Научная статья на тему 'BEHINING (CYDONIA OBLONGA MILL) MORFO-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI NAVLARINI O‘RGANISH'

BEHINING (CYDONIA OBLONGA MILL) MORFO-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI NAVLARINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

232
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
behi / nav / o„simlik / daraxt / meva / mevalar tarkibi / tuproq / harorat / namlik / kasallik / zararkunanda / hosil. / quince / variety / plant / tree / fruit / content / soil / temperature / humidity / diseases / pests / yield

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Ixtiyor Choriyevich Namozov, Akmal Xoliqov

Maqolada behining morfo-biologik xususiyatlari, kelib chiqishi, tarqalishi va mevasining foydali xususiyatlari to„g„risidagi ma‟lumotlar keltirilgan. Respublikamizda qishloq xo„jaligi ekinlarining yo„qolib ketish xavfi ostida bo„lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega meva turlariga, shu jumladan shifobaxsh ahamiyatga ega bo„lgan behi o„simligining qadimiy navlarini ko„paytirish, ona bog„larini yaratish hamda seleksiya uchun birlamchi manbalar ajratib olish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents data on the morpho-biological characteristics, origin, distribution and useful properties of quince fruits. Particular attention is paid to the conservation of species of fruit crops with unique characteristics and properties that are on the verge of extinction, in particular, the reproduction of native varieties of quince with high useful properties, the laying of their mother gardens, and the allocation of primary materials for breeding purposes is an urgent issue

Текст научной работы на тему «BEHINING (CYDONIA OBLONGA MILL) MORFO-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI NAVLARINI O‘RGANISH»

BEHINING (CYDONIA OBLONGA MILL) MORFO-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI NAVLARINI O'RGANISH

Ixtiyor Choriyevich Namozov

Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent [email protected]

Akmal Xoliqov

O'simliklar genetik resurslari ITI, tayanch doktorant

Maqolada behining morfo-biologik xususiyatlari, kelib chiqishi, tarqalishi va mevasining foydali xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Respublikamizda qishloq xo'jaligi ekinlarining yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega meva turlariga, shu jumladan shifobaxsh ahamiyatga ega bo'lgan behi o'simligining qadimiy navlarini ko'paytirish, ona bog'larini yaratish hamda seleksiya uchun birlamchi manbalar ajratib olish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Kalit so'zlar: behi, nav, o'simlik, daraxt, meva, mevalar tarkibi, tuproq, harorat, namlik, kasallik, zararkunanda, hosil.

The article presents data on the morpho-biological characteristics, origin, distribution and useful properties of quince fruits. Particular attention is paid to the conservation of species of fruit crops with unique characteristics and properties that are on the verge of extinction, in particular, the reproduction of native varieties of quince with high useful properties, the laying of their mother gardens, and the allocation of primary materials for breeding purposes is an urgent issue.

Keywords: quince, variety, plant, tree, fruit, content, soil, temperature, humidity, diseases, pests, yield.

Bog'dorchilikni rivojlantirish bir tomondan davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo'shsa, ikkinchi tomondan xalq ijtimoiy holatini boyitadi. Bu boradagi ishlarni rivojlantirish maqsadida,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24

April, 2022

avgustdagi "Qishloq xo'jaligi ekinlarining yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarni qayta tiklash va ularni urug'chiligini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 504-son Qarori [1], shuningdek, 2019 yil 20 martdagi "O'zbekiston Respublikasida bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida, respublikada qishloq xo'jaligi ekinlarining yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega meva turlariga, shu jumladan qadimdan shifobaxsh ahamiyatga ega bo'lgan behi o'simliga ham e'tiborni kuchaytirish, hozirda yo'qolib ketish xavfi bo'lgan behi navlarining ko'chatlarini ko'paytirish shu bilan birga behi ona bog'larini yaratish talab etiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Behi seleksiyasida navlar aro chatishtirish keng qo'llaniladi va ota-ona juftlari ekologik-geografik tamoyil asosida tanlanadi. Ular geografik va ekologik jihatdan qancha uzoq bo'lsa, shuncha yaxshi natija beradi. Duragaylarda zarur bo'lgan belgi va xususiyatlarni mujassamlantirish ancha oson. Ota-ona juftlarini tanlashda mevasining sifatiga, ayniqsa biologik aktiv moddalar miqdoriga katta ahamiyat berish kerak. O'zini o'zi changlayoladigan navlardan ona shakli sifatida foydalanish yaxshi natija beradi [2; 84-85 b.].

O'zbekistonda yetishtiriladigan behi mevasi tarkibida (yangi uzilganida) 7580% suv; 8,5% dan 15,2% gacha shakar, 1,5-2,0% olma va limon kislotalari, 0,41,0% turli kislotalar, 0,4-0,7% oshlovchi moddalar bor. Behi tarkibida S, Vb V2, RR vitaminlari va A provitamini bor. Mineral tuzlardan natriy, kaliy, kal'siy, magniy, fosfor, temir, kobal't, al'yuminiy, bor, nikel', titan, mis, marganets, rux va boshqalar uchraydi. Behi urug'i va urug' kosachalarida 20 % gacha shilliq amigdalin glikozidi; 8 % dan oshiq moy va bo'yoq moddalari bor [3; 10-15 b.], [6].

Behi eng qadimiy o'simliklardan bo'lib, bizning mamlakatimizda keng tarqalgan. U buta yoki daraxt sifatida o'sib, bo'yi 1,5 m dan 8 m gacha yetadi. Ko'p ildiz bachki chiqaradi. Novda va kurtaklari, barg bandi tuk bilan qoplangan. Guli ko'pincha yakka-yakka, oq yoki och pushti rangda, yirik bo'lib, shu yil o'sib chiqqan kalta novdalar uchida, barglar qo'ltig'ida joylashadi. Kech gullaydi. Behi mevalari limon rangida yoki to'q sariq, tuk bilan qoplangan bo'ladi , yetilganda tuki to'kilib ketadi. Behi kech pishadi, uzoq joylarga yuborishga va saqlashga chidamli. Har tupidan 200 kg gacha hosil olinadi. Ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko'paytiriladi [4; 14-15 b.], [5; 20-25 b.].

April, 2022

Dala tajribalari O'simliklar genetik-resurslari ilmiy-tadqiqot institutining kolleksiyasidagi mavjud behining 30 ta navidan iborat tajriba maydonida o'rganiladi.

Dala va laboratoriya tajribalari «O'simliklar genetik-resurslari ilmiy-tadqiqot instituti uslubi», «Butunrossiya o'simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti uslubi» va «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» bo'yicha, o'simliklarda fenologik kuzatuvlar va biometrik o'lchovlar «Qishloq xo'jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining uslubi» hamda X.Ch.Buriyev va boshqalarning «Mevali va rezavor mevali o'simliklar bilan tajribalar o'tkazishda hisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi» (2014), asosi bo'yicha amalga oshiriladi.

NATIJALAR

Behi juda qadimiy ekin hisoblanadi. O'rta Osiyoda eramizdan oldin ma'lum bo'lib, bizga Eron davlatining shimoliy qismlaridan kirib kelgan. O'zbekistonda urug'idan ko'paytirish natijasida, mahalliy sharoitimizga moslashgan mevalari tubdan farqlanadigan, xo'jalik va tovarlilik belgilari hamda daraxt shakli yaxshilangan, madaniy formalari yaratilgan.

O'zbekistonda ikki turdagi behi: oddiy jaydari behi (Cydonia oblonga Mill) va Yapon behi (Chaenomeles Japonica Hinde) uchraydi. Madaniy holda oddiy jaydari behi tarqalgan. Ko'p ildiz bachki chiqaradi. O'zbekiston bog'dorchiligida asosan daraxt holida o'stiriladi. Barcha turdagi meva ekinlar qatorida, behi o'simligini parvarishlashda ham tashqi muhit omillari katta ahamiyatga ega.

Behi o'simligi issiqqa talabchan. Uning yaxshi o'sib rivojlanishi hamda meva kurtaklarining shakllanishi uchun o'rtacha optimal harorat 15-20 daraja hisoblanadi.

Namlik ham, behi o'simligi uchun muhim ahamiyatga ega, lekin namlik yetishmagan hollarda qurg'oqchilikka yaxshi chiday oladi. Bunda u, bug'lanishni kamaytiradi va tuproqning o'ta namsizligiga qarshi barglarini burushtiradi. Tuproq namligi normal bo'lganda sifatli va mo'l hosil beradi.

U olma va nokka nisbatan tez - 2-3 yilda hosilga kiradi. Behi qurg'oqchilikka chidamli, olma va nokka nisbatan issiqqa ko'proq talabchan, sovuqqa ham nisbatan bardoshli (-27 S0) hisoblanadi. O'ta past (-30 S0) haroratda meva kurtaklari, bir yillik va qarigan eski shoxlari zararlanadi.

Behi erta hosilga kiradi va 35-40 yilgacha mo'l hosil beradi, 50-60 yilgacha umr ko'radi. Behining mahalliy tur urug' ko'chatlari behi uchun eng yaxshi payvandtak hisoblanadi. Bulardan Namangan viloyati uchun "SHirin" va "Nordon", Farg'ona viloyati uchun oddiy "Quva"

(chillagi behi), Buxoro viloyati uchun "Turush", Xorazm viloyati

April, 2022

uchun "Almurut" behi, Samarqand viloyati uchun yirik mevali "Samarqand" navlari tavsiya etiladi. Respublikamizning qolgan boshqa viloyatlari uchun eng yaxshi mahalliy navlarning urug' ko'chatlaridan foydalanish mumkin. "Ayva-A" va "VA-29" tipdagi payvandtaklar behi uchun eng yaxshi payvandtak hisoblanadi.

1-jadval

Behining mahalliy navlarining o'sish ko'rsatkichlari

T/ r Nav Daraxt yoshi, yillar Daraxt balandligi, m Tanasining diametri, sm Hosildorligi, kg

1 SHirin 10-15 4,8 75 80

2 Nordon 10-15 4,5 80 100

3 Achchiq 10-15 4,8 75 60

4 Quva 10-15 5,0 90 100

5 Olma shaklli 10-15 5,5 80 90

6 Nok shaklli 10-15 8,0 110 100

MUHOKAMA

Behi ekinlari haydalma qavati o'rtacha va yengil qumoq tuproq bo'lgan madaniylashgan bo'z tuproqlarda yaxshi hosil beradi. Sizot suvlari yer sathidan kamida 1,5-2,0 m, sho'r tuproqlarda 2,5-3,0 m chuqurda joylashgan maydonlar ajratiladi. Behi ko'chatlarini o'tqazish sxemasi sug'oriladigan bo'z tuproqlarda 6x4 m, shag'alli-qumoq tuproqlarda 5x4 m, pakana ("A"-tipdagi va VA-29) payvantakda 5x3,5 -4m sxemasida ekiladi. Behi daraxtini joylashtirishda o'sishi va hosil berishiga zarar yetkazmagan holda o'simliklarning oziqlanish maydonidan imkoni boricha to'laroq foydalanish ko'zda tutiladi.

Meva daraxtlari to'liq hosilga kirguncha gektariga kuzda 40-50 kg hajmda fosfor, 30-40 kg hajmda kaliy, bahorda 60-70 kg azot o'g'itlari solinadi.

Hosilli behi bog'lariga har 2-3 yilda bir marotaba chirigan go'ng (gektariga 2030 t), azot gektariga 120 kg, fosfor gektariga 90 kg, kaliy gektariga 45 kg sof holda solinadi.

XULOSA

Behi bog'i barpo qilinadigan maydonning tuproq-iqlim sharoiti meva ekinlari uchun qulay bo'lishi lozim, ayniqsa, harorat omili hal qiluvchi ahamiyatga ega. O'zbekistonning hamma tuproq-iqlim sharoitli hududlarda meva ekinlari o'sishi mumkin. Lekin ulardan yuqori

April, 2022

89

va sifatli hosil olishda tashqi muhit omillarining qulay bo'lishi katta ahamiyatga ega. REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi "Qishloq xo'jaligi ekinlarining yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarni qayta tiklash va ularni original urug'chiligini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 504-son qarori.

2. Bo'riyev H., Baymetov K., Jo'rayev R. Meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligi. Toshkent-2001. 84-85 b.

3. Mirzaxidov U., Obidjonov D.A. Behi yetishtirish. Toshkent-2021. 10-15 b.

4. Normuratov I.T., Asatov SH.I., Mamatkulov A.V., Namozov I.CH., Achilov M.U. Mevachilik va sabzavotchilik. Toshkent-2020. 14-15 b.

5. Ostonoqulov T.E., Narziyeva S.X. Mevachilik asoslari. Toshkent -2010. 20-25 b.

6. https://agronet.uz

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.