Научная статья на тему 'Критерии оценки базовых компетенциий современного учителя'

Критерии оценки базовых компетенциий современного учителя Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
47
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
образование / основы / компетенции / технологии / оценка / критерии / компетенции / анализ. / education / basic competence / logic / technologies / assessment / criteria / competencies / analysis.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Камола Сабитова, Уктам Мансуров

В статье автор раскрывает сущность основных компетенций современных студентов. Он также показал, как оценивать базовые компетенции с точки зрения истории и проанализировал этот процесс на примерах. Педагог предлагает ряд критериев оценки в зависимости от типа и направления оценки базовых компетенций. Демонстрирует методы оценки основных компетенций в соответствии с показателями компетенционного образования.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Criteria for assessing the basic competences of the modern teacher

In the article, the author discusses the essence of the basic competencies of modern students. He also showed how the methods of evaluation of the base competences are based on historical science and analyzed this process with the help of examples on the basis of experience. Offers several assessment criteria depending on the type and direction of assessment of the teacher's base competences. Indicates the methods of evaluation of the base competences in accordance with the indicators of the competency training.

Текст научной работы на тему «Критерии оценки базовых компетенциий современного учителя»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Criteria for assessing the basic competences of the modern teacher

Kamola SABITOVA1, Oktam MANSUROV2

Tashkent State Pedagogical University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2021 Received in revised form 20 July 2021

Accepted 15 August 2021 Available online 15 September 2021

Keywords:

education,

basic competence,

logic,

technologies,

assessment,

criteria,

competencies,

analysis.

In the article, the author discusses the essence of the basic competencies of modern students. He also showed how the methods of evaluation of the base competences are based on historical science and analyzed this process with the help of examples on the basis of experience. Offers several assessment criteria depending on the type and direction of assessment of the teacher's base competences. Indicates the methods of evaluation of the base competences in accordance with the indicators of the competency training.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Zamonaviy o'qituvchini tayanch kompetensiyalarini baholash mezonlari

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

talim,

tayanch,

kompetensiya,

tehnologiyalar,

baholash,

mezon,

kompetensiyalar, analiz.

Maqolada muallif zamonaviy o'quvchilarni tayanch kompetensiyalarini mohiyati haqida to'xtalib o'tgan. Shuningdek tayanch kompetensiyalarni qanday baholash usullarini tarix fanidan kelib chiqib ko'rsatib bergan va mazkur jarayonni tajriba asosida misollar yordamida tahlil qilgan. O'qituvchining tayanch kompetensiyalarni baholash turi va yo'nalishiga qarab bir qancha baholash mezonlarini taklif qiladi. Kompetensiyaviy ta'lim ko'rsatkichlariga mos ravishda tayanch kompetensiyalarini baholash usullarini ko'rsatib o'tadi.

1 Master, Faculty of history, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan. E-mail: kamolasabitova87@gmail.com.

2 Supervisor: Candidate of Historical Sciences, Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan.

Критерии оценки базовых компетенциий современного учителя

АННОТАЦИЯ_

В статье автор раскрывает сущность основных компетенций современных студентов. Он также показал, как оценивать базовые компетенции с точки зрения истории и проанализировал этот процесс на примерах. Педагог предлагает ряд критериев оценки в зависимости от типа и направления оценки базовых компетенций. Демонстрирует методы оценки основных компетенций в соответствии с показателями компетенционного образования.

So'ngi yillarda yurtimizning barcha sohalaridagi kabi ta'lim-tarbiya sohasini ham tubdan isloh qilishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. XususanO'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sohasida kompetensiyaviy yondashuv-ning joriy qilinishi va unga asoslangan davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqilishi shular jumlasidandir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning "Yana bir muammoni hal etish o'ta muhim hisoblanadi: bu pedogoglar va professor-o'qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakillantirish jarayonlariga faol ko'mak beradigan muhitni yaratish zarur" [1] deb ayatgan fikrlari bugunda o'z tasdig'ini topmoqda. Endilikda zamonavi darslarini o'tishga va o'qituvchilariga qo'yiladigan talablar o'zgarmoqda.O'quvchilar olgan bilimlarini ularning kundalik hayotida duch kelishi mumkin bo'ldan vaziyatlarda qo'llay olishi kerak. Bu haqida fikr yuritish uchun ta'limda kompetensaviy yondashuvni metodologik asos sifatida tanlab olindi.

O'zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo'naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida o'qitiladigan umuta'lim fanlari mazmunining izchilligini ta'minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o'quv fani mazmunidan kelib chiqqanholda xususiy kompetensiyalar belgilab olindi.

Zamonaviy o'qituvchining tayanch kompetensiyalarga egaligini yoki uni ta'lim-tarbiya jarayoniga qanchalar tadbiq etayotganligini aniqlash bizga dars sifatini va samaradorligini oshirish uchun muximdir. Biz bunda o'qituvchining oqsayotgan jihatlarini ya'ni o'rganishimiz natijasida sust bo'gan tayanch kompetensiyarni aniqla Shu o'rinda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limga va uni baholash mezonlari bu -o'quvchilarda egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'limdir. Buni bartaraf etish uchun metodik yordam berishimiz zarurligini bildiradi. O'qituvchining tayanch kompetensiyalarga egaligini baholash odatta talim muassasi rahbariyati, metodistlariyoki boshqa pedagog tomonidan o'tkazilishi mumkin.

Bu mavzuni ochib berishda bir qancha o'zbek olimlar izlanishlar olib borishga, hususan "Malaka va kompetesiralarni baholash" Yusupova A.A. va Kamolova S.R. [2], "Pedagogik kompetentlik ta'im jarayoni muhim omili sifatida" Rahimov Zokir ilmiy maqolasi [3], "Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlarini joriy etish - zamonaviy ta'lim paradigmasi sifatida" Vaxobov M.M [4], Usarov Jabbor

Ключевые слова:

образование,

основы,

компетенции,

технологии,

оценка,

критерии,

компетенции,

анализ.

niiSfipnrp

Uli lv"'" Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 8 (2021) / ISSN 2181-1415

Eshbekovichning "Tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta'lim mazmunini takomillashtirish va o'quvchilar kompetentligini rivojlantirish (fizika fanini o'qitish misolida)" mavzusidagi dissertatsiyasi [5].

Mavzu yuzasidan Rossiya olimlari ko'plab tadqiqotlariham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan Э.Е. Феюшинап^ «Как пройдет оценка компетенций учителя» [6] Test usuli va kasbiy masalani echishda tashxis usuli orqali o'qituvchi kompetensiyani baholash usullarini ko'rsatadi. К.В. Семеноваesa o'zining «Программа оценки компетенций учителей: что это такое и сроки проведения» maqolasida o'qituvchi kometensiyasini aniqlashni uch bosqichga bo'ladi. Bunda tashhis ishi so'rovnoma va dars vidioyozuvini tahlil qilish orqaliy amalga oshirish usullarini ko'rsatadi [7].

Shu o'rinda kompetensiya va tayanch kompetensiya atamasga to'xtalib ketsak.

Kompetentsiya - bu (lotincha, "erishaman, to'g'rikelaman"ma'nolarini bildiradi) subyektning maqsadni qo'yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog'liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir.

Kompetentsiya - ma'lum bir sohada samarali ijodiy faoliyat uchun zarurbo'lgan o'quvchining avvaldan belgilangan ta'limiy tayyorgarligiga qo'yiladigan ijtimoiy talablar (me'yorlar)dan ham o'zib ketishidir [8].

Tayanch kompetensiyalarning dunyo bo'yicha yagona ro'yxati yo'q. Chunki har bir mamlakatning yoki regionning o'z an'analari, mentaliteti va o'ziga xos talablari bor. Kompetensiya - bu jamiyatning o'z fuqarolariga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasi bo'lib, ularning ro'yxati ma'lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo'lmaydi. Masalan Shveytsariyaning va Amerika Qo'shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta'lim statistikasi Milliy institutining "Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash" nomli loyihasida tayanch kompetensiyalarni qafiy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo'lmagan.

Inson o'z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh bo'lishi uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo'lishi lozim.

1. Kommunikativ kompetensiya;

2. Axborot bilan ishlash kompetensiya;

3. Shaxs sifatida o'zini-o'zi rivojlantirish kompetensiya;

4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya;

5. Umummadaniy kompetensiya;

6. Matematik savodxonlik, fan texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish kompetensiya.

O'qituvchining tayanch kompetensiyalarni baholashda mazkur kompetensiyaning

turi va yo'nalishiga qarab quyidagi baholash mezonlaridan foydalanish mumkin:

> Test usuli;

> Suhbat usuli;

> Mantiqiy topshiriqlar(kasbiy masala) usuli;

> Yozma nazorat usullari;

> Pedagogik dars kuzatuvi va tahlili.

Bundan tashqari o'qituvchini tayanch kompetensiyalarini ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llay olishida bilish, tushuntirish, qo'llay olish, analiz va sintez qilish, baholash va hulosa chiqarish kabi mezonlar muhim o'rin egallaydi.

Kompetensiyaviy ta'limda uning ko'rsatkichlariga mos ravishda tayanch kompetensiyalarini baholash usullarini quyagicha tanlashimiz mumkin:

№ Tayanch kompetensiyalar Baholashusullari

1. Kommunikativ kompetensiya; Suhbat usuli

2. Axborot bilan ishlash kompetensiya; Test usuli

3. Shaxs sifatida o'zini-o'zi rivojlantirish kompetensiya; Pedagogik kuzatuv, dars tahlili

4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya; Kasbiy masala (muammoliy vaziyat)

5. Umum madaniy kompetensiya; Yozma nazorat usuli

6. Matematik savodxonlik, fan texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish kompetensiya. Mantiqiy topshiriqlar test usuli.

O'qituvchini tayanch kompetensiyalarga egaligini tarix fani darsi misolida quyidagicha qiyosiy baxolashimiz mumkin. Bunda eng yuqori ballni 50 ball deb olsamiz: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi (dars tahlili usuli)

№ Ko'rsatkichlar Ball

1. Mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, electron pochta va boshq.) foydalana olish; 10 ball

2. Media vositalardan zarur bo'lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta'minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish; 10 ball

3. Kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to'ldirish. Mehmonxona ro'yxatida o'zi to'g'risidagi ma'lumotlarni qayd eta olishi va boshq.) 10 ball

4. Ma'lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish; 10 ball

5. Axborot xavsizligi qoidalarini bilishi va axborotni tahlil qila olishi. 10 ball

Masalan: 6-sinf Tarix darsida qadimgi Misr dini, Mesopotamiya sivilizatsiyalari, Hindiston sivilizatsiyalari, Xitoy sivilizatsiyalari, Zardushtiylik, Qadimgi Yunoniston madaniyati, 7-sinf Jahon tarixida VI-XI asrlarda yevropa xalqlari madaniyati, Islom dinining vujudga kelishi kabi mavzularni o'tishda o'qituvchi qay darajada mediya vositalaridan foydalanamoqda, mavzuga oid bugungi kudagi yangiliklar va axborotlarni qanday tahlil qilmoqda umuman axborot vositalari yordamida mavzuni bugungi kun bilan bog'lab o'tishi kabi jihatlarini inobatga olib baholaymiz.

1. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanishkompetensiyasi (mantiqiy topshiriq usuli)

№ Ko'rsatkichlar Ball

1. Aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iktisodiy rejalarini tuza olish; 10 ball

2. Shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda xisob-kitob bilan ish yuritish; 10 ball

3. Kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o'qiy olish va foydalanish; 10 ball

4. Inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan vatexnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalana olish. 10 ball

5. Statistik malumotlarni tahlil qila olish 10 ball

Masalan: 5-sinf "Tarixdan hikoyalar" o'quv dasturidagi "Tarixda yil hisibi", "Xronologiya" "Dunyo xaritalari tarixi" mavzularini o'tishda, o'qituvchi milodiy va hijriy yilga aylantirishni o'ragatishi, kolendarlardagi tafovudlarni matematik yol bilan hisoblay bilishi, xartadan biror davlatni joylashgan o'rni yoki boshqa davat bilan orasidagi masofani aniqlay olishi, o'zbekiston tarixida biror tarixiy jarayon bolayotgan davrdan 100 yil o'tib jaxon tarixida qanday voqeya sodir bo'lganliginini aniqlay olishiga ko'ra mantiqiy topshiriqlar orqaliy baholaymiz.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bu mavzuda o'z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Xususan, o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllanganlik darajasini belgilaydigan mezonlar ishlab chiqilishi zarur. Bu mezonlar o'quvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini ham hisobga olishi kerak.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Pedagog tomonidan tashkil qilinadigan dars ham tarkibiy jihatdan mukammal dars bo'lishi kerak. Buning uchun uning strukturasi va ekspertiza qilish mezonlari ishlab chiqilishi kerak.

Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish bilan birgalikda ta'lim muassasasida ilmiy-metodik, axborot bazasini shakllantirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, ishlab turgan pedagoglarimizda yangicha fikrlashni shakllantirish kerak.

O'qituvchilarni ta'limdagi kompetensiyaviy yondoshuv bilan tanishtirish;

Tayanch kompetensiyalarni shakllantirishni ta'minlaydigan texnologiyalarni egallash, o'qituvchilarni kompetensiyalarga yo'naltirilgan topshiriqlarni tuza olish va darsda hamda darsdan tashqari faoliyatda qo'llay olishga o'rgatish;

O'qituvchilarni berilgan topishiriqlarni o'quvchilar tomonidan qanday bajarilganligini analiz qilish va baholashga o'rgatish. Monitoring o'tkaza olish.

O'z pedagogik faoliyatiga korreksiyalar kirita olish bugungi ta'lim tizimida muxim axamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Sh.M. Mirziyoev "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik harbir rahbar faoliyatinig kundalik qoidasi bo'lishi kerak" Toshkent, 2017-yil.

2. Yusupova A.A va Kamolova S.R "Malaka va kompetesiralarni baholash". Toshkent davlat Sarqshunoslik istiuti 2012. / o'quv-qo'llanma.

3. Rahimov Zokir "Pedagogik kompetentlik ta'im jarayoni muhim omili sifatida" ilmiy maqolasi «Науки об образовании» CC BY 1025128.

4. Vaxobov M.M. "Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlarini joriy etish - zamonaviy ta'lim paradigmasi sifatida". Tekst nauchnoy stati po spetsialnosti «Nauki ob obrazovanii» CC BY 2501336.

5. Usarov J.E. "Tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta'lim mazmunini takomillashtirish va o'quvchilar kompetentligini rivojlantirish (fizika fanini o'qitish misolida)" mavzusidagi dissertatsiyasi https: //uza.uz/uz/posts/usarov-zhabbor-eshbekovichning-talim-va-tarbiya-azariyasi-v-28-11-2019.

6. Э.Е. Феюшина «Как пройдет оценка компетенций учителя» https://pedsovet.org/ search/author/fedusina-elvira-evgenevna.

7. К.В. Семенова "Программа оценки компетенций учителей: что это такое и сроки проведения" https://multiurok.ru/blog/proghramma-otsienki-kompietientsii-uchitieliei-chto-eto-takoie-i-sroki-proviedieniia.html.

8. Anapiyayev F. "Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat Ta'lim Standartlari" (ma'ruza). www.RTM.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.