Научная статья на тему 'BURAMA TOL (SALIX MATSUDANA) BIOEKOLOGIYASI'

BURAMA TOL (SALIX MATSUDANA) BIOEKOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
46
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mikrotermofit / semigeliofit / fitomassa / landshaft / mezofit / gigrofit

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Suyunova Komila Sanjar Qizi, Yuldasheva Aziza Shavkat Qizi

Ushbu maqolada Burama tol (Salix matsudana) bioekolgiyasi va foydalanish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Burama tol shox – shabbasi simmetrik tuzilgan, ovalsimon, tik o’suvchan shaklda bo’ladi. Zich joylashgan shoh –shabbaga ega. Shoh va novdalari tez o’sadi. Daraxt turar joy yoki landshaft san’atida ajoyib xususiyatga ega bo'ladi, lekin doimiy foydalanish uchun zarur bo'lgan uzoq umr ko’rish hususiyatiga ega emas. Issiqqa bo’lgan munosabatiga ko’ra burama tol (Salix matsudana) mikrotermofit tur hisoblanadi. Bu tur yer sharining ko’plab joylarida keng tarqalgan. Lekin tropik va ekvator mintaqalarda kam uchraydi. Yorug’likka bo’lgan talabiga ko’ra burama tol (Salix matsudana) semigeliofit tur sanaladi. Bu tur ekologik va sistetatik jihatdan yorug’sevar o’simlik hisoblanadi. Bu uning tana tuzilishida ham namayon bo’ladi. Unumdor tuproqlarda yaxshi o’sadi, shuning bilan bir qatorda oziqa moddalari kam bo’lgan va tanazulga uchragan tuproqlarda ham o’sa olish qabilyatiga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BURAMA TOL (SALIX MATSUDANA) BIOEKOLOGIYASI»

BURAMA TOL (SALIXMATSUDANA) BIOEKOLOGIYASI 1Suyunova Komila Sanjar qizi 2Yuldasheva Aziza Shavkat qizi

1Toshkent davlat agrar universiteti, talaba 2Toshkent davlat agrar universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.10079275

Annotatsiya. Ushbu maqolada Burama tol (Salix matsudana) bioekolgiyasi va foydalanish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Burama tol shox - shabbasi simmetrik tuzilgan, ovalsimon, tik o'suvchan shaklda bo'ladi. Zieh joylashgan shoh -shabbaga ega. Shoh va novdalari tez o'sadi. Daraxt turar joy yoki landshaft san'atida ajoyib xususiyatga ega bo'ladi, lekin doimiy foydalanish uchun zarur bo'lgan uzoq umr ko'rish hususiyatiga ega emas.

Issiqqa bo'lgan munosabatiga ko'ra burama tol (Salix matsudana) mikrotermofit tur hisoblanadi. Bu tur yer sharining ko'plab joylarida keng tarqalgan. Lekin tropik va ekvator mintaqalarda kam uchraydi. Yorug'likka bo'lgan talabiga ko'ra burama tol (Salix matsudana) semigeliofit tur sanaladi. Bu tur ekologik va sistetatik jihatdan yorug'sevar o'simlik hisoblanadi. Bu uning tana tuzilishida ham namayon bo 'ladi. Unumdor tuproqlarda yaxshi o'sadi, shuning bilan bir qatorda oziqa moddalari kam bo'lgan va tanazulga uchragan tuproqlarda ham o'sa olish qabilyatiga ega.

Kalit so'zlar: mikrotermofit, semigeliofit, fitomassa, landshaft, mezofit, gigrofit

Kirish. Burama tol (Salix matsudana) kichkina va o'rta bo'yli, balandligi taxminan 8-9 metr bo'lgan, shox -shabbasi 3-4 metrga tik yoyilgan daraxt. Bu daraxtning asosiy bezak xususiyati - burmalangan va o'ralgan shoxlari va novdalari hisoblanadi. Shoh - shabbalari daraxt tanasidan o'tkir burchak ostida shoxlanadi va keyinchlik daraxt tanasi bilan parallel ravishda o'sib rivojlanadi. Burama tol (Salix matsudana) ning shoxlari qishda oziga hos manzaraviyligi sababli yana ham ko'p qiziqish va mashxurligiga sabab bo'ladi.

Burama tol (Salix matsudana) xalq orasida: Pekin toli, Xankou toli nomlari bilan ham

ataladi.

Burama tol shox - shabbasi simmetrik tuzilgan, ovalsimon, tik o'suvchan shaklda bo'ladi. Zich joylashgan shoh -shabbaga ega. Shoh va novdalari tez o'sadi.

Barglari:

• Barglarning joylashishi: navbat bilan.

• Barg turi: oddiy

• Barg burchaklari: tishchali

• Barg shakli: Barg shakli: chiziqsimon, lansetsimon.

• Barg turi: bargi to'kiluvchan.

• Barg plastinkasining uzunligi: 5 dan 10 sm gacha.

• Barg rangi: yashil

• Kuz faslidagi rangi: sariq

Ushbu tol gullari ko'rimsiz, urug'lari mayda.

Foydalanilishi. Daraxt turar joy yoki landshaft san'atida ajoyib xususiyatga ega bo'ladi, lekin doimiy foydalanish uchun zarur bo'lgan uzoq umr ko'rish hususiyatiga ega emas.

Daraxt boshqa tol turlari kabi qattiq bo'lmagan bo'sh yog'och xususiyatlariga ega. Zararli hashorotlar bilan ham zararlanadi. Zaif novdalar va shoh - shabbasining zichligi daraxtni yoshlik davrida sindirishga moyil qilishi mumkin. Bundan tashqari, shikastlanish sababli markaziy shoxlar chirishiga juda moyil. Ko'pgina tol turlari kabi, burama tol (Salix matsudana) nam joylarda yaxshi o'sadi, ammo qurg'oqchilikka chidamli tur hisoblandi. Suvga bo'lgan talabiga ko'ra burama tol

(Salix matsudana) gigrofit o'simliklar qatoriga kiradi. Bazan mezofit shakl va navlari uchrab turadi.

1-rasm. Burama tol (Salix matsudana)ni ko'kalamzorlshtishda foydalanishi.

Ildizlari yerga chuqur kirmaydi, juda kuchli ildiz tizimiga ega. Issiqqa bo'lgan munosabatiga ko'ra burama tol (Salix matsudana) mikrotermofit tur hisoblanadi. Bu tur yer sharining ko'plab joylarida keng tarqalgan. Lekin tropik va ekvator mintaqalarda kam uchraydi. Yorug'likka bo'lgan talabiga ko'ra burama tol (Salix matsudana) semigeliofit tur sanaladi. Bu tur ekologik va sistetatik jihatdan yorug'sevar o'simlik hisoblanadi. Bu uning tana tuzilishida ham namayon bo'ladi. Unumdor tuproqlarda yaxshi o'sadi, shuning bilan bir qatorda oziqa moddalari kam bo'lgan va tanazulga uchragan tuproqlarda ham o'sa olish qabilyatiga ega. Bu tur juda tez o'sadi. Suning uchun undan ko'kalamzorlashtirishda, daryo qirg'oqlari hamda eroziga uchragan joylarni mustahkamlashda keng foydalaniladi. Aholi yashash joylariga ekilgan tol boshqa daraxt turlariga nisbatan 10-15 marta ko'p is gazini o'izga yutadi, shuning bilan bir qatorda u eng yuqori transpiratsiysa qilish hususiyatiga ega. Bu ushbu turning yana ham qimmatbaholigini oshiradi. Shahar atroflariga ekilgan tol havoning namligini oshirib, undagi zaharli gazlarni o'ziga yutadi. O'sish davri qisqaliga qaramay u juda kata fitomassa yig'adi. Balandligi va diametri tez o'sganli sababli undan chorva mollari uchun ozuqa, o'tin sifatida keng foydalaniladi

Burama tolni urug'laridan ko'paytirish. Yangi terilgan urug'lar tez va g'uj unib chiqadi, lekin manzaraviylik xususiyatlari ko'ringuncha bir necha yil talab etiladi. Urug'lar yuzaki, bo'shashgan tuproqqa, yengil bosilgan, shisha yoki plyonka ostiga ekiladi. Bir xil namlik va 25 dan 30 darajagacha bo'lgan harorat unib chiqish uchun maqbul hisoblanadi. Yosh nihollarni qishki sovyqlardan himoyalash zarur.

Burama tolni qalamchalaridan ko'paytirish. Kurtaklari bo'rtishidan oldin tayyorlangan bahorgi yashil qalamchalari yoki qishki qalamchalaridan juda tez ko'paytirish mumin. 5-7 tagacha kurtaklari qoldirilgan qalamchalar uzunligining uchdan bir qismiga teng xolatda yengil tarkibli tuproqqa suqib chiqiladi. Qalamchalar tezroq ildiz olishi uchun tumanli inshoatga ekish tavsiya etiladi, sababi ushbu xolatda yuqori namlik mavjud bo'ladi. Lekin nazorat ostida sug'orish bilan, qalamchalarni ochiq holatda ham tez ildiz olishini ta'lminlash mumkin. Suvda ildiz ottirib keyin ekish ham mumin.

Daraxt qalamchalar yordamida ko'paytiriladi. Ekish uchun eng muddat erta bahorda kurtaklar yozilishidan oldingi muddat hisoblanadi. Tolzorlar yaratishda ularni ekishdan oldin tuproq unumdorligi va quruqligiga qarab kuzda 30-80 sm chuqurlikda ishlov berish tavsiya etiladi.

Ko'chatlar orasidagi tavsiya etilgan masofa turiga qarab kamida 0,6-2 m bo'lishi kerak. Ekish chuqurligi 40-70 sm, qayta ekish ishlarini 3-4 yoshigacha amalga oshirish tavsiya etiladi. Og'ir tuproqlarda 20-30 sm qatlamli ezilgan tosh yoki qumdan drenajlash tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. This document is ENH-735, one of a series of the Environmental Horticulture Department, UF/IFAS Extension. Original publication date November 1993. Revised December 2006. Reviewed February 2014. Visit the EDIS website at https://edis.ifas.ufl.edu.

2. J. Jurayev, M. Kholmurotov, K. Khalilova and D. Berdibaeva (2023). Natural distribution of melliferous trees and shrubs in the Western Tien-Shan mountain ridge. Ann. Phytomed., 12(1):821-825. http://dx.doi.org/ 10.54085/ap.2023.12.1.31.

3. Jumayev J. M., Kholmurodov M. Z., Khalilova K. A. Phenology and growth indicators of honey trees and bushes in Uzbekistan //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - Т. 244. - С. 02050.

4. Edward F. Gilman, professor, Environmental Horticulture Department; and Dennis G. Watson, former associate professor, Agricultural Engineering Department, UF/IFAS Extension, Gainesville, FL 32611.

5. Qayimov. A.K. Berdiev E.T. "Dendrologiya" Toshkent "Fan va Texnologiya" 2012 y 2052011 b

6. Sidorov, A. I. Таннидные ивы М.: Лесная промышленность, 1978. -120 с

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.