Научная статья на тему 'PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O’QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH'

PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O’QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1681
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM-TARBIYA TIZIMI / TA'LIM SIFATI / BAHOLASH / XALQARO TADQIQOTLAR / MATNNI O'QISH / MATNNI TUSHUNISH DARAJASI / KO'NIKMALAR / TAYANCH KOMPETENSIYALAR

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jalolova F.M.

Ushbu maqolada PISA xalqaro baholash dasturi asosida òquvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish masalalariga qaratilgan fikr va mulohazalar berilgan bo’lib, bunda tayanch kompetensiya tushunchasi va uni xalqaro baholash tasniflagichini amaldagi faoliyatida ahamiyatli bo’lgan tomonlariga to’xtalib o’tilganini ko’rish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF BASE COMPETENCES IN STUDENTS ON THE BASIS OF THE PISA INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM

This article provides insights and comments on the formation of basic competencies in students on the basis of the PISA international assessment program, focusing on the concept of basic competencies and its importance in the practice of the international assessment classifier.

Текст научной работы на тему «PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O’QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH»

Jalolova F.M. magistr

Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti

PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O'QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH

Rezume: Ushbu maqolada PISA xalqaro baholash dasturi asosida dquvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakUantirish masalalariga qaratilgan fikr va mulohazalar berilgan bo'lib, bunda tayanch kompetensiya tushunchasi va uni xalqaro baholash tasniflagichini amaldagi faoliyatida ahamiyatli bo'lgan tomonlariga to'xtalib o'tilganini ko'rish mumkin.

Tayanch so'zlar: ta'lim-tarbiya tizimi, ta'lim sifati, baholash, xalqaro tadqiqotlar, matnni o 'qish, matnni tushunish darajasi, ko 'nikmalar, tayanch kompetensiyalar

Jalolova F.M. master

Tashkent State Pedagogical University

FORMATION OF BASE COMPETENCES IN STUDENTS ON THE BASIS OF THE PISA INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM

Abstract: This article provides insights and comments on the formation of basic competencies in students on the basis of the PISA international assessment program, focusing on the concept of basic competencies and its importance in the practice of the international assessment classifier.

Key words: education system, quality of education, assessment, international research, reading, comprehension, skills, basic competencies

So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim-tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazining 2013 yil 22-avgustdagi "Umumta'lim maktablari fanlari bo'yicha uzluksiz ta'limning Davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish to'g'risida"gi qo'shma qaroriga asosan umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitiladigan

fanlar bo'yicha amaliyotchi o'qituvchilar, metodistlar va yetakchi olimlar tomonidan o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi.

Davlat ta'lim standartining maqsadi - umumiy o'rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Yurtimizda ta'lim-tarbiya masalasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni "O'zbekiston ta'lim sifati bugungi davr talablariga to'laqonli mos bo'lishi" ga qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida : "Moddiy va ma'naviy hayotni uyg'un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo'g'in bo'lishi lozim. Maktab ta'limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur", deb uqtirib o'tgandilar davlatimiz rahbari.Bu masalaga yana ham jiddiy qarashimiz, xalq ta'lim tizimi poydevori hisoblangan maktab ta'lim sifatini dunyoning yetakchi davlatlari ta'limi ko'rsatgichlari ro'yxatiga kiritish uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Dunyo davlatlari ta'lim tizimlari o'zaro uyg'un holda rivojlanishi uchun turli mamlakatlarning ta'lim tizimlarini baholashning umumiy dasturlari yaratilgan. Shunday dasturlardan biri bu PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) - turli davlatlarda 15 yoshli o'quvchilarning savodxonligini (o'qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo'llanilgan.

Ko'rinadiki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tayanch kompetensiyalarni shakllantirishimiz zarur.

Kompetensiya nima? Kompetensiyaviy yondashuv deganda nimani tushunamiz? Dastlab shu savollarga javob berishimiz maqsadga muvofiqdir.

Kompetensiya (lot. compete - erishayapman, munosibman, loyiqman) - 1) muayyan davlat organi (mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba.

Biz bu ta'riflarning ikkinchisiga to'xtalamiz va kompetensiya tushunchasining avvaldan bizga ma'lum bo'lgan bilim, ko'nikma va malakaga yaqin tushuncha ekanligini anglaymiz.

Ta'limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o'quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali ravishda qo'llashga o'rgatish tushuniladi. Inson o'z hayotida

shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng

muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh kadr bo'lishi uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo'lishi lozim.

Tayanch kompetensiyalarga esa axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyalari kiradi.

Kommunikativ kompetensiyani boshlang'ich sinf o'quvchilarida shakllantirish juda muhimdir. Ma'lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta'sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e'tiqod, iymon, vijdon, mas'uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o'rnini e'tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikr almashuv, insonning yuzi va ko'ziga qarab turib aytiladigan bama'ni so'z va hissiyotlarning o'rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytishi lozim bo'lsa, bolasining yuzini o'ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko'zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi va bunday muloqot, albatta, samarali bo'ladi. Shu bois o'qituvchi-o'quvchi, o'quvchi-o'quvchi va ota-ona - o'quvchi o'rtasidagi muloqot ta'lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta'lim samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini axborotlar bilan ta'minlashni rivojlantirish uchun texnika va texnologiyani bilish va ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi, texnologiyalarini joriy eta olishi talab qilinadi.12

Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan o'zlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari - davriy matbuot (gazeta, jurnal va b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya), ovozli va video yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter tizimi, internet), reklama va hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to'g'ri ishlashni o'rganish uchun ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim. Zero, bugungi taraqqiyot asrida bolalarni bu kabi vositalardan cheklashning imkoni yo'q. Shuni ham unutmaslik kerakki, global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi axborotga egalik shaxsga ta'lim berish jarayonini qiyinlashtiradi.

O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasini egallash ham boshlang'ich sinflarda muhim ahamiyatga ega. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi har bir bolada o'ziga xos tarzda kechadi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridan b iri bo'lgan AQSH pedagogikasidagi ta'limotda ham quyidagilarni ko'rish mumkin: -bolani o'z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; -o'quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun kurash;

-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g'ururini yerga urmaslik;

12 Rustamova N Media ta'lim va media madaniyat (umumiy o'rta ta'lim muassasalari misolida). Toshkent. "Turon zamin ziyo". 2016. 131 bet

-o'quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo'naltirish, Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash.

Shuningdek, o'qituvchi yo'naltiruvchi ro'l o'ynaydi va asosiy maqsad intellektni mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o'rgatishdir.

Jamoa rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilaridan biri -o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi hisoblanadi. Kechaga tayyorgarlik ko'rish, shanbaliklarda ishtirok etish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko'zga tashlanadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda o'quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo'ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib bo'lmaydi. Sinf rahbari ishining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o'quvchilar jamoasini shakllantiradi. O'quvchilarning asosiy vazifasi o'qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o'qishda o'quvchilarning o'zaro bir-birlariga qanday munosabatda ekanliklarini, o'zlarini darsda qanday tutishlarini, bir-biriga sidqidildan yordam berish yoki bermasligini kuzatadi va kerakli tadbirlarni qo'llaydi.

Milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirishda boshlang'ich sinf o'qituvchisining axloqiy obro'si g'oyat darajada yuqori bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi ana shundagina tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishga ega bo'ladi.

O'qituvchining shaxsiy fazilatlari, ma'naviy qiyofasi o'quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchi uchun malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishning o'zi yetarli emas. U o'z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o'z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta'sir kuchiga ega. Chunki, o'qituvchilik qobiliyati juda ko'p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko'ngil qo'yish, bolalarga bo'lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo'lishini taqozo qiladi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasida o'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lishlik ta'limning ijtimoiy, o'qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir.

Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam favqulodda hech kutilmagan, notanish, tushunilishi murakkab bo'lgan, noma'lum narsa va hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo'r berish natijasida iroda sifatlarini ishga solish orqali munozarali vaziyat anglashilgan masalaga aylanadi.

Xulosa o'rnida aytish joizki, PISA - o'quvchilarning ta'limiy yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dasturi orqali o'quvchilarning bilim sifati monitoring 5 ta yo'nalish bo'yicha, ya'ni: o'qish savodxonligi, matematik savodxonligi, moliyaviy savodxonlik, kompuyuter savodxonligi, tabiiy-ilmiy savodxonlik kabi yo'nalishlarda monitoring olib boradi va shuning asosida o'quvchi shaxsida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.T. 2016 yil 7 fevral

2. Abdullayeva B. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining axborot kompetentligini rivojlantirishga yo'naltirilgan tayyorgarligining mazmuni / Boshlang'ich ta'limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Jizzax, 2019 yil 6-bet.

3. Usmonov N.J Xolboyeva G. va boshqalar. Boshlang'ich ta'limda kompetentlikni rivojlantirish omillari. Toshkent. "Fan va texnologiya", 2016. 152 bet.

4. Rustamova N. Media ta'lim va media madaniyat (umumiy o'rta ta'lim muassasalari misolida). Toshkent. "Turon zamin ziyo". 2016. 131 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.