Научная статья на тему 'MUSIQA QOBILIYARINI RIVOJLANTIRISHNING SHARTSHAROITLARI'

MUSIQA QOBILIYARINI RIVOJLANTIRISHNING SHARTSHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
885
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xalq ijodi / musiqa / san’at / badiiy ijod / folklor musiqasi / mumtoz musiqa / maqom / madaniyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gavhar Emindjanova Shodiyeva

Mazkur maqolada musiqa qobiliyarini o‘quvchilarda bosqishmabosqich rivojlantirishning yo‘llariva zarur shart-sharoitlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA QOBILIYARINI RIVOJLANTIRISHNING SHARTSHAROITLARI»

MUSIQA QOBILIYARINI RIVOJLANTIRISHNING SHART-

SHAROITLARI

Gavhar Emindjanova Shodiyeva

QDPI

Annotatsiya: Mazkur maqolada musiqa qobiliyarini o'quvchilarda bosqishma-bosqich rivojlantirishning yo'llariva zarur shart-sharoitlari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: xalq ijodi, musiqa, san'at, badiiy ijod, folklor musiqasi, mumtoz musiqa, maqom, madaniyat

CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF MUSICAL ABILITY

Gavhar Emindjanova Shodiyeva

KSPI

Abstract: This article contains opinions about the ways and necessary conditions for the step-by-step development of students' musical ability.

Keywords: folk art, music, art, artistic creation, folk music, classical music, status, culture

Qobiliyat - ma'lum bir turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirismiing subyektiv sharti hisoblanib, shaxsning individual xususiyatidir. Qobiliyat shaxsning faoliyati jarayonida namoyon bo'ladi. Psixologik tahlillarning ko'rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biron-bir qobiliyatning ro'yobga chiqish va rivojlanish manbai layoqat bilan tug'iladi. Layoqat o'z holicha rivojlana olmaydi, uning rivojlanishi uchun qulay muhit va yuzaga chiqishinuchun sharoit kerak. Bola musiqaga layoqat bilan tug'ilishi mumkin, lekin uning musiqiy xususiyatlari shakllanishi uchun qulay muhit yaratilmasa, musiqaga bo'lgan layoqati rivojlanmay va aksincha mavjud qiziqish ham so'nishi mumkin.

Insonning shaxs sifatida shakllanishida yetakchi omillardan biri muhitdir. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealar yig'indisi tushuriiladi. Muhit o'z navbatida - tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oiia muhiti va boshqalarga bo'linadi. Insondagi musiqiy layoqatning rivojlanishi va shakllanishi uchun ijtimoiy va oila muhiti muhimdir. Inson bolasi, agar insoniy muhitga tushmay, hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanadi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat shakllanmaydi. Odob, axloq, fe'l-atvor - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o'zaro ta'siri asosida vujudga keladi.

Bolalaming musiqa ijrochiligi malakalarini rivojlantirishdagi eng muhim shartlardan biri - ularning musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishdir. Chunki musiqiy qobiliyatlar -musiqani ritmik his qilish, ladni his qilish, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, musiqaga emotsional ta'sirchanlik bolalarda ijrochilik malakalarini rivojlantirish omili hisoblanadi. Pedagog N.V.Vetlugina «... musiqa kechinmalari aslini olganda doimo sensor qobiliyatga asoslanadi, chunki musiqa eng oddiy ohanglar, murakkab obrazlar va eng avvalo hissiyotlar orqali idrok etiladi va musiqiy qobiliyat rivojlanadi». - deb ta'kidlagan. Qobiliyatning eng yuqori darajasi - talantdir. Talant - insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o'ziga xos ravishda amalga oshirish imkoni qobiliyatdir. Shu o'rinda bir narsani aytish kerak, musiqiy qobiliyati bo'lgan barcha insonlarning avlodlari ham. musiqiy qobiliyatga ega bo'ladi, degan fikrga qo'shilmaymiz. Ularning bolalarida musiqaga layoqat bo'lishi mumkin, lekin shu layoqat rivojlantirilmasa, layoqat qobiliyatga aylanmay, ya'ni shakllanmay qoladi. Zero, musiqa yosh avlodning ma'naviy, badiiy-axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'ururi va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, fikr doyrasini kengaytirishga, ijodiy mahorati va badiiy didi o'sishiga, mustaqilligi va tashabbuskorligini tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu sababli Respublikamizdagi har bir maktabda hozirgi kunda musiqiyestetik tarbiyaga pedagogikaning shaxsni shakllantiruvchi eng muhim omili sifatida qaralmoqda. Olimlardan Platon inson qobiliyatlari tug'ma ekanligini aytgan va inson bilgan barcha harsa uning ideal bilimlar dunyosida bo'lgan paytidan xotiralar bo'lib hisoblanadi, deb taxmin qilgan. Frensis Galton o'zining «talantning tug'maligi, uning qonuniyatlari va oqibatlari» (1869) nomli kitobida «... buyuklik va iste'dod avloddan avlodga o'tadi, muhit esa bunda ikkinchi darajali omildir...», - deb aytgan. Biroq ko'pgina mashxur ijrochilar buyuklikning sababi to'qson foiz mehnatdandir va qolgan foizlarigina qobiliyatga bog'liqligini ta'kidlashgan. Lekin faqat mehnat bilan ham qobiliyatni cheksiz darajada-rivojlantirib bo'lmaydi. Kishining qobiliyati ma'lum bir imkoniyat va shaxsiy xususiyatlari doyrasidagina shakllanadi. Estetik va emotsional muhit musiqa olamida bolaga emotsional qulayliklar yaratib, undagi ijodga bo'lgan qiziqishni shakllantiradi. Biroq, musiqiy muhitning samaradorligi faqat tashqi sharoitlargagina bog'liq bo'lmay, balki bola musiqiy rivojlanishini tartibga soluvchi muloqot, musiqiy-nazariy bilimlar, ijodiy usullarga ham bog'liq. O'quvchilarni musiqiy tarbiyalash jarayoni samarali kechishi uchun: qobiliyat yo'nalishlarida aks etuvchi insonning ijtimoiy-madaniy faolligi (E.A.Bodina); ijtimoiy va shaxsiy tajriba to'plash, madaniyatni saqlash yo'llari (A.LArnoldov, L.P.Bueva, E.S.Makaryan, V.M.Mejuev); belgilovchi faoliyat (L.S.Vigotskiy); hissiyot va obrazli tafakkur bilan bog'liq estetik tajriba, badiiy ma'lumotlar bilan bog'liq tushunchalar (A.E.Lazar); insonlar va narsalar dunyosi bilan aloqadorlik (V.S.Muxina); faoliyatlarni bilish va yanadarivojlanishga intilish (V.A.Petrovskiy) bo'iishi lozim. V.V.Bogoslovskiyning fikricha, qobiliyat faoliyat

talablariga javob beruvchi va undagi yuqori natijalarni ta'minlovchi inson shaxsi xususiyatlarining sintezidir. Shuningdek, V.V.Bogoslovskiy qobiliyatlami ularning yo'nalishi va sohasiga qarab turlarga ajratadi. Bu borada psixologiya asosan umumiy va maxsus qobiliyatlami farqlaydi. Umumiy qobiliyatlar deganda, bilimlami o'zlashtirganda va har xil faoliyat turlarini qo'llaganda nisbatan yengillik hamda sermahsullikni ta'minlovchi shaxs xususiyatlarining tizimi tushuniladi, deb hisoblaydi psixolog. Qobiliyat - ko'nikma, malaka va bilim emas, balki ulami o'zlashtirish dinamikasidir. Qobiliyatlar - faoliyat davomida namoyon bo'ladigan imkoniyatdir. Musiqiy qobiliyat faqat musiqa amaliyoti, musiqa san'atiga xos bo'lgan musiqiy material, maxsus usullar orqaligina rivojlantirilishi mumkin. Faqat musiqagina insonning musiqiy hislarini uyg'otadi. V.N.Shatskaya o'quvchilarda musiqani his qilish va tushunish qobiliyatini tarbiyalash lozimligini ko'p marotaba uqtirgan. Musiqiy tarbiya berish, har bir bolada mavjud musiqiy qobiliyat va iste'dodni tarbiyalash, o'quvchining aqliy, fiziologik, mehnat va estetik xususiyatlarini shakllantirish aynan musiqa san'ati orqali, ma'lum bir tizimga solingan musiqiy ta'lim va tarbiya orqali amalga oshiriladi, deydi olima. Musiqiy ta'lim olmagan kishilarda, musiqiy qobiliyat bo'lmaydi. Chunki ular musiqiy bilimlami o'zlashtirmaganlar. O'quvchilar maktabga kelgunga qadar musiqa bilan tanish bo'lganlar, lekin musiqiy bilimlami o'zlashtirish uzluksiz ta'limning - umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich sinflariga to'g'ri keladi. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchisining ruhiy jihatlari -xotirasi, ongi, diqqat-e'tibori, tafakkuri bilimlami o'zlashtirishga tayyor bo'ladi. B.M.Teplov o'zining «Musiqiy qobiliyatlar psixologiyasi» asarida musiqiy-pedagogik amaliyotdagi musiqiy qobiliyatlami uch asosiy guruhga: musiqiy eshitish qobiliyatiga - kuydagi tovushlaming lad funksiyalarini, tovush ifodaliligini emotsional jihatdan ajrata olish. ritm hissiga - musiqiy ritm ifodasini his eta olish va musiqiy kechinmalarni faol (harakatlar bilan) aks ettirish, musiqiy xotiraga (musiqiy ma'lumotlami eslab qolish va qayta tiklash) bo'ladi. «Musiqa madaniyati» o'quv dasturida darsdagi barcha «... faoliyatlar o'quvchilar musiqiy qobiliyatini, xususan, ritm-usul hissi va asar badiiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirishi muhimdin, deyilgan. Qobiliyatning musiqiy ta'limdagi ahamiyatini ko'rib chiqar ekanmiz, Shum" alohida ta'kidiash joizki, bizning fikrimizcha, qobiliyat musiqani ijro etishda juda katta rol ' o'ynasada, musiqiy-nazariy bilimlarni o'zlashtirishda (nota yozuvi, nazariy ma'lumotlarni egallash, musiqa ifoda vositalarini o'rganishda) musiqiy qobiliyat muhim emas. Lekin ayni vaqtda biz o'z fikrimizni qisman inkor etgan holda shuni aytishimiz kerakki, «Musiqa madaniyati» o'quv dasturida aytilishicha «... musiqa savodi boshqa musiqiy faoliyatlarni birlashtiruvchi jarayondir...», ya'ni nazariy bilimlarni o'zlashtirgandan keyin ularni amaliy qo'llash mumkindir. Buning uchun musiqiy xotira, musiqiy ritm hissi, musiqiy eshitish qobiliyati - bir so'z bilan aytganda musiqiy qobiliyatlar zarurdir. V.I.Kirienko, E.I.Ignatev va boshqa psixologlaming fikriga ko'ra, musiqiy qobiliyatlar

o'z o'rnida murakkab ta'limiy kompleksga ham ega bo'lib, o'z tuzilishiga bir qator zarur va maxsus qobiliyatlarni oladi. Qobiliyat kuch, harakat, jismoniy va aqliy jarayonlar, tabiiy iqtidor, iste'dod, shuningdek, tashqi muhit ta'sirida rivojlanadi. Odatda umumiy va maxsus qobiliyatlar farqlanadi. Odam umumiy qobiliyatlarga ega bo'lganda faoliyataing har xil turlari bilan aytarli qiynalmay shug'uiiana oladilar. Bunday o'quvchilar tabiat fanlarini ham, ijtimoiy fanlarni ham birdek yaxshi o'zlashtiradilar. Maxsus qobiliyatga ega bo'lgan odam qandaydir aniq narsa bilan muvaffaqiyatli Shug'uiiana oladi. Maxsus qobiliyatlardan biri - bu musiqiy qobiliyat hisoblanadi. O'quvchilarda musiqiy qobiliyat juda erta rivojlanadi. Biroq ayrim hollarda musiqiy qobiliyat kech namoyon bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun musiqiy qobiliyati sust bo'lgan bolalarda umuman musiqiy qobiliyat yo'q deb hisoblash noto'g'ridir. Bolalaming xotiralari juda yaxshi rivojlangan bo'-ladi, lekin dars davomida diqqatlari bir joyda turmaydi. Maktab yoshidagi bolalar ijodiy topshiriqlarni yaxshi bajaradilar. Ular turli ritmlardagi kichik kuylar o'ylab topishlari, qo'shiqlarni tahlil qilishlari, musiqani rasm orqali ifodalashlari va qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalarda ritmni his eta oladigan yuqori musiqiylik, ya'ni musiqaga emotsional javob qaytarish qobiliyati, shuningdek, musiqani nozik did bilan farqlash, ya'ni musiqani eshitish qobiliyati namoyon bo'ladi. O'quvchilarning musiqiy qobiliyatlari dars (mashg'ulotlar)dagi faoliyatlarda namoyon bo'ladi. Shu bilan birga ular asarlarni farqlash, qarama-qarshi hamda o'xshash tomonlarini ajratish, qismlarni taqqoslash, tovush, ritm, dinamikadagi o'zaro munosabatlarni bilishga o'rganadilar. Bu jarayonda esa uiarning musiqiy asami ijro etish, ritmni his qilish va ijrochilik qobiliyatlari o'sadi. Bolalar o'zlari eshitib idrok etgan kuy va qo'shiqlari asosida paydo bo'lgan tasavvurlarini aks ettirishga qodir bo'ladilar. Bularning barchasi musiqa dars (mashg'ulot) lari va musiqiy to'garaklarda amalga oshiriladi. Musiqiy qobiliyatning asosiy shakllarini tahlil eta turib kuy va garmoniya idrokini ajratib ko'rsatish mumkin. Ular asosida uchta qobiliyat yotadi:

1. Musiqiy eshitish qobiliyatining perceptiv va emotsional qismi deb ataluvchi lad hissi mavjud. Lad hissi, ya'ni kuy, tovushlarning lad vazifasini emotsional his qilish yoki tovushlarning yuqoriga-pastga harakatlanishining ifodalanishini emotsional his qilish qobiliyati. Bu qobiliyatni boshqacha qilib musiqiy eshitish qobiliyatining emotsional yoki perceptiv qismi deyiladi. Lad hissi musiqiy tovushlarning balandligini his etish va bevosita kuyning anglash va intonatsiyalarni his qilish jarayonida namoyon bo'ladi. U ritm hissi bilan bir qatorda musiqaga bo'lgan asosiy emotsional munosabatni tashkil qiladi.

2. Musiqiy ta'limning reproduktiv yoki idrok etish qismi bo'lib hisoblanuvchi musiqiy eshitish qobiliyati. U lad hissi bilan birgalikda uyg'unlikni his etishga yordam beradi. Bu qobiliyat musiqiy xotira va musiqiy tasavvurning asosiy negizidir. Musiqiy eshitish qobiliyati - musiqani to'la-to'kis idrok etish qobiliyatidir. Musiqiy eshitish

qobiliyati quyidagi turlarga bo'linadi: mutlaq, nisbiy va ichki qobiliyat. Mutlaq eshitish qobiliyati - musiqiy tovushlarning mutlaq balandligini etalonlari bilan solishtirmagan holda aniqlash qobiliyati. Nisbiy yoki interval eshitish qobiliyati - kuy, intervallar, akkordlardagi tovushlar soni, ular orasidagi masofa va tovushlar balandligini sezish, aniqlash, ijro etish qobiliyatidir. Buning uchun kishiga hech bo'lmaganda bitta tovush ma'lum bo'lmog'i kerak. Ichki eshitish qobiliyati - musiqani butun tarkibiy qismini hayolan tasavvur qilish qobiliyatidir. Musiqiy eshitish qobiliyati musiqiy faoliyatlar davomida rivojlanib boradi. Mutlaq eshitish bundan mustasno, negaki uni maxsus mashqlar orqali takomillashtirishning iloji yo'q. Musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan musiqa maktablarida solfejio darslari o'tiladi.

3. Musiqiy ritm hissi - musiqani faol boshdan kechirish, musiqiy ritm ifodaviyligini emotsional his etish va uni aniq ijro eta olish qobiliyati. Ritm hissini rivojlantirish juda murakkab bo'lgan qobiliyatlardan biridir. Tovushlarning past-balandligini his etish va ritmik harakaflarning ifodali mazmunini boshdan kechirish asosida yuqorida sanab o'tilgan uch qobiliyat yotadi. Bu qobiliyatlar musiqiy faoliyat uchun zarur bo'lgan asosiy qobiliyatlar bo'lsa-da, shu bilan qobiliyatlar majmuasi tugallanmaydi.

Musiqiy qobiliyataing asosiy belgilaridan biri - ma'lum bir mazmun ifodaviyligini his eta olishdir. Nazariya va amaliyotga asoslangan holda shuni aytish joizki, musiqiy qobiliyatlar va ularni rivojlantirish muammosi pedagogika va psixologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Bu qobiliyatlami rivojlantirish ijtimoiy muhit, tabiatdan berilgan iste'dod, iqtidor, Shaxsning iroda kuchi, faolligi, jismoniy va aqliy jarayonlarga ham bog'liqdir. Demak, bolalarda musiqiy qobiliyatlar erta namoyon bo'lishi, shuningdek ularning qobiliyatlari ta'lim-tarbiya va atrof-muhit ta'siri ostida shaklianishini hisobga olgan holda biz quyidagi xolosaga keldik. Uzluksiz ta'lim tizimidagi musiqa mashg'ulotlari (darslari)da ijrochilik malakalarini rivojlantirishda musiqiy qobiliyatlar muhim omil bo'lib xizmat qilar ekan, o'quvchi asta-sekin, oydiydan murakkabga qarab boruvchi mashqlar asosida mukammallik sari rivojlanib boradi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Каримов И. А. Ю ксак маънавият - енгилмас куч. Тошкент, "Узбекистан" нашриёти 2008 й.

2. Йулдошева С.Х. Узбекистонда мусика тарбияси ва таълимининг ривожланиши. Тошкент, "Укитувчи" нашриёти 1985 й.

3. Таълим тараккиёти. 6 — махсус сон. Тошкент, "Укитувчи"--

нашриёти 1985 й.

4. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

5. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARA RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

6. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

7. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

8.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

9. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.

10. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.

11. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.

12. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.

13. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.

14. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.

15. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

16. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.

17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

18. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.

19. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.

20. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

21. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

22. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

23. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.