SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
O'ZBEKISTONDA QAYTA QURISH DAVRIDA (1980-1990 YILLAR) BADIIY JARAYONNING O'ZBEK RASSOMLARI IJODIGA TA'SIRI
Maqolada O'zbekistonda qayta qurish davri (1980-1990 yillar)da badiiy jarayonning o'zbek rassomlari ijodiga ta'siri o'rganilib chiqildi. Shuningdek, 19801990 yillar)da badiiy jarayonning о 'ziga xosligi tasviriy san 'atga ta 'siri ijodkorlar ijodida munosib o'rniga egaligi borasidagi xulosaviy fikrlar tizimli tahlil etilgan.
Kalit so 'zlar: san 'at, tasviriy san 'at, rangtasvir, janr, manzara, maishiy, badiiy, rassom, ijodkor, tahlil, jarayon.
В статье исследуется влияние художественного процесса на творчество узбекских художников в период перестройки (1980-1990-е годы)в Узбекистане. В статье рассмотрено влияние художественного процесса на творчество узбекских художников в период перестройки в Узбекистане (1980-1990 гг.), а также проведен систематический анализ влияния художественного процесса на изобразительное искусство в период перестройки в Узбекистане.
Ключевые слова: искусство, изобразительное искусство, изобразительное искусство, жанр, пейзаж, бытовой, художественный, художник, создатель, анализ,
The article examined the influence of the artistic process on the work of Uzbek artists during the Reconstruction period in Uzbekistan (1980-1990). The article examined the influence of the artistic process on the work of Uzbek artists during the Reconstruction period in Uzbekistan (1980-1990).Also, 1980-1990) a systematic analysis of the inference that the influence of the specificity of the artistic process on the Fine Arts has its inherent role in the creativity of artists.
Key words: art, Fine Arts, image color, genre, landscape, drunkenness, artistic, artist, creative, analysis, process
O'zbekistonda Qayta qurish davri rangtasviri XX asrning 1980-yillar oxiri va 1990-yillar boshida ro'y bergan "sotsializm"ning yemirilishi eng ulkan voqea sifatida tarixdan joy oldi. "Qayta qurish", jadallashtirish shiori ostida boshlangan jarayonlar milliy o'zlikni anglashning yuzaga kelishiga turtki bo'ldi. 1980-1990 yillar O'zbek
Ismailova Nodira Ergashevna
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va dizayn institute o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
xalqining milliy o'zligini anglashi, milliy ongining o'sishida juda muhim ahamiyatga ega. Qayta qurish siyosati jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida jiddiy sifat o'zgarishlarini amalga oshirmagan, jamiyatning yangi mazmun jihatdan yangilanishini ta'minlamagan bo'lsada, biroq uning natijasida o'ziga xos milliy uyg'onish yuz berdi. Qayta qurish O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalarga jon kiritdi, jamiyat uyg'ondi, milliy o'zlik ustiga tashlangan pardalar olib tashlandi. 1980-yillarning ikkinchi yarmida O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy voqelik, xalq milliy ongining keskin ravishda o'sishi jamiyat a'zolarining ijtimoiy faolligini oshirib yubordi1.
Jahon madaniyati taraqiyoti tarixidan shu narsa ma'lumki, san'at milliy chegaralarni tan olmaydi, uning yutuqlari pirovarida butun insoniyat mulkiga aylanib qoladi. Tasviriy san'at, Fransisko Goyyaning mashhur ta'rificha,-bu irqu millatlaridan qatiy nazar barchaga tushunarli bo'lgan, insoniyatning "umumiy tilidir" San'atdagi taraqqiyot milliy mahdudlik va alohidalikni emas, balki, aksincha, kishilar, halqlar va davlatlar o'rtasidagi ma'naviy qadriyatlar bilan doimiy almashuvini taqazo etadi. San'at asarlari yoki ular haqidagi ahboratni chetga chiqarish va tarqatishni man etish mustabid tuzum va qatiy mafkuraviy senzuraga ega mamlakatlar uchun xos edi. Albatta madaniyat va san'at-muayyan xalqning yutug'i, zero ular ushbu xalqning milliy xarakteri, unga xos bo'lgan qadriyatlarni o'zida mujassam etadi. Lekin, hatto bunday tushunchalar ham rivojlanish jarayonida til rivojida bo'lgani kabi muntazam ravishda nimanidir ortirib, qaysidir jihatidan ajraydi, biroq abadiy qotib qolmaydi, balki kundalik vaqt oqimida uzluksiz o'zgarib boradi.2
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mazkur davrning eng muhim ijtimoiy jarayonlari - oshkoralik va demokratik jarayonlar mustabid tuzum davrida, yillar davomida to'planib shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohadagi muammolarni yuzaga chiqardi. Qayta qurish mazkur davr san'atida badiiy obrazning hayot haqiqatiga mos kelishi va jamiyat ruhiga, ongiga, tasavvuriga chuqur kirib borishni taqozo etdi. 1980 yillar rangtasviri davr talabi, g'oyaviy yo'nalishi va ijodkorning shaxsiy qarashi va professional mahorati asosida ishlanib, o'ziga xos qaytarilmas joziba kasb eta bordi. O'zbekistonda Qayta qurish davri rangtasviri XX asrning 1980 yillar oxiri va 1990 yillar boshida ro'y bergan "sotsializm"ning emirilishi eng ulkan voqea sifatida tarixdan joy oldi. "Qayta qurish", jadallashtirish shiori ostida boshlangan jarayonlar milliy o'zlikni anglashning yuzaga kelishiga turtki bo'ldi. 1980-1990 yillar O'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi, milliy ongining o'sishida juda muhim ahamiyatga
1 M.Jo'raev"O'zbekistonning yangi tarixi" 2-kitob. O'zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. - Toshkent- 2000
2 Рафаил То^тош "Санъатнинг макони хусусида", //SAN'AT 1-3/1998.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
ega. O'tgan asrning 1980-90 yilarning oxirida O'zbekiston san'atida uslublashgan va obrazli talqinlarda o'zgarishi rassomlar ijodida G'arb va Sharqning o'zaro aloqasi ifodalana boshladi.
O'zbekistonda Qayta qurish davri rangtasviri (1980-1990 yiilar) mustaqillikka erishgunga qadar boshidan kechirgan voqealar har bir soha uchun unutilmas tarix bo'lib qoldi. Jumladan, 1980-yillar o'rtalaridan boshlangan "qayta qurish" davri madaniyat sohasini ham qamrab oldi. Mamlakat siyosiy rahbariyatining madaniyat sohasini "qayta qurish" aslida ma'naviy jabhada ma'muriy-buyruqvozlik tizimi, rivojlanishining ekstensiv yo'li yaroqsiz bo'lib qolganidan darak edi. Ushbu yillarda qo'lga kiritilgan yutuq va kamchiliklari ham san'atshunoslar nuqtai nazaridan chetda qolgani yo'q. Bu mulohazalarning barchasi bugungi badiiy hayotda o'z yechimini kutayotgan jihatlaridan biridir. Shunga ko'ra, mavjud kartinalardagi badiiylik masalalari, uslubiy yo'nalishlari, hamda ijodiy jarayonini tadqiq etish, o'ziga xos ijodiy an'analarni rangtasvir asarlari talqinida o'rganish dolzarb masaladir. 1980-yillarning o'rtalariga kelib, o'zbek rassomlarining asarlarida fundamental o'zgarishlarga olib keldi. Bir rassomning shaxsiy uslubi o'zgarishi ko'pincha sub'ektiv sabablarga ko'ra sodir bo'ldi. Uslubni o'zgartirishga ta'sir etuvchi san'at asari bu rassomga ijodiy safarlar bilan to'qnashuvlarga duch kelishi mumkinligini anglatdi. Biroq, san'atda tektonik o'zgarish faqat bir rassomga emas, balki butun avlodga yoki ustalarning muhim guruhiga ta'sir qildi, faqat ma'lum tarihiy o'zgarish emas balki inqilobiy zarba ham ta'sir etdi. Sovet hududida qayta qurish, so'ngra erkinlikning tarqalishi yoki oldindan belgilanishi va nihoyat, mustaqillikka erishish O'zbekistonning rasmiyatchiligida muhim semantik o'zgarishlar va uslubiy metamorfozalar uchun muhim omil bo'ldi. 1980-yillarning oxirida, qayta qurish siyosati natijasida, Sovet san'atida ijtimoiy tanqidning yangi tendensiyasi paydo bo'ldi. Bu hodisaning markazida. Ijtimoiy masalalar doirasida qolib, o'zbek rassomchiligi o'zlarining taxminiy vektorini - ijobiydan keskin salbiy o'zgarishiga olib keldi. Garchi, bu hodisaning mavjudligi qisqa muddatda chuqur mafkuraviy birdamlikni emas balki refleksion uslubni keltirib chiqardi.
XX asrning 1980-1990 yillarida O'zbekiston rangtasviri o'ziga xos shakllanish yo'lini bosib o'tdi. 1970-yillar san'atida deyarli barcha respublika ijodkorlari asarlarida shaxsiy konsepsiya va turli madaniyatlar sintezining ifodasi mavjud. Rangtasvirda 1970-yillar rassomlari qatoriga B.Jalolov, J.Umarbekov, E.Tulepbaev, K.Orasnepesov kabi rassomlarni kiritishimiz mumkin. Katta regional mashtabda bu davr G'arb va Sharq madaniyati sintezini o'zida mujassamlashtirgan. 1960-yillar badiiy mohiyati "milliy maktab - xalq an'analari" sifatida aniqlansa, 1970-yillar badiiy mohiyati esa "rassom, G'arb va Sharq estetik sistemalari" sifatida namoyon
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
bo'ladi.3 P.Pikasso, S.Dali, G.Emi kabi g'arb syurrealist rassomlari ijodi B.Jalolov, M.To'xtayev, A.Ikromjonov, E.Tulepbayev, K.Mullashyev, D.Aliyev kabi rassomlar ijodiga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Umuman olganda ushbu davr rassomlari ijodida etnomadaniyatga qiziqish bilan bir qatorda rus san'atiga xos bo'lgan sotsial echimdagi statiklik va evropa san'tiga hos talqin o'zaro uyg'unlashadi. B.Jalolovning "Musiqaning tug'ilishi" nomli asaridagi ona va bola tasvirlangan fragment kompozitsion echimi jihatdan Leonardo da Vinchining «Madonna Benua» asarini eslatsa, "Yevropaning o'g'irlanishi" nomli asar undan keskin farq qilib, o'zida kubistik echimni ifoda etgan. "Niqoblar bilan raqs" nomli asar portretlarida esa sharq miniatyurasiga xos bo'lgan ayol obrazlarini ko'rishimiz mumkin. Ko'rib turganimizdek rassom ijodida yuqorida aytib o'tilgan formatsiyalashgan sintez mavjud. XIX-XX asrda Yevropa va rus rassomlari orasida o'z ijodini Sharq an'analari bilan bog'lagan ijodkorlar faoliyati o'z o'rnida o'zbek rassomlarining ijodiga ta'sir ko'rsatgan. Bunda Sharq badiiy g'oyalari g'arb rangtasviri kesimida namoyon bo'ladi. P.Kuznetsov ana shunday rassomlar qatoriga kiritish mumkin. Mazkur rassomning ijodi J.Umarbekov va V.Axunov asarlariga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Yurtimizning mustaqillikka erishishi nafaqat sotsial hayotga balki san'atning ifoda shakliga, uning asosiy g'oyalarining shakllanishiga ham sezilarli ta'sir o'tkazdi. Etnomadaniyat, milliy qadriyatlarni anglash va ularni targ'ib qilish, o'z o'rnida san'atda xususan, rangtasvirda namoyon bo'ldi. Rassomlar ijodida erkinlik ta'minlandi. O'sha davrlarda A.N.Ostrovskiy nomli Toshkent teatr va rassomlik institutidagi 1970-yillar oxiri 1980-yillar boshlaridagi va 1990-yillar o'rtalaridagi muhit bir biridan farq qilgan. Asosiy ideal deb olingan Ilya Efimovich Repin, Vasiliy Ivanovich Surikov va qator rus rassomlari ijodi na'munalariga bo'lgan e'tibor katta edi. Albatta institut talabalaridan ham shunday ta'lqin talab etilgan.
Yangi oqimlar kirib kelishi bilan badiiy g'oya va tendensiyaning ikki bosqichi shakllandi. Birinchi bosqichda aktual muammolarni yorituvchi, an'anaviy ta'lqin va patriotik ruhdagi yondashuv bo'lsa, ikkinchi bosqichda esa etnomadaniyat tarixini ifodalashning falsafiy-estetik ruhdagi novatorlik yondashuvidir. Birinchi bosqichning yuzaga kelishi O'zbekiston rangtasvirida tarixiy janr rivojini yangi bosqichga ko'tardi. Yurt qahramonlari, shoir va olimlarini ifoda etuvchi asarlar yaratila boshlandi. Ikkinchi bosqichda ijod qilgan rassomlar esa etnomadaniyat masalasiga shaxsiy falsafiy prizma orqali nazar solishdi. Ushbu yillar J.Umarbekov, L.Ibragimov, A.Mirzayev, E.Tulepboyev, O.Bayterekov, A.Bekov kabi rassomlar ijodining yuqori pog'onadagi davri edi. Ularning ijodlarida miniatyura poetikasiga, xalq sanatiga,
3 H. Аhмедовa. Живопис sентрaльной Азии XX века: траджии, самобытность, диалог.Ташкент 2004. 101102 стр.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
qadimgi monumental freskalarga bo'lgan e'tibor sezilib turadi. XX asr tasviriy san'atini o'rganar ekanmiz, uni nafaqat O'zbekiston doirasida balki g'arbiy mamlakatlarda qanday kechganiga ahamiyat berish lozim. Ushbu davr tasviriy san'ati postmodernizm oqimi kirib kelishi bilan farqlidir. Shuni aytib o'tishimiz kerakki, postmodernizm har bir regionda, millat, mamlakat san'atida o'ziga hos ko'rinish kasb etadi. Ammo g'oya va mazmun bir manzilga ega. Ushbu davr badiiy ruhini his qilish, postmodernning o'ziga hos xarakterli jihatlarini anglashni talab etadi.
Ta'kidlash joyizki 1980-1990 yillarda O'zbekiston rangtasvirining badiiy jarayoni o'rganildi va qayta qurish davri (1980-1990 yillar)da badiiy jarayoning o'zbek rassomlari ijodida asarlarida ko'zga tashlandi.
1980-1990 yillar mavzuni yoritish jarayonida O'zbekistonning sovet tuzumi davrida madaniyat va san'at sohalari rivoji "turg'unlik" holatida bo'lganda ham badiiy jarayonda qisman siljish mavjud bo'lgan. Aksariat holda, ijodkorla mustaqil fíkr yurita olmasalarda, ulardagi badiiy maxorat va san'atga bo'lgan ishtiyoq "qayta qurish" davrida sezilarli aks etdi. 1980-yillarning ikkinchi yarmi qayta qurish davri, o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi, milliy tafakkurning o'sishi, qadriyat va an'ana asoslariga qaytish davri sifatida izohlanadi. Qayta qurish O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisalarga jon kiritdi, jamiyat uyg'ondi, milliy o'zlik ustiga tashlangan pardalar olib tashlandi. Diniy, millatchilik yorliqlari yopishtirilgan va o'rganishi taqiqlangan milliy xarakterdagi ijtimoiy siyosiy, falsafiy voqea, hodisalar, allomalar faoliyatini tadqiq etishga biroz erkinlik berildi. "Qayta qurish"ning eng birinchi natijasi hisoblangan "oshkoralik", sovet jamiyatining ahvolini tahlil qilish va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yo'l qo'yilgan hatolarga birinchi bor ochiq-oydin baho berishga sabab bo'ldi. Shu bilan birga o'zining bir qator salbiy tomonlari bilan ham namoyon bo'ldi.
O'zbekiston rassomlarning tarixiy merosni talqin etish konsepsiyasi 1980-yillarning ikkinchi yarmida - Sovet tarixini ijtimoiy tanqid qilish va milliy madaniy merosni badiiylashtirish bo'lgan.
1980-yillar o'rtasida kechgan qayta qurish jarayoni, 1991-yilda esa mustaqillikning qo'lga kiritilishi O'zbekiston rangtasvirida yangi tendensiyalar paydo bo'lishida asosiy omil bo'ldi.
1980-yillarning oxirida sovet san'atida qayta qurish siyosatining natijasi sifatida sotsialistik san'at utopiyalariga teskari bo'lgan yangicha ijtimoiy talqin tamoyili vujudga keldi.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Rassomlarning ijodida O'zbekistonda sho'rolar hokimiyati o'rnatilgan davr hamda 1980-yillardagi stalincha qatag'on voqealarini tanqid qiluvchi g'ayriodatiy noxush kolorit va fojeali ohang yuzaga kelgan.
REFERENCES
1. Jo'rayev M. "O'zbekistonning yangi tarixi" 2-kitob. O'zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. - Toshkent- 2000
2. Маньковская Н. Б. Эстетика постмодернизма. - СПб.: Алетейя, 2000.
3. Хакимов А. Новая живопи Узбекистана. Ташкент, 2015 й.
4. Ахмедова Н. Живопис sентральной Азии XX века: Традици, самобытность, диалог.Ташкент 2004.