"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr
PEDAGOGIKA TA'LIM MUASSASALARI MAGISTRATURA BOSQICHINING HUQUQ TA'LIMI YO'NALISHLARIDA EKOLOGIYa HUQUQI MUAMMOLARI FANINI O'QITISHNING AYRIM MASALALARI Suvankulov Jamshid Abdulahadovich
Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar bo'yicha
falsafa doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.10158489
Annotatsiya. Maqolada pedagogika oliy ta'lim tizimidagi ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi - huquq ta'limi magistraturayo'nalishlarida ekologiya huquqi muammolari mavzusini o'qitishning dolzarb huquqiy masalalari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ekologik - huquqiy munosabatlar sub'ekti ekanligi tanqidiy tahlil qilindi. Bu borada, ekologik faoliyat, ekologik faoliyatda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ishtirokining huquqiy masalalari tushunchalariga tahrif berildi va asoslantirilgan takliflar bildirildi.
Kalit so'zlar: "Yashil makon", ekologiya huquqi, mahalla, ekologiya, ekologik faoliyat, subhekt, ekologikfaoliyatda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ishtirokining huquqiy masalalari.
Аннотация. В статье рассмотрена методика преподавания социальных и гуманитарных наук в педагогической системе высшего образования - актуальные правовые вопросы преподавания темы проблем экологического права в магистратуре юридического образования, органов самоуправления граждан, эколого-правовых отношений. критически проанализированы. В связи с этим даны толкование понятия природоохранной деятельности, правовые вопросы участия органов самоуправления граждан в природоохранной деятельности и даны обоснованные предложения.
Ключевые слова: «Зеленое пространство», экологическое право, микрорайон, экология, природоохранная деятельность, предмет, правовые вопросы участия органов самоуправления граждан в природоохранной деятельности.
Abstract. The article discusses the methodology of teaching social and human sciences in the pedagogical system of higher education - current legal issues of teaching the topic of environmental law problems in the master's degree in legal education, self-government bodies of citizens, environmental-legal relations. critically analyzed. In this regard, an interpretation of the concept of environmental activities, legal issues of participation of self-government bodies of citizens in environmental activities are given, and substantiated proposals are given.
Keywords: "Green space", environmental law, microdistrict, ecology, environmental activities, subject, legal issues of participation of citizens' self-government bodies in environmental activities.
Kirish. O'zbekistonda ekologik xavf-xatarlarga qarshi kurashish davlat ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qaralib, bu borada strategik vazifalar belgilangan. Bunday vazifalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi "2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish kontse'tsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 'F-5863-sonli Farmonida o'z aksini to'gan. O'z navbatida ekologik qonunchilik izchillik bilan takomillashtirilmoqda.
Hozirgi vaqtda jamoatchilik instituti sifatida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining ekologik mazmun-mohiyati ortib bormoqda. Ular ekologik - huquqiy
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil, 22- noyabr
munosabatlarning haqqoniy subhektiga aylanib, fuqarolarning ekologik huquqlarini, shuningdek jamiyatning ekologik manfaatlarini tahminlash va himoya qilishda muhim rolg' o'ynamoqdalar. Eng muhimi, mazkur organlarning ekologik faoliyati shakllanishi va rivojlanishida davlat rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan taklif etilayotgan g'oyalar, kontse'tsiyalar va ko'rsatmalar muhim siyosiy-g'oyaviy asoslar sifatida namoyon bo'lmoqda.
Mamlakatimizda ekologik muammolarni hal qilishga jiddiy yondoshish lozimligiga Sh.Mirziyoyev alohida ehtibor qaratgan edi [1].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi 'F-60-sonli Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Taraqqiyot strategiyasi da "mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uning jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo'g'iniga aylantirish, ularning vakolatlarini kengaytirish (Taraqqiyot stretegiyasining 1-bo'limi, 1-maqsad), mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish (Taraqqiyot stretegiyasinin 6-bo'limi, 79-80-maqsad)" belgilangan [2].
Mamlakatimizda ekologik huquqiy muammolar bo'yicha muhim ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, ularda ekologik faoliyatda mahallalarning ishtiroki muammosi hozirgacha alohida masala sifatida keng tadqiq etilmagan. Shuning uchun mazkur muammoni fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ishtirokida hal qilish yo'llarini ilmiy yondashuv orqali tadqiq qilish muhimdir
[3].
Qabul qilingan qonunchilik normalarining ayrimlari ekologik muammolarni ham hal etishga qaratilgan.
Mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish bo'yicha mamlakatimizda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ekologik faoliyat amalga oshirilmoqda.
Chunonchi, bu borada "mahallalardagi fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining samarali faoliyat yuritishi aholi keng qatlamlarining tashabbuskorligini oshirishga, xalqimizning ulkan aqliy va mahnaviy salohiyatini mumkin qadar ko'roq jalb etishga imkon beradi" [4].
Shu o'rinda, qanday faoliyatni ekologik faoliyat deyish mumkin, degan tabiiy savol tug'iladi. Atrof tabiiy muhit va uning obhektlarini tiklash, sog'lomlashtirish, qayta ishlab chiqarish va muhofaza qilishga qaratilgan barcha faoliyat turlarini ekologik faoliyat deyish mumkin.
Mamlakatimizda yuritilayotgan oqilona ekologik siyosat davlat va jamoatchilik tomonidan tabiatni muhofaza qilish va undan samarali foydalanilishini nazorat qilish, aholining ekologik xavfsizligini tahminlashga oid ekologik faoliyat amalga oshirilishini taqozo qiladi.
Rossiya yuridik manbalarida ekologik faoliyat tushunchasiga aniq tahrif berilmasa-da, ekologik faoliyat ekologik nazorat, ekologik eks'ertiza va boshqa shu kabi ko'rinishlarda namoyon bo'lishi haqida fikr-mulohazalar keltirilgan " [5].
Bundan tashqari, tabiatni muhofaza qilish faoliyati, ekologiya sohasida insonning xo'jalik faoliyati, litsenziyalash faoliyati, iqtisodiy faoliyat, ekologik audit faoliyati, ekologik eks'ertiza faoliyati, ekologik nazorat faoliyati kabi tushunchalar aks etgan va ekologik faoliyat ekologik xavfsizlikni tahminlash shakli ekanligi keltirilgan.
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini ekologiya huquqining o'ziga xos jihatlaridan biri sifatida huquqshunos olimlar tomonidan o'rganilgan. Jumladan, M.K.Najimov ekologik qonunchilikning o'ziga xos jihatlaridan biri - unda tahqiqlar ustunlik qilish, im'erativ xususiyatga ega bo'lgan majburiyatlarning yuklatilishi bo'lib, ekologik jihatdan foydali, qonuniy axloq hamda tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag'batlantiruvchi mehyorlar solishtirma vazni u qadar katta bo'lmaydi. Bu ekologik munosabatlar
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr
muhofaza xususiyatiga ega va vertikal bo'lishi, ularni tartibga solishda hokimiyat vositasi - buysundirish ustunlik qilishi bilan izohlanadi.
Ekolog-huquqshunos olim R.Ikramov ilmiy ishida fuqarolarning qulay tabiiy muhitga ega bo'lish huquqini tashkiliy-huquqiy jihatdan tahminlash masalalari, uni himoya qilishning huquqiy shakllari, ushbu huquqni buzilishining oldini olish va himoya qilish bo'yicha huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati, jumladan, ichki ishlar, 'rokuratura organlarining ekologik faoliyati masalalarini atroflicha o'rganib, fuqarolarning ekologik huquqlarini tahminlash masalalarini tahlil qilgan.
Mamlakatimizda ham ekologik faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 a'reldagi "O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etishni tahminlash chora-tadbirlari haqida" gi Q-2915-sonli qarori, 2017 yil 11 maydagi "O'zbekiston Respublikasi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasini tashkil etish haqida" gi 'F-5041-sonli Farmoni, 2017 yil 18 a'reldagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat ins'ektsiyasini tashkil etish haqida" gi 'F-5018-sonli Farmoni kabilar bunday faoliyatni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo'ldi.
Biroq, adabiyotlarda va qonunchilikda ekologik faoliyat tushunchasiga aniq tahrif berilmasa-da, uning mazmun-mohiyati yoritib beriladi.
Tahlil va natijalari. Bunda qonunchilikda "ekologik faoliyat" tushunchasining mazmuni aks etganligini quyidagilarda ko'rib chiqish maqsadga muvofiq.
O'zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish haqida" gi Qonunining 29-moddasida ekologik nazorat vazifalaridan biri sifatida "tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish va ekologik dasturlarning bajarilishida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ishtirokini tahminlash" belgilangan [6].
Ushbu normada tabiatni muhofaza qilish faoliyatida, yahni ekologik faoliyatda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining ishtiroki ko'rsatilgan.
Shuningdek, "Ekologik nazorat haqida"gi Qonunining 3-moddasida "Ekologik nazoratning tabiatdan foydalanishdagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, aniqlash va chek qo'yishga, tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi" ekanligi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 2015 yil 8 oktyabrdagi 287-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi namunaviy nizomning 12-bandida "fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining jamoatchilik ekologik nazorat sohasidagi faoliyati tegishli hududda amalga oshirilishi" qayd etilgan.
O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 2017 yil 23 noyabrdagi "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirish to'g'risida" gi 940-son qarorida, O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 2018 yil 15 fevraldagi "Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini tahminlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 177-son qarorida fuqarolar yig'inlarining va undagi jamoat tuzilmalarining ekologik faoliyati nazarda tutilgan.
Mazkur qonunlarda va ekologiya sohasidagi boshqa normalarda "tabiatni muhofaza qilish faoliyati", "ekologik nazorat sohasidagi faoliyat", "xo'jalik faoliyati", "zararli faoliyat", "o'zga xil faoliyat", "boshqa yo'sindagi faoliyat", "boshqa xil faoliyat", "zararli obhektlar faoliyati" kabi tushunchalar ishlatilib, ularning hech qaysi biriga tahrif yoki izoh berilmagan.
Shunga ko'ra, umumiy mahnoda ekologik faoliyat bu - tegishli mahalla fuqarolar yig'inlari hududida fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining vakolat doirasida amalga oshiradigan atrof
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr
tabiiy muhitga bevosita yoxud bilvosita tahsir ko'rsatadigan ekologik muammolarni aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tahminlash faoliyatidir.
Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish faoliyatida fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari ishtirokining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qonunchiligi hamda bir qator ekologik qonunchilik normalari bilan tartibga solinadi.
Shu o'rinda, "ishtirok etish" tushunchasining mazmun - mohiyati nimadan iborat ekanligiga alohida to'xtalib o'tsak.
Aytib o'tish kerakki, "ishtirok etish" tushunchasi jinoyat qonunchiligida "ishtirokchilik" tushunchasi tarzida ochib berilgan bo'lsa, bu masala fuqarolik qonunchiligida munosabat subhektlarining "ishtirok etishi" shaklida namoyon bo'ladi. Endi Konstitutsiyadagi ishtirok etish degani nimani anglatadi?
Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining "ishtirok etish" instituti Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida ham belgilangan [7].
Bunda fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining jamiyat va davlat ishlarini, jumladan ekologiya sohasidagi faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
2013 yildagi "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida" gi Qonunda mahalla tuzilmalarining ekologiya sohasidagi faoliyatini tartibga soladigan bir qator normalar o'z ifodasini to'gan bo'lib, uning 11 - moddasida mahalla fuqarolar yig'inlarining tabiatni muhofaza qilishda ko'maklashish faoliyati, qonun hujjatlarining, o'z qarorlarining ijrosi ustidan jamoat nazoratini o'tkazish faoliyati, tabiatni muhofaza qilish yuzasidan tegishli hududdagi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish faoliyati kabilar o'z ifodasini to'gan. Ushbu holatlar mahalla tuzilmalarining ekologiya sohasidagi faoliyatda ishtirok etishi belgilanganligini ko'rsatib turibdi.
Shuningdek, "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar haqida" gi Qonunning 10-moddasida "fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tashkil etilishi, muhofaza qilinishi va ulardan foydalanish tadbirlarini o'tkazishda davlat organlariga ko'maklashishi, bunda ular takliflarining inobatga olinishi" ham ishtirok etishning muhim xususiyatlaridan biri ekanligini ko'rsatib turibdi .
Bundan tashqari, ekologiya muammolarini hal qilishga oid huquqiy masalalarda jamoatchilikning ishtirok etishi xalqaro huquqiy xujjatlarda ham nazarda tutilgan. Mazkur masalalar bo'yicha 1998 yilda Orxusda qabul qilingan "Atrof muhit masalalariga taalluqli bo'lgan masalalar bo'yicha axborotni qo'lga kiritish, qarorlar qabul qilish jarayonlarida jamoatchilikning ishtirok etish huquqi va odil sudlovga erishish to'g'risida"gi Konventsiyasi muhim ahamiyatga ega. Ushbu holatlarda ham o'zini o'zi boshqarish organlarining atrof muhitni muhofaza qilishda davlat organlariga ko'maklashish orqali ekologik muammolarni hal etishda ishtirok etishi masalasi huquqiy aks ettirilgan.
Albatta, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari aholisi uchun munosib ekologik qulay hududni tashkil qilmasdan turib, ularning jamiyat ishlarida faol ishtirok etishini tasavvur qilib bo'lmaydi.
Shuning uchun davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev bu haqda Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday degan edi: "aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar-joy bilan tahminlash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo ehtiborimiz markazida bo'ladi".
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr
Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ekologik faoliyatiga ehtibor berilayotganining ikkita muhim sababi bor, deb hisoblaymiz. Bularning birinchisi, mamlakatimizda bu tuzilmalarning atrof muhitni muhofaza qilishda faol ishtirok etish zaruriyati bo'lsa, ikkinchisi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari zimmasiga yuklangan ayrim ekologik vakolatlarni takomillashtirish orqali jamiyatimiz hayotini demokratlashtirishdan iboratdir.
Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining ekologik faoliyatda ishtirokini atrof muhitni muhofaza qilishga oid turli qonunlar va qonunosti hujjatlarida ham aks etganligini tahkidlash o'rinli.
"Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi Qonunning 10-moddasi talablarida "Suv isteg'molchilari va nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolar suvlardan foydalanish va muhofaza qilish bo'yicha tadbirlarni o'tkazayotganlarida davlat organlariga ko'maklashishi", keltirilgan.
Ushbu moddadan ko'rinadiki, unda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining suvni muhofaza qilishdagi ishtiroki masalasi umumiy tarzda, yahni fuqarolarning ishtiroki sifatida aks ettirilgan, bu esa fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlariga berilgan vakolatni aniq belgilamaydi. SHuning uchun, biz ushbu moddaning nomini quyidagicha tahrirda, yahni: "Suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo'yicha tadbirlarni o'tkazishda suv istehmolchilari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va fuqarolarning ishtiroki" tarzida bayon qilish maqsadga muvofiq bo'lardi, deb o'ylaymiz.
Bunda, suv bilan bog'liq ekologik faoliyatda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining ishtiroki masalasi qonun yo'li bilan tahminlanishiga huquqiy asos yaratiladi.
Keltirilgan fikr-mulohazalarga va qonun hujjatlariga muvofiq, ishtirok etish deganda, jismoniy yoki yuridik shaxslarning davlat va jamiyatning turli sohalariga oid masalalarida muayyan darajada qatnashishini tushunish mumkin.
Shu o'rinda, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining ekologik faoliyatiga oid nazariy fikrlardan kelib chiqadigan ilmiy tushunchalarning tahrifini izohlash maqsadga muvofiqdir.
"Ekologik faoliyatda fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining ishtiroki" tushunchalari ilmiy adabiyotlarda, Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlarida umumiy tarzda aks ettirilsa-da, ularga tahrif berilmagan. Shuning uchun bu tushunchaga quyidagicha tahrif berishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz :
Ekologik faoliyatda fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining ishtiroki deganda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarishi organlari hududida jamoatchilik asosidagi o'zaro yordam 'rintsi'i asosida tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foylalanilishini hamda ekologik xavfsizlikni tahminlashga oid ekologik faoliyatda, shuningdek tegishli hududdagi nafaqat mahalliy, balki, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bo'lgan muhim ekologik muammolarni aniqlash, ularni oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, bugungi kunda oliy ta'lim tizimidagi yuridik va noyuridik ta'lim yo'nalishlarida o'qitilayotgan "Ekologiya huquqi" fani tizimida jamoat institutlari, xususan, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining ekologik faoliyat subhekti sifatidagi o'rni va roli masalalari deyarli o'qitilmaydi.
Shuning uchun fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining ekologik-huquqiy munosabatlar subhekti ekanligi tahlilidan ko'rinib turibdiki, ularning tabiatni asrashdagi ishtiroki zaruriyati o'ta muhimligi tufayli mazkur masalalarni "Ekologiya huquqi" darsligida aks ettirish,
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr
o'quv fani dasturlariga alohida mavzu sifatida kiritishili va pedagogika oliy ta'lim
muassasalarining magistratura bosqichi mutaxassislik yo'nalishlarida o'qitilishi maqsadga
muvofiq bo'ladi, deb o'ylaymiz.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. T.3, -T., "O'zbekiston", 2019. -B.400.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi 'F-60-sonli Farmoni // www.Lex.uz
3. Bu haqda qarang: Жураев Ю.А. Право и управление в области использования и охраны природной среды Республики Узбекистан: Дис. ... докт. юрид. наук. -М., 1996. -С. 362.; Файзиев Ш.Х. Теоретические проблемы правового обеспечения экологической политики Республики Узбекистан: Дисс... докт. юр. наук. -Ташкент: 2004; Хoлмуминoв Ж. Эттого - прaвoвые прoблемы рaциoнaльнoгo испoльзoвaния и oхрaны oрoшaемых земель в Республике Узбекистан: Автореф. дис... дoкт.юрид.нaук. -Aлмa-aтa, 1997. -45с.; Suvankulov J.A. Ekologik faoliyatda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ishtirokining huquqiy masalalari. Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss. Avtoreferati. T., 2022. -B. 54.
4. Жалилов Ш. Узбекистан Республикасининг узини узи бошкариш хукуки, - Т.: Voris-nashriyot, 2007,71-б.
5. С. Макаров С., Л.Шагарова. Проблемы экологического аудирования выходит из ряда второстепенных // Финансовые известия. 1996 г. 22 октябр. ст.7.
6. O'zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida" gi Qonuni. // www.Lex.uz
7. O'zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi // www.lex.uz