Научная статья на тему 'MUSIQA QOBILIYARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI'

MUSIQA QOBILIYARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2198
128
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qobiliyat / layoqat / talent / ritmik his eta olish / ladni his qilish / musiqiy eshitish / musiqiy xotira / musiqaga emotsional ta’sirchanlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — D.Musayeva, G.Kaxarova

Ushbu maqolada o‘quvchilarda musiqa qobiliyarini rivojlantirishning shart-sharoitlari, ahamiyati haqida mulohaza yuritilgan bo‘lib, layoqatning qobiliyat sifatida shakllanib, talant darajasiga yetishidagi amalga oshiriladigan bosqichlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA QOBILIYARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI»

MUSIQA QOBILIYARINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

D.Musayeva G.Kaxarova

O'zDSMI Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchilarda musiqa qobiliyarini rivojlantirishning shart-sharoitlari, ahamiyati haqida mulohaza yuritilgan bo'lib, layoqatning qobiliyat sifatida shakllanib, talant darajasiga yetishidagi amalga oshiriladigan bosqichlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: qobiliyat, layoqat, talent, ritmik his eta olish, ladni his qilish, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, musiqaga emotsional ta'sirchanlik

WAYS TO DEVELOP MUSICAL ABILITY

D.Musayeva G.Kaharova

Ferghana regional branch of UzSIAC

Abstract: This article discusses the conditions and importance of developing musical ability in students, and talks about the stages in which the ability is formed as an ability and reaches the level of talent.

Keywords: ability, ability, talent, rhythmic sense, sense of tone, musical hearing, musical memory, emotional sensitivity to music

Qobiliyat bu ma'lum bir turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning subyektiv sharti hisoblangan shaxsning individual xususiyatlaridan biridir. Qobiliyat ma'lum bir faoliyat jarayonida namoyon bo'ladi. Psixologlar tabiri bilan aytganda, inson bolasi shakllangan qobiliyat qobiliyat bilan emas, balki biron-bir qobiliyatning ro'yobga chiqish va rivojlanish manbai hisoblanmish layoqat bilan tug'iladi. Layoqat esa o'z holicha rivojlana olmaydi, uning rivojlanishi uchun qulay sharoit hamda ma'naviy ko'mak kerak.

Bola musiqaga layoqat bilan tug'ilishi mumkin, lekin uning musiqiy xususiyatlari shakllanishi uchun qulay muhit yaratilmasa hamda ustoz turtkisi ya'ni ilmiy maslaxati bo'lmasa musiqaga bo'lgan layoqati rivojlanmay qoladi. Insonning shaxs sifatida shakllanishida yetakchi omillardan yana biri bu - muhitdir. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealar yig'indisi tushuriiladi. Muhit o'z navbatida - tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalarga bo'linadi. Insondagi musiqiy layoqatning rivojlanishi va shakllanishi uchun ijtimoiy va oila muhiti muhimdir.

Xalqimiz orasida "Qush uyasida ko'rganini qiladi", yoki "Olmaning tagiga olma tushadi" degan iboralarning qo'llanishi bejiz emas. Musiqa va san'at sohasidagi sulolalarning paydo bo'lishi ham shu jihat bilan bog'liqdir. Bola yashayotgan muhit uning layoqatini shakllanib biron bir sohaga mehr qo'yishiga sabab bo'ladi. Inson bolasi, agar insoniy muhitga tushmay, hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanadi, lekin insoniy tafakkur, faoliyat, xatti-harakat shakllanmay qoladi. Odob, axloq, fe'l-atvor - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o'zaro ta'siri asosida vujudga shakllanadi.

Bolalarning musiqa ijrochiligi malakalarini rivojlantirishdagi eng muhim shartlardan biri - ulardagi mavjud layoqatni musiqiy qobiliyat sifatida shakllantirishdir. Chunki musiqiy qobiliyatlar - musiqani ritmik his eta olish, ladni his qilish, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, musiqaga emotsional ta'sirchanlik kabi musiqiy muhim unsurlarni rivojlantirish omili hisoblanadi.

Qobiliyatning eng yuqori darajasi - esa shubhasiz talantdir. Talant - insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o'ziga xos ravishda amalga oshirish imkoni qobiliyatdir. Musiqa yosh avlodning ma'naviy, badiiy-axloqiy madaniyatini shakllantirish, milliy g'ururi va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga, ijodiy mahorati va badiiy didi o'sishiga, mustaqilligi va tashabbuskorligini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu jarayon esa jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir.

Shu sababli Respublikamizdagi boshqa sohalar qatori musiqa va san'at sohasiga ham etibor kuchaydi. Bugungi kunda har bir umumta'lim maktablarida musiqiy estetik tarbiyaga pedagogikaning shaxsni shakllantiruvchi eng muhim omili sifatida qaralayotganligida ham ko'rishimiz mumkin.

Qomusiy olimlardan biri Platon inson qobiliyatlari tug'ma ekanligini aytgan va inson bilgan barcha harsa uning ideal bilimlar dunyosida bo'lgan paytidan xotiralar bo'lib hisoblanadi, deb taxmin qilgan. Frensis Galton esa o'zining "talantning tug'maligi, uning qonuniyatlari va oqibatlari" nomli kitobida "...buyuklik va iste'dod avloddan avlodga o'tadi, muhit esa bunda ikkinchi darajali omildir...", - deb aytgan. Biroq ko'pgina mashxur ijrochilar buyuklikning sababi to'qson foiz mehnatdandir va qolgan foizlarigina qobiliyatga bog'liqligini ta'kidlashgan. Lekin faqat mehnat bilan ham qobiliyatni cheksiz darajada-rivojlantirib bo'lmaydi. Kishining qobiliyati ma'lum bir imkoniyat va shaxsiy xususiyatlari doyirasidagina shakllanadi. Estetik va emotsional muhit musiqa olamida bolaga emotsional qulayliklar yaratib, undagi ijodga bo'lgan qiziqishni shakllantiradi. Biroq, musiqiy muhitning samaradorligi faqat tashqi sharoitlargagina bog'liq bo'lmay, balki bola musiqiy rivojlanishini tartibga soluvchi muloqot, musiqiy-nazariy bilimlar, ijodiy usullarga ham bog'liq. O'quvchilarni musiqiy tarbiyalash jarayoni samarali kechishi uchun quyidagi usullar tavsiya etiladi:

- qobiliyat yo'nalishlarida aks etuvchi insonning ijtimoiy-madaniy faolligi (E.A.Bodina);

- ijtimoiy va shaxsiy tajriba to'plash, madaniyatni saqlash yo'llari (A.LArnoldov, L.P.Bueva);

- belgilovchi faoliyat (L.S.Vigotskiy);

- hissiyot va obrazli tafakkur bilan bog'liq estetik tajriba, badiiy ma'lumotlar bilan bog'liq tushunchalar (A.E.Lazar)

- insonlar va narsalar dunyosi bilan aloqadorlik (V.S.Muxina);

- faoliyatlarni bilish va yanada rivojlanishga intilish (V.A.Petrovskiy)

Yuqorida sanab o'tilganlar asosida musiqiy qobiliyat shakllanib talent darajasiga

yetadi. V.V.Bogoslovskiyning fikricha, qobiliyat faoliyat talablariga javob beruvchi va undagi yuqori natijalarni ta'minlovchi inson shaxsi xususiyatlarining sintezidir. Shuningdek, olimlar qobiliyatlarni ularning yo'nalishi va sohasiga qarab turlarga ajratadi. Bu borada psixologiya asosan umumiy va maxsus qobiliyatlami farqlaydi. Umumiy qobiliyatlar deganda, bilimlami o'zlashtirganda va har xil faoliyat turlarini qo'llaganda nisbatan yengillik hamda sermahsullikni ta'minlovchi shaxs xususiyatlarining tizimi tushuniladi, deb hisoblaydi.

Qobiliyat - ko'nikma, malaka va bilim emas, balki ularni o'zlashtirish dinamikasidir. Musiqiy qobiliyat faqat musiqa amaliyoti, musiqa san'atiga xos bo'lgan musiqiy material, maxsus usullar orqaligina rivojlantirilishi mumkin. Faqat musiqagina insonning musiqiy hislarini uyg'otadi. Musiqiy tarbiyaberish, har bir bolada mavjud musiqiy qobiliyat va iste'dodni tarbiyalash, o'quvchining aqliy, fiziologik, mehnat va estetik xususiyatlarini shakllantirish aynan musiqa san'ati orqali, ma'lum bir tizimga solingan musiqiy ta'lim va tarbiya orqali amalga oshiriladi.

Ustoz yordamida musiqiy ta'lim olmagan kishilarda, musiqiy qobiliyat bo'lmaydi. Chunki ular musiqiy bilimlami o'zlashtirmaganlar. O'quvchilar maktabga kelgunga qadar musiqa bilan tanish bo'lganlar, lekin musiqiy bilimlami o'zlashtirish uzluksiz ta'limning - umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich sinflariga to'g'ri keladi. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchisining ruhiy jihatlari - xotirasi, ongi, diqqat-e'tibori, tafakkuri bilimlami o'zlashtirishga tayyor bo'ladi. B.M.Teplov o'zining «Musiqiy qobiliyatlar psixologiyasi» asarida musiqiy-pedagogik amaliyotdagi musiqiy qobiliyatlami uch asosiy guruhga: musiqiy eshitish qobiliyatiga - kuydagi tovushlaming lad funksiyalarini, tovush ifodaliligini emotsional jihatdan ajrata olish. ritm hissiga - musiqiy ritm ifodasini his eta olish va musiqiy kechinmalarni faol (harakatlar bilan) aks ettirish, musiqiy xotiraga (musiqiy ma'lumotlami eslab qolish va qayta tiklash) bo'ladi.

Qobiliyat kuch, harakat, jismoniy va aqliy jarayonlar, tabiiy iqtidor, iste'dod, shuningdek, tashqi muhit ta'sirida rivojlanadi. Odatda umumiy va maxsus qobiliyatlar farqlanadi. Odam umumiy qobiliyatlarga ega bo'lganda faoliyataing har xil turlari

bilan aytarli qiynalmay shug'ullana oladilar. Bunday qobiliyat egalari bir muncha kam qatlamni tashkil etadi. Bunday o'quvchilar tabiat fanlarini ham, ijtimoiy fanlarni ham birdek yaxshi o'zlashtiradilar. Maxsus qobiliyatga ega bo'lgan shahslar esa qandaydir aniq narsa bilan muvaffaqiyatli shug'uiiana oladilar. Maxsus qobiliyatlardan biri - bu musiqiy qobiliyat hisoblanadi. O'quvchilarda musiqiy qobiliyat juda erta rivojlanadi. Biroq ayrim hollarda musiqiy qobiliyat kech namoyon bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun musiqiy qobiliyati sust bo'lgan bolalarda umuman musiqiy qobiliyat yo'q deb hisoblash noto'g'ridir. Bolalarning xotiralari juda yaxshi rivojlangan bo'ladi, lekin dars davomida diqqatlari bir joyga jamlay olmaydi. Maktab yoshidagi bolalar ijodiy topshiriqlarni yaxshi bajaradilar. Ular turli ritmlardagi kichik kuylar o'ylab topishlari, qo'shiqlarni tahlil qilishlari, musiqani rasm orqali ifodalashlari orqali qobiliyatlarini namoyon qilishga intiladilar. Bu yoshdagi bolalarda ritmni his eta oladigan yuqori musiqiylik, ya'ni musiqaga emotsional javob qaytarish qobiliyati, shuningdek, musiqani nozik did bilan farqlash, ya'ni musiqani eshitish qobiliyati namoyon bo'ladi. O'quvchilarning musiqiy qobiliyatlari dars (mashg'ulotlar)dagi faoliyatlari davomida namoyon bo'ladi. Bu jarayonni vaqtida payqab, uni rivovlantirish o'z navbatida ustoz-pedagog mahoratiga bog'liq.Shu bilan birga ular asarlarni farqlash, qarama-qarshi hamda o'xshash tomonlarini ajratish, qismlarni taqqoslash, tovush, ritm, dinamikadagi o'zaro munosabatlarni bilishga o'rganadilar. Bu orqali ulardagi musiqiy asarni ijro etish, ritmni his qilish va ijrochilik qobiliyatlari o'sadi. Bolalar o'zlari eshitib idrok etgan kuy va qo'shiqlari asosida paydo bo'lgan tasavvurlarini aks ettirishga qodir bo'ladilar. Bularning barchasi musiqa dars (mashg'ulot) lari va musiqiy to'garaklarda amalga oshiriladi. Musiqiy qobiliyatning asosiy shakllarini tahlil eta turib kuy va garmoniya idrokini ajratib ko'rsatish mumkin. Ular asosida esa uchta qobiliyat yotadi:

1. Musiqiy eshitish qobiliyatining perseptiv va emotsional qismi deb ataluvchi lad hissi mavjud. Lad hissi, ya'ni kuy, tovushlarning lad vazifasini emotsional his qilish yoki tovushlarning yuqoriga-pastga harakatlanishining ifodalanishini emotsional his qilish qobiliyati. Bu qobiliyatni boshqacha qilib musiqiy eshitish qobiliyatining emotsional qismi deyiladi. Lad hissi musiqiy tovushlarning balandligini his etish va bevosita kuyning anglash va intonatsiyalarni his qilish jarayonida namoyon bo'ladi. U ritm hissi bilan bir qatorda musiqaga bo'lgan asosiy emotsional munosabatni tashkil qiladi.

2. Musiqiy ta'limning reproduktiv yoki idrok etish qismi bo'lib hisoblanuvchi musiqiy eshitish qobiliyati. U lad hissi bilan birgalikda uyg'unlikni his etishga yordam beradi. Bu qobiliyat musiqiy xotira va musiqiy tasavvurning asosiy negizidir. Musiqiy eshitish qobiliyati - musiqani to'la-to'kis idrok etish qobiliyatidir. Musiqiy eshitish qobiliyatiham bir necha turlar: mutlaq, nisbiy va ichki qobiliyatga bo'linadi. Mutlaq eshitish qobiliyati - musiqiy tovushlarning mutlaq balandligini etalonlari bilan solishtirmagan holda aniqlash qobiliyati.

Nisbiy yoki interval eshitish qobiliyati - kuy, intervallar, akkordlardagi tovushlar soni, ular orasidagi masofa va tovushlar balandligini sezish, aniqlash, ijro etish qobiliyatidir. Buning uchun kishiga hech bo'lmaganda bitta tovush ma'lum bo'lmog'i kerak.

Ichki eshitish qobiliyati - musiqani butun tarkibiy qismini hayolan tasavvur qilish qobiliyatidir. Musiqiy eshitish qobiliyati musiqiy faoliyatlar davomida rivojlanib boradi. Mutlaq eshitish bundan mustasno, negaki uni maxsus mashqlar orqali takomillashtirishning iloji yo'q. Musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan musiqa maktablarida solfejio darslari o'tiladi.

3. Musiqiy ritm hissi - musiqani faol boshdan kechirish, musiqiy ritm ifodaviyligini emotsional his etish va uni aniq ijro eta olish qobiliyati. Ritm hissini rivojlantirish juda murakkab bo'lgan qobiliyatlardan biridir. Tovushlarning past-balandligini his etish va ritmik harakaflarning ifodali mazmunini boshdan kechirish asosida yuqorida sanab o'tilgan uch qobiliyat yotadi. Bu qobiliyatlar musiqiy faoliyat uchun zarur bo'lgan asosiy qobiliyatlar bo'lsa-da, shu bilan qobiliyatlar majmuasi tugallanmaydi. Musiqiy qobiliyataing asosiy belgilaridan biri - ma'lum bir mazmun ifodaviyligini his eta olishdir.

Nazariya va amaliyotga asoslangan holda shuni aytish joizki, musiqiy qobiliyatlar va ularni rivojlantirish muammosi pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Bu qobiliyatlami rivojlantirish ijtimoiy muhit, tabiatdan berilgan iste'dod, iqtidor, Shaxsning iroda kuchi, faolligi, jismoniy va aqliy jarayonlarga ham bog'liqdir. Demak, bolalarda musiqiy qobiliyatlar erta namoyon bo'lishi, shuningdek ularning qobiliyatlari ta'lim-tarbiya va atrof-muhit ta'siri ostida shaklianishini hisobga olgan holda biz quyidagi xolosaga keldik. Uzluksiz ta'lim tizimidagi musiqa mashg'ulotlari (darslari)da ijrochilik malakalarini rivojlantirishda musiqiy qobiliyatlar muhim omil bo'lib xizmat qilar ekan, undan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.O.Inomova. «Pedagogika m a'ruzalar matai». - T.: «TDPU» nashriyoti, 2000.y.

2. O.Shayxova. «Inson va uning m a'naviy dunyosi». - T.: "O'qituvchi" nashriyot, 1993 y.

3. J.Yo'ldoshev "Malaka oshrishning nazariy va metozalagik asoslari" - T.: " O'qituvchi» nashriyoti, 1988 y.

4. H.Nurmatov, N.Yo'ldosheva "O'zbek xalq musiqasi ijadiyoti" o'quv qo'llanma. - T .:«G'ofur G'ulom» nashriyoti, 2007 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.