Научная статья на тему 'O‘QITUVCHINING TA’LIM BERISHIDA SHAXS XUSUSIYATLARI VA QOBILIYATLARINING MUXIMLIGI MASALASI'

O‘QITUVCHINING TA’LIM BERISHIDA SHAXS XUSUSIYATLARI VA QOBILIYATLARINING MUXIMLIGI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
548
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / zamonaviy o‘qituvchi / qobiliyat / shaxs xususiyatlari / kasbiy bilimlar / malaka / kommunikativ pedagogik qobiliyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Aliyeva Zebo Baxtiyor Qizi, Yuldasheva Madina Siddikbekovna

O‘qituvchilik kasbi qanday yuksak kasb ekanligi, ularni yosh avlodni tarbiyalashda, ta’lim berishda shaxsiy sifatlari va qobiliyatlarining mavjud bo‘lishligi qay darajada muxim ro‘lga ega ekanligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHINING TA’LIM BERISHIDA SHAXS XUSUSIYATLARI VA QOBILIYATLARINING MUXIMLIGI MASALASI»

O'QITUVCHINING TA'LIM BERISHIDA SHAXS XUSUSIYATLARI VA QOBILIYATLARINING MUXIMLIGI MASALASI

Aliyeva Zebo Baxtiyor qizi

Andijon davlat pedagogika instituti 2 - bosqich pedagogika va psixologiya ta'lim yo'nalishi talabasi Yuldasheva Madina Siddikbekovna Andijon davlat pedagogika instituti 2 - bosqich pedagogika va psixologiya ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7376542

Annotatsiya: O'qituvchilik kasbi qanday yuksak kasb ekanligi, ularni yosh avlodni tarbiyalashda, ta'lim berishda shaxsiy sifatlari va qobiliyatlarining mavjud bo'lishligi qay darajada muxim ro'lga ega ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar : ta'lim, zamonaviy o'qituvchi, qobiliyat, shaxs xususiyatlari, kasbiy bilimlar, malaka, kommunikativ pedagogik qobiliyat.

XXI asr axborot texnologiyalar asri. Hayotimizga axborot texnologiyalari va innovatsiyalar shu qadar tez va ko'p kirib keldiki, turmush tarzimiz, mehnat faoliyatimiz keskin o'zgardi. Buning natijasida juda ko'p yangi kasblar paydo bo'ldi. Bularga misol qilib, IT mutaxassisligi, robototexnika muhandisligi yoki, onlayn marketolog kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Lekin, zamon har qancha rivojlanmasin, qanday yangi yo'nalishlar,yangi kasblar paydo bo'lmasin hech qachon yo'q bo'lmaydigan bir kasb bor. Bu kasb o'qituvchilik,ustozlik desak mubolag'a bo'lmaydi. Haqiqatdan ham har qanday kasb egalarini o'qituvchi murabbiylar tarbiyalaydi. Tarixga nazar soladigan bo'lsak, ustozlik qanday yuksak kasb ekanligini, buyuk ajdodlarimizning o'z ustozlariga bo'lgan munosabatlarida ko'rishimiz mumkin.

O'qituvchilik, bugungi kunda ham o'z mavqeini, o'rnini yo'qotgani yo'q. Aksincha, o'qituvchini zamonaviy ko'rinishi shakllandi. Hozirgi yosh avlod

awalgilariga umuman o'xshamaydi. Chunki, bugungi axborot asrida ma'lumot izlash, to'plash, axborotni o'zlashtirish hamda ularning oqimi ancha jadallashgan. Natijada, o'quvchilarning dunyoqarashi, fikrlashi, ong xususiyatlari ham shunga javoban ancha rivojlangan. Shuning uchun ham ularga ta'lim berishda zamonaviy o'qituvchi juda ko'p shaxsiy xislatlarga ega bo'lishi darkor. Ko'pchilik psixologlar, shu bilan birga o'zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o'qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, o'zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o'qituvchilik kasbini atroflicha o'rganib, ancha batafsil ko'rsatmalar berish imkoniyatini yaratadi.

O'qituvchining ega bo'lishlari kerak bo'lgan shaxsiy xislatlariga bir nechta misol keltirish mumkin. Masalan :

- bolalarni yaxshi ko'rish, ularni sevish;

- amaliy-psixologik aql-farosatlilik;

- mehnatsevarlik;

- jamoat ishlarida faollik;

- mehribonlik;

- kamtarlik;

- odamiylik, dilkashlik;

- uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo'lish;

- o'z bilimlarini oshirishga intilish.

Bu yuqorida keltirib o'tilgan xislatlarning xar biri ta'lim berishda juda muxim omillardan hisoblanadi. Qolaversa, zamonaviy o'qituvchi shaxsiy xislatlardan tashqari kasbiga oid bilim ko'nikma, malaka xamda turli qobiliyatlarga ham ega bo'lishligi o'quvchilarning bilim olishi, ma'naviy kamolotga erishishida ko'maklashadi.

Ta'lim oluvchi yosh avlodga bilim berishda zamonaviylikka asoslanib, uto tushunadigan tilda ma'lumotlami yetkazish, uto bilan o'zara xamkoñik, do'stona munosabatlami o'matmog'i lozim. g'

Zamonaviy o'qituvchi ta'lim va tobiya jaгayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi, psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini yaxshi bilishi, etnopsixologik bilimlarni egallashi, hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi, hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi, maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi kerak.

Bugungi kunda muxtoam Prezidentimiz tomonidan ta'limda juda ko'p ijobiy isloxotlar olib borilmoqda. Yosh avlodni barkomol yetuk kadrlar qilib tarbiyalash umumiy maqsadimizdir Bu maqsadga yetishimizda o'qituvchilaming гo'li g'oyat muximdir O'qituvchi vazifalami bajaгa olishi uchun yuqorida aytib o'tilgan kasbiy va shaxsiy xislatl aTdan tashqaгi, utoda tuгli qobiliyatlaг ham mavjud bo'lishi ke^.

Bunday qobiliyatlarga pedagogik qobiliyat, akademik qobiliyat, didaktik qobiliyat, avtoritar qobiliyat, boshqarish qobiliyati, nutq qobiliyatlari kiradi.

Pedagogikada bu qobiliyatlaming xar biгi o'z o'miga, mavqeiga ega bo'lib, turii xususiyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Didaktik qobiliyat - bu bolatoga o'quv mateгiallaгini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalaгda fanga qiziqish uyg'otib, utoda mustaqil faol qarashlami uyg'ota oladigan qobiliyatdir

Akademik qobiliyat - matematika, fizika, biologiya, onatili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi sohalarga xos qobiliyatlardir.

Nutq qobiliyati - kishining o'z tuyg'u - xislarini nutq yordamida shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan ifodalab berish qobiliyatidir.

Yosh o'qituvchitoda tajribasizlik natijasida o'quvchitoga bilimlarni yetkazishda ayrim qiyinchilikto yuzaga keladi. Shuning uchun ham ta'limda ustoz shogiïd ana'nasini rivojlantirish lozim. O'qituvchida yuqorida sanab o'tilgan qobiliyatlarni mavjudligi - bu bolatoda yangi o'quv materiallarini o'zlashtiгishini osonlashtiribgina qolmay, ularda hayotga bo'lgan qiziqishlarini yanada kengaytirish

hamda yangiliklar yaratish istagini ham shakllantiradi. Biz bilamizki, maktab yoshidagi o'quvchilarni asosiy muammosi kasb tanlash ya'ni o'z yo'lini topish sanaladi. Bu vaqtda ularda o'z ideallariga o'xshash istagi kuchayadi. Shuning uchun zamonaviy ustoz bolalarga yaqin do'st bo'lib, ularni qiziqishlarini xisobga olgan xolatda ma'lum bir kasb yoki hunarga yo'naltiradi. Bundan tashqari bolalar ustozidan nutq madaniyati va muomalani ham o'zlashtiradi. Shu sabadan ta'limda ustozlarning shaxsiy xislatlari va qobiliyatlari eng asosiy masala sifatida ko'riladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Yosh va pedagogik psixologiya. O'quv qo'llanma. M.G.Davletshin, Sh.Do'stmuhamedova, M.Mavlonov, S.To'ychiyeva, M. Djumabayeva. Toshkent 2007 - yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.