PIRLS XALQARO TADQIQOTIDA MATN USTIDA ISHLASH Fayzulloyeva Dilrabo Rahmonovna
Osiyo xalqaro universiteti boshlang'ich ta'lim 1-bosqich magistri, Buxoro shahar 29-IDUM
boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11084881 Annotatsiya. Ushbu tezisda boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi PIRLS xalqaro tadqiqotida qanday matnlar tanlab olinishi, matnlar uchun belgilangan mezonlar va matn xaritasi haqida fikr bildirilgan. Pirls xalqaro tadqiqoti (Progress in International Reading Literacy Study) dunyodagi o'qishni tushunish darajasi haqida ma'lumot olish uchun o'rganilgan bir tadqiqotdir. Bu tadqiqot dunyodagi o'qituvchilar, ota-onalar vapolikymakerlar uchun foydali ma'lumotlar taqdim etadi.
Kalit so'zlar: o'quvchi, ilm, o'qituvchi, vazifa, pirls, tushuncha, sinf, bola, baholash, tizim, xalqaro, ta'lim, boshlang'ich, bola.
Abstract. This thesis discusses the selection of texts, criteria for texts and text mapping in PIRLS, an international study that assesses the quality of reading and comprehension levels of primary school students. The Pearls International Study (Progress in International Reading Literacy Study) is a study conducted to obtain information about the level of reading comprehension in the world. This study provides useful information for teachers, parents and policymakers around the world. Keywords: student, science, teacher, task, pirls, concept, class, child, assessment, system, international, education, primary, child.
Аннотация. В данной диссертации обсуждаются отбор текстов, критерии отбора текстов и отображение текстов в PIRLS — международном исследовании, оценивающем качество чтения и уровень понимания учащихся начальной школы. Международное исследование Pearls (Прогресс в международном исследовании читательской грамотности) — это исследование, проводимое с целью получения информации об уровне понимания прочитанного в мире. Это исследование предоставляет полезную информацию для учителей, родителей и политиков во всем мире.
Ключевые слова: ученик, наука, учитель, задание, жемчуг, понятие, класс, ребенок, оценивание, система, международное, образование, начальное, ребенок
O'qish ustida ishlash mavzusida, o'qitish usullari, o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar va o'quvning samaradorligi kabi ko'plab ma'lumotlar olingan. Pirls aslida bu turli mamlakatlarda boshlang'ich sinfda tahsil oluvchi o'quvchi yoshlarning matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimi hisoblanadi. PIRLS xalqaro tadqiqotini ancha samarali ekanligini ko'rgan holda mamlakatimiz, bizning yurtimizga ham tadbiq etilishini quyidagicha jalb qiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'i Ulug'bek Tashkenbayev hamda Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA -International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o'rtasida O'zbekistonning PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etishi yuzasidan 25-yanvar kuniilk rasmiy uchrashuv tashkil qilindi va barchasi ushbu uchrashuvdan boshlandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro baholash tadqiqotlar, jumladan, OECD tashkiloti bilan PISA-2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish bo'yicha kelishuvga erishildi, hamda ushbu foydali bo'lgan hamkorlik ishi yurtimizning yosh avlodi uchun samarali ish bo'ldi.
Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi butun dunyo bo'ylab ta'limni baholash, tushunish va yaxshilash bo'yicha ish olib boradigan milliy tadqiqot institutlari, tadqiqot agentliklari, olimlar va tahlilchilarning xalqaro hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmog'ida 60 dan ziyod mamlakatlar hamda 100 dan ortiq ta'lim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958-yildan buyon IEA o'quvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda o'qish salohiyati bo'yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta'lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi.
PIRLSda o'qish savodxonligining asosi matnlar bilan to'liq ishlash uchun zarur bo'lgan o'qish qobiliyatlarini shakllantirish hisoblanadi. Bu o'quvchi tomonidan kerakli ma'lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma'lum qismi bo'yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir.
Endi esa biz PIRLS xalqaro tadqiqotining matn mezonlari bilan tanishib chiqamiz. PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan hisoblanadi, va ularni ko'rib chiqamiz:
1. Matn. Hajmi 1000 ta so'zgacha, o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400-500 ta so'z bo'lishi lozim.
2. Mavzu. Adabiy matnlar asosiy mavzuga ega bo'lib, u berilgan matndan tashqari o'quvchi tomonidan umumlashtiriladi. Axborotdan iborat bo'lgan matnlar o'quv materiallaridan olinmagan mavzuni yoritib berishi kerak.
3. Til. Qismlar 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi, shuning uchun tarjima qulay bo'lishi muhimdir. Metafora (taqqoslash) yoki epitet (sifatlash) kabi aniq ifodali tasvirlash so'zlari tanlanadi. Hech qanday so'zlashuvga oid leksika yoki sleng (jargon) ishlatilmaydi. Haddan ziyod ortiqcha texnik ifodalar olib tashlanadi.
4. Mazmuni. Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlanmoq kerak. Matn shu yoshdagi maktab o'quvchilari uchun qiziqarli va zavqli bo'lishi kerak. Yaxshi yozilgan va unchalik tanish bo'lmagan bo'lishi lozim.
5. Bog'liqlik va ketma-ketlik. Syujetning mantiqiy tuzilishiga rioya qilish muhimdir. Agar dialog ustunlik qilsa ma'lumotni birlashtirib, murakkab gaplarni qo'shish kerak. Axborotli matnda matnning strukturasi va ma'lumotning mantiqiy ketma-ketligini sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual elementlar bilan bog'liqligini kuzatish shartdir.
PIRLS xalqaro tadqiqotida quyidagicha matn turlaridan foydalanamiz:
-Adabiy tajribani oshirish maqsadida qisqa hikoyalar va badiiy asarlardan parchalar o'qish (she'rlar bo'lmasligi kerak);
-Ma'lumot olish va foydalanish maqsadida ma'lumot beruvchi qo'llanmalar, broshyuralar, tarjimayi hollar, jurnallar o'qish. Shu kabi matnlardan foydalanamiz.
Endi esa biz PIRLS xalqaro tadqiqotining matn xaritasi bilan tanishib chiqamiz. PIRLS tadqiqotida matn xaritasi mavjud bo'lib, u matnning dolzarbligini aniqlashga yordam beradi, masalan: u matnning yetarlicha mazmunli va tushunarliligini aniqlaydi. Matndagi muhim g'oyalarni va ularning o'zaro munosabatlarini ko'rsatadi. Asosiy g'oyalar, ularning munosabatlarini va matnni yaratish bo'yicha vazifalarni ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratadi. PIRLSning matn xaritasi quyidagilardan tarkib topadi, va ularni batafsil to'xtalib o'tamiz:
Adabiy xarita-badiiy asarlarning strukturasini belgilaydi.
Janr-masalan: ertak, realistik adabiyot, fantastika shular jumlasidandir.
Mavzular, syujet, vaziyat, qahramonlar, mualliflik mahorati.
Axborot xaritasi-syujetsiz matnlardagi ma'lumotlarni qayd qiladi.
Turlar-masalan:ekspozitsiya, dalil, jarayon va x.k.
Asosiy g'oyalar, asosiy g'oyalarning isboti, tashkiliy shakllar, mualliflik mahorati.
Adabiy xarita. O'qish savodxonligini tekshirish bo'yicha vazifalar adabiy xarita yordamida beriladi. Bunday vazifalar quyidagi qadamlarda belgilanadi:
1-qadam. Matn haqidagi asosiy ma'lumotni sanab berish (sarlavha, so'zlar soni, o'qish darajasi va janri) shular jumlasidandir.
2-qadam. Matnning mavzusini aniqlashva tasvirlab berishdan iborat hisoblanadi.
3-qadam. Vaziyatni aniqlash hamda ta'riflab berish, asosiy qahramonlarni sanash, ularning ismini, fazilatlarini va vazifalarini yoritish, bu orqali o'quvchilarni fikrlashga o'rgatishdan iborat.
4-qadam. Asosiy syujet elementlarini aniqlash, bundan tashqari muammo va ziddiyatlarni yechimini topish orqali o'quvchilarni mustaqillik so'zlashga o'rgatilinadi.
5-qadam. Asosiy voqealarni va epizodlarni sanab berishda esa o'quvchilari e'tiborli bo'lishga o'rgatadi.
6-qadam. Yozuvchi tomonidan qo'llanilgan tayanch iboralar va lug'atni, adabiy uslublarni aniqlash va sanab berishga nisbatan ko'nikmalarini shakllantiradi.
PIRLS tadqiqotida belgilangan mahorat tavsiflaridan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar matnni nafaqat tushunishadi balki, matnda berilgan ma'lumotlarni tushuna olish va ularga o'zining shaxsiy munosabatini bildira olish ko'nikmasi, olgan ma'lumotlaridan hayoti davomida to'g'ri foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati ham shakllanib, rivojlanib boradi.
PIRLSni o'rganish maqsadidunyoning turli mamlakatlaridan kelgan to'rtinchi sinf o'quvchilari tomonidan matnni tushunish darajasini taqqoslash, shuningdek, milliy ta'lim tizimlarida o'qish savodxonligi o'rtasidagi tafovutlarni aniqlashdan iboratdir. Tadqiqotning xalqaro lug'atiga ko'ra, o'quvchi savodxonligi -bu insonning hayotda o'zini to'liq namoyon qilishi va o'z maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lgan turli yozma tillarni tushunishi va mantiqiy ravishda anglash qobiliyatidi hisoblanadi. Hamda o'quvchining savodxonligi yuqori o'rinlarga qo'yiladi.
Ushbu PIRLS tadqiqotining obyekti boshlang'ich maktab bitiruvchilarining o'quv yutuqlari hisoblanadi, chunki bu to'rtinchi o'quv yilida o'qitish bo'yicha barcha bilim va ko'nikmalarni to'playdi. Shu yoshda, o'quvchilar o'qishni yaxshi o'zlashtirishi kerak, shunda ular asosiy maktabda o'qishni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun tarkibiy va formatdagi turli xil matnlardan foydalanadilar. PIRLS Xalqaro markazning rejasiga muvofiq o'tkaziladi. Katta hududga ega davlatlar ma'muriy bo'linishga mos keladigan qatlamlarga bo'lingan. Qatlamlarni tanlab olish uchun har bir mintaqada o'rganilgan aholi sonidagi o'quvchilar soni to'g'risida ma'lumotlar to'planadi. Barcha mamlakatlarda maktablarni tanlab, parallel ravishda o'quvchilar sonini hisobga olgan holda ehtimoliy usul bilan amalga oshiriladi.
O'qish savodxonligining asosi matnlar bilan to'liq ishlash uchun zarur bo'lgan o'qish qobiliyatlarini shakllantirishdir.Bu o'quvchi tomonidan kerakli ma'lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma'lum qismi bo'yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir. Xalqaro PIRLS tadqiqoti eng yaxshi o'quv dasturlari va yosh o'quvchilarning o'qish qobiliyatlarini
rivojlantirish tajribasi haqida noyob axborot materiallarini taqdim etadi. PIRLSga qatnashish O'zbekistonga boshlang'ich sinf o'quvchilari orasida o'qish qobiliyatlari darajasini mustaqil ravishda obyektiv baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, O'zbekiston ta'limining ochiqligi va integratsiyalashuvi dunyoning yetakchi ta'lim tizimlarining xalqaro hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'minlaydi. Xalqaro PIRLS tadqiqoti eng yaxshi o'quv dasturlari va yosh o'quvchilarning o'qish qobiliyatlarini rivojlantirish tajribasi haqida noyob axborot materiallarini taqdim etadi. PIRLSga qatnashish O'zbekistonga boshlang'ich sinf o'quvchilari orasida o'qish qobiliyatlari darajasini mustaqil ravishda obyektiv baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, O'zbekiston ta'limining ochiqligi va dunyoning yetakchi ta'lim tizimlarining xalqaro hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'minlaydi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta"limi tizimida ta"lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 997-sonli qarori.
2. Ta'limni rivojlantirish strategiyasi instituti va Rossiya ta'lim akademiyasi. PIRLS tadqiqoti haqida asosiy ma'lumotlar. 2014 yil.
3. Islomova Z. 4-sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash bo„yicha o'tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlikko'rish uchun 7-mashq daftari.Toshkent. 2021.
4. Rabbonayeva D. PIRLS tadqiqoti uchun topshiriqlar tayyorlash va ular ustida ishlash texnologiyasi.O'quv-uslubiy qo'llanma -Samarqand XTXQTMOHM, 2020.
5. D.T. Rabbonayeva PIRLS tadqiqoti uchun topshiriqlar tayyorlash va ular ustida ishlash texnologiyasi. Uslubiy qo'llanma