Научная статья на тему 'O'QUVCHILARNING MUSIQIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH'

O'QUVCHILARNING MUSIQIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

77
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqa / tarbiya / ta`lim va boshqalar / Music / upbringing / education and others

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы —

Musiqa tarbiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqaning ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bo`lib turadi. O`quvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma‟naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo`lib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora ko`proq namoyon bo`lmoqda. Butun dunyoni o`zining dilbar milliy kuy-qo`shiqlari bilan maftun etayotgan o`zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san‟atsevar xalqimiz hayotida musiqa san‟ati alohida muhim o`rin egallab kelayotganligining guvohi bo`lamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING STUDENTS 'MUSICAL ABILITY

When we think about music education, first of all, how children perceive music, how they perceive music, is the most important issue for us. Today, the importance of music education in the artistic and aesthetic education of students, in their development into spiritually mature, harmoniously developed people is becoming more and more evident. If we look at the cultural history of the Uzbek people, who fascinate the whole world with their charming national songs, we can see that the art of music plays a special role in the life of our art-loving people.

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILARNING MUSIQIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1141-1143

O'QUVCHILARNING MUSIQIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH

Adiba Mingirovna Syomkina

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Musiqa tarbiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqaning ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bolib turadi. Oquvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma'naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bolib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora koproq namoyon bolmoqda. Butun dunyoni o zining dilbar milliy kuy-qo shiqlari bilan maftun etayotgan o zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san'atsevar xalqimiz hayotida musiqa san'ati alohida muhim orin egallab kelayotganligining guvohi bolamiz.

Kalit so'zlar: Musiqa, tarbiya, talim va boshqalar

DEVELOPING STUDENTS MUSICAL ABILITY ABSTRACT

When we think about music education, first of all, how children perceive music, how they perceive music, is the most important issue for us. Today, the importance of music education in the artistic and aesthetic education of students, in their development into spiritually mature, harmoniously developed people is becoming more and more evident. If we look at the cultural history of the Uzbek people, who fascinate the whole world with their charming national songs, we can see that the art of music plays a special role in the life of our art-loving people.

Keywords: Music, upbringing, education and others

KIRISH

Biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo'lmaydi. Kelajak avlod tarbiyasida san'atning, xususan, musiqa san'atining tutgan o'rni beqiyosligini nazarda tutib gapiradigan bo'lsak, musiqa haqida quydagilarni aytishimiz mumkin:

a.) Musiqa - oz tabiatiga ko'ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg'otuvchi,

b.) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi,

d.) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma'naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1141-1143

Musiqaning ana shu o'tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san'at vositasida yosh avlodning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashumumta'lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo'lgan vazifalardan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bolalar musiqa asarlarini tinglash madaniyatini puxta egallashlari, ularning ichidan o'zlariga kerak, yoki kerak emaslarini, yaxshi yoki yomonlarini ajrata bilishlari, qisqacha aytganda musiqani to'g'ri idrok eta olisah malakasiga ega bo'lishlari ularning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasiga o'ta kuchli ta'sir ko'rsatuvchi vosita bo'lib xizmat qiladi. Turli san'at turlarini tahlil etib ko'radigan bolsak, musiqa san'ati boshqa san'at turlaridan o'ziga xos idrok etilishi bilan farq qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Masalan, tasviriy san'at, haykaltaroshlik, arxitektura kabi san'at turlarida asar ko'rish vositasi bilan idrok etiladi. Shu tufayli unda asarning shaklini va mazmunini istalgan biron bir vaqt mobaynida ham bir butun holda, ham ayrim detallarga bo'lingan holda idrok etish mumkin. Musiqa san'atida esa asarni koz bilan ko'rib, idrok et ib bo'lmaydi. Uni aniq bir vaqt mobaynida eshitish orqaligina idrok etish mumkin. Shuning uchun bizning ongimizda musiqa asarlari birdaniga bir butun holda gavdalanmay, balki asta-sekin asarning bo'laklari biri ikkinchisining ortidan kelib, xotiramiz yordamida belgilanib, ma'lum vaqt mobaynida yaxlit bir asarga aylanadi. Aynan shu xususiyat musiqa asarining idrok etilishini belgilaydi. Demak musiqa shakli boshqa san'at turlaridagi shakllardan opining idrok etilishi, ya'ni eshitish va vaqt bilan bog'liqligi jihatidan farq qiladi. U doim muayyan bir jarayondan iborat bo'lib, kopincha ozgaruvchan intensivlikda rivojlanib boradi. Ma'lumki, musiqa asarlarining shakli bir butun, yaxlit bo'lishi bilan bir vaqtda turli qismlarga ham bo'lingandir. Bu qismlar bir- biridan ma'no jihatdan u yoki bu darajada farq qiladi. Xuddi adabiy asarlar bo'lim, bob, abzats, gap, jumla va so'zlarga bo'lingani kabi musiqa asarlari ham katta qismlarga, davriyalarga, musiqiy jumlalarga, motivlarga va submotivlarga bo'linadi. Har bir inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, butun umri davomida deyarli har kuni musiqadan zavq olib yashaydi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. U madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan san'at turidir. Shuningdek, musiqa tarbiyasi insondagi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan bo'lib, uni yuksak did bilan qurollantiradi va ma'naviy dunyoqarashini shakllantiribboradi.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1142 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1141-1143

XULOSA

Musiqa asarining tuzilishi musiqa shakli deb ataladi. Musiqa shakli alohida olingan har-bir asarning mazminiga qarab belgilanadi, u mazmun bilan birga yaratiladi va vaqtlarga ajratilgan barcha tovush elementlarning o'zaro bog'liq holda harakatlanishi bilan harakterlanadi.

Musiqani tinglab, idroketish uchun moljallangan asarlardan namunalar (ilovalar):

REFERENCES

1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi,2010-yil, 28- yanvar. "Ozbekiston oviozi" gazetasi. -T., 2010-yil, 30-yanvardagi nashri.1-3betlar.

2. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi to'g'risida.2010-yil, 27- yanvar. "Ozbekiston oviozi" gazetasi. - T., 2010-yil, 28-yanvardagi nashri.1-bet.

3. Ozbekiston Respublikasining "Ta'lim to,g,risida"gi Qonuni, 1997-yil,29- avgust. -T.,1997.-B.20-29.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.