Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA FORTEPIANO O’RGATISH TEXNOLOGIYASI VA O’QUVCHILARDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA FORTEPIANO O’RGATISH TEXNOLOGIYASI VA O’QUVCHILARDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
893
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fortepiano / qobiliyat / boshlang’ich sinf / psixolog / layoqat / pedagogika / musiqa / texnologiya. / Piano / skill / primary school / psychologist / skill / pedagogy / music / technology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xolmatov, Sherzod Xushbekovich

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda fortepiano o’rgatish texnologiyasi va o’quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish haqida. Musiqa bilan shug‘ullanish umumiy va maxsus qobiliyatlarning muayyan majmuini talab qiladi. Qobiliyat deganda kishining biror ijtimoiy foydali faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga layoqatini ifodalaydigan xususiyatlari yoki sifatlari tushuniladi. Tabiiyki, fan iste’dodning sifati har xil bо‘lishnni va shular asosida musiqiy qobiliyatlar ham turli darajada rivojlanishini inkor etmaydi, ammo u tabiiy xususiyatlar bilan bog‘liq cheklanishlarga emas, balki har bir kishining ta’lim va tarbiya jarayonida rо‘yobga chiqadigan imkoniyatlariga e’tibor berish haqida fkirlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF TEACHING PIANOES IN PRIMARY SCHOOLS AND DEVELOPING MUSICAL ABILITIES IN STUDENTS

This article is about the technology of teaching piano in elementary school and the development of musical skills in schoolchildren. Music requires a certain set of general and specific skills. Abilities are a set of qualities or attributes that determine a person's ability to successfully perform socially useful activities. Of course, science does not deny that the quality of talent is different, and on this basis, musical abilities develop at different levels, but this is not limited to the limitations of natural features, but to the opportunities that arise in the learning process. and education. thoughts of attention.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA FORTEPIANO O’RGATISH TEXNOLOGIYASI VA O’QUVCHILARDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA FORTEPIANO O'RGATISH TEXNOLOGIYASI VA O'QUVCHILARDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI

RIVOJLANTIRISH

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-l-52-61

Sherzod Xushbekovich Xolmatov

Termiz Davlat Universiteti Milliy libos va san'at fakulteti, musiqa ta'limi

kafedrasi o'qituvchisi tel: 93 638 84 64

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang 'ich sinflarda fortepiano o 'rgatish texnologiyasi va o 'quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish haqida. Musiqa bilan shug'ullanish umumiy va maxsus qobiliyatlarning muayyan majmuini talab qiladi. Qobiliyat deganda kishining biror ijtimoiy foydali faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga layoqatini ifodalaydigan xususiyatlari yoki sifatlari tushuniladi. Tabiiyki, fan iste'dodning sifati har xil bо'lishnni va shular asosida musiqiy qobiliyatlar ham turli darajada rivojlanishini inkor etmaydi, ammo u tabiiy xususiyatlar bilan bog 'liq cheklanishlarga emas, balki har bir kishining ta 'lim va tarbiya jarayonida m'yobga chiqadigan imkoniyatlariga e'tibor berish haqida fkirlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Fortepiano, qobiliyat, boshlang'ich sinf, psixolog, layoqat, pedagogika, musiqa, texnologiya.

АННОТАЦИЯ

Эта статья о технологии обучения игре на фортепиано в начальной школе и развитии музыкальных навыков у школьников. Музыка требует определенного набора общих и специфических навыков. Способности - это набор качеств или атрибутов, определяющих способность человека успешно выполнять общественно полезную деятельность. Конечно, наука не отрицает, что качество таланта разное, и на этой основе музыкальные способности развиваются на разных уровнях, но это не ограничивается ограничениями природных особенностей, а возможностями, возникающими в процессе обучения. и воспитание. мысли о внимании.

Ключевые слова: Фортепиано, умение, начальная школа, психолог, умение, педагогика, музыка, технологии.

ABSTRACT

This article is about the technology of teaching piano in elementary school and the development of musical skills in schoolchildren. Music requires a certain set of general and specific skills. Abilities are a set of qualities or attributes that determine a person's ability to successfully perform socially useful activities. Of course, science does not deny that the quality of talent is different, and on this basis, musical abilities develop at different levels, but this is not limited to the limitations of natural features, but to the opportunities that arise in the learning process. and education. thoughts of attention.

Keywords: Piano, skill, primary school, psychologist, skill, pedagogy, music, technology.

KIRISH

Qobiliyatlar muammosi psixologiyaning eng muhim muammolaridan biridir. Qator olimlar qobiliyatlarni dialektik materialistik tushunishga tayanib ularni «peshonaga yozilgani» kabi loqayd talqin qilishga qarshi kurashib keladilar. Psixologlarining kо'p asarlarida musiqiy qobiliyatni biron bir darajada rivojlantirishning imkoniyatlari borligiga ishonmaslik sezilib turadi. Bunday qarashlar rivojlanish umuman ta'lim va tarbiya jarayonlariga bog'liq emasligi, bu jarayonlar go'yo tug'ma iste'dodlarni aniqlashga xizmat qiladigan tashqi shartlar ekani haqidagi nazariy qoidalar bilan to'ldiriladi.

Bizninig psixologiya-pedagogika fanimiz mana shu masalaga boshqacha nuqtai nazardan yondashadi va qobiliyatlarning mohiyatini tushuntirishda: insonni kamol toptirish uning qobiliyatlarini rivojlantirishdir, degan asosiy metodologik qoidani olg'a suradi. Shunga ko'ra «qobiliyatlar masalan kamol topish masalasi bilan, aqliy qobiliyat masalasi esa aqliy barkamollik masalasi bilan qo'shilishi kerak»[4].

Barcha psixologlarimiz qobiliyatga inson shaxsininig o'ziga xos psixologik xususiyatlari sifatida faoliyat bilan chambarchas bog'liq holda qaraydilar va tegishli faoliyatsiz umuman qobiliyat bo'lishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Shu sababli qobiliyatni shakllantirshi va rivojlantirish uchun yashirin qobiliyatlarni yuzaga chiqarishi va ularni yuksak darajaga yetkazishi mumkin bo'lgan faoliyatni tashkil etish zarur:

Qobiliyatlarning yashirin va aktual qobilnyatlarga bo'linishi ularning shakllanishi va o'sishini tahlil qilish imkonini beradi. Bunda shaxsning shakllanishi dialektikasi o'z ifodasini topadn: ijtimoiy shaxsni shakllantiradi va unda kishining u yoki bu yashirin psixik xususiyatlari mavjudligining haqiqiy daliliga aylantiradi[6].

Shaxsning yashirin qobiliyatlariga kishining o'ziga xos xususiyatlari sifatida

53

qaraladi va bu xususiyatlar uning yanada kamol topishiga asos bo'ladi, unda o'ziga xos fe'l-atvorni vujudga keltiradi, har bir kishi o'zining psixik tabiatiga eng muvofiq faoliyatni tanlashida yaqqol ko'rinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pedagogika mana shu xulosalarga asoslanib bola ta'lim va tarbiya natijasida psixik rivojlanadi, degan asosiy fikrni olg'a suradi. Lekin musiqa mashg'ulotlari psixik faoliyat namoyon bo'lishining shakllaridan biri ekani sababli musiqa pedagogikasi umumiy pedagogika va oliy nerv faoliyati fiziologiyasi fanlarnning qoidalarini, ilmiy yutuqlarini va xulosalarini nazarda tutishi lozim[16].

Qobiliyatlar hayotda, iste'dodlar asosida shakllanadi. Shuning uchun ham tug'ma va o'zlashtirilgan qobiliyatlarning muvofiqligi masalasi keng muhokama qilinadi. Qobiliyatning rivojlanishida organizmning anatomik-fiziologik xususiyatlari, nerv sistyomasining tuzilishi, nerv jarayonlarining harakatchanligi, miya faoliyatining xususiyatlari katta ahamiyatga ega. Avloddan avlodga mustahkamlanib kelgan mana shu shartlarning hammasi qobiliyatlarning rivojlanishi uchun iste'dod snfatida xizmat qiladi.

Taniqli olim B. M. Teplov musiqiy qobiliyatlar muammosini chuqur tadqiq etib, hech qanday psixologik xususiyat tug'ma bo'lmasligini faqat iste'dod tug'ma bulishi mumknnligini qayd qildi. U iste'dodlar asosida musiqiy qobiliyatni yaxshi rivojlantirishnnng sharti kishini mazkur qobiliyat uzluksiz asqotadigan faoliyatga jalb qilish ekanini isbotladi[1].

Tabiiyki, fan iste'dodning sifati har xil bo'lishnni va shular asosida musiqiy qobiliyatlar ham turli darajada rivojlanishini inkor etmaydi, ammo u tabiiy xususiyatlar bilan bog'liq cheklanishlarga emas, balki har bir kishining ta'lim va tarbiya jarayonida ro'yobga chiqadigan imkoniyatlariga e'tibor beradi.

I.Pavlovning ta'riflashicha, kamol topish jarayonida vujudga keladigan har bir xususiyat tug'ma va o'zlashtirilgan xususiyatning «qotishmasi» bo'ladi. Mana shu «qotishma»dagi tug'ma va o'zlashtirilgan xususiyatlar nisbati mazkur xususiyatning xarakteriga, murakkabligi va o'ziga xos kamol topishda vujudga kelishiga bog'liq holda har xil bo'ladi. I. Pavlov oliy nerv faoliyati turli bog'lanishlar uchun imkoniyat yaratadigan bo'lishini ifodaladi. U shunday yozadi: «Hech narsa harakatsiz, qotib qolmaydi, balki doimo o'sishi, yaxshi tomonga o'zgarib borishi mumkin, buning uchun faqat tegishli sharoit yaratilsa, bas»[2].

Musiqachi-pedagog uchun umumiy va maxsus xususiyatlar, ularning o'zaro bog'lanishi, shuningdek, iste'dodning sifatini aniqlash masalalari muhim ahamiyatga molikdir. Psixologiyada iste'dod faoliyat qobiliyatiga nisbatan umumiyroq tushuncha

54

Scientific Journal Impact Factor

bo'lib, maxsus qobiliyatlar unib chiqadigan zamin sifatida talqin qilinadi. B.Teplovning ta'riflashicha, maxsus qobiliyatlar faoliyatning ayrim maxsus sohalariga munosabatda namoyon bo'ladi, shu bilan birga u yoki bu maxsus qobiliyatlar ichida umumiy iste'dod ham bo'lishi mumkin. Muayyan faoliyatga moyillik qobiliyat paydo bo'lishining dastlabki belgisl hisoblanib, qobiliyatning rivojlanishi uchun sharoit mavjudligini bildiradi[14].

"Bunda ko'p yirik pedagoglar, ijrochilar va metodistlari (L. Barenboym, T. Berkman, A. Goldenveyzer, G. Neigauz, A. Nikolayev, V. Shapov va boshqalar) musiqa tarbiyasi sohasidagi ta'lim bilan kamolotning o'zaro bog'liqligi masalasini tahlil qildilar. Ular o'quvchi chinakam kamol topishi uchun faqat unga ta'lim va tarbiya vositalarining tashki ta'siri yetarli ema'sligini, balki uning ichki o'ziga xos sifatlari va xususiyatlarini hisobga olish xam zarurligini ta'kidladilar. Bunda asosiy vazifa ta'limni to'g'ri yo'naltirishdir, ta'lim kamolotdan oldinda bornshini ta'minlashdir. Kamol toptirishning eng istiqbolli yo'llaridan biri o'quvchi oldiga ijodiy vazifalar qo'yiladigan va uni ana shu vazifalarning yechimini mustaqil izlashga rag'batlantirlladigan yo'naltiruvchi ta'limdir.

Ma'lumki, musiqiy qobiliyatlar barvaqt, ko'pincha bolalar musiqa bilan maqsadga muvofiq ravishda shug'ullanishni. boshlashidan ancha ilgari yuzaga keladi. Shunga asoslanib bolalarni musiqa bilan shug'ullanish uchun «qobnliyatli» va «qobiliyatsiz» deb farqlanadi[10]. Lekin ayrim olimlarning tadqiqotlari va tajriba ishlari to'g'ri yo'lga qo'yilgan ta'lim jarayoni kishida mutlaqo bo'lmagan qobiliyatlarni ham rivojlantirishi mumkinligini isbotladi. Gap shundaki, kishining barcha psixik jarayonlari bir qancha ketma-ket bosqichlarda rivojlanadi va shu bosqichlarda ular yashirin holda hamda tarbiyaning nazoratidan tashqari o'z-o'zidan shakllanadi. Ulardan birortasi shakllanmagan yoki noto'g'ri shakllangan bo'lsa, «qobiliyatsizlik» hollari vujudga keladi. Bordi-yu, ana shu jarayon topilsa va shakllantirilsa, keyingi rivojlanish o'z maromida davom etadi.

Shunga ko'ra biz har bir bola musiqa bilan shug'ullanishi lozim, binobarin musiqiy ma'lumotlarni faqat musiqa mashg'ulotlarining maqsadga muvofiq va izchil sistemasi orqali aniqlash, shakllantirish hamda rivojlantirish mumkin, deb bilamiz[15].

Bolalarda musiqiy qobiliyatni rivojlantirish uchun ular haqida bunday tasavvur hosil qilish qiyin.Bunday hollarda ularning musiqaga munosabatini qanday aniqlash kerak? Eng avvalo bolani sinab ko'rish, lekin bunda unga ayrim mavhum, o'zi anglamaydigan tovushlarni aytish yoki ritmik shakllarni chertish kabi topshiriqlarni berish kerak. Musiqiy o'quvni aniqlashning yaxshi yo'li bolaga mazmuni va xarakteri

Scientific Journal Impact Factor

turlicha qo'shnqlarni ayttirib ko'rishdir. Bola bunday qo'shiqni ijro etayotganda musiqani idrok etishi, musiqiy xotirasi, ritmni bilishi va eshitish qobiliyati aniqlanadi. Qo'shiqni to'g'ri va ifodali ijro etish ijro qilinayotgan musiqaga munosabatni, musiqiy obrazlarni to'g'ri toushunishni ko'rsatadi[29].

Bundan tashqari, bolalar guruhiga turli xarakterdagi musiqani eshittirish, ularning qanday ta'sirlanishini kuzatish, ulardan tinglangan ohanglar qanday birlashuvini, tinglayotganda ko'z oldiga nimalarni keltirishini so'rash ham mumkin.

Musiqiy qobiliyatlar muammosini tahlil qilishda avvalo ular o'zaro bog'liq, bir-biridan ajralgan holda mavjud bo'lmaydigan snfatlarning keng majmuasidan iboratligini aytish lozim. Musiqiy qobiliyatlarga musiqani anglash, musiqani tinglay olish, tinglashni nazorat qilish, musiqiy xotira, shuningdek, diqqat, tasavvur va maxsus ijrochilik qobiliyatlari kiradi[3].

Musiqiy qobiliyatlarning eng muhimlaridan biri musiqani anglashdir. Uni psixologiyada musiqani idrok etish, uning go'zalligi va ifodaliligini his qilish, muayyan badiiy mazmunini ko'z oldiga keltirish va uni o'z hissiyotlari hamda kechinmalariga bog'lash deb tushuniladi.

Musiqani anglashni tarbiyalash mumkin va uning rivojlanishi musiqa mashg'ulotlarining qanday tashkil etilishiga bog'liqdir. Musiqani anglash yorqin ob-raz va bolalar tushunadigan yuksak badiiy material-lar asosida tarbiyalanadi. Bolada musiqa mashg'ulotlariga ishtiyoq uyg'otish, musiqaning bo'yoqlaridan, musiqiy asarlarning obrazliligidan zavqlanishni vujudga keltirish kerak[27].

Agar bolalarda musiqiy ma'lumotlarniig tabiiy, erkin rivojlanishi tahlil etilsa, bu rivojlanish tovushlarga qiziqish asosida amalga oshishini yaqqol his qilish mumkin. Zotan qiziqishgina bolaning diqqatini to'xtata oladi va uni tovushlarga jalb et a oladi, unda o'zi eshitgan narsalarni eslab qolishga hamda aniq ifodalashga yordam beradigan «kuzatuvchanlikni» vujudga keltiradi[17,22].

Bolalarni musiqiy kamol toptirish uchun asosan musiqiy ma'lumotlarning elementlari: yaxlit va yorqin kuyga bog'lanmagan alohida tovushlar yoki tovush komplekslari yoki ohanglar mashq qilinadigan (ya'ni musiqiy ma'lumotlar musiqiy taassurot na hissiy kechinmalarga bog'lanmay, alohida ryvojlantiriladigan joylarda mutlaqo boshqacha holat vujudga keladi. Ishga bunday yondashishda intonatsiyaning, ritmning aniqligida, shuningdek, xotirani rivojlantirishda ko'pincha katta natijalarga erishiladi[23]. Ana shunday mashg'ulotlar jarayonida bolaning diqqati to'planishini ham, hatto o'ziga xos qiziqishini ham aniqlash mumkin. Qisqasi, tabiiy jarayonning deyarli barcha komponentlari vujudga keladi. Faqat bir narsa musiqaning hissiy ta'siri va kechinma yetishmaydi[26]. U balki keyinchalik paydo bo'lar? Bunday

56

Scientific Journal Impact Factor

bo'lishi ehtimoldan uzok. Bolada hissiy kechinma, hatto, mukammal detallar bo'lsada, uzuq- yuluq holda vujudga kelmaydi. U yaxlit kuyning bevosita ta'siri natijasi sifatida hamda tinglangan narsalarga birinchi javob, sifatida paydo bo'ladi. Agar diqqatning birinchi javobi bir-biridan ajralgan alohida tovushlarga yo'nalsa, diqqat qisqa turtkilarga bo'linadi va bu hol yaxlit hamda bog'lanishli idrokka xalaqit beradi. Mana shu usulda tarbiyalangan bola uyg'un yaxlitlikka bog'lanmagan alohida elementlar bo'yicha anglashga o'rganadi. U yaxlit jo'shqin kuyni bevosita idrok etish o'rniga alohida tovushlardan vujudga keltiradi[16].

Natijada hissiy ta'sirdek, muhim rag'batlantiruvchi kuchdan mahrum bo'lgan musiqaga qiziqish manbaidan ajralgan anik quriganidek darrov so'nib bolada va bolada musiqiy ma'lumotlarning muhim elementlarini rivojlantirishda erishilgan yutuqlarga qaramay, u biron bir cholg'u asbobi bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarga tayyorlanmagan bo'lib qoladi.

Vaholanki, bola cholg'u asbobi bilan shug'ullanishi uchun «yetilishi» lozim[11]. Bunday yetiliga yo tabiiy yo'l bilan yoki bolaning musiqiy ma'lumotlarini rivoj-lantirib, unda kuyga, musiqaning xarakteri va kayfiyatiga qiziqish uyg'otadigan tajribali mutaxassis rahbarligida ro'y beradi.

Eshitishni rivojlantirish uchun asarning musiqiy to'qimasini ayrim tovushlarning, chuqur bas tovushi va hokazolarning kuyi hamda jo'rligining rang-barangligini tabaqali eshitish qobiliyatini rivojlantirish zarur. Pedagog rang-barang, obrazli taqqoslashlarga ko'proq murojaat etishi, alohida tovushlar va tovush birikmalari bilan orkestr tovushlarini, tabiat ovozlari va hokazolarni qiyoslashi kerak[5].

Eshitish bilan birga musiqiy nutqning eng muhim ifoda elementi bo'lmish ritmni ham rivojlantirish lozim. Ritm ustida ishlash faqat nota yozuvini aniq bajarish va mexanik hisobdan iborat bo'lmasligi kerak. Chinakam badiiy ritmning doimo «ko'proq yoki kamroq» nisbiy erkinlik" elementi bo'ladi. Shu bilan birga ritmik aniqlik asarning mazmuni va uslubiga ko'ra aniqlanadi: ayrim asarlarda ritm qat'iyroq, ayrimlarida erkin bo'ladi[24]. Uquvchilar birinchi mashg'ulotlardayoq ritmik maqsadga muvofiqlik qonunlari nima bilan aniqlanishini tushunib olishlari, pyesaning o'lchamini kuchli hissalarning ifodalilikdagi ahamiyatini, frazaning intonasiya nuqtalariga tortilishini, shuningdek, asarning eng baland nuqtasini his etishni o'rganishlari kerak[13].

Musiqachi uchun xotira ham katta ahamiyatga ega. Bu tushuncha kompleks bo'lib, eshitish, mantiq, ko'rish va harakat xotiralarini o'z ichiga oladi. Musiqachi uchun eng zararli odat faqat barmoqlar bilan (aqlni ishlatmay) yodlashdir[8]. Bunday yodlash estradada ijro etishda ko'pincha ko'ngilsiz natijaga olib boradi:

Scientific Journal Impact Factor

hayajonlanish tufayli qo'llar itoat etmaydi, aql va eshitish esa o'quvchiga hech narsa bermaydi va u yordam-siz qoladi, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Asar esda qolishi uchun «o'zidan-o'zi o'rganilishini» kutmay, maxsus yodlanishi kerak. Bunda asarning turli joylaridan boshlab alohida qo'llar bilan ovozlar bo'yicha, tovush va mantiqiy tahlilni ishga solib o'rganish yaxshi yordamchi vosita hisoblanadi.

Maxsus ijrochilik qobiliyatlari ko'pchchlik uchun chalishga ehtiyojmandlikda, estradada ijro eta olishda, yorqin, ilhom bilan chalishda, tinglovchilarni mahliyo qila olishda ko'rinadi[25].

Musiqachining xususiyati sahnada o'ynayotgan artistga o'xshab muayyan hissiy holatga kirishi, keng qamrovli tuyg'u va kayfiyatni egallashi, shu ondagi tovushni ichki eshitish bilan tinglashi va uni musiqiy obrazning navbatdagi rivojlanishi bilan bog'lashidan iboratdir. Har bir ijrochi asarni uzicha talkin yetadi interpritasiyalaydi va shunda uning ijodiy uziga xosligi namoyon buladi talqin asarning g'oyasini badiiy obrazlarini va ijrochiga o'z niyatini amalga oshirishga yordam beradigan ifodalilik vositalarini shaxsan tushunishdan kelib chiqadi. Ana shu sifatlarni asarning mohiyatiga kirishni badiiy vazifani bajarish usullarini topishni o'rgatish fortepiano chalishni o'rgatishning dastlabki mashgulotlaridanoq boshlanishi lozim.

REFERENCES

1. Теплов Б.М. Психология музыкальных способностей // Теплов Б.М. Избранные труды в 2-х т. Т. I. - М.: Педагогика, 1985. - 328 с., С. 42-222.

2. Rajabova D. "Fortepiano mashg'ulotlari" (fortepiano ta'limi metodikasi) T.: "O'qituvchi" 1994. 23 b.

3. Норбошева, М. А. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ОИЛА ХДКДДАГИ ТАСАВВУРЛАРИНИ УРГАНИШ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(6).

4. Norbosheva, M. A. (2021). ANALYSIS OF KID'S PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT THROUGH NATIONAL GAMES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(12), 72-75.

5. Норбошева, М. О. (2021). РОЛЬ СЕМЬИ И ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЁНКА. Наука и образование сегодня, (7 (66)), 66-67.

6. Aliyarovich, T. E. ., & Sayfiddinovich, X. R. . (2021). Forms and Methods of Innovative Approach through the use of Ethnopedagogy in the Development of

XULOSA

Heury Capacity in Primary Schools. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 1(7), 16-22.

7. Xurramov, R. S., Zokirov, J. G. O., & Xurramov, M. S. (2021). USE OF THE HERITAGE OF CENTRAL ASIAN THINKERS IN THE FORMATION OF ETHNOPEDAGOGICAL, ETHNOGRAPHIC VIEWS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Scientific progress, 2(7), 846-853.

8. Xurramov, R. S., Zokirov, J. G. O., & Temirova, M. K. Q. (2021). ETHNOPEDAGOGICAL FUNDAMENTALS OF DEVELOPING INTEREST IN NATURAL AESTHETICS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Scientific progress, 2(7), 832-839.

9. Zokirov, J. G. O., & Xurramov, R. S. (2021). FORMATION OF ETHNOPEDAGOGICAL VIEWS AMONG STUDENTS THROUGH THE STUDY OF THE LIFE AND WORK OF ALISHER NAVOI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 339-343.

10. Sayfiddinovich, K. R. (2021). Didactic Bases of Ethnopedagogical Training of the Future Teacher in the Educational Field of University. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(11), 237-239.

11. Sayfiddinovich, K. R. (2021). The Role of using Interactive Methods in Primary School Lessons. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 1(6), 114-123.

12. Xurramov, R. S. (2021). Rivojlangan O 'Zbekistonda Boshlang'ich Sinf O'qituvchilarini Etnopedagogik Qadriyatlarni Ta'lim Va Tarbiya Jarayonida Rivojlantirish. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 1(6), 105-113.

13. Sayfiddinovich, X. R., & Javohir Gaybullo og, Z. (2021). Boshlanganchi Sinf O'quvchilarida Ekologik Tafakkurni Shakllantirishning Etnopedagogik Asoslari. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 1(6), 6271.

14. Javohir Gaybullo og, Z., & Sayfiddinovich, X. R. (2021). Boshlang'ich Sinf O'Qish Darslari Samaradorligini Oshirishda Qo'Llaniladigan Interfaol Metodlar. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 1(6), 93104.

15. Kadirova, D., & Sayfiddinovich, X. R. (2021). Ethnopedagogical Fundamentals of Development of Primary School Education in our Multinational People. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 1(6), 4149.

Scientific Journal Impact Factor

16. Salomova, G. (2014). THE REFLECTION FEATURES OF ABBREVIATIONS AND ACRONYMS OF THE ENGLISH LANGUAGE. In The Second International conference on development of pedagogical science in Eurasia (pp. 174-176).

17. Саломова, Г. А., Жумаева, Н. А., & Хамроева, Д. (2020). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБУЧЕНИЯ ЛЕКСИКЕ АНГЛИЙСКОГО В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ. In Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования (pp. 63-67).

18. Саломова, Г. А., Файзиева, Ф. А., Рузикулова, М. О., & Паянова, М. К. (2019). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИКТ И ИНТЕРНЕТ-РЕСУРСОВ НА УРОКЕ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 36-40).

19. Саломова, Г. А., Надирова, Х., Ашурова, Д., & Худойбердиева, С. (2019). ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 29-34).

20. Саломова, Г. А., & Хуррамов, Р. С. (2021). Структура, Семантика И Информационный Потенциал Аббревиатур. Таълим ва Ривожланиш Тахлили онлайн илмий журнали, 1(6), 179-186.

21. Норбошева М. О. МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛА ШАХСИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА МУЛОКОТНИНГ УРНИ //Педагогика ва психологияда инновациялар. - 2020. - Т. 9. - №. 3.

22. Норбошева М. А., Норбошева М. А. Реформы системы дошкольного образования в Узбекистане //Фундаментальные и прикладные исследования: гипотезы, проблемы, результаты. - 2018. - С. 25-29.

23. Нарбашева М. А. РАЗВИТИЕ КОМПЕТЕНТНОСТИ У ПЕДАГОГА ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ //Наука и образование сегодня. - 2021. - №. 7 (66). - С. 65-66.

24. Норбошева М. А. ОИЛАДА МАЪНАВИЙ ТАРБИЯНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА МУМТОЗ АСАРЛАРНИНГ УРНИ //Педагогика ва психологияда инновациялар. - 2020. - Т. 8. - №. 3.

25. Нарбашева, М.А., 1993. Психологический анализ развивающих функций народных игр (на материале игр дошкольников в камешки) (Doctoral dissertation, автореф. дис.... канд. психол. наук).

26. Narbasheva, M.A., 2014. Game in human life and child development. Psychology, (2), pp.32-38.

Scientific Journal Impact Factor

27. Narbasheva, M.A., The importance of pedagogical and psychological literacy of parents in preparing children for school education//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research 2021-1Issue 1 p.728-732

28. Hop6omeBaM.A. fflapK annoManapHHHHr TatnHM-Tap6nfl Macanapn xaKHgara Kapamnapn //EyxopoHHHr hchom цнвнпнзaцнaсндaгн ypHH Ba yHra KymraH xuccacH - 2020 - 522-5266

29. Narbasheva, M. A. (2021). Folk games serves as a psychosocial device. ISJ Theoretical & Applied Science, 08 (100), 220-225

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.