Научная статья на тему 'О‘QUVCHILAR ONGIGA MUSIQIY ASARLARNI TEZ VA SODDA TARZDA YETKAZISH'

О‘QUVCHILAR ONGIGA MUSIQIY ASARLARNI TEZ VA SODDA TARZDA YETKAZISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
175
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqiy-ritmik / metod / poetik / idrok qilish / amaliy metod / musiqiy tarbiya / badiiy

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Komiljon Erkinovich Shermatov

Ushbu maqolada professional musiqiy ta’limda о‘qituvchining metod va usullardan nazariy hamda amaliy dars jarayonlarida foydalanish, talabalar ongiga musiqiy asarlarni tez va sodda tarzda yetkazish, ularning vazifalari, ta’riflari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘QUVCHILAR ONGIGA MUSIQIY ASARLARNI TEZ VA SODDA TARZDA YETKAZISH»

O'QUVCHILAR ONGIGA MUSIQIY ASARLARNI TEZ VA SODDA

TARZDA YETKAZISH

Komiljon Erkinovich Shermatov qobilqoriyev93 @mail .ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada professional musiqiy ta'limda o'qituvchining metod va usullardan nazariy hamda amaliy dars jarayonlarida foydalanish, talabalar ongiga musiqiy asarlarni tez va sodda tarzda yetkazish, ularning vazifalari, ta'riflari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: musiqiy-ritmik, metod, poetik, idrok qilish, amaliy metod, musiqiy tarbiya, badiiy.

DELIVERING MUSIC TO THE MIND OF STUDENTS IN A QUICK AND

SIMPLE WAY

Kamiljon Erkinovich Shermatov qobilqoriyev93 @mail .ru Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the use of methods and techniques in music education for school-age children in theoretical and practical classes, as well as their ability to quickly and simultaneously represent musical compositions, their choices and their definitions.

Keywords: musical rhythm, method, poetics, perception, practical method, musical education, art.

Musiqaning inson ruhiyatiga ta'sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari haqida qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o'ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari san'atlar ichida musiqa san'atining insonni shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari - ritm va kuyning inson kayfiyatiga ta'siri, uning ichki dunyosini o'zgartirishi haqida fikrlar mavjud bo'lgan.

Musiqa san'ati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga kuchli ta'sir etadi. Oilada, bog'chada, maktabda musiqa mashg'ulotlarini maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san'atni to'g'ri tushunishdagi samarali yo'ldir.

I icclT^^^^H 76 http://oac.dsmi-qf.uz

O'sib kelayotgan avlod uchun musiqiy tarbiyaning ahamiyatini nihoyatda buyuk ekanligini qadimiy mutafakkirlar alohida urg'u bilan ta'kidlashgan. Kelajak jamiyat a'zosining insoniy va ijobiy fazilatlari aynan bolalikdan boshlab shakllana boradi. Aynan shu davrda musiqa ijobiy sifatlarni shakllantiruvchi vosita hisoblangan. Musiqa ashula va raqs tarkibida ham vujudga keladi va keyinchalik badiiy ijodning mustaqil turiga aylanadi, o'ta o'ziga xos badiiy ifoda «til»iga ega bo'lib, maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan tovushlar ana shu «til»ning manbaidir. Albatta, musiqa shaxsni shakllantirishning, uning ijobiy fazilatlarining yo'nalishlarini o'z-o'zidan belgilab bermaydi.

O'quvchilarning musiqa ijrochiligi malakalarini rivojlantirishdagi eng muhim shartlardan biri - ularning musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishdir. Chunki musiqiy qobiliyatlar - musiqani ritmik his qilish, ladni his qilish, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, musiqaga emotsional ta'sirchanlik bolalarda ijrochilik malakalarini rivojlantirish omili hisoblanadi.

Ma'lumki, musiqiy eshitishning faolligini nozik musiqiy eshituv hissiyotlarisiz taassurotlarisiz na musiqani ijro etish mumkin, na uni to'g'ri qabul qilish mumkin. Rivojlangan musiqiy eshitish qobiliyatiga ega bo'lgan insongina musiqiy tovushlarni qabul qilishi, eslab qolishi, ko'z oldiga keltirishi va ijro etishi mumkin. Bu fazilatlar qanchalik yorqin namoyon bo'lsa musiqiy eshitish qobilyati shunchalik o'tkir bo'ladi. Musiqiy eshitish qobilyati nisbiy va absalyutga bo'linadi. Nisbiy eshitish qobilyati yordamida berilgan tovushlar balandligini aniqlash uchun tovushlarni etalondagisi bilan taqqoslash kerak. Absolyut eshitish qobilyati yordamida bunday taqqoslashlarsiz tovush balandligini aniqlash mumkin. Absolyut eshitish qobilyatiga ega bo'lgan sozanda musiqani tinglashdan oldin har bir tovush balandligini aniqlay oladi. Ammo sozandada bunday qobilyat yo'qligi uning yaxshi ijrochi bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi. Amaliyot shuni ko'rsatdiki nisbiy eshitish qobilyatiga ega bo'lgan sozandalar ham juda katta ijrochilik maxoratiga erishishlari mumkin. Buning uchun ijrochining musiqiy eshitish qobilyati nozik va egiluvchan bo'lib, doimiy rivojlanish va takomillashuv jarayonida bo'lishi kerak. Shu o'rinda ijrochilikning shakllanishida o'qituvchi ustozning mehnati kattadir. Uning asosini yangi, bugungi o'quv tizimini talabiga javob beradigan darsliklar, o'quv qo'llanmalar tashkil qiladi.

Musiqiy pedagogika - eng insoniy, oliyjanob shu bilan birga, murakkab insoniy faoliyatdir. O'qituvchilik - bu ijodiy kasbdir. O'qituvchi bilan o'quvchi orasidagi muloqot, bu insonlar orasida muloqotning eng go'zal shaklidir. Bu haqida Neygauz, "Agar men o'quvchilarimga u bu narsa bergan bo'lsam ular o'z navbatida menga kam narsa bermadilar. Buning uchun men ulardan nihoyatda minnatdorman. Chunki, san'atni bilish va o'rganishdagi umumiy intilishlarimiz do'stligimizga asos soldi, bir birimizga yaqinlikka, hurmatga o'rgatdi va bu hissiyotlar dunyodagi his qilishi mumkin bo'lgan narsalarning eng oliyjanobidir" - degan edi. Musiqiy pedagogika

I icclT^^^^H 77 http://oac.dsmi-qf.uz

bilan shu kasbga iqtidori bo'lgan insonlar shug'illanishi kerak. Bundan tashqari, o'qituvchilik kasbi insondan yuqori etik fazilatlarni talab qiladi. Bu jihatdan o'qituvchilik kasbini tibbiyotchilik kasbi bilan solishtirsa bo'ladi. O'qituvchi o'quvchiga nisbatan har doim to'g'ri so'z bo'lishi kerak. O'qituvchilik kasbi uzluksiz ijodiy jarayondir. Bu kasbni murakkabligi yana shundaki, natija ancha keyin ko'rinadi. O'qituvchilik kasbi chuqur va keng ko'lamli bilimlarni bilishni talab qiladi. Shuning uchun hamisha yoshlarni tarbiyalash eng aqlli, bilimdon insonlarga topshirilgan. Yaxshi o'qituvchi birinchi navbatda, o'z cholg'usida mukammal ijro eta bilishi kerak. Ammo shu bilan birga shuni e'tirof etish kerakki, yaxshi cholg'uchi bu hali yaxshi o'qituvchi degani emas va o'rtamiyona cholg'uchi esa yomon o'qituvchi ekan degani ham emas. Ushbu holat o'qituvchilik tajribasida ko'p uchragan tabiiy holdir.

Iste'dodli o'qituvchi tomonidan boshqarilayotgan sinf bu ijodiy laboratoriya, ijodiy ustaxonadir. O'quvchilarga bilim berish bilan birga, o'qituvchilikni o'zi ham o'rganadi, izlanadi. Buning natijasida u quruq ijrochilik bilan shug'ullanuvchi musiqachiga nisbatan keng ko'lamli bilimlarga ega bo'ladi. Ammo ayni bir paytda, ijrochilikning ahamiyatini ham kamaytirish yaramaydi. Ijrochilik bilan shug'ullanuvchi o'qituvchi tinimsiz o'sadi, ijrochilikning badiiy va texnik mahoratlarini kamolga yetkazish uchun yangi yo'llarni izlaydi. Bu esa uning o'qituvchilik faoliyatiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, o'qituvchi pedagogik yangi didaktik faoliyatlarga ega bo'lishi va o'z bilimlarini o'quvchilarga o'z bilimlarini o'rgata bilishi kerak. O'qituvchi yaxshi musiqachi bo'lishi bilan bir qatorda, keng dunyoqarashga ega bo'lgan shaxs bo'lishi, adabiyot, rassomchilik va san'atning boshqa turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi kerak. U to'g'rilik va hozirjavoblik, haqqoniylik va prinsipiallik, kuchli iroda va tashkilotchilik fazilatlari bilan ham o'z o'quvchilariga namuna bo'lmog'i lozim. Bu fazilatlar bilan bir qatorda o'qituvchi o'quvchining individualligini ko'ra bilishi va uni rivojlantira olish qobilyatiga alohida e'tibor berishi zarur. Amaliyot shuni ko'rsatdiki, bitta sinfda har tomonlama bir hil ikkita o'quvchi bo'lmaydi. O'quvchilarni har biriga yakka tarzda yondashuv, ularni iste'dodini rivojlantirish kerak. Biri uchun ma'qul bo'lgan uslub ikkinchisi uchun qiyinroq bo'lishi mumkin, chunki ularning anatomiya-fiziologiya hamda psixik hususiyatlari musiqiy qobiliyatlari turli xildir.

Ko'pchilik musiqachi-pedagoglarning fikricha, zamonaviy musiqa ta'limida ishtirokchilarning professional ijrochilik qobiliyatlari, mashqi ustunlik qiladi, bunda esa boyituvchi va nazariy sifatlarga ega bilimlarning to'planib borishi juda sekin kechadi. Musiqiy tafakkurning rivojlanishiga faol ko'maklashuvchi musiqiy va umumiy intellektual dunyoqarashni kengaytirish yosh musiqachining doimiy ishi bo'lishi lozim, negaki bu uning kasbiy imkoniyatlarini oshiradi.

Musiqiy qobiliyatning erta namoyon bo'lishi, shubhasiz, yaxshi musiqiy iqtidor ko'rsatkichlaridan biridir. Ammo erta namoyon bo'lmaslikni musiqiy qobiliyatning sustligi yoki yo'qligining qaysidir darajadagi ko'rsatkichi, deb hisoblash hech ham mumkin emas.

Hozirgi paytda bolalarda musiqiy qobiliyatning turlicha rivojlanishi qanday sabablarga asoslanishi haqidagi savolga tugal bir javob berish qiyin. Bu sabablar, shubhasiz, juda xilma-xil va bola shaxsiyatining turli taraflari hamda uning tarbiyalanishining butun tarixiga bog'liq.

O'quvchilarda musiqiy qobiliyat juda erta rivojlanadi. Biroq ayrim hollarda musiqiy qobiliyat kech namoyon bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun musiqiy qobiliyati sust bo'lgan bolalarda umuman musiqiy qobiliyat yo'q deb hisoblash noto'g'ridir. Bolalarning xotiralari juda yaxshi rivojlangan bo'ladi, lekin dars davomida diqqatlari bir joyda turmaydi. Maktab yoshidagi bolalar ijodiy topshiriqlarni yaxshi bajaradilar. Ular turli ritmlardagi kichik kuylar o'ylab topishlari, qo'shiqlarni tahlil qilishlari, musiqani rasm orqali ifodalashlari va qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalarda ritmni his eta oladigan yuqori musiqiylik, ya'ni musiqaga emotsional javob qaytarish qobiliyati, shuningdek, musiqani nozik did bilan farqlash, ya'ni musiqani eshitish qobiliyati namoyon bo'ladi. O'quvchilarning musiqiy qobiliyatlari dars (mashg'ulotlar)dagi faoliyatlarda namoyon bo'ladi.

Shu bilan birga ular asarlarni farqlash, qarama-qarshi hamda o'xshash tomonlarini ajratish, qismlarni taqqoslash, tovush, ritm, dinamikadagi o'zaro munosabatlarni bilishga o'rganadilar. Bu jarayonda esa ularning musiqiy asarni ijro etish, ritmni his qilish va ijrochilik qobiliyatlari o'sadi. Bolalar o'zlari eshitib idrok etgan kuy va qo'shiqlari asosida paydo bo'lgan tasavvurlarini aks ettirishga qodir bo'ladilar. Bularning barchasi musiqa dars (mashg'ulot) lari va musiqiy to'garaklarda amalga oshiriladi.

Katta tajribaga ega bo'lgan o'qituvchilar o'z o'quvchilarini nihoyatda yaxshi o'rganib, ularni har biriga mos yondashishga harakat qiladilar. O'quvchiga yakka yondashishning tashqi shakli bu o'quvchida ijodiy individuallikni tarbiyalashdir. Ma'lumki musiqiy ijrochilik darslari yakka tarzda o'qitish tizimi bo'yicha olib boriladi. O'qituvchi har bir o'quvchi bilan dars davomida muloqotda bo'lib uning rivojlanishini tizimli kuzatish ta'lim natijalarini bilish, bu jarayonni boshqarish imkoniyatiga egadir. Tekshiruv o'quvchining mustaqil faolligini boshqarish ijrochilik mahoratini faollashtirish imkonini beradi. Doimiy tekshiruv faoliyatni baholash o'quvchini tizimli ishlashga undaydi, uning harakteriga kasbiy fazilatlarining shakllanishiga yordam beradi. Tekshiruv asosida tartiblashtiruvchi tekshiruv g'oyasi yotadi. Shu bilan birga, mohirlik bilan o'tkazilgan tekshiruv o'quvchini o'zlashtirgan

bilimlarini, ijrochilik ko'nikmalarini mustahkamroq egallashga yordam beradi. Tekshiruv kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishga imkon beradi.

Ijro vaqtida o'quvchini to'xtatish yo'li bilan unga halaqit berish mumkin emas. O'qituvchi o'quvchini diqqat bilan tinglab hamma narsani eslab qolishga harakat qilishi lozim. Bu o'quvchiga o'z fikrini ohirigacha mustaqil ifodalash va javobgarlikni his qilishni o'rgatadi. Darslikni keyingi qismida o'qituvchi o'quvchi ijrosini to'liq tahlil qilib kamchiliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish yo'llarini izlaydi. O'quvchini e'tiborini avval eng muhim bosh muammoga qaratish kerak. Kamchiliklar bilan bir qatorda o'quvchi erishgan yutuqlar ham ko'rsatilishi kerak. Mustaqil ishni baholash bilan birga, o'qituvchi o'quvchiga yangi bilimlarni o'rgatadi, yangi ijro ko'nikmalarmi shakllantiradi, eskilarini mustahkamlaydi. Ustalik bilan o'tkazilgan dars nihoyatda yaxshi yakunlanishi kerak. Ammo o'qituvchini uslubi, dars olib borishi bir biriga o'xshamasligi ijodiy rivojlanib turishi kerak. Ba'zi bir o'qituvchilar o'z darslarini texnik va badiiy darslarga ajratadilar. Birinchisi materiallarni o'rganishga bag'ishlansa ikkinchisi jo'rnavoz yordamida badiiy musiqiy asarlar ustida ishlashga bag'ishlanadi. Buning natijasida o'qituvchi va o'quvchi diqqatini intonatsiya ritm, tovush madaniyati, shtrixlar kabi turli xil ijrochilik muammolari jalb qiladi.

O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, bolalar musiqa maktablari, akademik litsey yoki konservatoriyada darsni o'tkazish uslublari bir biridan keskin farq qiladi. Darsni tashkil qilish va o'tkazish uslablari har bir o'qituvchi uchun individualdir. Bu jarayonda musiqiy pedagogikaning kamolotga cheksiz intilishi o'z aksini topadi.

Dars vaqti chegaralangandir. Uni tejamli va samarali o'tkazish uchun o'qituvchi oldindan tayyorgarlik ko'rishi ya'ni oldindan o'quv dasturlarini, badiiy va musiqiy materiallarni o'rganishi kerak. Yakka ish rejalarini tuzishi shart. Ular har yarim yilda tuzilib, o'quvchi shu yarim yil ichida bajarishi shart bo'lgan barcha ishlarni qamrab olishi lozim.

O'qituvchi ish faoliyatida izlanuvchan bo'lishi kerak. Iqtidorli o'qituvchi o'rgatibgina qolmay, balki dars jarayonida o'zi ham o'rganib boradi. Ana shunda o'qituvchining individual ish uslubi uning mahorati shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Musabekova S. Musiqa tarbiyasi. Toshkent. 1973

2. Demitriyeva A, Chernoyevanenko N. Методика музыкального воспитания. 1989.

3. Petrushin V. Музыкальная психология. 1997.

4. Qodirov R. Musiqa psixologiyasi.Toshkent. 2005.

5. Soipova D. Musiqa o'qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent. 2009.

6. Yo'ldosheva S. O'zbekistonda musiqa tarbiyasi va ta'limning rivojlanishi. Toshkent. 1985.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.