Научная статья на тему 'Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari va kommunikatsiya haqida tushuncha'

Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari va kommunikatsiya haqida tushuncha Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4076
317
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
pedagogika / qobiliyat / kommunikatsiya / bilim / ko‘nikma / malaka / mohirlik / mahsuldorlik / evristik / kreativlik / talant / o‘qituvchi / o‘quvchi / pedagogik qobiliyat / kommunikativ qobiliyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulnoza Bahodir Qizi Xasanboyeva

Ushbu maqolada yosh va bo‘lajak pedagoglarga pedagogik qobiliyat va kommunikatsiya haqida ma’lumotlar bayon etilgan, o‘qituvchilarda pedagogik qobiliyatni shakllantirishda asos bo‘ladigan ba’zi qoidalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari va kommunikatsiya haqida tushuncha»

Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo'llari va kommunikatsiya haqida tushuncha

Gulnoza Bahodir qizi Xasanboyeva gulnozaxasanbyeva51 @gmail.com Andijon davlat chet tillari instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh va bo'lajak pedagoglarga pedagogik qobiliyat va kommunikatsiya haqida ma'lumotlar bayon etilgan, o'qituvchilarda pedagogik qobiliyatni shakllantirishda asos bo'ladigan ba'zi qoidalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: pedagogika, qobiliyat, kommunikatsiya, bilim, ko'nikma, malaka, mohirlik, mahsuldorlik, evristik, kreativlik, talant, o'qituvchi, o'quvchi, pedagogik qobiliyat, kommunikativ qobiliyat

Understanding of ways of formation of pedagogical skills and

communication

Gulnoza Bahadir kizi Hasanboyeva gulnozakhasanbyeva51 @gmail.com Andijan State Institute of Foreign Languages

Abstract: This article provides information about pedagogical skills and communication to young and future pedagogues, some rules that are the basis for the formation of pedagogical skills in teachers are highlighted.

Keywords: pedagogy, ability, communication, knowledge, skill, competence, skill, productivity, heuristic, creativity, talent, teacher, student, pedagogical ability, communicative ability

O'zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida o'zgarishlar sodir bo'ldi. Shu jumladan, pedagogika sohasida ham qonunlar qabul qilindi. Pedagoglarning ijtimoiy hayotimizdagi o'rni orttdi va talab kuchaydi. 1992-yil iyul oyida O'zbekiston Respublikasining ilk "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. 1997-yil "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni tahlil qilinib,unda bir qancha kamchiliklar aniqlandi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis IX sessiyasi O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Bu qonunlar yurtimizda pedagogika sohasiga bo'layotgan e'tiborning yaqqol dalilidir.

Pedagogika (yunoncha "paidagogike" bo'lib, "pedagogos" - "bola" va "yetaklayman") ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan hisoblanadi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishda ikki nazariyani o'z ichiga oladi. Ular quyidagilar:

1. Didaktika (ta'lim nazariyasi);

2. Tarbiya nazariyasi.

Qobiliyat - bu har bir shaxsning o'ziga xos psixologik xususiyati bo'lib, u shaxsning hayoti davomida o'z aksini topadi. Har bir shaxsda bir qancha qobiliyatlar mavjud bo'lib, u insonning ish faoliyati va ijtimoiy hayoti davomida shakllanib o'zini oshkor etadi. Insonning kamol topib hayotda o'z o'rnini topishi va kasb yoki hunar tanlashida muhim ahamiyat kasb etadigan omillardan biri sanaladi.Pedagogik qobiliyat - bu o'qituvchi uchun zarur bo'lgan xususiyat hisoblanadi. U ba'zi insonlarda tug'ma bo'lib, qolganlarida hayoti davomida orttiriladi va shakllanib boradi. Pedagogik qobiliyat 4 xil xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Ular quyidagilar:

1. Asosiy xususiyatlar;

2. Yetakchi xususiyatlar;

3. Yordamchi xususiyatlar;

4. Tayanch xususiyatlar.

Kommunikatsiya - pedagogik xususiyatning asosiy xususiyatlaridan biri sanalib, bu xususiyat o'qituvchi va o'quvchi, ota- onalar, mahalla faollari va maktab jamoasi ya'ni hamkasblari bilan munosabatlarni keng yoritadi. Hozirgi kunda o'qituvchilarni pedagogic qobiliyatlarini rivojlantirishda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlardan maqsad shuki, bo'lajak peadagoglarni bilimli, o'z kasbiga fidoiy qilib tarbiyalash hamda o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida rivojlantirishdir.

Qobiliyat - har bir insonning muayyan faoliyatga layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi shart va sharoitdir. U har bir insonda bir qancha va o'ziga xosdir. Qobiliyatni inson hayoti davomida kashf etadi va rivojlantiradi yoki undan batamom foydalanmaydi.

Bilim - bu ilmiy izlanishlar natijasi. Inson o'zining yoki o'zgalar tajribasi yoki ilmiy ishlari natijasida namoyon bo'ladi. Bilim insonni o'zida hosil bo'ladi va u ilmning bir qismidir. Bevosita ilmni ikki turga bo'lishimiz mumkin. Ular foydali va foydasiz. Foydali ilm - bu shunday ilmki, inson undan hayoti davomida foydalanib manfaat oladi. Foydasiz ilm - bu ilm o'rganiladi ammo foydalanilmaydi.

Ko'nikma - o'qituvchi kasbiy faoliyati natijasida hosil qilingan tajribalar va bilimlar asosidagi ishning mukammal usuli. Bundan shuni tushunishimiz mumkinki, u o'qituvchini tajribasi va bilimiga tayanib o'z ish faoliyatini yuritish yo'lidir.

Malaka - o'qituvchining ongli faoliyatini bajarishda hosil bo'ladigan kasbiy intellektning avtomatlashgan komponentlari yig'indisi. Demak, malaka

o'qituvchining kasbiy intellektiga tayanadi hamda ish faoliyatini yuritishda o'z aksini topadi.

Mohirlik - pedagogik ko'nikmalar yig'indisi. O'qituvchining ish faoliyati davomidagi ko'nikmalari asosida dars jarayonini Davlat ta'lim standartlari asosida tashkillashtirishi va bajarish.

Mahsuldorlik - muayyan muammoga ijodkorona yondashib unga tegishli yechim berish. Buning uchun avvalo muammoning kelib chiqishini o'rganib ularni bartaraf etish hamda uni amaliyotga tadbiq etishdir.

Evristik - kasbiga oid yangiliklardan xabardor bo'lish, ularni o'z faoliyati davomida qo'llash hamda targ'ib qilish.

Kreativlik - tajribalar asosida yangi nazariyalar yaratish. Zamon bilan hamnafas bo'lgan holda o'z g'oyalariga tayangan holda yangi metod va yondashuvlar yaratishdir.

Pedagogik qobiliyatlar funksiyaisga ko'ra ikkiga bo'linadi:

1. Umumiy (aqliy faoliyat, tanqidiylik, tizimiylik, tahlil qilish, reaksiya tezligi, sintezlash, diqqatni jamlash, e'tiborlilik);

2. Maxsus (tashkilotchilik, injener-texnik, loyihalashtirish, matematik, ijodiy, badiiy, musiqaviy).

Talant - bu biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta'minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi.

Olimlarning fikricha pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari quyidagilar:

1. O'z kasbiga muhabbat, o'quvchilarni sevish;

2. Mutaxassislik fanini chuqur bilish, qiziqish;

3. Pedagogik takt(odob va go'zallik)ka ega bo'lish;

4. Bolalar jamoasiga singib ketish;

5. O'z mehnatiga ijodiy yondashish;

6. Javobgarlikni his etish;

7. Tarbiyaviy bilimlarni egallash.

Pedagogik qobiliyatlar tizimiquyidagi xuxusiyatlar bilan farq qilinadi:

•asosiy xususiyatlar;

•tayanch xususiyatlar;

•yetakchi xususiyatlar;

•yirdamchi xususiyatlar.

Kommunikativ qobiliyat: U psixologik bilim va muomila madaniyatini talab etib, o'qituvchi o'z pedagogik jamoasi, ota-onalar, mahalla faollari, o'quvchi bilan ijtimoiy hayotini yoritadi.

Perseptiv qobiliyat: Kuzatuvchanlik muhim rol o'ynaydi. O'quvchini ruhiy olamini tushunish, har bir vaziyatga odilona yondashish.

Empatik qobiliyat: O'quvchilarini ruhiy holatini tushunish, his etish, achinish, ularga to'g'ri maslahat berish.

Ta'lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati: O'qituvchi o'z bilimini o'quvchiga kam kuch sarflab, belgilangan muddatda maqsadiga erishishi.

Didaktik qobiliyat: Samarali, jahon talablari va Davlat ta'lim standartlari talablariga javob beradigan dars berish.

Tashkilotchilik qobiliyati: O'quvchilarni shaxsiy qobiliyat va talantlaridan kelib chiqqan holda ularni jamoat ishlari va fan to'garaklariga jalb etish.

Konstruktiv qobiliyat: Darsni puxta rejalashtirish, samarali metod va yondashuvlarni to'g'ri vaqtda qo'llash.

Bilish qobiliyati: O'qituvchi o'zining mutaxassislik faninigina emas, balki o'z faniga chambarchas bog'liq bo'lgan fanlarni ham bilishi zarur.

Anglash (tushunish) qobiliyati: O'qituvchi sinfidagi har bir o'quvchiga adolatli bo'lgan holda ularning ziyrakligi, uddabironligi, bilim olish darajasiga ahamiyatli bo'lishi.

Yetakchi xususiyat - bu shunday xususiyatki, u har bir pedagogda turli xil bo'ladi. Har bir pedagogning o'ziga xos uslubi mavjud bo'lib, u takrorlanmasdir. Bir pedagogda bo'lgan yetakchi xususiyat boshqasida uchramaydi. Shu tufayli u o'sha pedagogni boshqalaridan farqlaydi. Uslub bir bo'lishiga qaramay bir pedagog unga turlicha yondashadi. Shu yondashuv uning yetakchi xususiyatidir.

Tayanch xususiyat - kuzatuvchanlik va ko'ra bilish ko'nikmasidir. Bu ijodiy faoliyat uchun boshlang'ich materialni ko'ra bilishidir. Pedagogika fanida bu o'quvchilarni qobiliyatlari, xarakteri va shaxsiyatiga hamda dars uchun ma'lumotlarga qaratiladi.

Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:

•Aql-idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik,kamchiliklarga tanqidiy e'tibor, sobitqadamlik;

•O'qituvchining nutqi: notiqlik san'ati, so'z boyligi teranligi;

•Aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish;

•Pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo'lish.

Kommunikativ qobiliyat o'quvchining ongiga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Kommunikativ qobiliyatning quyidagi yo'nalishlari mavjud. Ular

1. O'quvchilarni ishontirish;

2. O'quvchilar ongiga ta'sir etish;

3. O'zgalarga taqlid etish.

O'quvchilarni ishontirish: O'qituvchi ta'sirchan nutq vositasida o'quvchining bilimi,dunyoqarashi, xulq-atvori, xatti-harakatiga ta'sir etib o'quvchini qisman o'zgartiradigan ta'lim va tarbiya jarayonida ishlatiladigan usullardan biri.

O'quvchilar ongiga ta'sir etish: Fikr almashinuv jarayoni natijasida shakllanadigan sezilarsiz ravishda ta'sir ko'rsatadigan psixologik xususiyat. O'qituvchi ta'siri ostida o'quvchini ongiga voqelikni beixtiyor idrok etishidir.

O'quvchini ongiga ta'sir o'qituvchi yetakchilikni qo'liga olishi uchun muhim qoidalar:

1. O'quvchilarning salbiy xatti-harakatlari tufayli sodir bo'ladigan emotsional his tuyg'ularga berilmaslik;

2. Har bir o'quvchining psixologik va ruhiy holatini puxta o'rganmasdan uning ongiga tarbiyaviy ta'sir o'tkazishga harakat qilmaslik;

3. Sinf jamoasini norasmiy yetakchisini sezdirmasdan aniqlab olish va uning xatti-harakatidan doim ogoh bo'lish;

4. Pedagogik mahoratning muhim jihatlarini uzluksiz o'zida takomillashtirib boorish;

5. O'ylamay aytilgan har bir so'z, noo'rin fikr-mulohazalarning oqibatini hech qachon tuzatib bo'lmasligni o'qituvchi doimo his etishi lozim.

Taqlid qilish - o'zi sevgan insonini harakatlarini takrorlash va uni o'zi uchun ideal deb hisoblash. Bunda o'quvchi taqlid qilayotgan shaxsini harakatlarini ongsiz ravishda takrorlaydi. Taqlid qilinayotgan shaxs ikki xil bo'ladi:

1. Hayotda mavjud inson;

2. Badiiy asardagi inson.

Ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchi tomonidan pedagogik ta'sir ko'rsatishni asosiy usullari:

•Talab: o'quvchini bajargan amallariga va shaxsiga nisbatan o'qituvchini nazoratida bo'lishi. Ijobiy harakatlariga rag'batlantirilishi hamda aksi bo'lsa to'xtatish;

•Istiqbol: o'qituvchi o'quvchini kelajagini ko'ra olishi, rag'batlantirishi, ruhlantirishidir. O'quvchini shaxsiy qobiliyati va ko'nikmalaridan kelib chiqib maqsadiga erishishiga yordam berish, intilish hamda qiziqishlarini hisobga olishdir.

•Rag'batlantirish va jazolash: o'quvchini xulq atvoridan kelib chiqib uning kelajagiga zarur bo'lgan rag'batlantirish yoki jazo turini belgilashdir.

•Jamoatchilik fikri: o'quvchilarni bir jamoa sifatida shakllantirib ularni rag'batlantirib borishdir.Jamoa fikri foydali bo'lsa qo'llab quvvatlash, aks holatda to'g'ri yo'l ko'rsatishdir.

Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatga erishish uchun o'qituvchi qilishi kerak bo'lgan amallar:

-O'quvchilar bilan bo'lajak munosabatni modellashtira olish;

-Sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilish;

-Bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o'rnatish;

-Munosabatda ustun bo'lish va demokratik talablar asosidaoqilona boshqarish;

-Munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini doim tahlil qilib boorish.

O'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatishda o'qituvchi amal qiladigan qoidalar:

-Tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;

-Tarbiyaning hayotga bog'liqligi;

-Shaxsni jamoada tarbiyalanishida o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish

-Tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan bo'lishva uning shaxsini hurmat qilish

-Tarbiyalanuvchining yosh va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

-Tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini ta'minlash.

Yosh o'qituvchi amal qilishi kerak bo'lgan xushmuomalalik mezonlari:

1. O'z-o'zini tarbiyalash dasturini ishlab chiqish;

2. Kasbiy faoliyatiga baho berish;

3. O'z-o'ziga ta'sir o'tkazuvchi "autogen" mashqlar asosida ishlash;

4. O'quvchi va ota-onalar bilan jamoatchilik ishlarini olib borishva ular asosida fikr almashish faoliyatida ko'nikma va malakalarni oshirish;

5. Og'zaki ta'sir o'tkazishda salbiy kayfiyatni yengib xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish;

6. Xushmuomalalikka milliy an'ana va urf-odatlarimiz, o'zbekona muomala madaniyati, milliy an'analar nuqtai nazaridan yondashish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. O'z ona tilida puxta, lo'nda va jarangdor so'zlar tuza olish va nutqiy mahorat bilan ifodalash.

O'qituvchi - bu shunday shaxski, u o'quvchini ruhlantirishi yoki ruhiy tomondan sindirishi mumkin. O'qituvchi o'zining pedagogik qobiliyatlaridan foydalangan holda o'quvchini jamiyatning bir bo'lagi sifatida o'z o'rnini topishiga ko'maklashishi kerak.

O'qituvchi dars berar ekan, avvalo uni puxta rejalashtirishi lozim. Shuningdek mavzuni qisqa vaqt ichida, kam kuch sarflab, Davlat ta'lim standartlari asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tushuntirishi muhim. Pedagog o'zi dars berayotgan sinf jamoasiga dingib, ular bilan samimiy bevosita aloqa o'rnatishi, har bir o'quvchini alohida shaxs sifatida ko'rib uning qobiliyatlarini aniqlagan holda jamoat ishlari hamda to'garaklarga jalb etishi kerak. O'quvchilar jamoasi bilan doimo fikr almashib ularni fikrlarini e'tiborga olishi ahamiyatli.

O'qituvchi tarbiyalanuvchilarga talab qo'yishi va jamoani adolat bilan boshqarib yetakchilikni o'z qo'liga olishi lozim. Sinf jamoasining norasmiy sardorni doimo kuzatib yurishi, sinfdagi har bir tarbiyalanuvchini ruhiy holatini, o'zlashtirish darajasini to'g'ri baholab yechimlar berishi zarur.

Pedagoglar nafaqat o'zining mutaxassislik fani balki u fanga bog'liq bo'lgan fanlarni ham bilishi muhim hisoblanadi.

Demak, o'qituvchi o'quvchini kelajagi uchun mas'ul bo'lgan shaxslardan biridir. Agar biz sinf jamoasiga davlat sifatida nazar solsak, unda o'qituvchi prezident, norasmiy sinf sardori bosh vazir va qolgan o'quvchilar xulq atvori, xatti-harakati va qobiliyatlariga nisbatan mansablarni egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Мирзакаримова М. М. Умумтаълим фанларини тадбиркорликка йуналтириб укитиш тизими //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 4. - С. 97-103.

2. МИРЗАКАРИМОВА МАХЛИЁХОН МАДАМИНЖОНОВНА (2022) "ХОРИЖИЙ ТИЛЛАРНИ ТАДБИРКОРЛИККА ЙУНАЛТИРИБ У^ИТИШНИНГ ДИДАКТИК АСОСЛАРИ", Novateur Publications, (1), pp. 1128. Available at: http://novateurpublication.org/index.php/np/article/view/23 (Accessed: 26 August 2023).

3. Мирзакаримова М. М. Замонавий шароитларда умумтаълим фанларини тадбиркорликка йуналтириб укитиш тизими //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 4. - С. 216-222.

4. Mirzakarimova M. M. The Necessity to Develop Students' Entrepreneurial Skills in English Classes //Telematique. - 2022. - С. 7128-7131.

5. Mirzakarimova M. EFFECTIVENESS OF STUDENTS'ENTREPRENEURIAL SKILLS DEVELOPMENT THROUGH CLIL TECHNOLOGIES //Академические исследования в современной науке. - 2023. - Т. 2. - №. 8. - С. 92-94.

6. Madaminjonovna M. M. K. L. METHODOLOGY OF EDUCATIONAL TEACHING OF GENERAL SCIENCES.

7. Madaminjonovna M. M. Innovative Methods and Tools for Developing Students' Entrepreneurial Skills Using CLIL Technologies //International Journal of Human Computing Studies. - 2023. - Т. 5. - №. 3. - С. 15-17.

8. Мирзакаримова М. М. ESSENTIAL COMPOSITION OF ENTREPRENEURSHIP FUNCTIONAL LITERACY //INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL JOURNAL "INNOVATION TECHNICAL AND TECHNOLOGY". - 2020. - Т. 1. - №. 1. - С. 63-65.

9. Mavlonova.R.A, Rahmonqulova.H.N, Matnazarova K.O, Shirinov.M.K, Hafizov.S. Umumiy pedagogika. Toshkent 2018.

10. Komilova, V. (2022). O'QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI. Scientific progress, 3(4), 1150-1155.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.