Научная статья на тему 'MAKTAB ALGEBRA KURSIDA O‘QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH'

MAKTAB ALGEBRA KURSIDA O‘QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
110
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborotlarning haqqoniyligini baholay olish / qadr-qimmat / e’tiqod kompetensiyasi / umummadaniy kompetensiyalar / o‘quv-o‘rganish kompetensiyasi / axborot kompetensiyasi / kommunikativ kompetensiya / axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini. / ability to assess the truthfulness of information / dignity / competence of beliefs / general competence / educational-learning competence / information competence / communicative competence / competence in working with information.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M. Kuranboyeva

Ushbu maqolada maktab algebra kursida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish masalalari borasida ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF SCHOOLCHILDREN'S COMPETENCE IN WORKING WITH DATA IN THE SCHOOL ALGEBRA COURSE

this article contains information on the issues of developing students ' competence in working with information in the school algebra course.

Текст научной работы на тему «MAKTAB ALGEBRA KURSIDA O‘QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTAB ALGEBRA KURSIDA O'QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH Quranboyeva Muxarram Shavkat qizi

Toshkent viloyati Parkent tumani 36-umumiy o'rta ta'lim maktabi matematika o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7125252

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab algebra kursida o'quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish masalalari borasida ma'lumotlar o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: axborotlarning haqqoniyligini baholay olish, qadr-qimmat, e 'tiqod kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiyalar, o'quv-o'rganish kompetensiyasi, axborot kompetensiyasi, kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini.

РАЗВИТИЕ КОМПЕТЕНТНОСТИ ШКОЛЬНИКОВ В РАБОТЕ С ДАННЫМИ В

ШКОЛЬНОМ КУРСЕ АЛГЕБРЫ

Аннотация. В данной статье отражена информация о развитии у учащихся компетентности в работе с информацией в школьном курсе алгебры.

Ключевые слова: умение оценивать достоверность информации, достоинство, компетентность убеждений, общекультурная компетентность, учебно-методическая компетентность, информационная компетентность, коммуникативная компетентность, компетентность работы с информацией.

DEVELOPMENT OF SCHOOLCHILDREN'S COMPETENCE IN WORKING WITH DATA IN THE SCHOOL ALGEBRA COURSE

Abstract. this article contains information on the issues of developing students ' competence in working with information in the school algebra course.

Keywords: ability to assess the truthfulness of information, dignity, competence of beliefs, general competence, educational-learning competence, information competence, communicative competence, competence in working with information.

KIRISH

Respublikamizda xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o'rta ta'limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlari hamda fan o'quv dasturlari ishlab chiqildi, ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me'yoriy asoslari yaratildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishi IV. adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish bo'limini 42-maqsadida: 2026 yilga qadar o'quv dasturlari va darsliklarni ilg'or xorijiy tajriba asosida to'la qayta ko'rib chiqib, amalda joriy etish vazifalari belgilib berilgan. Bu vazifani amalga oshirishda ta'lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta'minlash, ularni o'zlashtirib borishning maqbul echimlarini topish va joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kompetensiya- bu jamiyatning o'z fuqarolariga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasi bo'lib, ularningro'yxati ma'lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo'lmaydi.[10.128-b] Masalan, Shvetsariyaning va Amerika Qo'shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta'lim statistikasi Milliy institutining "Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash" nomli loyihasida tayanch kompetensiyalarni qat'iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'lmagan. Shunga ko'ra kompetensiyalarning Yevropa varianti va Rossiya variantlarini qaraylik.

TADQIQOT NATIJALARI

"Yevropa uchun tayanch kompetensiyalar" nomli Yevropa kengashi simpoziumida belgilangan tayanch kompetensiyalarni o'rganishi kerak:

- tajribadan foydali biror narsani chiqarib olishi;

- o'z bilimlari orasidagi o'zaro aloqani tashkil qilish va ularni tartiblashtirish;

- o'zining shaxsiy o'rganish usullarini tashkil qilish(o'rnatish);

- muammolarni yecha olish.

Tayanch kompetensiyalarning Rossiya varianti:

- Qadr-qimmat, e'tiqod kompetensiyasi.

- Umummadaniy kompetensiyalar.

- O'quv-o'rganish kompetensiyasi

- Axborot kompetensiyasi.

- Kommunikativ kompetensiya.

- Ijtimoiy-mehnat kompetensiyasi

- Shaxsni takomillashtirish kompetensiyasi.

Kompetentlik, kompetensiyalarni qo'llay olishda ega bo'lishi kerak bo'lgan minimal tajribasi bo'lishni taqozo etadi. Bu haqda o'quvchining tayyorgarligiga qo'yiladigan talablarni shakllantirishda hamda o'quv jarayoni va darsliklarni loyihalashda esdan chiqarmaslik kerak. MUHOKAMA

O'quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik zaruriyati sifatida aytish mumkinki, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish jarayonining umumiy jihati bu - tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash ustuvor hisoblanadi:

1). Kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash:

- kommunikatsiya jarayonlariga kirishish uchun zarur axborotlarni o'zlashtirish;

- axborot manbalaridan ma'lumotlarni o'zlashtirish bilan birga, ularni kundalik ijtimoiy faoliyatda muloqot jarayonida bayon qila olish.

2) Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan

ishlash:

- manbalardan zarur axborotlarni olish, axborotlarni turli ko'rinishlarga (matn, jadval, sxema, va h.k) o'tkaza olish;

- axborotlarni statistik ma'lumotlar ko'rinishlarining bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko'rinishga o'tkaza olish.

3) O'z - o'zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan

ishlash:

- o'z - o'zini rivojlantirish jarayonida zurur ma'lumotlarni ajratish, axborotlarni qabul qilish, o'zlashtirish va ularni samarali qo'llash orqali amalga oshiriladi;

- axborotlarning haqqoniyligini baholay olish, o'zlashtirilgan axborotlar asosida o'z faoliyatini boshqarish va zarur hollarda to'g'rilay olish.

4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan

ishlash:

- ijtimoiy hayotda ro'y berayotgan voqea-hodisalar haqida axborotlarga ega bo'lish;

- fuqarolik huquq va burchlari haqida axborotlarga ega bo'lish, davlat ramzlari haqida bilish va hurmat bilan munosabatda bo'lish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5) Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan

ishlash:

- milliy an'analar, vatan tarixi, buyuk allomalar, milliy va umuminsoniy madaniyat haqida axborotlarga ega bo'lish va boyitib borish;

6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash:

- kundalik hayotda zarur bo'lgan matematik bilimlar (hisoblash, diagrammalar, jadvallar va boshqalar) ga ega bo'lish;

- fan va texnika yangiliklariga oid axborotlardan xabardor bo'lish . XULOSA

Demak, tayanch kompetensiyalar o'zaro aloqadorlikda,uzviylikda shakllanadi va rivojlanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida» gi 2017 yil 6 apreldagi I87-son Qarori

2. Ruzikulova N.Sh. Boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish TDPU Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali. - №3. - Toshkent, 2GI8. - B. 83-84

3. Абдуллаева Б.С. Формирование информационной компетентности школьника. Formation of information competence of students // Eastern European Scientific Journal. AURIS Kommunikations - und Verlagsgesellschaft mbH Dusseldorf. Germany: Ausgabe 3. 2GI8. P.I83-I87

4. https://xtxmom.tdpu.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.