Научная статья на тему 'ODDIY ARCHA (JUNIPERUS COMMUNIS L.) VA G‘ARB TUYASINING (THUJA OCCIDENTALIS L.) DORIVORLIK XUSUSIYATLARI'

ODDIY ARCHA (JUNIPERUS COMMUNIS L.) VA G‘ARB TUYASINING (THUJA OCCIDENTALIS L.) DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1052
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Agro Inform
Область наук
Ключевые слова
можжевельника обыкновенная / туйи западный / эфирное масло / сахара / токсифоллин / лекарственные растения / ягоды. / common juniper / western thuja / essential oil / sugars / toxifollin / medicinal plants / berries.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Lobar Jaxbarova, Saydali Turdiyev

В статье приводятся результаты исследований по изучению биохимического состава и лекарственных свойств можжевельника обыкновенного (Juniperus communis L.) и туйи западной (Thuja occidentalis L.). В шишкоягодах можжевельника обыкновенного обнаружено 0,5-2% эфирных масел, 40% сахаров, 9,5% смолы, красящих и пектиновых веществ, масел, яблочной, уксусной и муравьиной кислот. В древесине и хвоях туйи западной обнаружено аромадендри, токсифоллин и ароматных эфирных масел.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents the results of studies on the biochemical composition and medicinal properties of common juniper (Juniperus communis L.) and western thuja (Thuja occidentalis L.). Common juniper cones contain 0.5-2% essential oils, 40% sugars, 9.5% resin, coloring and pectin substances, oils, malic, acetic and formic acids. Aromadendri, toxifollin and aromatic essential oils were found in the wood and needles of western thuja.

Текст научной работы на тему «ODDIY ARCHA (JUNIPERUS COMMUNIS L.) VA G‘ARB TUYASINING (THUJA OCCIDENTALIS L.) DORIVORLIK XUSUSIYATLARI»

o'simlik ko'chatlari ozuqa qoldiqlaridan tozalanib, keyingi bosqichga in vitro laboratoriyasining avtomatlashtirilgan adaptatsiya va akklimatizatsiya qilish issiqxonasida tuproqqa moslashtirish ishlari olib borildi.

Xulosa. O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, eksplantlar ozuqa muhiti tarkibiga qo'shilgan, o'sish va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan fitogormon 6-BAP

ning 0,2 mg/l miqdorida o'sib yaxshi natija berdi. Ozuqa tarkibiga qo'shilgan 0,5 mg/l miqdordagi NAA nihollarda regeneratsiyani ta'minlab kallus hujayralarining hosil bo'lishiga va ildizlarning shakllanishiga ijobiy ta'sir qilishi aniqlandi. Natijada, Samarqand o'lmaso'tining tajriba uchun olingan 10 dona urug'idan unib chiqqan nihollarning tuplashi natijasida 675 ta ko'chatlar yetishtirildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бутенко Р.Г. Биология клеток высших растений in vitro и биотехнологии на их основе: Учеб. пособие. / Р.Г. Бутенко. - М.: ФБК-ПРЕСС, 1991. - 160 с.

2. Валиханова Г.Ж. Биотехнология растений / Г.Ж. Валиханова. - Алматы: Конжык, 1996. - 272 с.

3. Бутенко Р.Г. Биотехнология. Книга 3: Клеточная инженерия / Р.Г. Бутенко, М.Ф. Гусев, А.Ф. Киркин, Т.Г. Корже-невская, Е.Н.Маркарова - М.: Высшая школа, 1987. - 127 с.

4. Егорова Т.А. Основы биотехнологии: учебное пособие для высш. пед. учеб. завед. / Т.А. Егорова Т.А., С.М. Клу-нова, Е.А. Живухина. - М.: Издательский центр «Академия», 2003. - 208 с.

5. Загоскина Н.В. Биотехнология: теория и практика / Н.В. Загоскина, Л.В. Назаренко. - М.: Оникс, 2009. - 496 с.

6. Павловская Н.Е. Введение в сельскохозяйственную биотехнологию: Учебное пособие. / Н.Е. Павловская, Л.В. Голышкина, - Орел: Изд-во ОГСХА, 1998. - 204 с.

UOT: 634,9

TADQIQOT

ODDIY ARCHA (JUNIPERUS COMMUNIS L.) VA G'ARB TUYASINING (THUJA OCCIDENTALIS L.) DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Lobar JAXBAROVA,

magistrant, Saydali TURDIYEV,

qishloq xo'jaligifanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent, Toshkent davlat agrar universiteti,

Аннотация. В статье приводятся результаты исследований по изучению биохимического состава и лекарственных свойств можжевельника обыкновенного (Juniperus communis L.) и туйи западной (Thuja occidentalis L.). В шишкоягодах можжевельника обыкновенного обнаружено 0,5-2% эфирных масел, 40% сахаров, 9,5% смолы, красящих и пектиновых веществ, масел, яблочной, уксусной и муравьиной кислот. В древесине и хвоях туйи западной обнаружено аромадендри, токсифоллин и ароматных эфирных масел.

Ключевые слова: можжевельника обыкновенная, туйи западный, эфирное масло, сахара, токсифоллин, лекарственные растения, ягоды.

Annotation: The article presents the results of studies on the biochemical composition and medicinal properties of common juniper (Juniperus communis L.) and western thuja (Thuja occidentalis L.). Common juniper cones contain 0.5-2% essential oils, 40% sugars, 9.5% resin, coloring and pectin substances, oils, malic, acetic and formic acids. Aromadendri, toxifollin and aromatic essential oils were found in the wood and needles of western thuja.

Keywords: common juniper, western thuja, essential oil, sugars, toxifollin, medicinal plants, berries.

Kirish.

Ma'lumki, yer kurrasida 500 mingdan ortiq o'simlik turlari mavjud bo'lib, insonlar kundalik hayotiy faoliyatlarida ularning 6000 turidan foydalanadilar. Shulardan 10-12 ming turi dorivor o'simliklar bo'lib, 1000 dan ortiq o'simlik turlarining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xususiyatlari tekshirilgan.

Dorivor o'simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma'lum bo'lgan. O'simliklardan nafaqat oziq-ovqat, balki biologik faol moddalar manbai sifatida keng foydalanganlar.

Hozirgi paytda oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi boyicha xalqaro tashkilotning (FAO) ma'lumotlariga qaraganda butun dunyoda 50000 dan oshiq dorivor o'simliklar tibbitotda davolash maqsadlarida foydalaniladi. Davolash maqsadlarida

AGllO INFORM MAXSUS SON [2] 2021

mahalliy flora vakillaridan foydalanish janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuqori, Hindistonda bu ko'rsatgich 20% ni, Xitoyda 19% ni tashkil etadi. Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari farmakopeyalarida dorivor o'simliklar xomashyosi asosida ishlab chiqarilgan preparatlar keng o'rinni egallaydilar.

O'zbekiston hududida tabiiy holda 4500 turga yaqin yuksak o'simliklar tarqalgan, ularning 1200 ga yaqin turlari dorivorlik xususiyatlariga ega. Hozirgi paytda Respublikamizda 112 turdagi dorivor o'simliklarga tibbiyotda foydalanishga rasmiy ruhsat berilgan bo'lib, ularning 80% ni tabiiy holda o'suvchi o'simliklar tashkil etadi [1].

Jumladan, Respublikamizga introduksiya qilingan ignabargli daraxt turlaridan Sarvidoshlar (Cupressacea) oilasi vakillarida ham dorivorlik xususiyatlari kuzatilgan. Bu oilaga kiruvchi bir uyli yoki ikki uyli doim yashil daraxt va buta o'simliklaridir. Oilada 20 turkum va 145 turlar bor. Bu oila vakillari bakteriyalar, zamburug'larning rivojlanishi va o'sishini zararsizlantirish qobilyati nafaqat o'simliklarning o'ziga, balki inson tanasiga ham foydali ta'sir ko'rsatadi [5].

Fitansidlarni o'z ichiga olgan havoni tozalash, immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. O'simliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mutlaqo barcha uchuvchi moddalar, hatto, ular mikroskopik miqdorda ajralib chiqsa ham, fitonsidlarga tegishli. Eng mashhur fitonsidlar o'simliklardan olinadigan efir moylaridir.

Ushbu yog'lar asosiy tabiiy birikmalar - uglevodlar, oqsillar va yog'lar sinfiga kirmaydi, lekin ikkilamchi metabolitlar -terpenoidlar, glikozidlar, taninlar va boshqalardan ibora^ Fitonsidlarning ta'siri juda o'ziga xosdir. Ular j'da oz miqdorda bo'lsa ham zararli mikroorganizmlar ko'payishining oldini oladi, foydali bo'lganlarning o'sishiga yordam beradi va tuproq, suv va havo mikroflorasini tartibga soladi. Fitonsidlar uchuvchi va uchuvchan bo'lmagan fraktsiyalarga bo'linadi. O'simliklarning yer usti qismlari biologik faol uchuvchi moddalarni atrofdagi atmosferaga, yer osti uchun - tuproqqa, suv uchun - suvga chiqarish bilan tavsiflanadi [8].

Quyida shulardan dorivorlik xususiyatiga ega bo'lganlarning ayrimlari haqida qisqacha ta'rif berib o'tamiz.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Oddiy archa (Можжевельник обыкновенный) - Juniperus communis L. Oddiy archa O'zbekistonga introduksiya qilingan bo'lib, Sarvidoshlar (Cupressaceae) oilasiga mansub bo'lib, boyi 2-5 metrga yetadigan ikki uyli doim yashil ignabargli kichik daraxt. Bargi bandsiz, qattiq, nina shakilda bo'lib, poyada uchta - uchtadan joylashgan. Archa ikki uyli bo'lganidan otalik va onalik qubbalari ikkita o'simlikda alohida-alohida taraqqiy etadi. Otalik qubbalari bandsiz yumaloq-cho'ziq, sariq rangli bo'lib, uchtadan to'p-to'p joylashgan gul tevaraklaridan hamda otaliklardan (3-4 tadan) iborat. Onalik qubbalari qisqa bandli, yashil cho'ziq tuxumsimon shaklda. Bu qubbalar uchtadan halqa shakilda joylashgan meva barglaridan iborat bo'lib, faqat yuqorigi uchta meva bargining ichki tomonida urug' kurtaklar bo'ladi. Bahorda gullari changlangandan so'ng yuqorigi urug' barglari shishadi, yumshaydi va birlashib, meva hosil qiladi.

Qubbalar pishib yetilganda qorayadi. Meva ikkinchi yili pishadi. Shuning uchun o'simlikda xom va pishgan qubbalar bo'lishi mumkin. Oddiy archa MDHning Yevropa qismi va Sibirdagi ninabargli va maydabargli aralash o'rmonlarda, ba'zan botqoqli o'rmonlarda tabiiy holda o'sadi. O'zbekistonda tog'li hududlarda 3 ta mahalliy archa turlari tarqalgan: Zarafshon archasi, yarimsharsimon va turkiston archasi. Ular ham mahalliy xalq tabobatida ishlatiladi.

Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot quritilgan yumaloq (ko'ndalangiga 6-9 mm) qubbalardan iborat. Qubba ichi g'ovak bo'lib, yashil-qo'ng'ir rangli, tashqi tomoni silliq, yaltiroq, qo'ng'ir yoki qora binafsha rangli, yuqori qismida uch nurli juyagi (uchta meva bargchasi birlashib, qubba hosil qilgan joyi), pastki qismida esa bandi bo'ladi. Qubba ichida (yumshoq qismida) qattiq po'stli uchta urug' joylashgan. Mahsulotning mazasi yoqimli, shirin va o'ziga xos xushboy hidi bor. XI DF ga ko'ra mahsulot namligi 20% (bundan oshib ketsa, sifati buziladi), umumiy kuli 5%, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 0.5%, pishib yetilmagan va quritish vaqtida rangi o'zgarib qolgan qubbalar 10% (shu 'umladan, yashil rangli mevalar 0.5%), archa bargi va boshqa o'simliklar mevasi aralashmasi 0.5%, organik ara'ashmalar 0.5% va mineral aralashmalar 0.5% dan oshmaJigi ke.A. Poroshok holidagi mahsulot namligi 124%, teshigin;ng diametri 1 mm li elakdan o'tadigan mayda qism.fr 5% dan ko'p bo'lmasligi lozim. r f*

1-rasm. Oddiy archa (Juniperus communis L.)

MAXSUS SON [2] 2021 AGRO INFOllM

Qubbalarda bo'ladigan badbo'y qandala mahsulot sifatini buzadi, mahsulot yaxshi quritilsa, qandalalar o'ladi.

Kimyoviy tarkibi. Qubba tarkibida 0.5-2% efir moyi, 40% qand, 9.5% gacha smola, bo'yoq va pektin moddalar, yog', olma, chumoli va sirka kislotalari bo'ladi. XI DF ga ko'ra qubba tarkibida 0.5% efir moyi bo'lishi kerak. Bu moy tez uchuvchan, tiniq, rangsiz yoki och sariq suyuqlik bo'lib, o'ziga xos hidi bo'ladi.

Efir moyi tarkibida pinen, kamfen, sabinen, terpinen, fellandren, barneol, kadinen, yuniper kamfora bo'lib, o'ziga xos hidi bo'ladi. Archa bargi tarkibida 0.18% efir moyi va 266 mg/% vitamin C, poyasi tarkibida 0.25% efir moyi, po'stlog'i tarkibida esa 8% gacha oshlovchi moddalar bo'ladi.

Ishlatilishi. Qubba preparatlari siydik haydovchi, siydik yo'llarini dezinfeksiya qiluvchi, balg'am ko'chiruvchi va ovqat hazmiga yordam beruvchi dori sifatida ishlatiladi. Efir moyining eritmasi va surtmasi bod kasalliklarida teriga surtiladi. Bu moy bakteritsid xususiyatga ega. Archa bargidan olingan efir moyi fitonsid ta'sirga ega bo'lganidan trixomanad kolpitda qo'llaniladi. Qubba oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.

Dorivor preparatlari. Damlama, efir moyining spirtdagi eritmasi va surtmasi. Qubba siydik haydaydigan yig'malar-choylar tarkibiga kiradi [2, 3, 6].

2- rasm. G'arb tuyasi (Туя западная) -Thuja occidentalis L.

G'arb tuyasi (Туя западнаяуПи/a occidentalis.

G'arb tuyasi O'zbekistonga introduksiya qilingan bo'lib, Sarvidoshlar (Cupressaceae) oilasiga mansub bo'lib, boyi 1012 metr, diametri 1 metr keladigan daraxt, ayrim turlarining balandligi 30 metrgacha ham yetadi. Shoxlari gorizantal yoki yuqoriga yo'nalgan, novdalari ingichka, egiluvchan, qattiq, asosiy o'qdan uzoqlashmagan holda shoxlangan [4].

Kurtagi ignabargiga yashiringan. Ignabargi tangachali, qarama-qarshi 4 tadan g'ujbarg bo'lib joylashgan, asosiy o'qdagi igna bargi bir necha yildan so'ng nobud bo'ladi va tangacha shaklida daraxtda saqlanadi. Ignabarglari yon novdalarida mayda bo'lib, nobud bo'ladi va tangachasi bilan to'kilib ketdi.

Tuya (Thuja occidentalis L.) ning vatani Shimoliy Amerika bo'lib, shuningdek, Sibir va Uzoq Sharqda uchraydi. Yaponiya Xonda orollarida 1000-1800 metr balandlikdagi o'rmon zonalari tabiiy holda tarqalgan. Tuya manzarali daraxt sifatida yuqori ekologik chidamliligi, atmosfera havosini tozalash xususiyati, kasalliklarga chidamliligi bilan juda yaxshi qadrlanadi.

Fitonsidla ko'p bo'lgan o'simliklar orasida go'zal, doim yashil daraxt - Tuya (Thuja occidentalis) alohida o'rin tutadi. Uning shifobaxsh xususiyatlari uni turli kasalliklarni davJash uchun isiilatishga imkon beradi. Ko'pgina Yevropa Ti.amlakatlr.'i sil kasalligi davolanadigan shifoxonalarini bjg'dor d/iiKda G'arb tuyasidan foydalanadilar.

G'arb tuyasinig barcha turlari yuqori fitonsidlikka ega. O'simlik yog'ochida faol moddalar mavjud: aromodendrin, 'oksifollin va yoqimli hidli sarg'ish efir moyi. Ushbu moy G'arb tuyasining barglaridan distirlash orqali ishlab chiqariladi. Moy tarkibida ko'p miqdorda spirt, qatron, taninlar, zedrol, pinin, kardifilen, fidren va pinen mavjud. Bunday boy tarkibi tufayli G'arb tuyasi yallig'lanishga qarshi, antibacterial va antitumor xususiyatlarga ega. G'arb tuyasining foydali xususiyatlari uzoq vaqtdan beri ma'lum.

Amerika hindulari po'stlog'i va barglarining qaynatmalarini revmatizimni davolashda va turli yuqimli kasalliklarning oldini olish uchun ishlatgan. XVI asrda fransuz qiroli doimo yashil G'arb tuyasini "Hayot daraxti" deb atagan. XIX asrda G'arb tuyasi ko'plab kasalliklarni davolash uchun ishlatilgan: yosh kurtaklar bachadon va ichakdan qon ketish kasalliklarida ishlatilgan [8].

Klinik va eksperimental va ma'lumotlar: G'arb tuyasi yog'ining asosiy komponenti thujone bo'lib, u abortiv ta'sirga ega bo'lgan asab zaharidir. Shuning uchun G'arb tuyasi yog'ini oziq-ovqatga kiritishda qat'iy dozaga rioya qilinadi:

RIFM ning laboratoriya tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, moyning o'tkir toksikligi og'iz orqali LD50 0.83 g/kg (kalamushlarda sinovlardan o'tkazilganda) va derm LD50 4.1 g/kg (quyonlarda sinovdan o'tkazilganda) 48 soat ichida inson terishiga ta'sir qilganda, G'arb tuyasi yog'ining 4% eritmasi tirnash xususiyati va sezgirlik reaksiyalarini keltirib chiqarmaydi [8].

Tibbiyotda G'arb tuyasidan foydalanish: An'anaviy tibbiyot sistit, prostatit, bachadon va ichakdan qon ketish, bronxial astma va prostata adenomasini davolash uchun

84

AGRO INFORM MAXSUS SON [2] 2021

G'arb tuyasi asosidagi preparatlarni qo'llaniladi. Tashqi vosita sifatida moy papilloma, poliplarni davolash uchun ishlatiladi. Dermatologik teri kasalliklari uchun efir moyi zararlangan joylarga qo'llaniladi. G'arb tuyasi efir moyi (taxminan 8 tomchi) qo'shilgan vannalar sovuqda zararlanganda davolashga yordam beradi. G'arb tuyasi daraxtining moyi o'pka va bronxlar, pnevmoniya, bronxial astma, yo'talga qarshi dori vositasi sifatida yaxshi samara beradi. Adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlarda hozirgi kunda 120 dan ortiq navlari yaratilgan [7].

Xulosa: Keltirilgan ilmiy ma'lumot manbalaridan shuni xulosa qilish mumkinki, yer shari dendroflorasidagi barcha mevali va manzarali o'simliklari o'zining biologik, ekologik, manzaraviylik, xalq xo'jaligi uchun oziq-ovqat, shu bilan birgalikda, xalq tabobatida hamda farmatsevtika sanoati uchun dorivorlik xususiyatlariga ega.

Shunga ko'ra ushbu o'simliklardan ilmiy meditsina ko'rsatmalariga ko'ra foydalanish amaliy ahamiyatga molik ish turlaridan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Dorivor va ozuqabop o'simliklar plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash boyicha yo'riqnoma (tuzuvchilar: B.Y.To'xtayev, T.X.Mahkamov, M.O'.Allayarovlar). Toshkent, 2015. 137-bet.

2. Alimova R.A., Sagdiyev M.T., Adilov B.A., Abdullayeva M.C. Farmakognoziya. Toshkent, 2018. 102-118-bet.

3. Berdiyev E.T., Xakimova M.X., Maxmudova G.B. O'rmon dorivor o'simliklari. - Toshkent 2016. 63-65-bet.

4. Дендрология Узбекистана. II Том. Тошкент, 1968. С. 329-337.

5. Qayumov A.K., Berdiyev E.T., Hamroyev H.F., Turdiyev S.A. Dendrologiya. "Fan va texnologiya" nashriyoti. 2014. 94-105-bet.

6. Xolmatov H.X., Ahmedov O'.A. Farmakognoziya. -Toshkent, Ibn Sino nomidagi nashriyot. 1995. 171-172-bet

7. https://givoyles.ru

8. https://thuja.kiev.ua

УУТ: 633.88

TADQIQOT

ARTISHOK "IMPERIAL" NAVINING O'SISH VA RIVOJLANISH FAZALARI

Eldor ISOMOV,

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'qituvchisi

Аннотация: В дополнение к растениям, которые постоянно используются на протяжении всей жизни, людям желательно непрерывно воспроизводить растения, которые обеспечивают питательными веществами другие продуктивные новые виды. Одним из таких растений является артишок (Cynara scolymus L.), который принадлежит к семейству сложноцветных. Сегодня рост населения мира, в свою очередь, увеличивает спрос на продукты питания и лекарства. Артишок - перспективное ценное растение, нетрадиционное для Узбекистана, и в своей зеленой форме он важен как силос, сенаж, сухой корм, сырье для пищевой и фармацевтической промышленности, а также как корм для скота.

Ключевые слова: интродукция, микроэлементы, вегетация, бутонизация, цветение, плодоношение, семя, лекарственное, корм, рост, развитие,урожай.

Annotation: In addition to plants that are constantly used throughout life, people want to continuously reproduce plants that provide nutrients to other productive new species. One such plant is the artichoke (Cynara scolymus L.), which belongs to the Asteraceae family. Today, the growth of the world's population, in turn, increases the demand for food and medicines. The artichoke is a promising valuable plant, unconventional for Uzbekistan, and in its green form it is important as silage, haylage, dry fodder, raw material for the food and pharmaceutical industries, as well as livestockfeed.

Keywords: introduction, micronutrients, vegetation, budding, flowering, fruiting, seed, medicinal, fodder, growth, development, yield.

Kirish: Artishok O'zbekiston uchun noan'anaviy bo'lgan istiqbolli qimmatbaho o'simlik bo'lib, undan yashil holida silos, senaj va quruq yem-xashak sifatida foydalaniladi, hamda oziq-ovqat, farmasevtika sanoati uchun xomashyo va chorva mollariga ozuqa sifatida muhim

ahamiyatga egadir. Tajribalarimizda sug'orilgan sharoitda sug'orilmaganga qaraganda o'simlik xomashyosi tarkibida makro-mikroelemetlar miqdor jihatidan farq qilishi ma'lum bo'ldi. Artishokning navlarning gul o'rni tarkibida 86,5% suv, 2,5% azotli moddalar, 1% qand, 2% dekstrin, 1,3%

MAXSUS SON [2] 2021 AGRO INFORM

85

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.