Научная статья на тему 'POMIDOR YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

POMIDOR YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oziq moddalar / еr tanlash / sabzavot ekinlari / ekish usullari / tuproq iqlim sharoyiti / navlar / o‘g‘itlash me’yorlari / takroriy ekinlar / sizot suvlari / ekish muddatlari.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — M.A Mirzayeva, Sh.Sh Ekkinov

Oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi еngil qumoq, sho‘rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli. Ayniqsa, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z va tipik bo‘z tuproqlarda pomidor yaxshi o‘sadi, yuqori hosilni ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «POMIDOR YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

POMIDOR YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI 1M.A Mirzayeva, 2Sh.Sh Ekkinov

1Farg'ona davlar universiteti dotsenti q.x.f.n, 220-78B guruhi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11242178

Annotatsiya. Oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi engil qumoq, sho'rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli. Ayniqsa, o'tloq, o'tloq-bo'z va tipik bo'z tuproqlarda pomidor yaxshi o'sadi, yuqori hosilni ta'minlaydi.

Tayanch so'z va iboralar: oziq moddalar, er tanlash, sabzavot ekinlari, ekish usullari, tuproq iqlim sharoyiti, navlar, o'g'itlash me'yorlari, takroriy ekinlar, sizot suvlari, ekish muddatlari.

Аннотатция. Богатый питателными веществами, по механическому составу легкий песок, подходит для вцех типов незасоленных почв. Томаты хорошо растут, особенно на луговых, лугово-серых и типичных сероземах, обеспечивая высокие урожаи.

Ключевые слова и фразы: Элементы питания, выбор земли, овощные културы, способы посадки, почвенно-климатические условия, сорта, нормы внесения удобрений, повторные посевы, грунтовые воды, сроки посадки.

Abstract. Nutrient-rich, light sand, suitable for all types of non-saline soils. Tomatoes grow well, especially on meadow, meadow-gray and typical gray soils, providing high yields.

Key words and phrases: nutrients, land selection, vegetable crops, planting methods, soil and climatic conditions, varieties, fertilization standards, repeated crops, groundwater, planting dates.

Kirish. Pomidor uchun oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi engil qumoq, sho'rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli xisoblanadi. Ayniqsa, o'tloq, o'tloq-bo'z va tipik bo'z tuproqlarda pomidor yaxshi o'sadi, yuqori hosil olishni ta'minlaydi.

O'rta Osiyoda pomidor o'simligi bo'z, o'tloqi-botqoq tuproqlarda yaxshi o'sadi, sizot suvlari yuza joylashgan, shuningdek, sho'rlangan va kislotaligi (nordon) tuproqlar pomidor uchun unchalik yaramaydi deb ta'kidlaydilar T.E. Ostonaqulov, V.I. Zuev, O.Q. Qodirxo'jaevlar [2008].

O'zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tekshirish instituti tajribalariga ko'ra, sabzavot ekinlaridan karam va bodring pomidordan oldin ekiladigan eng yaxshi ekinlar hisoblanadi.

Almashlab ekishni o'rni. Beda, ko'kat va dukkakli sabzavotlar, piyoz, sarimsoq, poliz ekinlari, bodring va karam yaxshi o'tmishdosh.

N.N. Balashev, G.O.Zemanlar [1981] ma'lumotiga ko'ra pomidorni pomi-dor ekinidan yoki pomidor o'simligida uchraydigan kasalliklarga chalingan kartoshka, qalampir va baqlajon, shuningdek g'o'za ekinidan keyin ekmaslik kerak, chunki pomidor o'simligi ham g'o'za singari ko'sak qurti bilan zararlanadi. Bakterial rak va virusli kasalliklar tarqalishini olidini olish uchun bir yil pomidor ekilgan е^ kamida uch yildan keyin yana pomidor ekish mumkinligi ta'kidlangan.

T.E. Ostonaqulov, D. Obloqulovlar [2001-2003 yy] fikricha kuzgi don, oraliq ekin (no'xat), ertagi sabzavotlar o'rniga takroriy ekin sifatida pomidor ekish bo'yicha o'tkazilgan tajribalarga ko'ra, pomidorning Dar Zavoljya, Finish, Temnokrasnbiy 2077, Solyars, Toshkent tongi, Uzmash-1, Istiqlol, Novichok navlarini ekish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi

1-jadval

Turli o'tmishdoshlardan so'ng ekilgan pomidor navlarining hosildorligi va tovarliligi

O'tmishdosh ekin O'rtacha hosildorlik, t/ga Shu jumladan, tovar hosil O'tmishdosh kuzgi arpaga nisbatan qo'shimcha tovar hosil

t/ga % t/ga %

Toshkent tongi

Kuzgi arpa 21,5 19,5 90,7 - 100,0

Kuzgi bug'doy 23,9 21,8 91,2 2,3 111,8

Oraliq ekin (gorox) 25,5 23,3 91,5 3,8 119,5

Ertagi sabzavot (karam) 24,6 22,5 91,4 3,0 115,4

Dar Zavoljya

Kuzgi arpa 25,3 22,8 90,1 - 100,0

Kuzgi bug'doy 27,5 25,0 90,9 2,8 109,6

Oraliq ekin (gorox) 30,1 27,6 91,8 4,6 121,1

Ertagi sabzavot (karam) 28,6 26,1 91,4 3,3 114,5

O'g'itlash. Pomidor tuproq unumdorligiga va o'g'itlarga talabchan ekin bo'lib, u tuproqdagi oziq moddalarni sarflashi bo'yicha sabzavot ekinlari orasida oldingi o'rinlarda turadi.

O'zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ma'lumotlariga [1987] ko'ra, gektaridan 580-700s pomidor hosili olish uchun 160-230 kg sof azot va 70-90 kg sof fosfor sarflanadi. Shuning uchun albatta pomidor ekini o'g'itlanishi shart.

O'zbekistonda pomidorga organik va mineral o'g'itlar birga solinganda yanada samarali bo'ladi. Bunda 20-30 tonna go'ng, 1,5-2 s kaliy xlor, 2,3-2,5 s ammofos kuzgi shudgorlashdan oldin solinadi. Umuman, bo'z tuproqlarda gektariga azot 120-200, fosfor - 140-150, kaliy 90-100 kg, o'tloq va o'tloq-botqoq tuproqlarda - azot 140-150, fosfor 140-150, kaliy - 100 kg hisobida beriladi.

Yerni ekishga tayyorlash. Sabzavotchilikda erni ekishga tayyorlash va ekish oldidan ishlov berish asosiy o'rinda turadi. Asosiy ishlov kuzda chuqur 8-35 sm li shudgorlash bo'lib, uning sifati va samarali bo'lishi imkon qadar barvaqtroq bajarilishiga ham bog'liq. Sero't maydonlar 25-30 kun avval sug'orilib, tuproq etilgach atvalsiz pluglar bilan sayoz (7-10 sm) xaydalib, begona o'tlar urug'lari unishida haydov o'tkaziladi. Kuzgi shudgorlashda PLN-U-35 osma pluglar, chuqur ildizli sero't maydonlar uchun PYa-3-35 va PD-4-35 kabi iki yarusli pluglar qo'llaniladi. Toshloq erlar asosiy qismi PKU-3-35 va PKU-4-35 pluglar bilan shudgorlanadi.

Shudgorlash pomidor urug'larini ekish yoki ko'chatlarini o'tqazish muddatlariga va tuproqning ayni paytdagi xolatiga mutanosib xolda o'tkaziladi.

Erta bahorda mumkin qadar barvaqt ekilishi lozim sabzavot uchun kuzgi shudgor bahorda ikki sidra BZGS-1,0 da baronalanib engil tekisla-nadi ekish uchun egatlar olinadi. Yerlarni erta bahorgi ekishga tayyorlashning samarali usullaridan biri baronalash, tekislash va egatlar tortish ishlarini kuzdayoq bajarish zarur. Bu ekishni barvaqt o'tkazish imkonini beradi. Shu tadbir sabzavotkorlikning sizot suvlari sayoz joylashgan o'tloqi botqoq tuproqli xo'jaliklari uchun qo'l keladi. Kuzda egatlar tortilgan maydon erta bahorda tezroq etiladi va barvaqt ekish imkonini beradi.

Ekishlar bahor (aprel-may) oylarida o'tkazilishi lozim bo'lgan maydonlar erta bahorda ikki sidra baronalanadi, keyinchalik begona o'tlarni yo'qotish namlikni saqlash uchun KFG-3,6 yoki KU-3,6 bilan 1-2 marta ishlov berilib engil tekislanadi. Aprel, may oylarida tuproq zichlashib

qotgan bo'lsa, ekish oldidan erni otvalsiz pluglar bilan sayozroq 20-25 sm haydaladi, baronalanadi

va sifatli hosil olish imkoniyati yaratiladi.

REFERENCES

1. Балашев Н.Н., Земан Г.О. Овощеводство. - Т.: Ук;итувчи, 1981. - С. 327-332

2. Брызгалов В.А., Советкина В.Е., Савинова Н.И. Овощеводство защищенного грунта. -М.: Колос, 1995. - С. 165-178.

3. Буриев Х.Ч., Зуев В.И., Гуломов Б.Г. Овощеводство, бахчевосдство и виноградарство Узбекистана. - Т.: ТошДАУ, 2000. - С. 15-18.

4. . Мирзаева М. А., Рахмоналиева Н. Н., Абдуллаев Д. Д. У. Совершенствование методов хранения рассады //Universum: технические науки. - 2020. - №. 12-3 (81). - С. 93-95.

5. . Mirzayeva M. History of Urdu language and its status in India and Pakistan //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11.

- №. 2. - С. 584-591.

6. . Azamovna M. M. A STUDY OF NON-CHEMICAL CONTROL METHODS AGAINST MULBERRY MOTH. - 2022.

7. .Azamovna, Mirzayeva Mutabar. "Application of Precautionary Measures in the Use of Chemical Preparations in Agriculture." Eurasian Research //

8. .Mirzayeva M. A., O'tbosarov Q. The Study of the Morphobiological Properties of Tomatoes //Eurasian Research Bulletin. - 2022. - Т. 6. - С. 73-77.

9. .Мирзаев О.О., Алиев Ф.А., Холмуродов Т.А., Вахин А.В., Долгих С.А. Акватермолиз нефти ашальчинского месторождения республики Татарстан. В сборнике: Химия нефти и газа. Материалы XII Международной конференции. Томск, 2022. С. 174-175.

10. Мирзаев, О. О. Разработка каталитических комплексов для парогазовой технологии освоения нетрадиционных углеводородных ресурсов / О. О. Мирзаев, Ф. А. Алиев, Т. А. Холмуродов // Нефть и газ - 2022 : тезисы докладов 76-ой международной молодежнрй научной конференции, Москва, 25-29 апреля 2022 года / Российский государственный университет нефти и газа (национальный исследовательский университет) имени И.М. Губкина. Том 1. - Москва: Российский государственный университет нефти и газа (национальный исследовательский университет) имени И.М. Губкина, 2022. - С. 38-39.

- EDN WPKUMQ.

11. Мирзаев, О. О. Внутрипластовое каталитическое гидрирование углекислого газа при паротепловых методах добычи высоковязких нефтей и природных битумов / О. О. Мирзаев, Ф. А. Алиев // Актуальные проблемы недропользования : тезисы докладов XVIII Международного форума-конкурса студентов и молодых ученых, Санкт-Петербург, 15-21 мая 2022 года. Том 1. - Санкт-Петербург: Санкт-Петербургский горный университет, 2022. - С. 58-60. - EDN SCDUGV.

12. Холмуродов Т.А. Применение ПАВ для повышения эффективности паротепловой обработки тяжелой нефти при температуре 200°С / Т.А. Холмуродов, С.А. Трубицина, О.О. Мирзаев, Ф.А. Алиев, О.П. Кузнецова, А.В. Вахин // Вестник технологического университета - 2022. - Т.25. №10. - с. 40-45.

13. Алиев Ф. А. и др. РАЗРАБОТКА ПАРОТЕПЛОВОЙ ТЕХНОЛОГИИ ИНТЕНСИФИКАЦИИ ДОБЫЧИ ВЫСОКОВЯЗКОЙ НЕФТИ С УТИЛИЗАЦИЕЙ ДИОКСИДА УГЛЕРОДА В НИЗКОМОЛЕКУЛЯРНЫЕ АЛКАНЫ В ПРИСУТСТВИИ КАТАЛИЗАТОРА НА ОСНОВЕ НИКЕЛЯ.

14. Алиев Фирдавс Абдусамиевич, Мирзаев Ойбек Олимжон угли, Али Ахунов Амирджон Аминджонович, Холмуродов Темурали Аширали угли. In-situ catalytic hydrogenation of carbon dioxide for decreasing environmental footprints and enhancing heavy oil recovery. Геос.

15. Kholmurodov T. et al. Development of a simple and efficient oil-soluble nanocatalytic system for aquathermolysis upgrading of heavy crude oil //Fuel. - 2023. - Т. 353. - С. 129223.

16. Kholmurodov T. et al. Influence of Anionic and Amphoteric Surfactants on Heavy Oil Upgrading Performance with Nickel Tallate under Steam Injection Processes //Industrial & Engineering Chemistry Research. - 2023.

17. Kholmurodov T. et al. Thermochemical Upgrading of Heavy Crude Oil in Reservoir Conditions //Processes. - 2023. - Т. 11. - №. 7. - С. 2156.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.