Научная статья на тему 'OQ AKATSIYANING ILDIZ QALAMCHALARIDAN KO‘PAYTIRISH'

OQ AKATSIYANING ILDIZ QALAMCHALARIDAN KO‘PAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
65
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ildiz qalamcha / vegetativ / Oq akatsiya / Root energy / harorat / torf / qum / yog‘ochlashgan / yashil qalamcha

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Baratova M.B.

Maqolada Oq akatsiyani ildiz qalamchalaridan ko‘paytirishning maydonni to‘g‘ri tanlash, maqbul muddatlari va vegetativ o‘stirish uchun qalamchalar uzunligi hamda diametri muhumligi tadqiqot natijalarida keltirilgan. Bunga ko‘ra tashqaridagi haroratning 22 0C dan yuqori bo‘lgan vaqtda amalga oshirilganda yuqori natijalar kuzatilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OQ AKATSIYANING ILDIZ QALAMCHALARIDAN KO‘PAYTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

OQ AKATSIYANING ILDIZ QALAMCHALARIDAN KO'PAYTIRISH

Baratova M.B.

Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7999407

Annotatsiya. Maqolada Oq akatsiyani ildiz qalamchalaridan ko'paytirishning maydonni to'g'ri tanlash, maqbul muddatlari va vegetativ o'stirish uchun qalamchalar uzunligi hamda diametri muhumligi tadqiqot natijalarida keltirilgan. Bunga ko'ra tashqaridagi haroratning 22 0C dan yuqori bo'lgan vaqtda amalga oshirilganda yuqori natijalar kuzatilgan.

Kalit so'lar: ildiz qalamcha, vegetativ, Oq akatsiya, Root energy, harorat, torf, qum, yog'ochlashgan, yashil qalamcha.

O'rmonchilikda daraxt va butalarni vegetativ ko'paytirishda ko'pgina usullardan foydalanib kelinadi. Bulardan eng ko'p qo'laniladiganlari:

• yashil qalmchasidan;

• yog'ochlashgan qalamchasidan;

• parxish usuli bilan;

• ildiz qalamchasidandir.

Oq akatsiyani aynan ildizidan qalamcha olib ko'paytirish ekish o'rmonchilikda va ko'chat yetishtiruvchi mutahasislar uchun material sotib olish xarajatlaridan xalos qiladi. Agar yaqin atrofda akatsiya plantatsiyasi bo'lsa, unda ko'proq akatsiya ildiz qalamchalarini olish imkoniyati keng bo'ladi. Agar ular sug'oriladigan joyda bo'lsa yaxshi ildiz otadi va tez o'sadi. Chunki ildiz qalamchalarini olish uchun shunday maydon kerak va atigi ikki uch yilda tayyor ko'chatlarga ega bo'lish mumkin.

Yashil qalamchalardan ko'paytirish ko'proq mashhur bo'lsada biz tadqiqotimizda ildiz qalamchalaridan foydalandik. Ildiz shakllanishi jarayoni tez o'tishini ta'minlash uchun ekishdan oldin qalamchalr o'stiruvchi stimulyator bilan ushlab turildi

Tadqiqotda torf-qum aralashmasi bo'lgan idishlarda kesilgan ildiz qalamchalaridan vegetativ ko'paytirish uchun "ROOT ENERGE" ildiz oldiruvchi stimulyatoridan foydalanildi. Kurtaklar uyg'onib, tashqaridagi harorat 22 °C ga yetganda pilyonkalr olib tashlandi. Lekin yozgi yashil qalamchalardan ko'paytirilgan ayrim o'simliklar birinchi qishni yopiq sharoitda ushlab turish va bahorda ularni ko'chirish yaxshiroq natija beradi. Akatsiyani ildiz qalamchalaridan yetishtirishda esa bahorgi qalamchalardan olingan butalar kuzda ochiq yerga ekishga tayyor bo'ladi.

Odatda oq akatsiyani bahorda yoki avgust oyida xam ekish mumkin. Tadqiqotimizda 2021 yil bahorda ekilgan ildiz qalamchalarini har birining uzunligi 10 sm.dan 22 sm.gacha tayyorlab olindi. Bu may oyining o'rtalarida, sovuqlar o'tib, barqaror ijobiy harorat o'rnatilgandan keyin amalga oshiridi. Bunda yetuk daraxtdan yon ildizlari qazilib, yuqori qismini burchak ostida kesib olindi. Ildizning ingichka lateral ildizlarga ega bo'lganlari qoldirildi yoki olib tashlandi. Ildiz qalamchalari uchun diametri kamida 5 mm.dan 10 mm.gacha bo'lgan yaxshi rivojlangan yosh ildizlari tanlandi.

Qum va torf aralashmasi bilan yengil tuproqda qalamchalarni ildiz oldirish uchun to'rtta variantda amalga oshirildi.

Birinchi variant: Nazorat sifatida olinib, ildiz qalamchalarning uzunligi 10 sm, diametri 5

mm;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Ikkinchi variant: uzunligi 14 sm, diametri 7 mm; Uchunchi variant: uzunligi 18 sm, diametri 8 mm;

To'rtinchi variant: uzunligi 22 sm, diametri 10 mm. har bir variant uchun 60 donadan ildiz qalamchalar 3 ta takrorlanishda va yopiq ildiz tizimida amalga oshirildi.

Oq akatsiyada ildiz qalamchalaridan olingan yangi avlodining shakllanishiga yorug'lik intensivligi ham ta'sir qiladi. Shu maqsadda yorug'lik yaxshi xolatda tushishi ta'minlandi.

1-rasm. Oq akatsiyaning yopiq ildiz tizimida bir yillik ko'chati

Oq akatsiyaning 1 yillik ildiz qalamchalarining o'sish ko'rsatkichlari

1-jadval.

№ Variantlar 2021 yil iyun 2021 yil sentabr

H, sm D, mm H, sm D, mm

1 Nazorat- uzunligi 10 sm, diametri 5 mm 13±0,24 2±0,01 27±0,22 4±0,01

2 uzunligi 14 sm, diametri 7 mm 18±0,31 3±0,01 34±0,35 6±0,02

3 uzunligi 18 sm, diametri 8 mm 22±0,35 5±0,02 41±0,24 9±0,02

4 uzunligi 22 sm, diametri 10 mm 19±0,33 4±0,02 37±0,37 7±0,01

Oq akatsiya ildiz qalamchalari 2021 yil may oyining 10 sanasida tayyorla 3 ekib chiqildi.

Tadqiqotimizda 1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, nazorat sifatida olingan birinchi variantida ya'ni, uzunligi 10 sm, diametri 5 mm ildiz qalamchalarda 2021 yil iyun oyida olingan natijalar balandligi o'rtacha 13 sm, ildiz bo'g'izi diametri 2 mm.ni sentabr oyida olingan ma'lumotlarda esa o'rtacha balandligi 27 sm.ni, diametri 4 mm.ni tashkil etdi. Tadqiqotning ikkinchi uzunligi 14 sm, diametri 7 mm bo'lgan variantida iyun oyidagi ko'rsatkichlar uzunligi 18 sm, diametiri 3 mm.ni, sentabr oyidagi ko'rsatgichlar esa balandligi 34 sm.ni, diametiri 6 mm.ga yetdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Uchunchi ildiz qalamchalarning uzunligi 18 sm, diametri 8 mm bo'lgan variantda iyun oyidagi olingan ma'lumotlar balandligi 22 sm, diametiri 5 mm.ni, sentabr oyida olingan natijalr esa balandligi 22 sm.ni,diametiri 9 mm.ni tashkil etdi. Tadqiqotni so'nggi ildiz qalamchalarnining uzunligi 22 sm, diametri 10 mm 4 variantida bo'yicha olingan natijalar iyun oyida balandligi 19 sm, diametiri 4 mm, sentabr oyida balandligi 37 sm, diametiri 7 mm bo'ldi.

Oq akatsiyani ildiz qalamchalaridan o'stirishda bir yillik natijalarga ko'ra, tadqiqotning uchunchi ildiz qalamchalarning uzunligi 18 sm, diametri 8 mm bo'lgan variantida eng maqbul natijalar olindi.

Xulosa. Ildiz qalamchalarni odatda kech kuzda kesib sovuqdan himoyalangan joylarda saqlab ekish xam mumkin. Lekin Oq akatsiyani erta bahorda daraxtlar uyg'onib bo'lgandan keyin amalga oshirish yaxshi natija beradi. Ildiz qalamchalarni daraxt markazidan kamida 70 sm uzoqlikdagi ildizlaridan olinsa zarsiz bo'ladi. Ildiz qalamchalar olish uchun doimiy sug'oriladigan maydonlarda plantatsiyalar barpo etish maqsadga muvofiq. Chunki, bunday maydonlardan olingan ildiz qalamchalarda namlik bilan to'yingan bo'ladi va shu bilan bilan birga ko'karish qobiliyati yuqori bo'lishi kuzatiladi. Ildiz qalamchalarni olishda uzunligi va diametiriga alohida e'tibor qaratish lozim, bu vegetativ ko'paytirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. Бердиев Э. Т., Холмуротов М. З. Вегетативное размножение калины обыкновенной (Viburnum opulus L.) в Ташкентском оазисе //Актуальные проблемы устойчивого развития лесного комплекса: Международная научнопрактическая конференция, посвященная. - 2018. - Т. 70. - С. 130-135.

2. Бердиев Э., Эгамбердиев Ш. Бенжамин фикуси ва эластик фикус усимликларини вегетатив купайтириш //Журнал Агро Процессинг. - 2020. - Т. 2. - №. 4.

3. Жураев Ж. М., Холмуротов М. З., Халилова К. А. К. Биоморфологические свойства семян медоносной липы //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 7. - С. 32-36.

4. Норматов А. А., Эшанкулов Б. И., Холова Ш. А. Оценка результатов интродукции видов древесно-кустарниковых пород используемых в городе Учкудук //Труды по интродукции и акклиматизации растений. - 2021. - С. 185-189.

5. Холмуротов М. З., Бердиев Э. Т. Результаты семенного и вегетативного размножения калины обыкновенной (Vibiurnum opulus L.) в Ташкентском оазисе //инновационные подходы в использовании агробиоразнообразия в устойчивом развитии сельского хозяйства. - 2019. - С. 132-137.

6. Jumayev J. M., Kholmurodov M. Z., Khalilova K. A. Phenology and growth indicators of honey trees and bushes in Uzbekistan //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. -Т. 244. - С. 02050.

7. Jurayev J.M., Xalilova K. А., Baratova M.B. Oq akatsiya (Robinia pseudoacacia L) urug'ko'chatlarining o'sish ko'rsatkichlari //Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - С. 45-49.

8. Jurayev J.M., Xalilova K. А., Baratova M.B. Oq akatsiya (Robinia pseudoacacea L.) urug'larini unuvchanligini aniqlash //Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. -С. 76-79.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

9. Kazaz S., Kholmurotov M. Melezleme yoluyla gul islahi //Science and innovation. - 2022. -№. Special Issue. - C. 268-275.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.