Научная статья на тему 'SITRUS MEVALI O‘SIMLIKLAR KO‘CHATINI QALAMCHALARIDAN KO‘PAYTIRISHDA NOVDALAR YOSHINI ILDIZ OLISHIGA TA’SIRI'

SITRUS MEVALI O‘SIMLIKLAR KO‘CHATINI QALAMCHALARIDAN KO‘PAYTIRISHDA NOVDALAR YOSHINI ILDIZ OLISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

390
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sitrus / limon / kumkuvat / mandarin / nav / yashil qalamcha / indolilmoy kislotasi / eritma / substrat / kallus / ildiz / rivojlanish / ko„chat. / citrus / lemon / kumquat / mandarin / cultivar / green pencil / indoleic acid / solution / substrate / callus / root / development / seedling.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Ixtiyor Choriyevich Namozov, Zuxra Rustamovna Jabbarova

Maqolada sitrus mevali o„simliklarni yashil va yarim yog„ochlangan qalamchalaridan ko„chatini etishtirish texnologiyasi bo„yicha ilmiy asoslangan ma‟lumotlar keltirilgan. Sitrus mevali o„simliklardan limonni yashil va yarim yog„ochlangan qalamchalarini ildiz otuvchanligiga qalamchalarni yoshi hamda o„sishni boshqaruvchi moddalarni ta‟siri ilmiy-tadqiqotlarda o„rganilganda limonning yashil va yarim yog„ochlangan qalamchalarini ildiz otuvchanligi 95-97% bo„lgan bo„lsa, kumkuvatda esa 30-33% bo„lganligi kuzatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents scientifically based information on the technology of growing seedlings of citrus fruits from green and semi-wood cuttings. When the effects of the age of the cuttings and growth regulators on the rooting of green and semi-wooden lemon cuttings from citrus fruit plants were studied in scientific research, the rooting of green and semi-wooded lemon cuttings was 9597%. It was observed that it was 30-33% in kumquat

Текст научной работы на тему «SITRUS MEVALI O‘SIMLIKLAR KO‘CHATINI QALAMCHALARIDAN KO‘PAYTIRISHDA NOVDALAR YOSHINI ILDIZ OLISHIGA TA’SIRI»

SITRUS MEVALI O'SIMLIKLAR KO'CHATINI QALAMCHALARIDAN KO'PAYTIRISHDA NOVDALAR YOSHINI ILDIZ OLISHIGA TA'SIRI

Ixtiyor Choriyevich Namozov

Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent ihtiyor_8226@mail.ru

Zuxra Rustamovna Jabbarova

Toshkent davlat agrar universiteti, magistr

ANNOTATSIYA

Maqolada sitrus mevali o'simliklarni yashil va yarim yog'ochlangan qalamchalaridan ko'chatini etishtirish texnologiyasi bo'yicha ilmiy asoslangan ma'lumotlar keltirilgan.

Sitrus mevali o'simliklardan limonni yashil va yarim yog'ochlangan qalamchalarini ildiz otuvchanligiga qalamchalarni yoshi hamda o'sishni boshqaruvchi moddalarni ta'siri ilmiy-tadqiqotlarda o'rganilganda limonning yashil va yarim yog'ochlangan qalamchalarini ildiz otuvchanligi 95-97% bo'lgan bo'lsa, kumkuvatda esa 30-33% bo'lganligi kuzatildi.

Kalit so'zlar: sitrus, limon, kumkuvat, mandarin, nav, yashil qalamcha, indolilmoy kislotasi, eritma, substrat, kallus, ildiz, rivojlanish, ko'chat.

ABSTRACT

The article presents scientifically based information on the technology of growing seedlings of citrus fruits from green and semi-wood cuttings.

When the effects of the age of the cuttings and growth regulators on the rooting of green and semi-wooden lemon cuttings from citrus fruit plants were studied in scientific research, the rooting of green and semi-wooded lemon cuttings was 9597%. It was observed that it was 30-33% in kumquat.

Keywords: citrus, lemon, kumquat, mandarin, cultivar, green pencil, indoleic acid, solution, substrate, callus, root, development, seedling.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PQ-3586-sonli "O'zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga binoan sitrus o'simliklar maydonlarini yanada

January, 2023

469

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

kengaytirish, mavjud bog'larni rekonstruksiya qilish va samaradorligini oshirish yuzasidan tegishlicha chora-tadbirlar belgilab berilgan vazifalarni ilmiy jihatdan amalga oshirishga alohida e'tibor berilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dunyo bo'yicha sitrus mevali o'simliklari asosan vegetativ (qalamchalash) yo'li bilan ko'paytiriladi, Faxrutdinov N.Z. [5; 33-34 b.], Halma F.F. [6; 131-157 b.].

Vegetativ usul - ona o'simlikni samatik biror qismidan olingan bo'lagidan ona o'simlikni xuddi o'zini qaytadan tiklashga aytiladi. Bunda yetishtirilgan ko'chat o'zida ona o'simlikni barcha biologik xususiyatlarini to'liq saqlab qoladi [4; 1 E3S Web of Conferences 284, 03022 (2021)], [7; 1214-1220].

Sitrus o'simliklarining barcha turlari xam vegetativ usulda ko'paytirishga moslasha olmaydi. MDH davlatlarida ayrim sitrus o'simliklari turlari (apel'sin, mandarin, greypfrut) payvandlash yo'li bilan ko'paytiriladi. Ularga asosiy payvantag sifatida - trifoliatani (ponsirius trifoliata) qo'llash yaxshi natija beradi. Trifoliataning ildizlari sho'r, nordon va barcha boshqa turdagi tuproqlarda yaxshi o'sadi. Shuningdek barcha sitrus turlari bilan yengil uyg'unlashadi. V.V.Voronsov, Uleyskaya L.I. [2; 20-31 b.]. V.V.Voronsov, U.G. SHteymanlarning [3; 20-31 b.] ma'lum qilishicha MDH mamlakatlarida trifoliataga ulab yetishtiriladigan barcha turdagi sitrus o'simliklari yaxshi o'sib mo'l xosil bermoqda.

Dunyo bo'yicha sitrus mevali o'simliklari asosan vegetativ (qalamchalash) yo'li bilan ko'paytiriladi, Faxrutdinov N.Z. [5; 33-34 b.], Halma F.F. [6; 131-157 b.].

Vegetativ usul - ona o'simlikni samatik biror qismidan olingan bo'lagidan ona o'simlikni xuddi o'zini qaytadan tiklashga aytiladi. Bunda yetishtirilgan ko'chat o'zida ona o'simlikni barcha biologik xususiyatlarini to'liq saqlab qoladi. V.A.Kolesnikov. [9; 170-190 b.].

Sitrus o'simliklarining barcha turlari xam vegetativ usulda ko'paytirishga moslasha olmaydi. MDH davlatlarida ayrim sitrus o'simliklari turlari (apel'sin, mandarin, greypfrut) payvandlash yo'li bilan ko'paytiriladi. Ularga asosiy payvantag sifatida - trifoliatani (ponsirius trifoliata) qo'llash yaxshi natija beradi. Trifoliataning ildizlari sho'r, nordon va barcha boshqa turdagi tuproqlarda yaxshi o'sadi. SHuningdek barcha sitrus turlari bilan yengil uyg'unlashadi. V.V.Voronsov, Uleyskaya L.I. [2; 20-31 b.].

V.V.Voronsov, U.G. Shteymanlarning [3; 20-31 b.] ma'lum qilishicha MDH mamlakatlarida trifoliataga ulab yetishtiriladigan barcha turdagi sitrus o'simliklari yaxshi o'sib mo'l xosil bermoqda.

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Asosiy dala tajribalari Toshkent davlat agrar universitetiga qarashli "Axborot-maslahat markazi" (Extension center) ning tajriba maydonida olib borildi.

Tajribalar X.Bo'riyev va boshqalarning «Mevali va rezavor mevali o'simliklar bilan tajribalar o'tkazishda hisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi», V.F.Moiseychenkoning «Metodika uchetov i nablyudeniy v opitax s plodovimi i yagodnimi kul'turami» nomli uslubiy ko'rsatmasi, talablari asosida bajarildi. Dala tajribalarida olingan natijalarning statistik tahlili «Excel 2010» va «Statistica 7.0 for Windows» kompyuter dasturi yordamida B.A. Dospexov uslubi bo'yicha hisoblangan. Olingan ma'lumotlarning iqtisodiy samaradorligini R.G. Borozdin, 1980 yil uslubi bilan aniqlanadi.

Tajriba har bir variant 4 marta takrorlandi. Har bir takrorlanishda 10 ta qalamcha bor. Har bir variant uchun 40 ta qalamcha olingan.

NATIJALAR

Sitrus o'simliklarining ko'chatlari odatda payvand qilish va bargli qalamchalarini ildiz ottirish yo'li bilan ko'paytiriladi. Birinchi usul uch yillik doirani o'z ichiga oladi va katta mehnat va moddiy xarajatlarni talab etadi. Ikkinchi usulda (issiqxonalarda qalamchalash) sitrus o'simliklarming standart ko'chatlarini 1-2 yilda olish mumkin. U birmuncha kamroq mehnattalab, ammo shunday miqdordagi moddiy xarajatlarni talab etadi. Bundan tashqari, qator sitrus o'simliklarini (apel'sin, mandarin, greypfrut) yashil qalamchalardan oddiy sharoitlarda ko'paytirib bo'lmaydi.

Ko'pgina olimlar sun'iy tuman hosil qiluvchi moslamalardan foydalangan holda, yog'ochli va butasimon o'simliklarning ko'chatlarini yetishtirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishgan. Ular tomonidan olib borilgan tadqiqot jarayonida quyidagi masalalar o'rganildi: yog'ochli va butasimon o'simliklarning ildiz hosil qiluvchanlik qobiliyati, mikroiqlim yaratish tartibi, ildiz otish muhiti, qalamalarni ekish muddatlari, eng yaxshi o'sishni boshqaruvchi moddalar va ularning konsentratsiyasi, ildiz otgan qalamchalarni qishlash sharoitlari va ularni ko'chatzorlarda o'stirish. O'zbekistonda ham olimlar mevali o'simliklarni yashil qalamchalardan ko'paytirish ustida tadqiqotlar olib borishgan.

Mevali, sitrus va boshqa o'simliklarning yashil qalamchalarida qo'shimcha ildizlarning hosil bo'lish jarayoni asosan qalamchalarning o'zida avvalroq to'plangan plastik moddalar hisobiga kechadi, bu moddalarning miqdori muayyan darajada qalamchaning uzunligiga bog'liq bo'ladi.

Sitrus ekinlarni quydagi har xil vegetativ usullar bilan ko'paytirish mumkin: yog'ochlashgan yoki yashil qalamchalarini

January, 2023

ildiz ottirish, kurtak yoki qalamcha payvand qilish, parxishlash va hokazo).

Yog'ochlashgan yoki yashil qalamchalarini ildiz ottirish sitrus o'simliklari orasida limonda eng yuqori natija beradi. Buning uchun uning o'tgan yilda shakllangan novdalaridan 3-4 ko'zga ega bo'lgan qalamchalar 8-10 sm uzunlikda tayyorlab olinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib yaxshi rivojlangan sitrus ko'chatlarini vegetativ yo'l bilan ko'paytirishda navdalarni yoshi muxim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Sun'iy tuman sharoitlarida ayrim murakkab ildiz oluvchi yangi sitrus o'simliklarining qalamchalarida ushbu mavzu xali o'rganilmagan. Shu maqsadlarda may oyining ikkinchi yarmida sitrus o'simliklari kolleksiya bog'idan bu yilgi yashil navdalar va oldingi yilgi yarim yog'ochlangan navdalar kesib olindi. Tajriba uchun limonni "Meyer", "Toshkent", "Yubileyniy", kumkuvatni "Margarita" va mandarinni "Unshiu" navlari tanlab olindi. Qalamchalar ekishdan oldin 12 soat davomida indolilmoy kislotasining 0,05% li eritmasi bilan ishlov berildi.

Qalamchalarda rizogenez fenofazalarini kechishi bo'yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi va quyidagi natijalarga erishildi. Fenologik kuzatuv natijalari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Sitrus o'simliklarining turli yoshdagi qalamchalarida rizogenez fenofazalarini kechishi

(o'rtacha 2020-2022 yillar)

Qalamchalarning ildiz olish fazalari, kun

Qalamchalar Kallus Novda-

Tur va nav hosil Ildiz hosil To'liq ildiz larni

bo'lishi olishi

bo'lishi o'sishi

Limon Meyer 14-15 19-20 23-24 23-24

Yarim Limon Toshkent 14-15 19-20 23-24 23-24

yog'ochlangan Limon Yubileyniy 14-15 19-20 23-24 23-24

qalamchalar Kumkuvat Margarita 16-17 30-31 38-39 39-40

Mandarin Unshiu 22-24 35-37 43-44 45-50

Limon Meyer 9-10 17-18 22-23 20-21

Limon Toshkent 9-10 17-18 22-23 21-22

Yashil Limon Yubileyniy 9-10 17-18 22-23 21-22

qalamchalar Kumkuvat Margarita 13-17 23-24 35-36 29-30

Mandarin Unshiu 22-24 30-35 42-44 45-50

Jadvaldan ko'rinib turibdiki sitrus o'simliklarini qalamchalardan ko'paytirishda navdalarning shu yilgi yashil xolatdagisidan foydalanish ulardan tayyorlangan qalamchalarning

January, 2023

4?2

ildiz olishi va rivojlanishiga sezilarlik darajada tasir ko'rsatadi. Limonning barcha navlarida yashil qalamchalarning rivojlanishi jadal kechishi kuzatildi. Sitrus o'simliklaridan apelsin va mandarin qalamchalari ikkala usulda ko'paytirilganda ham juda sust ildiz olish xususiyatini namoyon qildi. Sitrus o'simliklarining apelsin va mandarin kabi turlari qalamchalarining murakkab ildiz olishi ulardagi biologik jarayonlar bilan bog'liq bo'lishi mumkinligi ko'pgina tadqiqotchilar tomonidan kuzatilgan.

Turli yoshdagi ildiz olgan qalamchalarning ildiz qismini rivojlanishi jarayonini rivojlanishi ham kuzatildi.

2-jadval

Sitrus o'simliklarining turli yoshdagi qalamchalarida ildiz olish jarayonini kechishi

(o'rtacha 2020-2022 yillar)

Qalamchalarning ildiz olishi,% Ildiz olishi

Qalamchalar Tur va nav 2020 2021 2022 o'rtacha 3

yilda, %

Limon Meyer 98,0 90,0 95,0 94,3

Yarim Limon Toshkent 98,0 92,0 96,0 95,3

yog'ochlangan Limon Yubileyniy 96,0 90,0 90,0 92,0

qalamchalar Kumkuvat Margarita 40,0 23,0 27,0 30,0

Mandarin Unshiu 32,0 12,0 12,0 18,6

Limon Meyer 94,0 88,0 97,0 93,0

Yashil qalamchalar Limon Toshkent 99,0 90,0 98,0 95,6

Limon Yubileyniy Kumkuvat Margarita 96,0 42,0 86,0 20,0 90,0 37,0 90,6 33,0

Mandarin Unshiu 30,0 10,0 12,0 17,3

MOHOKAMA

Shunday qilib shuni takidlash kerakki sitrus o'simliklarini qalamchalardan ko'paytirishda navdalar qanchalik yosh bo'lsa, ularda ildiz olish va rivojlanish shunchalik tez amalga oshishi kuzatildi. Lekin qalamcha tayyorlashda navdalar o'tsimon xolatda bo'lmasligi hamda kurtaklar uyg'onishga tayyor ekanligini inobatga olish zarur.

Barcha sitrus o'simliklari yashil qalamchalari sun'iy tuman sharoitlarida xam bir xilda o'sish va rivojlanish namoyon etmasligini kuzatdik. Ularni biologik kelib chiqishi bo'yicha yengil, o'rtacha va murakkab ildiz oluvchi guruxlarga ajratish mumkinligi aniqlandi. Apelsin, mandarin va greypfrut qalamchalarining murakkab ildiz olishi ularning tarkibidagi qant moddasining nisbatan ko'pligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

January, 2023

473

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XULOSA

Sitrus mevali o'simliklarning yashil va yarim yog'ochlangan qalamchalarini ildiz otuvchanligi va ko'chatini rivojlanishiga qalamchalarni yoshi hamda o'sishni boshqaruvchi moddalarning ta'siri o'rganilganda limonning yashil va yarim yog'ochlangan qalamchalarini ildiz otuvchanligi 95-97% bo'lgan bo'lsa, kumkuvatda esa 30-33% bo'lganligi kuzatildi. Bundan ko'rinib turibdiki sitrus mevali o'simliklar ko'chatini yetishtirishda limonni yashil qalamchalaridan ko'paytirib ularga kumkuvatni payvand qilish yo'li bilan ko'chatini yetishtirish yuqori samara beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. PQ-4246-son "O'zbekiston Respublikasida bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" Prezident Qarori. - Toshkent, 2019 yil 20 mart.

2. Voronsov V.V.,Uleyskaya L.I. Limon i drugiye sitrusoviye rasteniya v dome.M.:Fiton,2008. S. 20-31.

3. Voronsov V.V., SHteyman U.G. Kul'tura sitrusovix. Vozdelivaniye subtropicheskix kul'tur. - M. Kolos. -1982. -s 115-129.

4. Normuratov Ilkhom, Namozov Ikhtiyor, and Dilnoza Ergasheva. E3S Web of Conferences 284, 03022 (2021).https://doi.org/10.1051/e3sconf/202128403022.

5. Faxrutdinov N.Z. Pri poluchenii sajensev limona. //"Sel'skoye xozyaystvo Uzbekistana". Tashkent, 1991. №10. S. 33-34.

6. Halma F.F. The propagation of citrus by cuttings, 1991, Hilgardia.p.131-157.

7. Khasanov Ozod Saidvalievich, Enileev Nazhdat Shavkatovich, Namozov Ikhtiyor Chorievich. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. https://saarj.com. DOI: 10.5958/2249-7137.2021.01543.3. Vol. 11, Issue 5, May 2021. 1214-1220 p.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.