Научная статья на тему 'PEDAGOGIK QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY – AMALIY AHAMIYATI'

PEDAGOGIK QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY – AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik / qobiliyat / xususiyat / ko„nikma / mahsuldorlik / evristik / kreativlik / shaxsiy xislatlar / kamolot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Latofat Uktamovna Xalikova

Ushbu maqolada ustozlarning o'qitish metodikasi va kreativ yondashuv haqida fikr yuritiladi, uning pedagogika fanining maqsad vazifasi, fanlarni o'qitish metodikasida qo'llanilayotgan zamonaviy krativ metod turlari va ulardan foydalanish xususida so'z boradi. Bundan tashqari, ustozlarning kasbiy mahoarati, ulardagi pedagogic xususiyatlar va ularning turlari haqida to'xtalib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY – AMALIY AHAMIYATI»

PEDAGOGIK QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY - AMALIY

AHAMIYATI

Latofat Uktamovna Xalikova

Toshkent davlat transport universiteti "Chet tillari" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ustozlarning o'qitish metodikasi va kreativ yondashuv haqida fikr yuritiladi, uning pedagogika fanining maqsad vazifasi, fanlarni o'qitish metodikasida qo'llanilayotgan zamonaviy krativ metod turlari va ulardan foydalanish xususida so'z boradi. Bundan tashqari, ustozlarning kasbiy mahoarati, ulardagi pedagogic xususiyatlar va ularning turlari haqida to'xtalib o'tilgan.

Калит сузлар; Pedagogik, qobiliyat, xususiyat, ko'nikma, mahsuldorlik, evristik, kreativlik, shaxsiy xislatlar, kamolot

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются методика преподавания и творческий подход учителей, цели педагогической науки, виды современных творческих методов, используемых при преподавании предметов, и их использование. Кроме того, обсуждались профессиональные навыки учителей, их педагогические особенности и их типы.

Ключевые слова; Педагогический, способности, черта, умение, продуктивность, эвристика, креативность, черты личности, зрелость.

ABSTRACT

This article discusses the teachers' teaching methodology and creative approach, the purpose of the pedagogical science, the types of modern creative methods used in the teaching of subjects and their use. In addition, the professional skills of teachers, their pedagogical features and their types were discussed.

Keywords; Pedagogical, ability, trait, skill, productivity, heuristic, creativity, personality traits, maturity.

Mamlakatimizda yildan-yilga ustozga bo'lgan munosabat, hurmat oshib bormoqda, albatta bu ishlarning zamirida davlatimiz rahbarining ustozlarga ko'rsatayotgan hurmat ehtiromi hamda ustozlar taraqqiyotning muhim bir omili deya e'tirof etayotganidandir. Shunday ustozlar ham ushbu hurmatga loyiq ekanligining muhim bir tomoni ularning kuchli mutaxassis sifatida o'zining pedagogic mahoratini

342

ko'rsata bilishdadur. Eng avvalo biz pedagog degan so'zning ma'no - mazmunini tushhinib yetishimiz zarurdir.

Pedagogika (yunoncha "paidagogike" bo'lib, "pedagogos" - "bola" va "yetaklayman") ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan hisoblanadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishda ikki nazariyani o'z ichiga oladi. Ular quyidagilar:

1. Didaktika (ta'lim nazariyasi);

2. Tarbiya nazariyasi.

Qobiliyat - bu har bir shaxsning o'ziga xos psixologik xususiyati bo'lib, u shaxsning hayoti davomida o'z aksini topadi.[2] Har bir shaxsda bir qancha qobiliyatlar mavjud bo'lib, u insonning ish faoliyati va ijtimoiy hayoti davomida shakllanib o'zini oshkor etadi. Insonning kamol topib hayotda o'z o'rnini topishi va kasb yoki hunar tanlashida muhim ahamiyat kasb etadigan omillardan biri sanaladi.Pedagogik qobiliyat -bu o'qituvchi uchun zarur bo'lgan xususiyat hisoblanadi. U ba'zi insonlarda tug'ma bo'lib, qolganlarida hayoti davomida orttiriladi va shakllanib boradi. Pedagogik qobiliyat 4 xil xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Ular quyidagilar:

1. Asosiy xususiyatlar;

2. Yetakchi xususiyatlar;

3. Yordamchi xususiyatlar;

4. Tayanch xususiyatlar.[3]

Qobiliyat - har bir insonning muayyan faoliyatga layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi shart va sharoitdir. U har bir insonda bir qancha va o'ziga xosdir. Qobiliyatni inson hayoti davomida kashf etadi va rivojlantiradi yoki undan batamom foydalanmaydi. Bilim - bu ilmiy izlanishlar natijasi. Inson o'zining yoki o'zgalar tajribasi yoki ilmiy ishlari natijasida namoyon bo'ladi. Bilim insonni o'zida hosil bo'ladi va u ilmning bir qismidir. Bevosita ilmni ikki turga bo'lishimiz mu mkin. Ular foydali va foydasiz. Foydali ilm - bu shunday ilmki, inson undan hayoti davomida foydalanib manfaat oladi. Foydasiz ilm - bu ilm o'rganiladi ammo foydalanilmaydi.

Ko'nikma - o'qituvchi kasbiy faoliyati natijasida hosil qilingan tajribalar va bilimlar asosidagi ishning mukammal usuli. Bundan shuni tushunishimiz mumkinki, u o'qituvchini tajribasi va bilimiga tayanib o'z ish faoliyatini yuritish yo'lidir. Malaka -o'qituvchining ongli faoliyatini bajarishda hosil bo'ladigan kasbiy intellektning avtomatlashgan komponentlari yig'indisi. Demak, malaka o'qituvchining kasbiy intellektiga tayanadi hamda ish faoliyatini yuritishda o'z aksini topadi. Mohirlik -pedagogik ko'nikmalar yig'indisi. O'qituvchining ish faoliyati davomidagi ko'nikmalari asosida dars jarayonini Davlat ta'lim standartlari asosida tashkillashtirishi va bajarish.

343

Mahsuldorlik - muayyan muammoga ijodkorona yondashib unga tegishli yechim berish. Buning uchun avvalo muammoning kelib chiqishini o'rganib ularni bartaraf etish hamda uni amaliyotga tadbiq etishdir.

Evristik - kasbiga oid yangiliklardan xabardor bo'lish, ularni o'z faoliyati davomida qo'llash hamda targ'ib qilish.

Kreativlik - tajribalar asosida yangi nazariyalar yaratish. Zamon bilan hamnafas bo'lgan holda o'z g'oyalariga tayangan holda yangi metod va yondashuvlar yaratishdir. Olimlarning fikricha pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari quyidagilar: 1. O'z kasbiga muhabbat, o'quvchilarni sevish;

2. Mutaxassislik fanini chuqur bilish, qiziqish;

3. Pedagogik takt(odob va go'zallik)ka ega bo'lish;

4. Bolalar jamoasiga singib ketish;

5. O'z mehnatiga ijodiy yondashish;

6. Javobgarlikni his etish;

7. Tarbiyaviy bilimlarni egallash.

Pedagogik qobiliyatlar tizimiquyidagi xuxusiyatlar bilan farq qilinadi: asosiy xususiyatlar, tayanch xususiyatlar, yetakchi xususiyatlar, yordamchi xususiyatlarni o'z ichiga oladi. [4]

O'qituvchilik, bugungi kunda ham o'z mavqeini, o'rnini yo'qotgani yo'q. Aksincha, o'qituvchini zamonaviy ko'rinishi shakllandi. Hozirgi yosh avlod avvalgilariga umuman o'xshamaydi. Chunki, bugungi axborot asrida ma'lumot izlash, to'plash, axborotni o'zlashtirish hamda ularning oqimi ancha jadallashgan. Natijada, o'quvchilarning dunyoqarashi, fikrlashi, ong xususiyatlari ham shunga javoban ancha rivojlangan. Shuning uchun ham ularga ta'lim berishda zamonaviy o'qituvchi juda ko'p shaxsiy xislatlarga ega bo'lishi darkor. Ko'pchilik psixologlar, shu bilan birga o'zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o'qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, o'zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o'qituvchilik kasbini atroflicha o'rganib, ancha batafsil ko'rsatmalar berish imkoniyatini yaratadi.

O'qituvchining ega bo'lishlari kerak bo'lgan shaxsiy xislatlariga bir nechta misol keltirish mumkin. Masalan:

bolalarni yaxshi ko'rish, ularni sevish;

- amaliy-psixologik aql-farosatlilik;

- mehnatsevarlik;

- jamoat ishlarida faollik;

- mehribonlik;

- kamtarlik;

344

- odamiylik, dilkashlik;

- uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo'lish;

- o'z bilimlarini oshirishga intilish.

Bu yuqorida keltirib o'tilgan xislatlarning xar biri ta'lim berishda juda muxim omillardan hisoblanadi. Qolaversa, zamonaviy o'qituvchi shaxsiy xislatlardan tashqari kasbiga oid bilim ko'nikma, malaka xamda turli qobiliyatlarga ham ega bo'lishligi o'quvchilarning bilim olishi, ma'naviy kamolotga erishishida ko'maklashadi. Yosh o'qituvchilarda tajribasizlik natijasida o'quvchilarga bilimlarni yetkazishda ayrim qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun ham ta'limda ustoz shogird ana'nasini rivojlantirish lozim. O'qituvchida yuqorida sanab o'tilgan qobiliyatlarni mavjudligi - bu bolalarda yangi o'quv materiallarini o'zlashtirishini osonlashtiribgina qolmay, ularda hayotga bo'lgan qiziqishlarini yanada kengaytirish "Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida" mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi 120 hamda yangiliklar yaratish istagini ham shakllantiradi. Biz bilamizki, maktab yoshidagi o'quvchilarni asosiy muammosi kasb tanlash ya'ni o'z yo'lini topish sanaladi. Bu vaqtda ularda o'z ideallariga o'xshash istagi kuchayadi. Shuning uchun zamonaviy ustoz bolalarga yaqin do'st bo'lib, ularni qiziqishlarini xisobga olgan xolatda ma'lum bir kasb yoki hunarga yo'naltiradi. Bundan tashqari bolalar ustozidan nutq madaniyati va muomalani ham o'zlashtiradi. Shu sabadan ta'limda ustozlarning shaxsiy xislatlari va qobiliyatlari eng asosiy masala sifatida ko'riladi.

REFERENCES

1. Abdullayeva, G. A. (2021). Quality of educational work in the general secondary education system as a problem. Экономика и социум, (11 -1 (90)), 35-39.

2. Бабашев, Ф. А. (2018). Реформы, нацеленные на дальнюю перспективу. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 118-119.

3. Бабашев, Ф. А. (2023). УЗБЕКИСТОН ТАЪЛИМ ТИЗИМИГА МЕДИАТАЪЛИМНИ ЖОРИЙ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 216-220.

4. Мирзакаримова М. М. Замонавий шароитларда умумтаълим фанларини тадбиркорликка йуналтириб уцитиш тизими //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 4. - С. 216-222.

5. Madaminjonovna M. M. Innovative Methods and Tools for Developing Students' Entrepreneurial Skills Using CLIL Technologies //International Journal of Human Computing Studies. - 2023. - Т. 5. - №. 3. - С. 15-17.

6. Мухдммаджон Ходжаев, Мавлуда ^ахдорова. Чет тили уцитиш методикаси. -Т.: «Fan va texnologiya», 2012, 148 бет

7. Komilova, V. (2022). O'QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI. Scientific progress, 3(4), 1150-1155

27-mart, 2024

https://nuu.uz/

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

345

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.