Научная статья на тему 'KELAJAK O‘QITUVCHISI SHAXSINING PROFESSIOGRAMMASI'

KELAJAK O‘QITUVCHISI SHAXSINING PROFESSIOGRAMMASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2517
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kelajak / o‗qituvchi / evrilish / adabiy ta‘lim / konsepsiya / model / tamoyil / usul / kompetensiya / professogramma / konseptual muammolar. / будущее / учитель / эволюция / литературное образование / концепция / модель / принцип / метод / компетентность / профессограмма / концептуальные проблемы.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxlo Isamiddinovna Botirova

Ushbu maqolada kelajak o‗qituvchisi tushunchasiga ta‘rif berilgan. Kelajak o‗qituvchisi shaxsining professiogrammasida uning shaxsiy xislatlari, kasbiy bilim darajasi, kasbiy xislatlari, shaxsiy-pedagogik uddaburonligi, kommunikativ malakalari, gnostik malakalari, ijodiy xislatlari, shuningdek, didaktik, akademik, perseptiv, nutqiy, tashkilotchilik, avtoritar, kommunikativ qobiliyatlari ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРОФЕССИОГРАММА ЛИЧНОСТИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ

В данной статье раскрывается понятие будущего учителя. В профессиограмме личности будущего учителя разрабатываются и научно обосновываются его личностные качества, уровень профессиональных знаний, профессиональные качества, личностно-педагогическая пригодность, коммуникативные умения, гностические умения, творческие качества, а также дидактические, академические, перцептивные, речевые, организационные, авторитарные, коммуникативные способности.

Текст научной работы на тему «KELAJAK O‘QITUVCHISI SHAXSINING PROFESSIOGRAMMASI»

KELAJAK O'QITUVCHISI SHAXSINING PROFESSIOGRAMMASI

Shaxlo Isamiddinovna Botirova

Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

(PhD)

Annotatsiya. Ushbu maqolada kelajak o'qituvchisi tushunchasiga ta'rif berilgan. Kelajak o'qituvchisi shaxsining professiogrammasida uning shaxsiy xislatlari, kasbiy bilim darajasi, kasbiy xislatlari, shaxsiy-pedagogik uddaburonligi, kommunikativ malakalari, gnostik malakalari, ijodiy xislatlari, shuningdek, didaktik, akademik, perseptiv, nutqiy, tashkilotchilik, avtoritar, kommunikativ qobiliyatlari ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslangan.

Kalit so'zlar: kelajak, o'qituvchi, evrilish, adabiy ta'lim, konsepsiya, model, tamoyil, usul, kompetensiya, professogramma, konseptual muammolar.

ПРОФЕССИОГРАММА ЛИЧНОСТИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ

Аннотация. В данной статье раскрывается понятие будущего учителя. В профессиограмме личности будущего учителя разрабатываются и научно обосновываются его личностные качества, уровень профессиональных знаний, профессиональные качества, личностно-педагогическая пригодность, коммуникативные умения, гностические умения, творческие качества, а также дидактические, академические, перцептивные, речевые, организационные, авторитарные, коммуникативные способности.

Ключевые слова: будущее, учитель, эволюция, литературное образование, концепция, модель, принцип, метод, компетентность, профессограмма, концептуальные проблемы.

PROFESSIOGRAM OF THE PERSONALITY OF THE FUTURE TEACHER

Abstract: This article reveals the concept of a future teacher. The professionogram of the future teacher's personality develops and scientifically substantiates his personal qualities, the level of professional knowledge, professional qualities, personal and pedagogical aptitude, communication skills, gnostic skills, creative qualities, as well as didactic, academic, perceptual, speech, organizational, authoritarian, and communicative abilities.

Keywords: future, teacher, evolution, literary education, concept, model, principle, method, competence, professogram, conceptual problems.

Kelajak o'qituvchisi siymosi o'qituvchilar uchun kasbiy ideal vazifasini o'tashi bilan muhim hisoblanadi. Uni yaratishda jamiyat, ta'lim, fan, pedagogika, psixologiya va axborot texnologiyalari kabi bir necha sohalarning ilg'or yutuqlarini bir nuqtada jamlash, umumlashtirish lozim. Kasbiy va shaxsiy mukammallik kelajak o'qituvchisi siymosining asosiy shartidir.

O'qituvchi kasbi borasida buyuk pedagog olimlar ko'plab fikr-mulohazalarni bayon qilishgan. YA.A.Komenskiy o'qituvchining asosiy maqsadi haqida "talabalar tomonidan o'rnak bo'lishga chorlovchi shaxsiy yuksak axloqi, odamlarga muhabbati, bilimi, mehnatsevarlik va boshqa fazilatlarni namoyish qila oladigan, insonparvarlik asosida tarbiyaviy ishlarni olib boradigan, o'z kasbining etuk mutaxassisi bo'lish"[1], - deb ta'kidlagan. Olim ta'kidlaganidek, shaxsiy yuksak axloq, muhabbat, bilim, mehnatsevarlik, o'z kasbining etuk mutaxassisi bo'lish o'qituvchidan o'z ustida doimiy ishlashni taqozo qiladi.

Zamonaviy pedagogikada o'rgatishdan ko'ra o'rganishga o'rgatish ko'proq ahamiyat kasb etmoqda. Bu milliy pedagogikamizda mavjud o'quvchilarga insoniyat tomonidan shu paytga qadar egallangan mavjud bilimlarni o'rgatishni eng maqbul yo'l sifatida ko'rish bilan bog'liq eski yondashuvga qarshi turadi. Eski yondashuvga ko'ra mavjud bilimlar o'quvchi ong va tafakkuriga tayyor holda singdiriladi. Bu jarayonda bilimlar adabiyotlarda tayyor holda mavjud bo'ladi va buni o'zlashtirish o'quvchilar uchun ham, o'qituvchilar uchun ham qanoatlanarli hisoblanadi. Ammo bu o'quvchilarda masala va hodisalar mohiyatini anglashga nisbatan ijodiy yondashuvni nazarda tutmaydi, faqat mavjud bilimlarni yodlash, ularni amaliyotga joriy etish bu turdagi pedagogikaning bosh maqsadi sifatida qaraladi. Bunday yondashuvda o'quvchining qanchalik ko'p bilimni yodda saqlaganiga qarab uning bilimi haqida xulosalar chiqariladi. Mavjud bilimlar yangi bilimlarni kashf etish uchun poydevor sifatida xizmat qilmasa, bu jarayonda zanjirli reaksiya hodisasi kuzatilmasa, fan va ishlab chiqarishda kutilgandek rivojlanish va taraqqiyot kuzatilmaydi. Buning uchun o'quvchilar masalaning mohiyatini anglashi, sabab va oqibatlarni tushunib etishi va xulosalar chiqarish ko'nikmasiga ega bo'lishi lozim bo'ladi. Kelajak o'qituvchisi siymosida ushbu nuqsonlarga qarshi fikrlarni shakllantirish zarur. Buning uchun kelajak o'qituvchisi konsepsiyasini ishlab chiqish talab etiladi. Konsepsiyada uning maqsad va vazifalari, kelajak o'qituvchisi shaxsini tarbiyalash tizimi va uning asosiy prinsiplari, usullari, kelajak o'qiituvchisi shaxsining umumiy va xususiy kasbiy kompetensiyalari, professiogrammasi o'z aksini topmog'i lozim.

Adabiy ta'lim kelajak o'qituvchisi konsepsiyasining maqsadi pedagogik ta'limga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalarining o'zbek tili va adabiyoti ta'lim

yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga adabiyot fani o'qituvchilari uchun zarur bo'lgan zamonaviy pedagogik va hayotiy kompetensiyalarni o'zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kasbiy va hayotiy vaziyatlarga moslashish ko'nikmalarini egallashning pedagogik hamda amaliy asoslarini yaratishdan iborat.

Adabiy ta'limning jamiyat oldidagi yuksak ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda kelajak o'qituvchisi konsepsiyasiningning vazifalarini quyidagilardan iborat qilib belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi:

adabiyot fani o'qituvchisiga qo'yiladigan zamonaviy (va kelajak) talablarni o'rganish (prognoz qilish), umumlashtirish va pedagogik oliy ta'limda amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari mazmunini shu talablarga moslashtirish;

adabiyot o'qitish metodikasi va pedagogika nazariyasi bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda kelajak o'qituvchisi konsepsiyasini ta'lim amaliyotiga tatbiq etishning oqilona mexanizmlarini ishlab chiqish;

kelajak adabiyot fani o'qituvchisining prfessiogrammasini ishlab chiqish, muntazam takomillashtirib borish va uni kadrlar tayyorlash tizimiga joriy qilish;

jamiyat rivojlanish qonuniyatlari asosida adabiyot fani o'qituvchisiga qo'yiladigan zamonaviy (kelajak) talablar, fanning rivojlanish an'ana va yo'nalishlarini belgilash;

talabalarni o'qituvchilik kasbiga qo'yiladigan zamonaviy (va kelajak) talablar asosida tayyorlash, ularga adabiyot fanining rivojlanish an'analari va yo'nalishlari asosida kasbiy ta'lim berish;

hayot taraqqiyotining sur'ati va jamiyat talablarining o'zgaruvchanligini inobatga olgan holda talabalarga adabiyot fani o'qituvchisi kasbi bilan birga yondosh bo'lgan qo'shimcha kasb-hunar o'rgatish ishlarini tashkil qilish;

adabiy ta'limda nazariya va amaliyot uyg'unligi va birligiga erishish orqali ta'lim sifatini oshirish;

kelajak adabiyot fani o'qituvchisining shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarini ishlab chiqish;

bo'lajak adabiyot fani o'qituvchilarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini kuchaytirish;

bo'lajak adabiyot fani o'qituvchilariga xorijiy tillarni o'qitish mazmuni va samaradorligini oshirish;

bo'lajak adabiyot fani o'qituvchilarida real hayotiy vaziyat va sharoitlarga kasbiy moslashish ko'nikmalarini shakllantirishga ko'maklashish.

Adabiy ta'limda kelajak o'qituvchisi shaxsini tarbiyalash muntazam o'zgarib va takomillashib boradigan jarayon ekan, unda yuz beradigan o'zgarishlarda

tarqoqlik kuzatilmasligi va mohiyatdan uzoqlashib ketmaslikni ta'minlash uchun uning qanday tamoyillarga tayanishini qat'iy belgilab olish zarur bo'ladi. Chirchiq davlat pedagogika instituti misolida adabiy ta'limda kelajak o'qituvchisini tarbiyalash tamoyillari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:

- ilmiylik;

- zamonaviylik;

- ilmiy bashorat (futurologiya) ga asoslanish;

- amaliyotga asoslanganlik;

- maqsadga yo'naltirilganlik;

- muntazamlilik;

- jamiyatning rivojlanuvchi va o'zgaruvchan talablariga moslashuvchanlik;

- ta'lim va tarbiya ishlarining uyg'unligi;

- o'qituvchilik kasbida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish.

Adabiy ta'lim kelajak o'qituvchisi konsepsiyasini amalga oshirish jarayoni

pedagogika, xususan, adabiyot o'qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslariga tayanishi uning ilmiylik tamoyilini belgilaydi.

Tadqiqot davomida adabiy ta'limda kelajak o'qituvchisi shaxsining professiogrammasini ishlab chiqdik. Unda kelajak o'qituvchisining xislatlari va pedagogik qobiliyati tasnif qilingan.

Adabiy ta'limda kelajak o'qituvchisi shaxsining professiogrammasi:

1. Kelajak o'qituvchisi shaxsining professiogrammasida uning xislatlari quyidagilardan iborat:

Shaxsiy xislatlar:

- vatanparvarlik;

- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etish;

- bolalarni yaxshi ko'rish, ularni sevish;

- mehnatsevarlik;

- jamoat ishlarida faollik;

- mehribonlik;

- kamtarlik;

- odamiylik, dilkashlik;

- irodali, sabr-toqatli, bardam va matonatli bo'lish;

- uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo'lish;

- o'z bilimini oshirishga intilish.

Kasbiy bilim darajasi:

- ta'lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunish;

- psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilish;

- etnopsixologik bilimlarni egallash;

- hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilish;

- hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallash;

- maktab yoshida bolalarnipg psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunish;

- o'z fanini chuqur bilish;

- o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishning samarador usullarini kashf etish;

- ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilish.

Kasbiy xislatlari:

- yangi O'zbekiston mafkurasini anglashi;

- zamonaviy maktabda olib boriladigan o'quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an'analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunish;

- o'qituvchiga xos kuzatuvchanlik;

- o'z diqqat-e'tiborini taqsimlay olish;

- rivojlangan pedagogik fantaziya (xayol)ga erishish;

- o'ziga tanqidiy munosabatda bo'la olish;

- o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini tuta olish;

- pedagogik takt;

- nutqning emotsional ifodalanishi. Shaxsiy-pedagogik uddaburonligi:

- dars mashg'ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilish;

- o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olish;

- ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olish;

- pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilish;

- bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o'z faoliyatini rejalashtirishni bilish;

- o'quv maqsadlarini rejalashtira olish;

- o'zining talim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olish. Tashkilotchilik malakalari:

- bolalar jamoasini uyushtira bilish;

- turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olish;

- bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olish;

- amaliy masalalarni hal etishda o'zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez hal qila olish.

Kommunikativ malakalari:

- bolalarni o'ziga jalb etishni bilish;

- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilish;

- bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o'zaro munosabatlarni tartibga solishni bilish;

- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog'lashni bilish.

Gnostik malakalari:

- bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilish;

- o'zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olish;

- boshqa o'qituvchilarning tajribalarini o'rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to'g'ri xulosa chiqara olish;

- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilish;

- o'quvchilarni to'g'ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirishni bilish.

Ijodiy xislatlari:

- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- o'quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati;

- o'zini o'quvchi o'rniga qo'yib, bo'lib o'tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olish;

- avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;

- o'zining o'quvchiga pedagogik ta'siri natijalarini oldindan ko'ra bilishga intilish.

2. Kelajak o'qituvchisi shaxsining professiogrammasida uning pedagogik qobiliyatlari quyidagilardan iborat:

- didaktik qobiliyatlar - bolalarga o'quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib etkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg'otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg'ota oladigan qobiliyatlardir;

- akademik qobiliyatlar - muayyan fan sohasi va uni tadqiq etish bilan bog'liq qobiliyatdir;

- perseptiv qobiliyatlar - bu o'quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o'quvchi shaxsining vaqtinchalik

psixik holatlari bilan bog'liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir;

- nutqiy qobiliyat - kishining o'z tuyg'u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir;

- tashkilotchilik qobiliyati - bu birinchidan, o'quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o'zining shaxsiy ishini to'g'ri tashkil qila olish qobiliyatidir;

- avtoritar qobiliyati - bu o'quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta'sir etib, ular orasida obro' orttira bilishdan iborat qobiliyatdir;

- kommunikativ qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo'lishga, o'quvchilarga yondashish uchun to'g'ri yo'l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o'zaro aloqa.

Kelajak o'qituvchisi o'quvchi hayotining shunchaki bir qismi, unga bilim beruvchi shaxs bo'lib qolishi kerak emas, balki uning mazmunini belgilab beruvchi mutaxassis bo'lishi kerak. CHunki bugungi kunga kelib ta'lim olish jarayoni yoshlar hayotining eng katta qismiga aylanib ulgurdi. O'quvchi ota-onasidan ko'ra ko'proq o'qituvchi bilan munosabatga kirishmoqda. SHunday vaziyatda mazkur kasbning ideal namunasini yaratish va unga yo'naltirilgan ta'lim mazmunini tashkil qilish jamiyatning o'zgaruvchan talablariga mos o'qituvchi shaxsini tarbiyalash imkonini beradi. Kelajak o'qituvchisi o'quvchilarni jamiyatning kelajak talablariga muvofiq tarbiyalaydi.

REFERENCES

1. Materialbi nauch. sessii APN RSFSR, posvyaщyonnoy 300-letiyu opublikovaniya sobraniya didakticheskix trudov YA. A. Komenskogo (13-14 dekabrya 1957 g.), M., 1959

2. Muhamedov G'., Xodjamqulov U. YOshlarni nostandart fikrlashga o'rgatishning zarurati. / https://diyor24.uz/4888

3. Eynshteyn A. Sobranie nauchnbx trudov v chetbiryox tomax. — M.: Nauka, 1965—1967, Tom №3, -S.92.

5. Mukhamedov, G. I., Khodjamkulov, U. N., Shofkorov, A. M., & Makhmudov, K. S. (2020). Pedagogical education cluster: content and form. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81), 250-257.

6. Botirova SH.I. (2020). Problemnbie aspektbi, svyazannbie s primeneniem pedagogicheskix texnologii i interaktivnbix metodov na urokax. "Science and Education " Scientific Journal, 1(7), 465-472.

7. Mardonov, S., Khodjamkulov, U., Botirova, S., & Shermatova, U. (2020). The Need to Educate Young People with the Spirit of Patriotism in the Context of Globalization. Journal of Critical Reviews, 7(12), 243-247. http://dx.doi.org/10.31838/icr.07.12.29

8. Botirova Sh.I. (2018). The Role of Artistic Literature In The Spiritual Development of Youth. Mirovaya nauka, 5(14), 26-28.

9. Botirova Sh.I. (2018). Methodology And Technology of Social And Pedagogical Activity. Teoriya ipraktika sovremennoy nauki, 1(31), 14-16.

10. Khodjamkulov, U., Botirova, S., Shofkorov, A., & Abdirimova, I. (2020). Bases of Organizing Cooperation between Educational Institutions through Clusters (on the Example of the Education System of Uzbekistan). Journal of Critical Reviews, 7(12), 166-169. https://dx.doi.org/10.31838/icr.07.12.47

11. Botirova Sh.I. (2018). The Role of Artistic Literature In The Spiritual Development of Youth. Mirovaya nauka, 5(14), 26-28.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.