Научная статья на тему 'KIMYO O`QITUVCHISI KАSBIY KОMPЕTЕNTLIGINI SHАKLLАNTIRISHDА MОDULLI O`QITISHNING AHАMIYATI'

KIMYO O`QITUVCHISI KАSBIY KОMPЕTЕNTLIGINI SHАKLLАNTIRISHDА MОDULLI O`QITISHNING AHАMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

446
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kasbiy kompetentlik / kasbiy ta`lim / pedagogik ta`lim / modul. / профессиональная компетентность / профессиональное образование / педагогическое образование / модуль.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fеruzа Sаttаrоvnа Kаrimоvа, Ziyodаbоnu Sаyfullа Qizi Mullаjоnоvа

Ushbu maqolada kimyo fani o`qituvchilarining kasbiy kompetentligini ya`ni shaxs kasbiy sifatlarini shakllantirishda modulli o`qitishning ahamiyati ko`rsatib o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ УЧИТЕЛЯ ХИМИИ ВАЖНОСТЬ МОДУЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ

В статье показано значение модульного обучения в формировании профессиональной компетентности учителя химии.

Текст научной работы на тему «KIMYO O`QITUVCHISI KАSBIY KОMPЕTЕNTLIGINI SHАKLLАNTIRISHDА MОDULLI O`QITISHNING AHАMIYATI»

KIMYO OQITUVCHISI K4SBIY КОМРЕТЕЭТЬЮХМ 8НАКЬЬАЭТ1М8ИВА МОБиЬЫ OQITISHNING AHАMIYATI

Гегига 8а11агоупа Каг1шоуа

Jizzax politexnika instituti o'qituvchisi f.karimova.8 5 @mail. ru

Ziyodаbоnu 8ауГи11а qizi МиНа^поуа

Jizzax politexnika instituti talabasi

Annotatsiya:Ushbu maqolada kimyo fani o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini ya'ni shaxs kasbiy sifatlarini shakllantirishda modulli o'qitishning ahamiyati ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Kasbiy kompetentlik, kasbiy ta'lim, pedagogik ta'lim, modul.

ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ УЧИТЕЛЯ ХИМИИ ВАЖНОСТЬ МОДУЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ

Аннотатция: В статье показано значение модульного обучения в формировании профессиональной компетентности учителя химии.

Ключевые слова: профессиональная компетентность, профессиональное образование, педагогическое образование, модуль.

PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE CHEMISTRY TEACHER THE IMPORTANCE OF MODULAR LAERNING IN FORMATION

Abstract: The article shows the importance of modular training in the formation of the professional competence of chemistry teacher.

Keywords: professional competence, professional education, teacher education, module.

Kimyo o'qituvchilarini tayyorlash, mutaxassisning muhim kasbiy sifatlari darajalari bozorning zamonaviy talablariga asoslanadi. Kasbiy pedagogikaning tushunchaviy apparatida mutaxassisning muhim kasbiy sifatida uning kasbiy kompetentligi tan olinadi. Kopetentlik yondashuvi mutaxassislarni tanlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash va stajirovkasi kadrlar menejmentida (boshqaruvida) muhim asos hisoblanadi.

Kasbiy ta'lim tizimi real maqsadi kompetentli mutaxassisni shallantirish hisoblanib, u shaxs kasbiy sifatlarini rivojlantirishini nazarda tutadi. Kasbiy ta'limning shu tariqa shakllantirilgan maqsadi, ko'pchilik shu soha olimlarining fikricha, XXI asr global ta'limining maqsadiga mos keladi (yashashni bilish, ishlashni bilish, birga yashashni bilish, o'qishni bilish), shuningdek, o'qituvchi amaliy faoliyati real talab va shartlariga mos tushadi.

YUNESKO bo'yicha XXI asr ta'limi ta'lim oluvchilarning kompetentligini to'rt tayanch asoslarda shakllantirishi lozim: anglashga o'rganish, bajarishni o'rganish, yashashni o'rganish va bo'lishlikni o'rganish [3].

Talabaning kompetentlik yondashuv assosida fundamental kasbiy faoliyatni o'zlashtirib olish darajasini baholash - demak, uning kasbiy masalalarni amalda yechish, hal qilish qobiliyatini baholash hisoblanadi. Bunda pedagogika fani va amaliyoti oldida pedagogning kasbiy kompetentligi mohiyatini real anglash muammo sini keltirib chiqaradi.

O'zbekistonda "Ta'lim to'g'risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning qabul qilinishi bilan ta'lim natijalarini qayta baholashga harakatlar boshlandi - "tayyorlanganlik", "ma'lumotlilik", "tarbiyalanganlik" kabi tushunchalar mohiyatan "kompetensiya", "Kompetentlilik" kabi tushunchalar bilan almashtirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 20.04.2017 yildagi N PQ-2909 "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari" qarorida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, OTM larda ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarni perspektiv rivojlanishini hisobga olgan holda optimal sharoit yaratish, oliy ta'lim jarayoni, o'quv reja va dasturlarida yangi pedagogik texnologiyalar va ta'lim metodlarini, ilmiy-ta'lim jarayonlarining zamonaviy tashkiliy shakllarini yangilash va joriy qilish [1] ko'rsatib o'tilgan.

Zamonaviy mehnat bozori barcha jabhalar bo'yicha ko'p sonli mutaxassislarni taklif qilmoqda, ammo yuqori darajadagi raqobat sharoitlarida kasbiy tayyorgarlikka yuqori talablar ham qo'yilmoqda.

Bugungi kunda raqobatbardosh mutaxassis nafaqat bazali bilim va ko'nikmalarga, balki kasbiy kompetentlikka ham ega bo'lishi talab qilinadi.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig'ilishidagi 2016 yildagi mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari hamda 2017 yildagi iqtisodiy dasturning muhim ustuvor yo'nalishlari to'g'risidagi ma'ruzasida mutaxassislar tayyorlash kvotasiga

e'tibor qaratish lozimligi, bu o'z navbatida tayyorlov sifatiga hamda ularning ish joyi bilan ta minlanishiga yordam berishini ta'kidlagan edi [2].

Bitiruvchiga qo'yilayotgan zamonaviy talablar mehnat bozoridagi holat, shuningdek, jamiyatning tez sur'atlar bilan rivojlanishi, muhitning axboratlashuvi kabilardan tarkib topib boradi. O'zgaruvchan olamning ta'lim tizimida bitiruvchida shunday inisiativlik, yangilikka intiluvchanlik, mobillik, tezkorlik, egiluvchanlik, rivojlanuvchanlik va konstruktivlik kabi kasbiy sifatlar shakllantirib borilishi kerak.

So'ngi yillarda ta'limda turli texnologiyalar keng qo'llanilmoqda, ular ta'lim jarayonini individuallashtirish imkonini beradi, anglash faoliyatini faollashtiradi, talabalarga o'quv materialini yengil o'zlashtirishga yordam beradi, ularni o'quv materiali ustida kunaro ishlashga qiziqtiradi, ijodiy rivojlanishga sharoit yaratadi hamda shaxsga o'z-o'zini namoyon qilish imkonini beradi.

Zamonaviy texnologiyalarning shunday turiga molulli o'qitish texnologiyasi

kiradi.

Modulli o'qitish texnologiyasining maqsadi - ta'lim dasturlari mazmunini turli ketma-ketlikda, turli tezlik va hajmda, alohida o'quv modullaridan individual qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ta'lim jarayoni sub'ektlarining o'zlashtirishi uchun tanlov sharoitini yaratishdan iborat.

Hozirgi paytda kompetent yondashuv asosida O'zbekiston Respublikasi oliy pedagogika maktabi ta'lim jarayoni uchun Oliy kasbiy ta'lim Davlat standartlari ishlab chiqilgan va joriy qilingan, unda kutiladigan ta'lim natijalari sifatida universal va kasbiy kompetensiyalar belgilab qo'yilgan. Davlat ta'lim standarti asosini modulli-kompetent yondashuv tashkil qiladi va u ish beruvchi talablariga moslangan hamda o'quv texnologiyalari, o'quv dasturlari, o'quv rejalari uchun asos vazifasini ham o'taydi.

Pedagogik ta'lim bakalavrining umummadaniy hamda kasbiy kompetenligini pedagog sifatida shakllantirish uchun uning pedagogik bilim va ko'nikmalarini, ta'lim jarayoni muammolarini anglab yetishini ta'minlash lozim.

Modul - bu ta'lim dasturining tugallangan birligi hisoblanadi, u bitta yoki bir necha kasbiy kompetensiyalardan shakllanadi, shuningdek u ta'lim oluvchilarning bitiruvdagi bilim va ko'nikmalari nazorati hisoblanadi.

Modulli yondashuv doirasidagi o'qitish kompetensiyalarga asoslangan bo'lsada, u an'anaviydan tubdan farq qiladi.

Molulli o'qitish o'zida ta'limning nazariy hamda amaliy qismlarini mujassamlaydi va ularni yaxlitlaydi. Bunda umumiy hamda kasbiy kompetensiyalarning o'zlashtirish jarayonida nazariy bilimlarning o'rni va joyi

boshqacha mazmun kasb etadi, shu tariqa ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish motivlari kuchayadi.

Modul asosda o'qigan bo'lajak o'qituvchilarda quyidagi kompetentliklar shakllantiriladi:

-yangi avlodning umumta'lim davlat ta'lim standartlarini joriy qilishga tayyorligi;

-kimyo bo'yicha bazali o'quv dasturlari va elektron kurslarini turli ta'lim muassasalarida joriy qilishga tayyorligi;

-ta'lim muassasalarida zamonaviy metodika va texnologiyalarni, shu jumladan, axborot texnologiyalarini konkret o'quv muassasasining o'quv-tarbiya jarayoni sifatini ko'tarish uchun joriy qilishga tayyorligi.

Demak, bo'lajak kimyo o'qituvchilarni modulli texnologiyalar asosida kasbiy tayyorlash deb, bo'lajak kimyo o'qituvchilari mustaqilligini shakllantirishga yordam beruvchi omillar birligi tushuniladi, bu bo'lajak kimyo o'qituvchilarining mohiyatli kasbiy xususiyati hisoblanadi va u kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlaydi.

Oliy kasbiy ta'limda modulli-kompetentlilik tizimi o'quv jarayonini tashkillashtirishning ta'limiy konsepsiyasi sanaladi, unda ta'limning maqsadi sifatida talabaning qator kompetensiyalari oldinga chiqadi, ularga erishish vositasi bo'lib ta'limning mazmun va tuzilishini ifodalovchi modul hisoblanadi [3].

Bugungi kunda o'quvchining shaxsiy yutuqlari uning ta'lim jarayonidagi kompetentlilik darajasiga bog'liq bo'lib qolmoqda.

Demak, kompetentlikka asoslangan modulli o'qitish pirovard natijaga yo'naltirilgan. Bu shunday o'qitish bo'lib, u o'quvchilar tomonidan bilim va ko'nikmalarni kompleks o'zlashtirishini, o'z faoliyatini o'z tajribasi asosida mehnat bozori talablariga mos qurishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. "Ta'lim to'g'risida"gi qonun // Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent Sharq, 1998 y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakaktlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. -Toshkent: Adolat, 2017.

3. Djuraev R. Ta'limda in'erfaol texnologiyalar. - Toshkent, 2010 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.