hidoyatov "Otello rolidagi portreti". 1960.
Abdulhaq Abdullayevning "Abror Hidoyatov Otello" portreti ham obrazning mohirona ochib berilgani bilan ajralib turadi. Ma'lumki, o'z davrida Abror Hidoyatov Otello roli orqali jahonga tanildi. Ana shu obrazni astoydil kuzatgan, har jihatdan o'rgangan rassom uni o'ziga xos tarzda tasvirlashga muvaffaq bo'ladi. Ta'sirchan va to'laqonli bu portret rassomning yuksak
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
mahoratidan dalolat beradi. Obrazda o'tkir ko'zlar, qandaydir kuch va ichki bir harakatlar bilan tasvirlangan bu portret bir qarashadayoq tomoshabin e'tiborini o'ziga rom etadi. Umumiy qizg'ish rang gammasi portretdagi obrazning ichki g'oyasini ochib berishga xizmat qiladi.
3-rasm.
O. Muinov. Bibixonim portreti.
O. Muinovning "Bibixonim portreti"da Bibixonim xusn-latofatda tengsiz go'zal bo'lganligini, o'qimishli, farosatli, aql-zakovati benazr bu xonim ekanligi tasvirlangan.Temuriyzodalarning ilm-ma'rifatga oshno bo'lib, kelajakda ulardan buyuk olimlar, davlat arboblari yetishib chiqishiga ham Saroymulkxonimning hissasi behisob. Samarqandda va saltanatning barcha xududlarida madrasalar, masjidlar qurulishi, ilmu-toliblarning saroy tomonidan qo'llab-quvatlab turulishida ham Saroymulkxonimning bevosita bo'lmasada, juda katta ishtiroki borligi doimo boshqalar tomonidan o'z isbotini topgan. Rassom Bibixonimni tasvirlar ekan viqorli, salobatli, nafis chizgilar va yorqin ranglarda tasvirlagan, hatto uning libosidagi mayda detallargacha mohirona tasvirlagan.
4-rasm.
V. Serovning "Shaftoli qiz" asari
V. Serovning "Shaftolili qiz" asarida qizning bug'doyrang yuzi yop-yorug' deraza fonida to'q dog' bo'lib ajralib ko'rinadi. Qizning ko'rinishida sokinlik bo'lsa-da, uning yuzida hayot barq urmoqda, go'yo u hozir tabassum qiladigandek, go'yo nigohini olmoqchidek va qandaydir
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
harakat qilmoqchidek holat yuz bermoqda. Inson holatining o'ziga xos tabiiyligi, bir joyda qotib qolmasdan, harakatli faoliyatni tasvirda ifodalab beruvchi bunday portretlar oldida biz albatta hayratlanamiz.
XULOSA
Bugungi kunda yoshlarimizga ta'lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san'atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo'lgan ajoyib san'at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. O'tmishda yashab o'tgan buyuk vatandoshlarimiz, ulug' allomalar siymosini tasviriy san'at asarlarida aks ettirish ijod ahli oldiga ham ma'suliyatli vazifalarni yuklaydi. Shu sababli ham ularni o'rganish, tahlil qilishni taqozo etadi.
O'zbekistonda ham yangi ma'naviy-g'oyaviy yo'nalishlarning shakllanishi o'z navbatida, zamonaviy san'atning barcha sohalariga samarali ta'sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtiradi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev M.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-T.: "O'ZBEKISTON"NMIU-2017 y, 592- b.
2. Egamov A. Kompozitsiya asoslari.-T.: "San'at" jurnali nashryoti.-2005 y, 132- b.
3. Xasanov R. Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi.-T.: "Fan" nashryoti.-2004 y, 250-b.
4. Xasanov R. Tasviriy san'at asoslari. -T.: G'ofur G'ulom nashryot uyi. -2009 y, -204 b.
5. Qo'ziyev T, Egamov A, Qanoatov T, Nurqobilov A. Rangtasvir.-T.: "San'at" jurnali nashryoti. -2003 y, -132 b.