INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
AMALIY MAZMUNDAGI MASALALAR YORDAMIDA TA'LIMDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISH METODIKASI
(5-6-SINF KURSI MISOLIDA) Tojinorova M.M.
TTYeSI assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7158398
Annotatsiya. Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar kompetentligini oshirish uchun ko'plab sayi-harakatlar olib borilmoqda. Bu borada darsliklarga ko'plab o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda ushbu maqolada 5-6-sinf maktab darsliklaridagi amaliy mazmundagi masalalar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetentlik, tasavvur, ta'lim tarbiya. МЕТОДОЛОГИЯ РЕАЛИЗАЦИИ КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПОДХОДА В ОБРАЗОВАНИИ С ПОМОЩЬЮ ЗАДАЧ ПРАКТИЧЕСКОГО СОДЕРЖАНИЯ (НА ПРИМЕРЕ КУРСА 5-6 КЛАССОВ)
Аннотация. Сегодня предпринимается много усилий для повышения компетентности учащихся общеобразовательных школ. В связи с этим планируется внести много изменений и дополнений в учебники. С этой целью в данной статье разработаны методические рекомендации по задачам практического содержания в учебниках для 5-6 классов школы.
Ключевые слова: компетенция, компетентность, воображение, образование.
METHODOLOGY FOR THE IMPLEMENTATION OF THE COMPETENCY-BASED APPROACH IN EDUCATION WITH THE HELP OF TASKS OF PRACTICAL
CONTENT
(ON THE EXAMPLE OF A COURSE OF 5-6 GRADES)
Abstract. Today, many efforts are being made to improve the competence of students in general education schools. In this regard, it is planned to make many changes and additions to the textbooks. To this end, in this article, methodological recommendations have been developed on the tasks ofpractical content in textbooks for grades 5-6 of the school.
Keywords: competence, competence, imagination, education.
KIRISH
Bugungi kunda ilm-fan va ishlab chiqarish sohalarining tez suratlarda jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Ta'lim-tarbiya jarayoniga umumta'lim fanlarini o'qitishning prinsipial yangi metodologiyasi sifatida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limni joriy etish umumdavlat hamda didaktik ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur jarayonda O'zbekiston Respublikasining birinchi prizedenti Islom Karimov takidlaganidek, "Uzluksiz ta'limni davlat ta'lim standartlari va tegishli dasturar bilan taminlashda, avvalo, ularning jahon talablari darajasida bo'lishiga, yuksak ma'naviyat zaminida qurilganiga asosiy etibor berish kerak". Albatta, eng avvalo, ta'lim-tarbiya jarayoning samaradorligi, bugungi kun talabi, jamiyat ehtiyoji, fan va texnikaning rivojlanish tendentsiyalari asosida ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlariga bog'liq.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE б UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2I8I-3337
XXI asrda dunyoning rivojlangan davlatlarida ta'lim mazmunini modernezatsiya qilishning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida ta'limda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish masalasiga asosiy e'tibor qaratildi. Chunki, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda egalagan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish layoqatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim hisoblanadi.
Mazkur masala bo'yicha Yevropa kengashi 1996 yilda "Yevropa uchun tayanch kompetensiyalar" mavzusidagi Simpozium tashkil etib unda Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarning uzluksiz ta'lim tizimi uchun daslabki tayanch kompetensiyalar belgilangan. Yevropa parlamenti amaliy tajriba va takliflar asosida 2006 yil I8 dekabrda Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarga uzluksiz ta'lim tizimi jarayonida shakllantirilishi lozim bo'lgan 8 ta tayanch kompetensiyalarni tavsiya qilgan. Dunyoning rivojlangan davlatlarining Davlat ta'lim standartlarigi tayanch kompetensiyalarning tahlili bugungi kunda mazkur masalaga qarash va yondashuvlar har mamlakatning ta'limdan ko'zlagan maqsadi, imkoniyati va shart-sharoitlaridan kelib chiqqanligini ko'rsatdi.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va texnologiyaning rivojlanishi, jamiyat ehtiyojlarining o'zgarib borishi dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta'lim paradigmalarini o'zgartirib , o'quv jarayonini nazariy bilimlar berishdan olingan bilimlarni amaliyotda qo'llay olish ko'nikmalarini rivojlantirishga qarab o'zgarmoqda. Mamlakatimizda ta'lim samaradorligini oshirish va shu orqali mehnat va xizmatlar bozoriga malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bugungi ta'lim tizimining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Zamonaviy texnalogiyalar kundan kunga yangilanib va murakablashib borayotgan hozirgi sharoitda: ular boshqaruvchisidan yetarli darajada nazariy va amaliy bilimlarni talab qilgan holda bu bilimlarni doimiy ravishda oshirib borishni talab etadi.
Bunday darajadagi mutaxassislarni tayyorlashda o'rta umumta'lim maktablarida o'quvchilar tomonidan har bir fan bo'yicha anglangan bilimlarga ega bo'lishni talab etadi. Bu muammoni hal etishning eng maqbul yo'li - o'rta umumta'lim maktablarida o'qitiladigan har bir fanni o'qitishda kompetensiysaviy yondashuvga erishish hisoblanadi. Bu biz tanlagan ilmiy maqolamizning dolzarbligini belgilaydi.
Chunki, o'rta umumiy ta'lim tizimida ,,Matematika'' fanini kompetensiyaviy yondashuv asosida o'qitishga erishish:
o'quvchilarda o'rganilayotganfanga bo'gan qiziqishlarini oshiradi.Bu esa o'z navbatida anglangan holda bilim olish imkoniyatlarini oshiradi;
egallagan bilimlarini kundalik amaliy faoliyatlarida qo'llay olish malakalari oshadi; o'z bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish ko'nikmalari rivojlanadi va h.k; Aksariyat o'quvchilar XXI asrda yashashga tayyor emaslar, yani zamonaviy jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan kompetensiyalariga to'laqonli ega emaslar;
Maktab ta'limi ko'p jihatdan bu kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilmagan. O'quvchilar egallagan bilim va ko'nikmalarni qayerda ishlatishni bilishmaydi; Hali ham ko'p maktablarda eskicha usulda ta'lim berilyapti. Aslida maktab o'quvchilarini "o'rganishga o'rgatish" lozim, yani mustaqil bilim olishga o'rgatishi kerak bo'ladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Darsliklar va undagi o'quv topshiriqlari mazmuni ham bunday topshiriqlarni bajarishga mo'ljallanmagan;
TADQIQOT NATIJALARI
Matematikadan o'quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda katta qiyinchiliklar vujudga kelmagan. Masalan, tayanch kompetensiyalardan biri "matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasi" fanga oid kompetensiyalar bilan uyg'undir. Matematika ko'proq hisob-kitoblar, mantiqiy fikrlashni talab qilganligidan kommunikativ kompetensiyaning yozma nutqni rivojlantirish qismiga ko'proq e'tibor berilgan.
Hozirgi yoshlarda egoizm, bir-birini tushunish, tanqidga chidamaslik xususiyatlari ko'proq bo'lib, kattalar va bolalar orasidagi o'zaro munosabatlarda salbiy rol o'ynaydi. Shunga ko'ra, juftlikda va guruhlarda ishlash, bahs- munozara o'tkazish, didaktik o'yinlar o'tkazish kabi usullardan foydalanib mashg'ulotlar tashkil etilgan. Ularda matematik atamalar tanlovi, savol- javoblar, aqliy hujum kabi metodlar qo'llanilib kommunikativ kompetensiyalar shakllantirilgan.
Matematik masalalar - o'quvchilarda mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishning eng asosiy vositasi hisoblanadi;
Odatiy (standar masala) matematik masala:
Har qanday matematik masala shart va xulosa qismlaridan tuziladi;
"Shart" qismida ma'lum kattaliklar beriladi va "xulosa" qismida esa "Nomalum" kattaliklarni toppish talab qilinadi.
"Nomalumlarni" topish uchun ma'lumlardanfoydalaniladi.
Standart masalaning xossalari quyidagilar:
Standart masala shartida berilgan "Ma'lumlar" "Nomalumlar"ni topish uchun ko'p ham bo'lmaydi, oz ham bo'lmaydi.
Darsda ko'pincha standart ko'rinishdagi masalalar yechiladi;
Standart masalalar darslikda ko'rilgan standart usullar bilan yechiladi.
Nostandart masalalar quyidagi xossalarga ega:
Nostandart masala shartida berilgan "Ma'lumlar" nostandart ko'rinishda berilishi mumkin.
"Ma'lumlar" "Noma'lumlar"ni topish uchun keragidan ortiq ham bo'lishi mumkin,shuningdek, yetarli bo'lmasligi ham mumkin.
Nostandart masalalarni yechishning standart usullari yo'q, har biri o'zgacha yondashuv talab qiladi.
Darsda nostandart ko'rinishdagi masalalar deyarli yechilmaydi.
Nostandart masalalarga PISA dasturidan namunalar:
1-masala.Antraktida masalasi. Quyida Antarktidaning xaritasi keltirilgan.
1-topshiriq. Xarita masshtabidan foydalanib, uning maydonini aniqlang.
2-topshiriq.
Hisoblang va javoblaringizni asoslang.(Masalani yechish jarayonida xaritaning o'zida chiziqlar chizishingiz mumkin.)
1-masalaning yechimi quyidagicha:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE б UIF-2G22: 8.2 | ISSN: 2I8I-3337
Yechish: Quyidagi doirani chizamiz. Massivning yuzasi taxminan shu doira yuziga teng.Shu bois mazkur doira yuzini hisoblaymiz. Chizg 'ich yordamida doiraning radiusiniini o'lchaymiz va uni masshtabga ko'paytirib r=400km ekanligini topamiz. Unda doira yuzi S = nr2 = 3.14 • 16 GGG GGG = I2 6GG GGG = I2.6 mln kv.km
1-masalaning yechimi quyidagicha:
Yechish: Quyidagi doirani chizamiz. Massivning yuzasi taxminan shu doira yuziga teng.Shu bois mazkur doira yuzini hisoblaymiz. Chizg'ich yordamida doiraning radiusiniini o'lchaymiz va uni masshtabga ko'paytirib r=400km ekanligini topamiz. Unda doira yuzi S = nr2 = 3.14 • 16 GGG GGG = I2 6GG GGG = I2.6 mln kv.km Javob: I2.6 mln kv.km
2-masala.Quyida O'zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni xaritasi keltirilgan.
1-topshiriq. Xarita masshtabidan foydalanib, uning maydonini aniqlang.
2-topshiriq.
Hisoblang va javoblaringizni asoslang. (Masalani yechish jarayonida xaritaning o'zida chiziqlar chizishingiz mumkin.) I : I73 GGG GGG GGG
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1-masalaning yechimi quyidagicha:
Yechish: Respublikamiz xaritasini chizg'ich yordamida uchburchak va to'g'ri to'rtburchaklarga bo'lamiz.. Bo'sh qolgan sohalarni esa alohida ajratib olamiz.CHizg'ich
yordamida hisoblanganda 2 ta to'rtburchakning yuzasi 24 va 3 sm ga, 1 ta uchburchakning
2 ..... .. 2 yuzasi esa 8 sm ga teng ekanligi kelib chiqadi. Bo'yalgan sohaning yuzasi esa 7.5 va 1.5sm ga
tengligi kelib chiqadi. xaritaning umumiy yuzasidan bo'yalgan sohaning yuzasi ayrilib
hisoblaganda O'zbekiston Respublikasining kichraygan tasvirining yuzasi taxminan 26 sm ga
tengligi va uni xarita masshtabiga ko'paytirilganida haqiqiy umumiy yer maydoni 449km ga
tengligi kelib chiqdi.
*
+ A tP^
MUHOKAMA
Bu turdagi amaliy masalalar yordamida o'quvchida yer maydonini yuzasini hisoblash orqali shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyai shakllanadi. Shuningdek, o'qib-o'rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta oladi. Bundan tashqari vatanimiz iftixori bo'lgan respublikamiz bayrog'ini ko'rib, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi ham shakllanadi. Jamiyatda bo'layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his eta oladi va ishtirok eta oladi; o'zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya'ni xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish).
O'quvchida masala ishlash mobaynida Respublikamiz bayrog'ini ko'rib vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo'ladi va bayroqdagi ranglar uyg'unligini va oy va yulduzlar tasviriga qarab ko'rib xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o'rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Eng asosiysi o'quvchida matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasi rivojlanadi. Ya'ni aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda rejalarini tuza oladi;
shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
kundalik faoliyatda turli formula, chizmalardan foydalana oladi;
inson mehnatini yengillashtiradigan , mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalana oladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'quvchilarda kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirish uchun yana quyidagicha tipdagi amaliy masalalardan foydalanish taklif etiladi. Aksariyat o'quvchilar XXI asrda yashashga tayyor emaslar, yani zamonaviy jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan kompetensiyalariga to'laqonli ega emaslar;
Maktab ta'limi ko'p jihatdan bu kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilmagan.
O'quvchilar egallagan bilim va ko'nikmalarni qayerda ishlatishni bilishmaydi;
Hali ham ko'p maktablarda eskicha usulda ta'lim berilyapti. Aslida maktab o'quvchilarini "o'rganishga o'rgatish" lozim, yani mustaqil bilim olishga o'rgatishi kerak bo'ladi.
Darsliklar va undagi o'quv topshiriqlari mazmuni ham bunday topshiriqlarni bajarishga mo'ljallanmagan;
Matematik masalalar - o'quvchilarda mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishning eng asosiy vositasi hisoblanadi;
Odatiy (standar masala) matematik masala:
Har qanday matematik masala shart va xulosa qismlaridan tuziladi;
"Shart" qismida ma'lum kattaliklar beriladi va "xulosa" qismida esa "Nomalum" kattaliklarni topish talab qilinadi.
"Nomalumlarni" topish uchun ma'lumlardanfoydalaniladi.
Standart masalaning xossalari quyidagilar:
Standart masala shartida berilgan "Ma'lumlar" "Nomalumlar"ni topish uchun ko'p ham bo'lmaydi, oz ham bo'lmaydi.
Darsda ko'pincha standart ko'rinishdagi masalalar yechiladi;
Standart masalalar darslikda ko'rilgan standart usullar bilan yechiladi.
Nostandart masalalar quyidagi xossalarga ega:
Nostandart masala shartida berilgan "Ma'lumlar" nostandart ko'rinishda berilishi mumkin.
"Ma'lumlar" "Noma'lumlar"ni topish uchun keragidan ortiq ham bo'lishi mumkin,shuningdek, yetarli bo'lmasligi ham mumkin.
Nostandart masalalarni yechishning standart usullari yo'q, har biri o'zgacha yondashuv talab qiladi.
Darsda nostandart ko'rinishdagi masalalar deyarli yechilmaydi.
Masalan. Hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida amalda bo'lgan 5-sinf matematika darsligiga quyidagicha o'zgartirishlar kiritish mumkin.Mazkur darslikning 211-betida "Foizga doir masalalar yechish" mavzusiga doir amaliy mazmundagi masalalar berilgan.
1111-Masala. Dalaning 1% iga no'xat ekildi. Agar 3,25ga yerga no'xat ekilgan bo'lsa, butun dalaning yuzini toping.
5-6-sinf o'quvchilariga amaliy mazmundagi masalalar yordamida ta'limda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirish uchun masalani quyidagicha tuzish mumkin.
1111a-Masala.Tasavvur qiling siz fermersiz.O'zingizga qarashli bo'lgan yer maydoning 97%iga bug'doy ekdingiz.Bo'sh qolgan yerdan unumli foydalanish va daromad qilish maqsadida no'xat, mosh va loviya dukkakli ekinlardan teng miqdorda ekdingiz.Hisoblab ko'rsangiz no'xat ekilgan maydonning yuzasi 3,25ga teng chiqdi.Qani aytingchi, siz jami necha gektar yerga ega fermersiz?
1112-Masala. Agar zalda hozir bo'lganlarning 1% i 7kishini tashkil qilsa, zalda necha kishi bor.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1112a-Masala.Tasavvur qiling maktabingiz faollar zalida "Yoshlar ittifoqi"ning bosh yetakchisi majlis o'tqazyapti. Faollar zali 650 kishiga mo'ljallangan va hozir unda 20 ta sinf qatnashyapti.Majlis so'ngida bosh yetakchi o'quvchilar orasidan 7 kishini yoshlar ittifoqi yetakchilarini ovoz berish yo'li orqali sayladi. Bu esa jami o'quvchilarning atigi 1%ini tashkil qiladi.Majlisda jami nechta o'quvchi ishtirok etdi.
1122-Masala. Agar eritmaning 60 g tuz va 140g suvdan tayyorlangan bo'lsa, eritmada necha % tuz bor.
1122a - Masala. Tasavvur qiling siz zargarsiz va yaqinlashayotgan 8- mart bayramiga onangiz uchun 20gmli oltin bilakuzuk yasamoqchisiz. Lekin sizda 6gm oltin bor, qolganiga kumush qo'shib tayyorladingiz. Aytingchi, tayyor bo'lgan bilakuzukingizni necha %i kumushdan iborat.
Bu kabi masalalarni ishlashda o'quvchilarda standart masalalarga nisbatan ko'proq matematikaga qiziqish uyg'onadi. Yangi DTSda keltirilgan 6 ta tayanch kompetensiyalarni rivojlanishiga turtki bo'ladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Zarur ma'lumotlami izlab topa olish saralash, ulardan samarali foydalana olish, layoqatlari orqali axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o'z-o'zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o'qib-o'rganish, kognitivlik ko'nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o'z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror o'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi qabul qiladi, matnning ichida kerakli malumotlarni izlab topa oladi, shuningdek uning tayanch kompetensiyalaridan biri bo'lgan axborot bilan ish kompetentligini rivojlantiradi. Bundan tashqari jamiyatda bo'layotgan jarayonlarga daxldorlikni his etish, o'zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabat-larida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo'lish orqali ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo'lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, madaniy qoidalarga va sog'lom turmush tarziga amal qilish milliy va umummadaniy kompetensiyasi, shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o'qiy olish, mehnat unumdorligini oshiradigan fan va texnika yangiliklaridan foydalanish orqali matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyalari rivojlanadi.
Zero yurtboshimiz Mirziyoyev SH.M takidlaganidek: "Biz asrlar mobaynida shakllangan milliy ananalarimizga, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosiga tayanamiz. Yoshlarimiz qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini kamol toptirish, ularni sog'lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ'ibot ishlarini kuchaytiramiz. Bu borada siyosatimizda yangi qabul qilingan " Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonun asosida qatiiy davom ettiriladi " XULOSA
Bugungi kunda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablarini amalga oshirish jarayonida mavjud bilimini hayotga tatbiq qila oladigan yoshlarni tayyorlash muhim muammo sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda. Shunday ekan, ushbu talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, madaniyatli, o'rgangan bilimini notanish hayotiy vaziyatlarda qo'llay oladigan yoshlarni yetishtirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida o'quvchilarga kompetensiyaviy yondoshilgan ta'lim va tarbiya jarayonlariga tatbiq etishda psixologiyaning o'z uslub va qoidalari yetarli bo'lmaganday. Shunga ko'ra yosh avlod ta'lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, yangicha o'qitish texnologiyalarini ta'lim oluvchi tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish hamda psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg'unlashtirishni taqozo etadi. Buning uchun 5-6-sinf o'quvchilarni kelajakka har tomonlama tayyorlash va kompetentligini rivojlantirish uchun amaliy mazmundagi masalar bilan ko'proq shug'ullanish, nafaqat darslikdagi masalalar balki, xalqaro olimpiada va tanlovlardan olingan topshiriqlar yordamida va bu ndan tashqari har bir o'quvchi uchun muammoli vaziyatlar yaratilib o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini oshirishirilishi talab qilinadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
1. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga ko'ramiz. Mazkur kitobdan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o'tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so'zlagan nutqlari o'rin olgan. /Sh.M.Mirziyoyev. - Toshkent: : "O'zbekiston", 2017. - 488 b (.pdf 214 Mb).66-bet
2. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining Davlat Ta'lim Standartlari
3. (Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori)
4. Anapiyayev.F.Kompetensiyaviy yondashuv:Muammo va yechimlar. - Т.: "Ma'rifat", 2016
5. Словарь иностранных слов. - М.: Русский язык. - 1988.
6. Karimov I.A.Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.:" Sharq ", 1998.63-bet
7. OECD Reviews of Evaluation and Assessment in Education "Synergies for Better Learning".OECD publishing, PARIS CEDEC.2013. 148-p.
8. Совет Европы: Симпозиум по теме <Ключевые компетенции для Европы>: Док. DECS / SC / Sec.(96) 43. Берн 1996
9. Haydarov.B.Q.Matematika 5-sinf uchun darslik.T.:2013