Научная статья на тему 'PIRAKANTA BUTASINI VEGETATIV KO’PAYTIRISHDA QALAMCHA UZUNLIGINING O`SISH KO`RSATKICHLARIGA TA’SIRI'

PIRAKANTA BUTASINI VEGETATIV KO’PAYTIRISHDA QALAMCHA UZUNLIGINING O`SISH KO`RSATKICHLARIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
14
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pirakanta / qalamcha / nazorat / stimulyator / lignogumat / suprild.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xalilova Kamola Abulxodi Qizi

Olib borilgan ushbu ilmiy ishda pirakanta butasini vegetativ ko’paytirishda qalamcha uzunligining o`sish ko`rsatkichlariga ta’siri o’rganilgan. Buning uchun qalamchalarni tayyorlashning maqbul muddatlari va vaqti aniqlandi. Tajribalar 4 ta variantda qo’yildi. Nazorat variantida ildiz olish 39,76 % bo’lgan bo’lsa, Suprild stimulyatorida qalamchalar ildiz olishi 33,89 % ni, Lignogumatda 38,42 % ni qayd etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PIRAKANTA BUTASINI VEGETATIV KO’PAYTIRISHDA QALAMCHA UZUNLIGINING O`SISH KO`RSATKICHLARIGA TA’SIRI»

PIRAKANTA BUTASINI VEGETATIV KO'PAYTIRISHDA QALAMCHA UZUNLIGINING OSISH KORSATKICHLARIGA TA'SIRI Xalilova Kamola Abulxodi qizi

Toshkent davlat agrar universiteti kamola.khalilova@mail.ru. +99897 146 41 51 https://doi.org/10.5281/zenodo.10078715

Annotatsiya. Olib borilgan ushbu ilmiy ishda pirakanta butasini vegetativ ko'paytirishda qalamcha uzunligining o'sish ko rsatkichlariga ta 'siri o'rganilgan. Buning uchun qalamchalarni tayyorlashning maqbul muddatlari va vaqti aniqlandi. Tajribalar 4 ta variantda qo'yildi. Nazorat variantida ildiz olish 39,76 % bo'lgan bo'lsa, Suprild stimulyatorida qalamchalar ildiz olishi 33,89 % ni, Lignogumatda 38,42 % ni qayd etgan.

Kalit so'zlar: pirakanta, qalamcha, nazorat, stimulyator, lignogumat, suprild.

Аннотация. В данной научной работе изучено влияние длины черенков на показатели роста при вегетативном размножении куста пираканты. Для этого определены оптимальные сроки и время подготовки черенков. Эксперименты проводились в 4 вариантах. Укореняемость составила в контроле 39,76%, в стимуляторе Суприльд -33,89%, в Лигногумате - 38,42%.

Ключевые слова: пираканта, черенок, контроль, стимулятор, лигногумат, суприлд.

Abstract. In this scientific work, the effect of the length of cuttings on growth performance during vegetative propagation of the pyracantha bush was studied. For this purpose, the optimal timing and time for preparing cuttings have been determined. The experiments were carried out in 4 variants. Rooting rate was 39.76% in the control, 33.89% in the Suprild stimulator, and 38.42% in Lignohumate.

Keywords: firethorn, cuttings, control, stimulant, lignohumate, suprid.

Kirish. Uzoq yillardan beri o'rmon o'simliklarini vegetativ ko'paytirishning eng maqbul usuli bu qalamchalar orqali yetishtirish hisoblanib kelinadi.

Darxaqiqat, ko'pgina daraxt va butalar uchun bahorgi qalamchalar vegetativ ko'paytirish eng samarali usullaridan biridir. Poya ildizlari bilan ko'paytirishdagi asosiy qiyinchilik ona o'simlikdan ajratilgan qalamchaning ildiz otib, yangi o'simlikka aylanmaguncha hayotiyligini saqlab qolishdir. Shuning uchun xam qalamchalarning ildiz otishi turlarga, vaqtga, ildiz otish usullari va shartlariga bog'liq.

Qizil pirakantani qalamchalarini ildiz oldirish bo'yicha Qirg'iziston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasiga qarashli E. Garyeva nomidagi botanika bog'ida ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan bo'lib, unda ildiz oldirish uchun Suprild va Lignogumat stimulyatorlaridan foydalanilgan. Tajriba natijasi shuni ko'rsatadiki, nazorat variantida ildiz olish 39,76 % bo'lgan bo'lsa, Suprild stimulyatorida qalamchalar ildiz olishi 33,89 % ni, Lignogumatda 38,42 % ni qayd etgan [1].

Saratov milliy universitetining N.G. Chernishevskiy nomidagi botanika bog'ida Ra'noguldoshlar oilasiga mansub bir nechta turlar, shu jumladan qizil pirakanta butasining ham qalamchalaridan ko'paytirish ustida 2002-2004-yillarda ilmiy ish qilingan. Ekish materiali sifatida yarim yog'ochlashgan, 2-4 ta kurtakka ega bo'lgan, bir yillik novda qalamchalari olingan. Transpiratsiya jarayonini sekinlashtirish uchun barglarning 2/3 qismi qisqartirilgan. Qalamchalar 1,5-2,0 sm chuqurlikda, sovuq plyonka parniklarga suqib chiqilgan. Ildiz oldirish jarayoni shu xolatda amalga oshirilgan va doimiy ravishda 80-100 % namlik saqlab turilgan. Xavo haroratiga

mos ravishda parnik harorati ham o'zgartirib turilgan. Olingan natijalarga ko'ra, qizil pirakanta qalamchalarida ekish muddati yoki qalamchani tayyorlash muddatidan qat'iy nazar doimiy ravishda yuqori ildiz olishi (95-99%) qayd etilgan. Ildiz olish muddati 12-19 kun [2,3].

Dudnukov "Размножение древесно-кустарниковых растений стеблевыми черенками" mavzusida amalga oshirgan ilmiy izlanishlarining natijasiga muvofiq, ekish uchun qalamchalar tayyorlanadigan novdalar 5 guruhga ajratiladi:

1. Yashil, faol o'sish xolatidagi qalamchalar - ular ilk bahorgi yashil novdalardan kesiladi.

2. Yashil qalamchalar - novdaning bargli kurtaklari bor tepa qismidan foydalanib, yozning boshidan o'rtalariga qadar kesiladi.

3. Yarim yog'ochlashgan qalamchalar - yoz oxirida kesiladi.

4. Doim yashil turdagi o'simliklardan yog'ochlashgan qalamchalar odatda qishda kesib tayyorlanadi.

5. Yaproq bargli o'simliklarning yog'ochlashgan qalamchalari - barglari to'kilib, tinim davriga o'tgan tayyorlanadi [4].

Tadqiqot uslubi. Biz Pirakanta butalarini tadqiqotimiz uchun qalamchalar tayyorlashda erta tongda buta tanasi qizimasdan, o'simlikning barcha to'qimalari namlik bilan to'yingan paytda kesib oldik. Kesish oldindan o'tkirlangan va spirtli eritma bilan ishlov berilgan payvandlash pichog'i bilan amalga oshirildi. Qalamchalarning ildiz otish samaradorligi ko'p jihatdan kesilgan to'qimalarda namlikning saqlanishiga bog'liq. Shu sababli qalamcha pastki kesma so'rish yuzasini oshirish uchun qiya qilib, uchki qismi esa tekis qilib tayyorlandi. Qalamchalar bilan ishlashning barcha bosqichlarida, ularni qurishiga yo'l qo'ymaslik va qalamchadagi ko'rinmas mikroblarni o'ldirish maqsadida ekish materiallari darhol soya joyda Kaliy permanganatning 5 %lik eritmasi bilan ishlov berilgan suvga 12 soat davomida bo'ktirib qo'yildi.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Pirakanta butasining qalamchalarini uzunlik bo'yicha qo'yilgan tadqiqotimizda qalamchalar 12 sm dan 21 sm gacha tayyorlab olindi. Qalamchalar butaning bir yillik jadal o'sgan qismidan tayyorlandi. Bunda olingan qalamchalar kurtaklar oralig'i o'rtacha 6-7 sm bo'lib, variantlar orasidagi farq xam shunga bog'liq xolda bo'ldi. Tadqiqotda 1-variant nazorat (12 sm) sifatida olindi, bunda 2-variant (15-sm) da nazoratga nisbatan uzunligi 3 barobar, diametri bo'yicha 0,5 barobarga yetdi. 3-variant (18 sm) bo'yicha natijalar yuqori bo'lib, uzunligi deyarli 9 barobargacha, diametri 2 barobardan ko'p bo'ldi. 4-variant (21 sm) uzunlikda tayyorlandi va 8 barobarga, diametri 2 barobarga yaqinroq bo'lgan natijalar kuzatildi.

1-jadval Pirakanta butasini yetishtirishda qalamchalarning uzunligiga bog'liqligini aniqlashning yillik bo'yiga o'sish ko'rsatkichlari

№ Variantlar O'rtacha Statistik Nazoratga NSR 0.5

ko'rsatkich, ko'rsatkichlar nisbatan, %

sm S V p

2019 yil

1. 1-variant nazorat (12 sm) 3,93±0,26 1,4 35,9 6,6 100,0 0,13

2. 2-variant (15-sm) 12,97±0,06 0,3 2,5 0,5 329,9 0,10

3. 3-variant (18 sm) 35,25±0,18 1,1 3,2 0,5 896,7 0,07

4. 4-variant (21 sm) 32,43±0,34 2,1 6,6 1,0 824,8 0,12

2020 yil

1. 1-variant nazorat (12 sm) 3,88±0,29 1,8 47,5 7,5 100,0 0,15

2. 2-variant (15-sm) 13,03±0,22 1,4 10,8 1,7 336,1 0,13

3. 3-variant (18 sm) 36,25±0,21 1,4 3,7 0,6 935,5 0,13

4. 4-variant (21 sm) 33,45±0,26 1,6 4,8 0,8 863,2 0,14

2021 yil

1. 1-variant nazorat (12 sm) 4,03±0,25 1,6 40,0 6,3 100,0 0,13

2. 2-variant (15-mm) 13,10±0,21 1,3 10,1 1,6 325,5 0,12

3. 3-variant (18 mm) 36,60±0,22 1,4 3,9 0,6 909,3 0,12

4. 4-variant (21 mm) 33,18±0,26 1,6 4,9 0,8 824,2 0,13

2-jadval Pirakanta butasini yetishtirishda qalamchalarning uzunligiga bog'liqligini aniqlashning yillik diametr o'sish ko'rsatkichlari

№ Variantlar O'rtacha ko'rsatkich, sm Statistik ko'rsatkichlar Nazoratga nisbatan, % NSR 0.5

S V p

2019 yil

1. 1-variant nazorat (12 sm) 2,62±0,17 0,9 35,4 6,5 100,0 0,12

2. 2-variant (15-sm) 4,23±0,08 0,4 10,2 1,9 161,5 0,09

3. 3-variant (18 sm) 6,13±0,16 1,0 16,2 2,6 233,7 0,12

4. 4-variant (21 sm) 4,78±0,12 0,7 15,4 2,4 182,2 0,12

2020 yil

1. 1-variant nazorat (12 sm) 2,43±0,19 1,2 48,4 7,7 100,0 0,09

2. 2-variant (15-sm) 4,00±0,13 0,8 21,2 3,3 164,9 0,08

3. 3-variant (18 sm) 5,80±0,22 1,4 23,8 3,8 239,2 0,10

4. 4-variant (21 sm) 3,55±0,15 1,0 27,0 4,3 146,4 0,09

2021 yil

1. 1-variant nazorat (12 sm) 2,55±0,16 1,0 39,7 6,3 100,0 0,08

2. 2-variant (15-mm) 4,55±0,11 0,7 14,9 2,4 178,4 0,07

3. 3-variant (18 mm) 6,38±0,18 1,1 17,6 2,8 250,0 0,09

4. 4-variant (21 mm) 4,75±0,12 0,7 15,6 2,5 186,3 0,07

1-rasm. Pirakanta butasini yetishtirishda qalamchalarning uzunligiga bog'liqligini aniqlashning o'rtacha ko'p yillik bo'yiga o'sish ko'rsatkichlari

2-rasm. Pirakanta butasini yetishtirishda qalamchalarning uzunligiga bog'liqligini aniqlashning o'rtacha ko'p yillik diametir o'sish ko'rsatkichlari

Tadqiqotning o'rtacha ko'p yillik natijalariga ko'ra, 1- nazorat varianti (12 sm) da uzunligi bo'yicha 3,94 sm.ni, diametri 2.53 mm.ni 2- variant (15 sm) da uzunligi 13,03 sm.ni, diametri 4.26 mm.ni tashkil etdi. Tadqiqotning 3-variant (18 sm) da yuqori natijani ya'ni, uzunligi 36,03 sm,ga diametri esa 6.10 mm.ga o'sganligi kuzatildi. 4-variant (21 sm) bo'yicha olingan natijalar bo'yiga 33,02 sm. diametri esa 4.36 mm.ga ega bo'ldi.

Xulosa. Ko'p yillik tadqiqot natijalariga ko'ra shuni xulosa qilib aytish mumkinki, Pirakanta butasini vegetativ ko'paytirish uchun qalamchalar bir yillik novdalarning jadal o'sgan qismidan, uzunligini o'rtacha 18 sm qilib kesib tayyorlash yaxshi natija beradi. Qalamchalarni kesish vaqtini e'tiborga olish kerak, buning uchun ertalab tanasi qizimasdan va kechki payt tanasi nisbatan sovuganda tayyorlansa tadqiqot to'g'ri amalga oshirilgan hisoblanadi. Ekishga tayyorlashda qalamcha pastki kesma so'rish yuzasini oshirish uchun qiya qilib, uchki qismi esa tekis kesilsa maqsadga muofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. Малосиева Г.В., Андрейченко Л.М. Результаты влияния некоторых стимуляторов на укоренение черенков древесных декоративных растений //Известия Национальной Академии наук Кыргызской Республики. - 2021. - №. S2. - С. 100-104.

2. Францева О. В., Арестова Е. А. Опыт вегетативного размножения некоторых видов растений семейства розоцветные //Бюллетень Ботанического сада Саратовского государственного университета. - 2007. - №. 6. - С. 95-98.

3. Барышникова С. В. и др. Опыт размножения некоторых декоративных деревьев и кустарников зелёными черенками //Бюллетень Ботанического сада Саратовского государственного университета. - 2003. - №. 2. - С. 138-143.

4. J. Jurayev, M. Kholmurotov, K. Khalilova and D. Berdibaeva (2023). Natural distribution of melliferous trees and shrubs in the Western Tien-Shan mountain ridge. Ann. Phytomed., 12(1):821-825. http://dx.doi.org/ 10.54085/ap.2023.12.1.31.

5. Жураев Ж.М., Холмуротов М.З., Халилова К.А. Раъногулдошлар оиласига мансуб дарахт ва бута турларини асалариларнинг бахорги ривожланишидаги ахамияти. "Узбекистон aграр фани хабарномаси" журнали. - Тошкент, 2021. - № 2 (86). - Б. 136139

6. Бердиев Э. Т., Холмуротов М. З. Вегетативное размножение калины обыкновенной (Viburnum opulus L.) в Ташкентском оазисе //Актуальные проблемы устойчивого развития лесного комплекса: Международная научнопрактическая конференция, посвященная. - 2018. - Т. 70. - С. 130-135.

7. http://www.zabsadchita.ru/rekomendacii/231-razmnozhenie-drevesno-kustarnikovykh-rastenij-steblevymi-cherenkami.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.