Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG’ULOTLARINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK OMILLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG’ULOTLARINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
18671
600
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqa / ajdod / avlod / tarbiya / estetik / demokratik / san’at / botiniy / jamiyat / bola / qalb / ma’naviyat. / Music / ancestry / generation / upbringing / aesthetic / democratic / art / inner / society / child / heart / spirituality.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Najmetdinova, Nigora Irkinovna

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish va olib borishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Shuningdek, bolalar uchun musiqaning nechog’lik zarur ekanligi to’g’risida ma’lumotlar bayon etilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FACTORS OF MUSIC CLASSES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

This article discusses the importance of organizing and conducting music lessons in preschools. It also explains how important music is for children

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG’ULOTLARINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK OMILLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG'ULOTLARINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK OMILLARI

Najmetdinova Nigora Irkinovna

Urganch Davlat Universiteti San'atshunoslik fakulteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa mashg'ulotlarini tashkil etish va olib borishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Shuningdek, bolalar uchun musiqaning nechog'lik zarur ekanligi to'g'risida ma 'lumotlar bayon etilingan.

Kalit so'zlar: Musiqa, ajdod, avlod, tarbiya, estetik, demokratik, san'at, botiniy, jamiyat, bola, qalb, ma 'naviyat.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FACTORS OF MUSIC CLASSES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Najmetdinova Nigora Irkinovna

Lecturer in Art History of Urgench State University

ABSTRACT

This article discusses the importance of organizing and conducting music lessons in preschools. It also explains how important music is for children.

Keywords: Music, ancestry, generation, upbringing, aesthetic, democratic, art, inner, society, child, heart, spirituality.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ МУЗЫКАЛЬНЫХ ЗАНЯТИЙ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

ОРГАНИЗАЦИЯХ

Нажметдинова Нигора Иркиновна

Ургенчский государственный университет Преподаватель Истории искусств

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается важность организации и проведения уроков музыки в дошкольных учреждениях. Это также объясняет, насколько важна музыка для детей.

Scientific Journal Impact Factor

О

Ключевые слова: Музыка, родословная, поколение, воспитание, эстетическое, демократическое, искусство, внутреннее, общество, ребенок, сердце, духовность.

O'zbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yoshlar tarbiyasida musiqa san'ati insonning yoshligidan unga bevosita va kuchli ta'sir o'tkazib, uning umumiy madaniy rivojida katta o'rin tutadi. Demokratik jamiyat madaniy hayotida yanada kengroq o'rin tutayotgan musiqa kishiga butun hayot davomida uning doimiy hamrohi hisoblanadi. Musiqa yagona san'at bo'lib, inson yuragiga juda chuqur kirib borib, ana shu qalb tug'yonini yorqin ifodalash qudratiga ega. Demak, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalashda musiqaning ham munosib o'rni borligi ayni haqiqat, bolani estetik tarbiyalashdek sharafli ishni to'g'ri yo'lga qo'yish bizga, ya'ni, bo'lajak kadrlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

Musiqa - estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo'lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog'i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb yetadi. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional tuyg'u uyg'otadi. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida "...musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda" - deya ta'kidlaydilar. Demak, musiqa san'ati va ta'lim-tarbiyasi kishidagi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan insonning ichki olamini boyitadigan, iymon-e'tiqodini, irodasini mustahkamlaydigan, ijodini uyg'otadigan qudratli kuch - ma'naviyatning yuksalishini ta'minlaydi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o'sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqaviy idrokni o'stirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy boy, ma'naviy va qat'iy ahloqiy sifatlarni tarbiyalab bo'lmaydi. Yunon faylasufi Platonning fikricha, davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa, qaysi ohang va qay ritmda yangrayotganligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Davlat uchun insonni yuksaklikka ko'tarishga yordam beruvchi musiqa kerak, deb hisoblagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Musiqaga yoshlikdan uyg'ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivojida kuchi ta'sir o'tkazadi, boshqa ko'nikma va didlarning shakllanishini ta'minlaydi, yaxshi musiqali didni tarbiyalaydi. Musiqa estetik va manaviy kayfiyatning ulkan

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

0

manbayidir. Musiqaning bola hissiyoti va shakllanishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta'sirini hisobga olganda haqqoniy va voqiylikni to'g'ri aks ettirgan musiqali asardan o'rinli foydalanish alohida o'rin tutadi. Musiqali obrazlar shakllanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go'zallikni idrok etishiga bevosita bog'liqdir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa mashg'ulotlarini tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:

❖ maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqaga mehr-muhabbat va qiziqish uyg'otish, boshlang'ich musiqali didni tarbiyalash.

❖ maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqani idrok etishga, uning tinglash qobiliyati, estetik didi, umumiy madaniyatni rivojlantirish.

❖ maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqali qobiliyatni o 'stirish, musiqali didni shakllantirish, badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirish.

❖ musiqa asarlarini idrok etishni tarbiyalash.

❖ musiqa tinglashga, kuylashga, musiqa asboblarini chalishga, musiqali ritmik harakatlarga o 'rgatish metod va usullari.

❖ musiqaviy qobiliyat, musiqaga emotsional munosabat, musiqani tinglay bilish, ritmni his etish malakalarini shakllantirish.

❖ bolalarda musiqa hamda ashula aytish, ritmika, bolalar musiqa asboblarini chalish faoliyatlarida eng oddiy ijrochilik malakalarini shakllantirish.

❖ umumiy musiqa qobiliyati, individual qobiliyatlar, ashulachilik ovozi va harakatlarning ifodaliligini o 'stirish.

Musiqiy tarbiya vazifalari:

1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o 'stirish.

2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).

3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish.

4. Bolalarda emotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg'usini o 'stirish.

5. Musiqiy didni o 'stirish (musiqiy taassurotlar asosida).

6. Bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish (barcha faoliyatlar asosida).

Musiqiy asarlar bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Maktabgacha bo'lgan davr psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi hamda bolalikning eng go'zal va esda qoladigan damlarini o'z ichiga oladi. Musiqa tarbiyasi bolalar bog'chasi va umumiy o'rta ta'lim maktablarida umumiy fanlar tarkibida o'qitiladi. Hozirgi kun talabi

Scientific Journal Impact Factor

0

maktabgacha ta'lim muassasalari oldiga musiqiy-estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo'yadi:

- bolalarni tabiat go'zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish;

- estetik did va hissiyotni shakllantirish;

- hayotda go'zallik tushunchasini to 'liqligicha anglashni o 'rgatish;

- bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;

- bolalarda go 'zallikni o 'z hayotlariga, o 'z faoliyatlariga olib kirish.

Uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim muhim o'rin egallaydi. Hozirgi

kunda maktabgacha ta'lim muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta'limning oldingi bosqichi sifatida muhim rol o'ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alohida o'qitilish ahamiyati oshib bormoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi har bir mashg'ulotning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o'ylashga o'rgatishdir. Musiqa san'atining ahamiyati musiqa shunday san'at turiki, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg'otishining o'zini bir mo'jiza deb atash mumkin.

Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri - ta'lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy qismi sifatida go'zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi, san'atning xalqchilligi to'g'risidagi ta'limotga suyanib, bolalarning ob'yektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste'dodini o'stiradi hamda ularda yuksak ma'naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg'u va fikrlarni rivojlantirish, go'zallikni ko'ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi. Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi. Bolalarni go'zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko'ra bilishga o'rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg'ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta'sir o'tkazadi.

Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish tug'risidagi masalaga to'xtaymiz. Idrok san'ati o'zidan keyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, musiqa san'ati asarlarini tushunish masalasi o'zidan o'zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o'rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish

Scientific Journal Impact Factor

о

mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo'lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Shunday qilib musiqa idrokini tarbiyalash quyidagicha boradi:

1. Musiqa materialini ajratib olish.

2. Tarbiya va ta'lim metodlarini sistemalashtirish.

3. Ishning turli bosqichlaridan foydalanish.

4. Musiqa asarlarining turli-tuman namunalaridan foydalanish.

5. Musiqa asarining obrazlar soni va formasiga qarab asta-sekin murakkablashib borish.

Estetik va emotsional muhit musiqa olamida bolaga emotsional qulayliklar yaratib, undagi ijodga bo'lgan qiziqishni shakllantiradi. Biroq, musiqiy muhitning samaradorligi faqat tashqi sharoitlargagina bog'liq bo'libgina qolmay, balki bola musiqiy rivojlanishini tartibga soluvchi muloqot, musiqiy-nazariy hamda psixologik bilimlarga ham bog'liqdir.

REFERENCES

1. Sharipova G. Musiqa o'qitish metodikasi. Ma'ruzalar. T., TDPU, 2006.

2. Akbarov I. Musiqa lug'ati. T.Oqituvchi 1997 y.

3. Hasanboev J.Yu. Pedagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.

4. Sharipova G.. Musiqa va uni o'qitish metodikasi (metodik qo'llanma). Toshkent - 2006.

5. Akbarov I. Musiqa lug'ati. Toshkent - 1997.

6. Ismailov, T. K. (2021). THE IMPORTANCE OF RUSSIAN CLASSICAL COMPOSERS IN CLASSES OF MUSIC CULTURE. Экономика и социум, (1-1), 93-95.

7. Kh, I. T. (2021). Musical currents and the formation of Russian classical music. Вестник магистратуры, (5-1 (116)), 7-8.

8. Ismailov, T. X. O. G. L. (2021). Musiqa madaniyati darslarida rus kompozitorlari ijodi orqali o'quvchilarning estetik didini rivojlantirish. Science and Education, 2(4), 336-340.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.