Научная статья на тему 'TURLI MUDDATLARGA TAYYORLANGAN YOG‘OCHLASHGAN QALAMCHALARIDAN PLATANUS ORIENTALIS KО‘CHATLARINI YETISHTIRISH'

TURLI MUDDATLARGA TAYYORLANGAN YOG‘OCHLASHGAN QALAMCHALARIDAN PLATANUS ORIENTALIS KО‘CHATLARINI YETISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
12
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Platanus orientalis / yog‘ochlashgan qalamcha / ildiz olish / kо‘chat / kо‘chat balandligi / kо‘chat diametri.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xamroyev Xusen Fatullayevich, Musa Tо‘Rabek Norboy О‘G‘Li

Maqolada Platanus orientalis kо‘chatlarini yetishtirishda yog‘ochlashgan qalamchalardan foydalanishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari keltirib о‘tilgan. Jumladan, yog‘ochlashgan qalamchalarni kuzda va bahorda tayyorlash hamda ekishning samaradorligi tahlil etilgan. Tadqiqotlarda yog‘ochlashgan qalamchalarni kuzda tayyorlab, bahorda ekish orqali 88% qismini saqlab qolish yoki ildiz olishiga erishish mumkinligi, hamda ularning balandligi 144,3±3,2 sm, ildiz bо‘g‘zining diametri esa 14,6±0,23 mm ga teng bо‘lishi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURLI MUDDATLARGA TAYYORLANGAN YOG‘OCHLASHGAN QALAMCHALARIDAN PLATANUS ORIENTALIS KО‘CHATLARINI YETISHTIRISH»

TURLI MUDDATLARGA TAYYORLANGAN YOG'OCHLASHGAN QALAMCHALARIDAN PLATANUS ORIENTALIS KO'CHATLARINI YETISHTIRISH 1Xamroyev Xusen Fatullayevich 2Musa To'rabek Norboy o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent, O'zbekiston 2Toshkent davlat agrar universiteti,

magistranti, O'zbekiston. 1husenhamroyev@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10078854

Annotatsiy. Maqolada Platanus orientalis ko'chatlarini yetishtirishda yog'ochlashgan qalamchalardan foydalanishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari keltirib o'tilgan. Jumladan, yog'ochlashgan qalamchalarni kuzda va bahorda tayyorlash hamda ekishning samaradorligi tahlil etilgan. Tadqiqotlarda yog'ochlashgan qalamchalarni kuzda tayyorlab, bahorda ekish orqali 88% qismini saqlab qolish yoki ildiz olishiga erishish mumkinligi, hamda ularning balandligi 144,3±3,2 sm, ildiz bo'g'zining diametri esa 14,6±0,23 mm ga teng bo'lishi aniqlangan.

Kalit so'zlar: Platanus orientalis, yog'ochlashgan qalamcha, ildiz olish, ko'chat, ko'chat balandligi, ko'chat diametri.

Аннотация. В статье представлены результаты исследований, направленных на использование одревесневших черенков при выращивании саженцы Platanus orientalis. В частности, проанализирована эффективность осенней и весенней подготовки и посадки одревесневших черенков. Исследования показали, что путем осенней подготовки и весенней посадки одревесневших черенков можно сохранить или добиться укоренения 88% черенков, а также что их высота составляет 144,3±3,2 см, а диаметр корневого горла-14,6±0,23 мм.

Ключевые слова. Platanus orientalis, одревесневший черенка, укоренение, саженцы, высота саженца, диаметр саженца.

Abstrac. The article presents the results of research aimed at the use of lignified cuttings in the cultivation of Platanus orientalis seedlings. In particular, the effectiveness of autumn and spring preparation and planting of lignified cuttings was analyzed. Studies have shown that by autumn preparation and spring planting of lignified cuttings, 88% of cuttings can be preserved or rooted, and that their height is 144.3 ± 3.2 cm, and the diameter of the root throat is 14.6 ± 0.23 mm.

Keywords: Platanus orientalis lignified cuttings, rooting, seedlings, seedling height, seedling diameter.

Kirish. Hozirgi vaqtda fan-texnika taraqqiyoti o'simliklarning ko'chatlarini nafaqat urug'idan balki, vegetativ usullarda ham yetishtirish imkonini bermoqda. Buning uchun esa yog'ochlashgan va yog'ochlashmagan yashil qalamchalardan keng ko'lamda foydalanilmoqda. Odatda, o'simliklarning o'sish davrida tayyorlangan yashil qalamchalarning ildiz olish jarayoni bir yillik yog'ochlashgan qalamchalarga nisbatan yuqori samaradorlikka ega hisoblanadi. Ushbu samaradorlikni oshirish uchun esa yashil qalamchalar o'lchamlarini, hamda ularning ildiz olish jarayoniga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash juda muhim ahamiyatga kasb etadi [1].

Chinor (Platanus) Chinordoshlar (Platanaceae) oilasiga mansub daraxt bo'lib, qalin shox-shabbaga ega. Tanasi baquvvat, balandligi 50 m, aylanasi yashil kulrang to'kiluvchan po'stloq bilan qoplangan. Barglari navbat bilan joylashgan, panjasimon qanotchalardan iborat. Mevasi ko'p yong'oqli bo'lib, shamol yordamida tarqaladi, qish mavsumida ham daraxtning o'zida saqlanadi. 10 taga yaqin turi bor [2].

Sharq chinori - Platanus orientalis tabiiy holda Kavkazda uchraydi. Balandligi 55-60 m, 2000 yil yashaydigan daraxt. Qalin shox-shabbali daraxt. Po'stlog'i och yashil, yirik to'shamasimon, plastinkasi noto'g'ri shaklli barglari 10-20 sm kenglikda, asosi keng zarangsimon. Mevalari boshchasi 2-3 tadan, bahorda uzilib tushadi va shamol yordamida tarqaladi [1].

Chinor tez o'sadi, ayniqsa yosh davrida (har yili 1,5-2 m). Yorug'ni sevuvchi, namlikni xush ko'radi, yaxshi ishlov berilgan tuproqda yaxshi o'sadi. -15oS sovuqqa chidamli [5].

Chinorlar ko'pgina o'ziga xos ornamentga ega bo'lgan yaproq bargli daraxtlardan biri bo'lib, chiroyli va ajoyib shox-shabbaga ega, tanasida och rangli dog'lar bo'ladi, novdasi va sharsimon mevalari manzarali hisoblanadi. Chinor daraxtining qimmatbaho manzarali xususiyatlarini hisobga olib, Yevropaning ko'pgina shaharlarida kam umr ko'ruvchi daraxtlar: kashtan, zarang, jo'ka, tol va boshqalar chinor daraxti bilan almashtirilmoqda [2].

Chinor daraxtining yog'ochi o'zining fizik-mexanik xususiyatlarini inobatga olib qimmatbaho mebel, yuqori sifatli pol parketlari, tokarlik buyumlari va boshqalar yasashda ishlatiladi [6].

Chinorlar juda uzoq yashaydilar. Turkiyaning Buyukderev vodiysida qadimdan yashab kelayotgan eng yirik daraxt hisoblanadi. Balandligi 50 m, tana aylanasi 42 m, diametri 13,4 m, yoshi esa 2300 yildan ziyod. Kos oroli va Egey dengizi atrofida juda ulkan chinor o'sadi, tanasining aylanasi 18 m va balandligi 36 m ga yetadi. Uning yoshi 2000 yil [3, 7].

Turkmanistonda 2000 yildan ziyod umr ko'rayotgan chinor mavjud. Tog'li Qorabog'da Martuniskiy tumanida eski tutzor bog'i o'rtasida ham katta yoshli chinor o'smoqda. Uning balandligi 54 m, tanasining aylanasi asosida 31,5 m dan iborat [4].

Tadqiqot uslubi: Tajribalarda qalamchalarni optimal tayyorlash muddatlarini aniqlash uch muddatda amalga oshirildi: daraxtlarning tinim davrida noyabr oxirlarida tayyorlangan qalamchalarning bir qismi shu zaxoti ekildi, qolgan qismi tuproqqa stratifikatsiya qilish va bahorda ekish uchun ko'mib qo'yildi. Bahorgi qalamchalar chinor daraxtida shira yurishidan avval tayyorlandi va darhol ko'chatzorda ekildi.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi: Hozirgi kunda daraxt va butalarning ko'chatlari nafaqat urug'idan balki vegetativ usullarda ham yetishtirilmoqda. Ushbu tadqiqot ishlarini amalga oshirishda yog'ochlashgan qalamchalardan foydalanish biz tanlagan turlar uchun samarali hisoblanadi. Tajribalarda qalamchalar o'lchamlarining ildiz olish jarayoniga tasiri, turli stimulyatorlarning ahamiyatiga alohida etibor qaratiladi. Sharq chinorining vegetativ usulda ko'paytirish maqsadida fevral oyida 20 va 25 sm li 200 dona yog'ochlashgan qalamchalar tayyorlandi. Qalamchalarning ildiz olish darajasini oshirish uchun ildiz oldiruvchi stimulyator Kornevindan foydalanildi.

Eng yaxshi ko'rsatkich kuzda tayyorlangan va tuproqqa ko'mib bahorda ekilgan qalamchalarda qayd etildi.

Vegetatsiya oxirida ko'chatlarni saqlanish darajasi 88% ni, bahorgi qalamchalardan yetishtirilgan ko'chatlarni saqlanish darajasi 84% ni, kuzda ekilgan qalamchalardan yetishtirilgan ko'chatlarni saqlanish darajasi 80% ni, tashkil etdi.

Ko'chatlarning o'sish ko'rsatgichlariga ko'ra kuzda tayyorlangan va tuproqqa ko'mib bahorda ekilgan qalamchalardan yetishtirilgan ko'chatlarda eng yaxshi ko'rsatkich qayd etildi, ko'chatlarning o'rtacha balandligi 144,3±3,2 sm ni, o'rtacha diametri esa 14,6±0,23 mm ni tashkil etdi. Kuzda ekilgan qalamchalardan yetishtirilgan ko'chatlarni o'rtacha balandligi 74,2±2,1 sm ni, diametri esa 3,7±0,32 mm ni tashkil etdi.

Turli muddatda tayyorlangan qalamchalarni ildiz olish, ko'chatlarni saqlanish va

o'sish dinamikasi

Qalamchalar tayyorlash muddati Ko'chatlarni saqlanish darajasi % hisobida

8-11 Mart 20.05 16.06 18.07 18.08 Vegetatsiya oxiri, 20.09.23

Saqlanib qolishi, % Ko'chatlar balandligi cm Ko'chatlar diametri mm

Kuzda tayyorlangan va ekilgan 100 94 88 84 82 80 74,2±2,1 3,7±0,32

Kuzda tayyorlanib bahorda ekilgan qalamchalar 100 98 94 90 88 88 144,3±3,2 14,6±0,23

Bahorda tayyorlangan va ekilgan 100 96 92 90 88 84 134,2±2,8 9,6±0,14

Xulosa: Umuman olganda yetishtirilgan ko'chatlar 95-100% standart ko'chatlar bo'lib, ular doimiy joyiga ko'chirib ekish uchun tayyor hisoblanadi. Tajribalar sharq chinorini yog'ochlashgan qalamchalaridan ko'chatlar yetishtirish, urug'ko'chatlar yetishtirishga qaraganda ustun ekanligini ko'rsatdi.Tajribalar kuzda tayyorlangan va tuproqqa ko'mib, baxorda ekilgan, uzunligi 25-30 sm uzunlikdagi qalamchalardan yetishtirilgan ko'chatlar optimal rivojlanib 100% standart ko'chatlar chiqishini ta'minlashini ko'rsatdi.Ko'chatzorda ikkinchi yilga qoldirilgan ko'chatlarning o'rtacha balandligi 3,2-3,6 m ga teng, diametri 30-33 mm ga teng bo'ldi.

REFERENCES

1. Abduraxmanov A.A., Slavkina I.T. Ozenelitelniy assortiment i uxod za gorodskimi nasajdeniyami Uzbekistana / AN UzSSR. Botanicheskiy sad im. F.N.Rusanova. - Tashkent: Fan, 1980. - 24 s.

2. Aksyonov YE.S., Aksyonova N.A. Dekorativniye sadoviye rasteniya (derevya i kustarniki). - 2-ye. - M.: ABF, 2000. - S. 349-350.

3. Xamroyev X. F., Ochilov T. Oshlovchi totim (rhus coriaria) urug 'larini ekishga tayyorlashning urug'ko'chat unishi va o'sib rivojlanishga ta'siri //Science and innovation. -2022. - №. Special Issue. - С. 155-158. https://doi.org/10.5281/zenodo.7199854

4. Хамроев Х. Ф., Угли М. Т. Н., Эрназаров А. Ю. Шарк чинори кучатларини вегетатив усулда етиштириш//Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - С. 152-154.

5. http://efloras.org/florataxon.aspx7flora id=2&taxon id=200020800

6. http://florapedia.ru.

7. https://ru.wikipedia.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.