Научная статья на тему 'ITALIYADA UYG’ONISH DAVRINING VUJUDGA KELISHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

ITALIYADA UYG’ONISH DAVRINING VUJUDGA KELISHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
906
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yevropa / Italya / Florensiya / uyg’onish davri / gumanizm / Jotto di Bondone. / Europe / Italy / Florence / Renaissance / humanism / Giotto di Bondone.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Vahidov, Suxrobjon Olimjon O’G’Li

Mazkur maqolada Yevropa taraqqiyotining sabablarini ochib berish, o’rganish, tahlil qilish, solishtirish, shuningdek, Italiyada uyg’onish davrining vujudga kelishi va uning o’ziga xos xususiyatlari haqida mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EMERGENCE AND CHARACTERISTICS OF THE RENAISSANCE PERIOD IN ITALY

This article reveals, studies, analyzes and compares the causes of European development, as well as comments on the emergence of the Renaissance in Italy and its characteristics.

Текст научной работы на тему «ITALIYADA UYG’ONISH DAVRINING VUJUDGA KELISHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

ITALIYADA UYG'ONISH DAVRINING VUJUDGA KELISHI VA O'ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

Vahidov Suxrobjon Olimjon o'g'li

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi Hududlar bilan ishlash va monitoring

qilish bo'limi uslubchisi

Mazkur maqolada Yevropa taraqqiyotining sabablarini ochib berish, o 'rganish, tahlil qilish, solishtirish, shuningdek, Italiyada uyg'onish davrining vujudga kelishi va uning o 'ziga xos xususiyatlari haqida mulohazalar keltirilgan.

Kalit so zi: Yevropa, Italya, Florensiya, uyg'onish davri, gumanizm, Jotto di Bondone.

В данной статье раскрываются, изучаются, анализируются и сравниваются причины европейского развития, а также комментируются возникновение эпохи Возрождения в Италии и ее характеристики.

Ключевые слова: Европа, Италия, Флоренция, Возрождение, гуманизм, Джотто ди Бондоне.

This article reveals, studies, analyzes and compares the causes of European development, as well as comments on the emergence of the Renaissance in Italy and its characteristics.

Keywords: Europe, Italy, Florence, Renaissance, humanism, Giotto di Bondone.

Feodal jamiyati qo'ynida kapitalistik munosabatlarning tarkib topishi G'arbiy Yevropa hayotida muhim o'zgarishlarga olib keldi. Din o'z obro'sini yo'qota bordi, mayda hunarmandchilikdan manifakturaga o'tish, shaharlarning tezlik bilan kengayib, rivojlanib borishi, yangi qit'alarning ochilishi va savdo-sotiqning rivojlanishi ijtimoiy hayot qiyofasini ham, odamlarning hayotga, voqelikka bo'lgan munosabatini ham o'zgartira boshladi [1].

Bu davrga kelib, «qirol hokimiyati shahar aholisiga suyanib, feodal dvoryanlarning qudratini sindirib tashladi va yirik-yirik, aslida millatlarga asoslangan monarxiyalar tuzdi, bu monarxiyalarda hozirgi zamon Yevropa millatlari va hozirgi zamon burjua jamiyati taraqqiy eta boshladi». Ana shu taraqqiyot jarayonida yangi dunyoviy san'at va madaniyat kamol topdi. Kitob bosishning vujudga kelishi adabiy va ilmiy asarlarni keng tarqatish imkoniyatini yaratdi. Mamlakatlar orasidagi yaqin

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

munosabatlar esa badiiy hayotdagi yangiliklarni tezda o'zlashtirish imkonini tug'dirdi

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'z taraqqiyotini XV—XVI asrlarda boshidan kechirgan bu yangi madaniyat tarixda «uyg'onish» deb nom oldi. Bu iborani italiyalik rassom va san'atshunos Jorjio Vazari Italiyada san'at uzoq o'rta asrdan so'ng yana qaytadan «uyg'onganligi» sababli ishlatgan va asosan, Jotto ijodiga nisbatan qo'llangan edi. Keyinchalik esa, bu keng mazmun kasb etib, Italiyada, so'ngra Yevropaning boshqa mamlakatlarida vujudga kelgan, feodalizm asridan farq qiladigan san'atni ta'riflash uchun qo'llanila boshlandi [3].

Albatta, Uyg'onish davri taraqqiyoti hamma mamlakatlarda bir xil bo'lmadi. Masalan, Germaniya so'nggi Uyg'onish, Niderlandiya esa yuqori Uyg'onish davri taraqqiyotini boshidan kechirmagan. Uyg'onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim bosqich edi: «Bu — insoniyat shu davrgacha o'z boshidan kechirgan hamma o'zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o'zgarish edi, bu shunday davr ediki, bu davr ulug' siymolarga muhtoj edi va bu davr o'z tafakkur kuchi, ehtiros va xarakteri jihatidan, mukammallik va olimlik jihatidan juda ulug' siymolarni yetishtirib berdi». Dunyoviy san'at va madaniyat misli ko'rilmagan darajada rivojlandi. Uyg'onish davri kishilari insonning aql-idrokiga, imkoniyatining cheksizligiga, ma'rifatning kelajakdagi tantanasiga ishondilar. Uz izlanishlarining markaziga esa shu insonni qo'ydilar. Natijada ular chin ma'noda xalqchil asarlar yarata oldilar, keng xalq ommasining orzu-istak, his-tuyg'ularini ifodalab, ilg'or gumanistik g'oyalarni ko'tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr «gumanizm asri» (humanism lotincha insoniy, insonparvar) deb ataldi [4].

Italiyaning Sharq va G'arb orasidagi mu him savdo yo'lida joylashishni unda kapitalistik munosabatlarning juda erta shakllanishiga olib keldi. Savdo-sotiqning rivojlanishi, o'zga yurtlar bilan aloqasining intensivligi hunarmandchilikning rivojlanishiga zamin yaratdi. Feodal munosabatlarning zaifligi esa bu erda yangi siyosiy tartibni shahar-respublika tartibining paydo bo'lishiga va Italiyaning Yevropada birinchi bo'lib kapitalistik mamlakatga aytanishiga imkon berdi. Ijtimoiy hayotda sodir bo'lgan bu xususiyat san'at va madaniyatda o'z ifodasini topdi. Bu o'zgarish savdo va ishlab chiqarish rivojlangan O'rta Italiyada joylashgan Florensiya, Piza, Sienada hamda Shimoliy qismidagi Genuya, Milan, ayniqsa, savdogar va bankirlar respublikasi bo'lgan Venetsiyada juda sezilarli bo'ldi [5].

Yangi davr san'atining xarakterli belgilari dastlab adabiyotda ko'rina boshladi. Bu xususiyat, ayniqsa, «O'rta asrning eng oxirgi va shu bilan birga, yangi zamonning eng avvalgi shoiri» Dante Aligeri (1265—1321) ijodida namoyon bo'ldi. Gumanist

[2].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

yozuvchi ijodi hali o'rta asr allegorizmidan xoli emas, simvolik tasvirlar mavjud bo'lsa ham, lekin shu shakllarda san'atkorning diniy syujetlarni real voqelik bilan bog'lashga intilishi seziladi. Albatta, bu hol asta-sekin kamayib, dastlabki gumanist yozuvchi va shoirlar Petrarka va Bakachcho asarlarida mavhum simvolik iboralar ikkinchi o'ringa qo'yilib, realizm esa birinchi o'ringa chiqarildi, voqelikni xarakterli detallar bilan aks ettirishga kirishildi.

Ijobiy qahramonlarning xarakterli beqiyos jasorat va mardlik mujassamlashadi. Shaxs erkini himoya qilgan gumanistlar o'z kuch-qudratiga, haq ishning tantana qilishiga ishongan, adolat uchun kurashuvchi, qalbi pok, olijanob obrazlarni yaratish orqali Uyg'onish davrining hayotbaxsh ruhini aks ettiradilar. Tasviriy san'atda bu xususiyat dastlab haykaltaroshlikda Nikola Pizano (1220/1225—1278/84), rassomlikda Chimabue, (1240/50—1302), Duchcho di Buoninsenya (1255—1319) lar ijodida ko'rina boshladi [6].

Haykaltarosh N.Pizanoning ilk asari Pizadagi baptisteriya minbari atrofiga ishlangan bo'rtma tasvirlar bo'lib, unda Iso hayotidan olingan voqealar aks ettirilgan. Bu tasvirlar o'zining dunyoviyligi, ko'rinishi jihatidan yerdagi oddiy hayotni eslatishi bilan xarakterlanadi. U yerda tasvirlangan odamlar qiyofasi rimlik taqvodorlarga o'xshab ketadi. Ularning ko'rinishlari vazmin va ulug'vor, ishlangan buyumlarning materiali va hajmini ko'rsatishga e'tibor berilgan. Nikola Pizanoning ijodi Italiya haykaltaroshligining rivojlanishida muhim rol o'ynadi, uning ta'sirida qator san'atkorlar kamol topdi. Shular orasida Arnolfo di Kambio (tax. i240—1302), Jovanni Pizano (tax. 1250—1317) mashhurdir [7].

Jovanni Pizano haykaltaroshlik sirlarini o'z otasi Nikola Pizanodan o'rgangani holda, protorenessans haykaltaroshligini Uyg'onish davri san'atiga yaqinlashtirdi. U o'z ijodida protorenessans haykaltaroshligiga xos qotib qolgan sun'iylikdan qochib, unga zamon ruhini kiritdi, harakatni kuchaytirdi, ularning hayotiy tomonlarini oshirdi. Jovanni haykaltarosh va me'mor sifatida ijod qildi, sobor va cherkovlar qurish ishlarida qatnashdi. Minbarlar uchun relef, ibodatxona tokchalariga qo'yish uchun haykallar ishladi. Bu relef va haykallar harakatda, kuchli his-hayajon bilan ishlangan. Shu o'rinda uning «Butga mixlangan», «Chaqaloqlarni chavoqlash» kompozisiyalari xarakterli [8].

XII asrning oxirlarida Florensiya Italiyadagi yirik hunarmandchilik va savdo-sotiq markaziga aylandi. Siyosiy hokimiyat hunarmandlar va savdogarlar qo'liga o'tdi. Ishchilar bir korxonaga to'plandi. Mehnat taqsimotining o'ziga xos ko'rinishi kapitalistik munosabatlar yuzaga keldi. Endilikda aql-farosatli, ijodkor inson imkoniyatlariga qiziqish kuchaydi. Dantening vatani bo'lgan Florensiyada tasviriy san'atdagi shu yangi xislatlar—realistik mazmunni ifodalashga in tilish rivojlandi [9].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

So'zsiz, Uyg'onish davrining yirik rassomi, protorenessans rangtasvir san'atining buyuk islohotchisi Chimabuening shogirdi Jotto di Bondone (1266/67— 1337) hisoblanadi. Shakllanib kelayotgan yangi ziyolilarning tipik vakili, realistik san'atining asoschilaridan biri, rassom-haykaltarosh, me'mor Jotto o'zidan avvalgi va o'zi yashagan davrdagi realistik san'at borasida erishilgan yutuqlarni chuqur o'zlashtirgan holda, uni yangi pog'onaga ko'tardi. Jotto kompozitsiyalari asosida, asosan, diniy mavzu yotsa ham, lekin shu afsonaviy voqealarni yangi mazmun bilan, shu davrda shakllanib kelayotgan yangi madaniyat talablari mazmuni bilan uzviy bog'liq holda namoyon etadi. Uning asarlarida real inson butun borlig'i bilan tasvirlanadi, uning jasorati, olijanobligi, insonparvarligi kuylanadi. Rassomning muhim asarlaridan biri, Paduyadagi del Arena kapellasiga ishlangan devoriy suratidir. Bu suratda san'atkorning grajdanlik pozitsiyasi, yuksak badiiy mahorati namoyon bo'ldi. Suratlarda Bibi Maryam va Iso hayoti tasvirlanadi. Lekin, diniy voqealar san'atkor tomonidan real voqeadek ifodalanadi. Natijada uning obrazlari his-tuygu, kuch-quvvatga to'la real kishilarni eslatadi. Rassomning muhim yutuqlaridan biri shundaki, u o'z qahramonlarining xarakterini, ularning ma'naviy dunyosi, xatti-harakati, o'zini tutishi va tashqi qiyofasida ko'rsatadi. Bu xususda «Ioximning cho'ponlar orasiga qaytishi», «Iuda bo'sasi», «Isoga aza tutish» kabi suratlari xarakterlidir [10].

«Iuda bo'sasi» kompozitsiyasi markazida Iso va uning sotqin shogirdi Iuda tasvirlanadi. Isoning ochiq chehrasi, o'zini xotirjam va ulug'vor tutishida nuroniylik sezilib turadi. Aksincha, o'zining yomon niyatlarini yashirishga intilgan, lekin bu niyatlari uning xunuk tashqi qiyofasida ham namoyon bo'lgan, Iuda obrazida esa sotqin, xalq nafratiga duchor bo'lgan shaxs gavdalanadi [11].

Jotto o'z ijodi bilan Uygonish davri realistik rangtasvirining asosiy yo'nalishini boshlab berdi. Insonga ishonch, insoniylikni ulug'lash kabi qarashlar keyingi davr rassomlarini realistik san'atning yangi ifoda va tasvir vositalarini izlashga da'vat etdi. Uning zamondoshlari, undan keyingi san'atkorlar ham Jotto ijodini namuna maktabi deb bildilar [12].

XIII asr oxiri—XIV asrning birinchi yarmida protorenessans san'ati rivoj topdi. Bu paytlarda Siena boy bankirlar shahri edi. Shu muhitda yaratilgan san'at asarlari Florensiya badiiy maktabidan farqli o'laroq birmuncha aristokratik, nafis va dekorativligi bilan farqlanadi. To'g'ri, Siena maktabi rivojida florensiyalik rassomlarning, ayniqsa, Chimabue, Jottolarning roli sezilarli bo'ldi. Lekin bu sienalik rassomlarning o'ziga xos protorenessans davri san'atini yaratishlariga xalaqit bermadi. Sienalik shunday rassomlardan biri Duchcho di Buoninsenya (tax. 1255— 1319) hisoblanadi [13].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

Uning asarlaridagi obrazlar xatti-harakatida tabiiylik, ularning qiyofalari, qarashlarida mayin insoniylik, tuyg'ulari sezilib turadi. Rassom har bir obrazni zo'r ishtiyoq bilan ishlaydi, har bir detaining tugal va aniq bo'lishiga e'tibor beradi. Duchchoning mashhur asari sobor mehrobi uchun ishlangan surati hisoblanadi. Bibi Maryam va Iso tarixiga bag'ishlangan bu katta kompozitsiya (eni 4,24 m, balandligi 4 m ga yaqin) markazida chaqaloq ko'tarib o'tirgan Bibi Maryam, uning atrofida avliyo va farishtalar aks ettirilgan. Rassom bu asarida ham hikoyanavislikka katta e'tibor beradi, nur, rang, chiziqlarning emotsional imkoniyatlaridan keng foydalanadi. Bibi Maryam va Iso hayotiga bag'ishlangan syujet kompyzitsiyalari, ayniqsa, hayotiy va jonli chiqqan [14].

Sienalik san'atkor Simone Martini (tax. 1284-1344) ijodida ham shu Siena maktabiga xos xususiyatlar — voqelikni poetik va emotsional talqin etish, serjilolik va nafislik mavjud. Uning asarlarida rang muhim o'rinni egallaydi va estetik emotsional tomonini belgilashda etakchi rol o'ynaydi. Simone Martini Italiyaning ko'pgina shaharlarida ijod qilib, diniy mavzudagi asarlari bilan birga hayotiy voqealarga bag'ishlangan asarlar yaratdi, portret ishladi. Shular ichida yollangan harbiy qo'mondon Gvidorichche da Folyanoga bag'ishlangan devoriy surati mashhurdir [15].

Protorenessans realizmining rivojlanishi haqida gap borganda, Ambrodjo Lorensetti (XIV asr) nomini eslamay bo'lmaydi. U ko'pgina sienalik ustalar kabi Jotto ijodiy yutuqlaridan foydalanib, asarlar yaratishga harakat qildi, perspektiva, yagona qarash nuqtasi masalalari bilan qiziqdi, real tarixiy muhit, konkret tabiat ko'rinishlarini tasvirlashga harakat qildi, o'z kompozitsiyalariga yarim yalang'och ayol obrazini kiritdi. Bular sienalik ustalar ijodida antik san'at bilan aloqa kuchayib borayotganligi va renessans san'ati prinsiplarining mustahkamlanib borayotganligini ko'rsatadi.

Italiya uyg'onishi Yevropadagi boshqa davlatlarning keyingi davrdagi fan va madaniyatdagi rivojiga turtki bo'ldi. XVI asrdan boshlab Yevropaning boshqa qismlarida ham san'at, adabiyot, ishlab chiqarish rivojlana boshladi. Italiya uyg'onishi hamda fandagi yutuqlar va xususan shu davrda ijod qilgan ijodkorlar keyingi ijodkorlarning ustozlariga aylandilar. Ularning san'atdagi uslublari an'anaga aylandi. O'rta asr uyg'onishi bugungi taraqqiyotning debochasi vazifasini o'tab berdi. Hozirgi kunda ham ushbu san'at na'munalari o'z qiymatini also yo'qotgani yo'q. Aksincha, ularning tub ma'nosi hozirgi kunda yangi-yangi fikrlarni yuzaga keltirmoqda.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. «Ад». III, 109 - перевод Н. Голованова. с. 34.

2. Об историке Бенедетто Варки см. вступительную статью. с. 6.

3. Джорджо Вазари. 12 Жизнеописаний - royallib.ru с. 3.

4. «Жизнеописание Тициана» см. в наст, издании. с. 47.

5. Любимов Л. «Искусство Западной Европы», Москва, 1982 с. 73.

6. Брагина Л. М. «Итальянский гуманизм: этические учения XIV-XV веков».-Москва. «Высшая школа», 1977. с. 295.

7. Вазинская Т. Я. «Искусство».- Минск: «Лимариус», 1997. с. 241.

8. Алпатов М. «Всеобщая история искусства».- М.: Просвещение, 1979. с. 477.

9. Любимов Л. «Искусство Западной Европы».- М.: Издательство «НАУКА», 1975. с. 562.

10. Лев Любимов "Искусство Западной Европы. Книга для чтения". М., "ПРОСВЕЩЕНИЕ", 1982г. с. 172.

11. Любимов Л. «Искусство Западной Европы».- М.: Издательство «НАУКА», 1975. с. 562.

12. Мультимедийная энциклопедия «ART. История искусств».- М.: Омикрон, 1996. с. 780.

13. Мультимедийная энциклопедия «Леонардо да Винчи».- М.: E. M. M. E. Interactive, 1996. с. 565.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.