Научная статья на тему 'POMIDOR UCHUN YERNI EKISHGA TAYYORLASH'

POMIDOR UCHUN YERNI EKISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
264
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oziq moddalar / еr tanlash / sabzavot ekinlari / ekish usullari / tuproq iqlim sharoyiti / navlar / o‘g‘itlash me’yorlari / takroriy ekinlar / sizot suvlari / ekish muddatlari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — S.B.Raxmonova

Oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi еngil qumoq, sho‘rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli. Ayniqsa, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z va tipik bo‘z tuproqlarda pomidor yaxshi o‘sadi, yuqori hosilni ta’minlaydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «POMIDOR UCHUN YERNI EKISHGA TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

POMIDOR UCHUN YERNI EKISHGA TAYYORLASH S.B.Raxmonova 21.60 guruh talabasi

ilmiy rahbar.,M.A.Mirzayeva q.x.f.n. dotsent Farg'ona davlar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002628

Annotatsiya. Oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi engil qumoq, sho'rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli. Ayniqsa, o'tloq, o'tloq-bo'z va tipik bo'z tuproqlarda pomidor yaxshi o'sadi, yuqori hosilni ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: oziq moddalar, er tanlash, sabzavot ekinlari, ekish usullari, tuproq iqlim sharoyiti, navlar, o'g'itlash me 'yorlari, takroriy ekinlar, sizot suvlari, ekish muddatlari.

Pomidor uchun oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi engil qumoq, sho'rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli xisoblanadi. Ayniqsa, o'tloq, o'tloq-bo'z va tipik bo'z tuproqlarda pomidor yaxshi o'sadi, yuqori hosil olishni ta'minlaydi.

O'rta Osiyoda pomidor o'simligi bo'z, o'tloqi-botqoq tuproqlarda yaxshi o'sadi, sizot suvlari yuza joylashgan, shuningdek, sho'rlangan va kislotaligi (nordon) tuproqlar pomidor uchun unchalik yaramaydi deb ta'kidlaydilar T.E. Ostonaqulov, V.I. Zuev, O.Q. Qodirxo'jaevlar [2008].

O'zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tekshirish instituti tajribalariga ko'ra, sabzavot ekinlaridan karam va bodring pomidordan oldin ekiladigan eng yaxshi ekinlar hisoblanadi.

Almashlab ekishni o'rni. Beda, ko'kat va dukkakli sabzavotlar, piyoz, sarimsoq, poliz ekinlari, bodring va karam yaxshi o'tmishdosh.

N.N. Balashev, G.O.Zemanlar [1981] ma'lumotiga ko'ra pomidorni pomi-dor ekinidan yoki pomidor o'simligida uchraydigan kasalliklarga chalingan kartoshka, qalampir va baqlajon, shuningdek g'o'za ekinidan keyin ekmaslik kerak, chunki pomidor o'simligi ham g'o'za singari ko'sak qurti bilan zararlanadi. Bakterial rak va virusli kasalliklar tarqalishini olidini olish uchun bir yil pomidor ekilgan erga kamida uch yildan keyin yana pomidor ekish mumkinligi ta'kidlangan.

T.E. Ostonaqulov, D. Obloqulovlar [2001-2003 yy] fikricha kuzgi don, oraliq ekin (no'xat), ertagi sabzavotlar o'rniga takroriy ekin sifatida pomidor ekish bo'yicha o'tkazilgan tajribalarga ko'ra, pomidorning Dar Zavoljya, Finish, Temnokrasnwy 2077, Solyars, Toshkent tongi, Uzmash-1, Istiqlol, Novichok navlarini ekish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi

1-jadval

Turli o'tmishdoshlardan so'ng takroriy ekin sifatida ekilgan pomidor navlarining

hosildorligi va tovarliligi

O'tmishdosh ekin O'rtacha hosildorlik, t/ga Shu jumladan, tovar hosil O'tmishdosh kuzgi arpaga nisbatan qo'shimcha tovar hosil

t/ga % t/ga %

Toshkent tongi

Kuzgi arpa 21,5 19,5 90,7 - 100,0

Kuzgi bug'doy 23,9 21,8 91,2 2,3 111,8

Oraliq ekin (gorox) 25,5 23,3 91,5 3,8 119,5

Ertagi sabzavot (karam) 24,6 22,5 91,4 3,0 115,4

562

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

Dar Zavoljya

Kuzgi arpa 25,3 22,8 90,1 - 100,0

Kuzgi bug'doy 27,5 25,0 90,9 2,8 109,6

Oraliq ekin (gorox) 30,1 27,6 91,8 4,6 121,1

Ertagi sabzavot (karam) 28,6 26,1 91,4 3,3 114,5

O'g'itlash. Pomidor tuproq unumdorligiga va o'g'itlarga talabchan ekin bo'lib, u tuproqdagi oziq moddalarni sarflashi bo'yicha sabzavot ekinlari orasida oldingi o'rinlarda turadi.

O'zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ma'lumotlariga [1987] ko'ra, gektaridan 580-700s pomidor hosili olish uchun 160-230 kg sof azot va 70-90 kg sof fosfor sarflanadi. Shuning uchun albatta pomidor ekini o'g'itlanishi shart.

O'zbekistonda pomidorga organik va mineral o'g'itlar birga solinganda yanada samarali bo'ladi. Bunda 20-30 tonna go'ng, 1,5-2 s kaliy xlor, 2,3-2,5 s ammofos kuzgi shudgorlashdan oldin solinadi. Umuman, bo'z tuproqlarda gektariga azot 120-200, fosfor - 140-150, kaliy 90100 kg, o'tloq va o'tloq-botqoq tuproqlarda - azot 140-150, fosfor 140-150, kaliy - 100 kg hisobida beriladi.

Yerni ekishga tayyorlash. Sabzavotchilikda erni ekishga tayyorlash va ekish oldidan ishlov berish asosiy o'rinda turadi. Asosiy ishlov kuzda chuqur 8-35 sm li shudgorlash bo'lib, uning sifati va samarali bo'lishi imkon qadar barvaqtroq bajarilishiga ham bog'liq. Sero't maydonlar 25-30 kun avval sug'orilib, tuproq etilgach atvalsiz pluglar bilan sayoz (7-10 sm) xaydalib, begona o'tlar urug'lari unishida haydov o'tkaziladi. Kuzgi shudgorlashda PLN-U-35 osma pluglar, chuqur ildizli sero't maydonlar uchun PYa-3-35 va PD-4-35 kabi iki yarusli pluglar qo'llaniladi. Toshloq erlar asosiy qismi PKU-3-35 va PKU-4-35 pluglar bilan shudgorlanadi.

Shudgorlarga ishlovlar berish pomidor urug'larini ekish yoki ko'chat-larini o'tqazish muddatlariga va tuproqning ayni paytdagi xolatiga mutanosib xolda o'tkaziladi.

Erta bahorda mumkin qadar barvaqt ekilishi lozim sabzavot uchun kuzgi shudgor bahorda ikki sidra BZGS-1,0 da baronalanib engil tekisla-nadi ekish uchun egatlar olinadi. Yerlarni erta bahorgi ekishga tayyorlashning samarali usullaridan biri baronalash, tekislash va egatlar tortish ishlarini kuzdayoq bajarish zarur. Bu ekishni barvaqt o'tkazish imkonini beradi. Shu tadbir sabzavotkorlikning sizot suvlari sayoz joylashgan o'tloqi botqoq tuproqli xo'jaliklari uchun qo'l keladi. Kuzda egatlar tortilgan maydon erta bahorda tezroq etiladi va barvaqt ekish imkonini beradi.

Ekishlar bahor (aprel-may) oylarida o'tkazilishi lozim bo'lgan maydonlar erta bahorda ikki sidra baronalanadi, keyinchalik begona o'tlarni yo'qotish namlikni saqlash uchun KFG-3,6 yoki KU-3,6 bilan 1-2 marta ishlov berilib engil tekislanadi. Aprel, may oylarida tuproq zichlashib qotgan bo'lsa, ekish oldidan erni otvalsiz pluglar bilan sayozroq 20-25 sm haydaladi, baronalanadi va sifatli hosil olish imkoniyati yaratiladi.

REFERENCES

1. Балашев Н.Н., Земан Г.О. Овощеводство. - Т.: Укитувчи, 1981. - С. 327-332

2. Брызгалов В.А., Советкина В.Е., Савинова Н.И. Овощеводство защищенного грунта. -М.: Колос, 1995. - С. 165-178.

3. Буриев Х.Ч., Зуев В.И., Гуломов Б.Г. Овощеводство, бахчевосдство и виноградарство Узбекистана. - Т.: ТошДАУ, 2000. - С. 15-18.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.