Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV KOMPITENTLIK SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV KOMPITENTLIK SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
374
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompetentlik / kommunikativ kompetentlik / qobiliyat / pedagogik qobiliyat individual / psixologik kompetentsiya / pedagogik yondoshuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Atavullayeva Mahbuba Qobilovna

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchining o’zini-o’zi rivojlantirishda kommunikativ kompetentlikning ahamiyati va tutgan o„rni ochib berilgan. Maqolada boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari o’quv faoliyatini boshqarishda va o’quvchilarga ta’lim -tarbiya berishda pedagogik qobiliyatini rivojlantirishning psixologik va pedagogik jihatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV KOMPITENTLIK SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA KOMMUNIKATIV KOMPITENTLIK SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

DETERMINANTLARI

Atavullayeva Mahbuba Qobilovna

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar in&ituti "Umumiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

Annotasiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchining o'zini-o'zi rivojlantirishda kommunikativ kompetentlikning ahamiyati va tutgan o„rni ochib berilgan. Maqolada boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari o'quv faoliyatini boshqarishda va o'quvchilarga ta'lim -tarbiya berishda pedagogik qobiliyatini rivojlantirishning psixologik va pedagogik jihatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Kompetentlik, kommunikativ kompetentlik, qobiliyat, pedagogik qobiliyatindividual,psixologik kompetentsiya,pedagogik yondoshuv.

Mu&aqil O'zbeki&onimizda «Kadrlar tayyorlash milliy da&uri» va «Ta'lim to'g'risidagi» Qonun asosida boshlang'ich sinflar uchun har tomonlama yetuk o'qituvchilar tayyorlash va ular malakasini zamon talablari doirasida muntazam oshirish ta'lim tizimini isloh qilishning tarkibiy va uzviy bo'g'ini sifatida davlatning u&ivor vazifasi hisoblanadi. Haqiqatan ham ilm-fan va texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi oqibatida axborotlar hajmining keskin ortishi ilg'or davlatlar darajasidagi raqobatbardosh va yetuk malakali adrlar tayyorlash masalasi uzluksiz ta'limning asosiy fundamenti isoblangan boshlang'ich ta'lim tizimi uchun yuksak pedagogik-kasbiy mahoratga ega bo'lgan ijodkor o'qituvchilarni tayyorlashni taqozo qiladi.

Mamlakatimizda amalga oshiralayotgan ta'lim islohotlari an'anaviy ta'lim turlaridan farqli o'laroq, yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllanib, rivojlanib borishini ta'minlashga xizmat qiluvchi boshlang'ich ta'lim tizimida o'quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish, kichik maktab yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning pedagogik va psixologik asoslarini optimallashtirishga olib keluvchi ilmiy qarashlar, pedagogik nazariyalar va didaktik materiallar yaratish imkonini beradi.

O'zbeki&on Respublikasi Oliy ta'lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «Mutaxassis o'z faoliyati, sohasidan qat'iy nazar, ijodiy jamolarda ishlay olish qobiliyatiga menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo'lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo'jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak». Ushbu fikrlar o'qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir. Chunki jamiyatimizda sodir bo'layotgan tub o'zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o'qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo'lishni taqozo qilmoqda. Shuningdek, bu o'rinda boshlang'ich sinf o'qituvchisi xususida alohida to'xtalmoq zarurdir.

Boshlang'ich sinflarda ko'zda tutilgan ta'lim samaradorligi boshlang'ich ta'lim konsepsiyasida e'tirof etilgan g'oyalar asosida yaratilgan darsliklar, o'quv qo'llanmalar, metodik tavsiyanomalar, o'quv jarayonini tashkil etishning metod va mexanizmlari,

o'qitishning innovasion g'oyalari va vositalariga bog'liq, albatta. Lekin bu pedagogik jarayonda yuksak pedagogik malaka va kasbiy bilimga ega, dars mobaynida muammoli vaziyatlarni yarata oladigan va uni yechimi taklif eta oladigan boshlang'ich sinf o'qituvchisining o'rni alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd qilish lozim bo'ladi. Yuqori sinf o'qituvchisi tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning fundamental asoslari va umumiy qonuniyatlari, ularni kishilikjamiyatidagi o'rni va hamiyatini tizimli o'rgatishga, bilim berishning differensial jihatlariga ko'proq maqsadni yo'naltirsa, boshlang'ich sinf o'qituvchisi pedagogik-psixologik bilimlar majmuasi, ta'lim samaradorligini oshirish metodlari, omil va vositalari bilan qurollangan, matematika, ona tili, tabiat, inson va jamiyat ta'lim sohalarining ilmiy- nazariy asoslarini mukammal bilgan holda bolaning yosh (fiziologik va psixologik) xususiyatidan kelib chiqib fanning umumiy jihatlarini o'rgatishga, ya'ni integrativ ta'lim berishga yo'naltiradi. Bundan tashqari boshlang'ich sinf o'qituvchisi bolani o'yin faoliyatidagi elementlarni ta'limiy faoliyatga yo'naltirishni boshqara olish, mas'uliyatni his qilish, ayrim muammoli vaziyatlarda to'g'ri qarorlar qabul qila olish, vaqtni rejalashtirish, o'quvchilarni i&ak-xoxishlariga e'tiborli bo'lish, shuningdek ezgulikni qadrlab i&iqbolli kelajakni ko'zlash fazilatlarining shakllanishiga mas'ul tarbiyachi hamdir. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining yana bir muhim sifatlaridan biri- ta'limiy faoliyatni boshlang'ich va umumta'lim fanlarining uzviylik jihatlari hamda boshlang'ich ta'lim bosqichi fanlarining o'zaro aloqadorlik tamoyillari asosida tashkil etishidir.

Bizga ma'lumki keying yillarda mamlakatimiz ta'lim tizimida tub o'zgarishlar ro'y bermoqda. Jumladan O'zbeki&on Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbeki&onning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108 va "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ -4884-son hamda 2021-yil 25-yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo„llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4963-son Qarorlari boshlang'ich sinf o'qituvchilariga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Shaxsiy mas'uliyat o'z-o'ziga beriladigan bahoning sog'lom darajasiga yetishmoqchi bo'lsangiz, o'zingizni boricha qabul qila olishingiz va o'z qarorlaringiz hamda xatti-harakatlaringizdan cho'chimasligingiz lozim. Ammo o'z-o'ziga beriladigan bahoning shakllanish jarayonida boshqa bir muhim xislat ham mavjudki, ko'pincha, nazardan chetda qoladi. Bu -o'z kelajagingiz uchun mas'uliyatni o'z qo'lingizga olish qobiliyatidir.Pedagogik-psixologiyada o„qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo'q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko'payib va o'zgarib turishi mumkin.

Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha "o'zgarmas irsiyat" nasldan-naslga o'tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko'rsatilgan:

1.O'z kasbiga muhabbat, o'quvchilarni seva olishi.

2.Mutaxassislik fanini mukammal bilishi , unga qiziqishi.

3.Pedagogik taktga (odob va go„zallikka) ega bo'lish.

4.Bolalar jamoasiga singib keta olish.

5.O'z mehnatiga ijodiy yondashish.

6.Javobgarlikni his etish.

7.Tarbiyaviy bilimlami egallaganligi.

O'qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o'ziga xos tizimlari mavjud.

Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:

•Asosiy xususiyatlar;

•tayanch xususiyatlar;

•yetakchi xususiyatlar;

•yordamchi xususiyatlar.

Shuningdek pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik - ko'ra bilish ko'nikmasidir. Bu - individual narsaning o'ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang'ich materialni ko'ra bilishi demakdir.

Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o'z-o'zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo'nalishda bo'lganligi sababli, har biri o'z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.Boshlang'ich sinf o'qituvchilarida esa har tomonlama kuzatuvchan bo'lishi muhim albatta.

Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o'qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo'lmasdan, balki aynan barcha fan o'qituvchilariga ham tegishli. Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog'lom o'qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o'rtacha va pa& darajada bo'lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba'zilari yordamchi rol o'ynaydi. Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar

quyidagilardan iborat:

• aql-idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik , kamchiliklarga tanqidiy e'tibor, sobitqadamlik;

• o'qituvchining nutqi: notiqlik san'ati, so'z boyligining teranligi;

• aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.

• pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo'lish;

Shuningdek o'qituvchining qobiliyatlari uning mahoratida namayon bo'ladi.

Pedagogning mahorati bevosita kasbiy-pedagogik faoliyatda ko'rinadi. Shu sababli u pedagogik jarayonning umumiy mohiyatini chuqur anglay olishi, bu jarayonda u^uvor ahamiyat kasb etadigan qonuniyatlardan xabardor bo„lishi, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta egallay bilishi lozim. Ta'lim jarayonining faol ishtirokichisi bo'lgan pedagogning pedagogik mahorati uning shaxsi, ish tajribasi, fuqarolik maqomi, mutaxassis sifatidagi mavqeyi, u tomonidan pedagogik texnikaning yetarli darajada egallanganligi, kasbiy faoliyatning individualligidan dalolat beradi. Pedagogik mahorat yaxlit tizim bo„lib, uning tarkibida bir qator sifatlar ko„zga tashlanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, zamon talablariga javob bera oladigan zamonaviy boshlang'ich sinf o'qituvchisida o'zini-o'zi rivojlantirib borishga i^ak va motivatsiya bo'lishi zarur. Shuningdek, o'qituvchi shaxsi, uning kasbiy, ma'naviy va madaniy hamda pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirib borishi, sifat va samaradorlikni ta'minlashga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'zbeki^on Respublikasi Kon^itutsiyasi. -T.: «O'zbeki$;on», 2021.

2. O'zbeki^on Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni 2020-yil 23-sentabr, O'RQ-637-son.

3. O'zbeki^on Respublikasining Mehnat kodeksi.

4. O'zbeki^on Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbeki^onning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni.

5. O'zbeki^on Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-son Qarori.

6. Markova A.K. Psixologiya professionalizma. - M.: Znanie, 1996

БИОЛОГИЯ ТАЪЛИМ МАЗМУНИДА УЦИЧИЛАРДА МАСАЛА ВА МАШЦ ЕЧИШ КУНИКМАЛАРИНИ ТАРКИБ ТОПТИРИШ МУ^ИМ ПЕДАГОГИК МУАММО СИФАТИДА

А^медова Мастура Махмудовна

Куцон давлат педагогика институти Биология кафедраси уцитувчиси

Аннотация. Узлуксиз таълим тизимида биология фанларини укитишда укув-чиларда масала ва машклар ечиш куникмаларини шакллантириш уларни креатив фаолиятини, мантикан, ижодий ва тахлилий фикрлаш кобилятларини ривожланти-ришга асос булади.

Калит сузлар: Узлуксиз таълим, биология, масала, машк, креативлик, ижодий фикрлаш.

Аннотация. В преподавании биологических наук в системе непрерывного образования формирование у студентов навыков решения задач и упражнений является основой развития их творческой активности, навыков логического, творческого и аналитического мышления.

Ключевые слова: непрерывное образование, биология, задача, упражнение, творчество, творческое мышление.

Annotation. In the teaching of biological sciences in the sy^em of continuous education, the formation of ^udents' skills in solving problems and exercises is the basis

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.