INKLYUZIV TA'LIM MUHITIDA O'QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI D.A. Madjidova
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim, O'zbekiston Pedagogika
fanlari ilmiy-tadqiqot instituti bo'lim mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.7926512
Annotatsiya. Maqolada inklyuziv ta'lim muhitida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish, har bir o'quvchining ijodiy imkoniyatlarini ro 'yobga chiqarishning muhim pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, psixologiyada qobiliyatlarning sifat tavsiflari, pedagogik qobiliyatlarni tashxis qilish xususiyatlari, psixologiyasida iqtidorning o'rganilganligi, iqtidor va kreativlik konsepsiyalari hamda modelllari tahlillari ifodalangan va inklyuziv ta'lim sharoitlarida qobiliyatlarni rivojlantirishga oidtavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: iste 'dod, san'at, ijod, qobiliyat, bilim, malaka, inklyuziv ta'lim, imkoniyati cheklangan shaxs, kasb, kasbiy bilim.
Zamonaviy ta'lim tizimida ta'lim muhitining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadigan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ushbu o'zgarishlardan biri inklyuziv ta'lim amaliyotini kiritish va mustahkamlash bo'lib, u nogiron bolalarni birgalikda ta'lim va tarbiyalashni, ta'lim jarayonida turli xil ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning mavjudligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'limning keng ko'lamli muammolarini hal qilish har bir o'quvchining qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan yangi yondashuvlarni talab qiladi.
Inklyuziv ta'lim (inglizcha inclusion - inklyuziya so'zidan) - bu alohida bolaga qaratilgan innovatsion qadam, chinakam insonparvar ta'lim amaliyotini amalga oshirishni anglatadi. "Inklyuziv" yoki "inklyuzivlik" eng to'g'ri atama bo'lib, u quyidagicha talqin qilinadi: bu maktablarni isloh qilish va sinflarni istisnosiz barcha bolalarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan tarzda qayta qurish" [1. B. 35].
Inklyuzivlik (inclusion so'zidandan - kiritish) jamiyatdagi barcha fuqarolarning, birinchi navbatda, jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bor fuqarolarning ishtiroki darajasini oshirish jarayonidir.
Rasmiy ravishda "inklyuziv ta'lim" atamasi Salaman deklaratsiyasida alohida ehtiyojli shaxslarning ta'lim sohasidagi tamoyillari, siyosati va amaliyoti va Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya bilan mustahkamlangan. Ushbu hujjatlarda inklyuziya har bir shaxsning farqlari va xususiyatlarini qo'llab-quvvatlaydigan islohot sifatida belgilanadi.
Inklyuziv ta'lim jismoniy, intellektual, ijtimoiy, hissiy, lingvistik yoki boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar, barcha bolalar uchun ta'lim sifatida talqin etiladi.
Bunday ta'limning maqsadi nogiron bolalarni ijtimoiy ajratishni va ularning bolalar bog'chasi jamoasi, maktab hayotida ishtirok etish imkoniyatini rad etish, boshqacha qilib aytganda, maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlar turli xilligini hisobga olgan holda barcha o'quvchilarning ta'lim olishdan teng foydalanishini ta'minlashdir.
Inklyuziv ta'lim samaradorligini belgilovchi shart-sharoitlar majmuasi orasida integrativ ta'limni tashkil etishning innovatsion modellarini, ta'limni tashkil etishning yangi shakllari va usullarini izlash va sinovdan o'tkazish alohida o'rin tutadi.
Inklyuzivlik nogiron bolalarni ta'lim muhitini, maktab muhitini har bir bolaning ehtiyojlariga moslashtirish, shu jumladan ta'lim jarayonini isloh qilish yo'li bilan o'qitish muammosini hal qilishni o'z ichiga oladi: - sinf xonalarini istisnosiz barcha bolalarning
ehtiyojlarini qondirish uchun qayta qurish; - bolaning rivojlanishidagi og'ish turiga, o'qituvchilarning psixologik va uslubiy tayyorgarligiga qarab zarur o'quv qo'llanmalari [2. B. 6].
Ilg'or pedagogik hamjamiyat normal va zaif rivojlanishi bo'lgan bolalarni birgalikda o'qitish ahamiyatini rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun ta'limni kengroq qamrab olish imkoniyati bilan belgilaydi, chunki ular uchun maxsus muassasalar juda kam; yopiq maktab-internatda bolalarni o'qitishda istisno qilinadigan oilaning ta'lim salohiyatidan foydalanish imkoniyati; alohida ehtiyojga ega bo'lgan bola o'qishni tugatgandan keyin ham yashashi kerak bo'lgan tashqi dunyo bilan aloqalar va munosabatlarni o'rnatish imkoniyati; sog'lom bolalarda sinfdoshlarning jismoniy va aqliy nuqsonlariga bag'rikenglikni shakllantirish, o'zaro yordam tuyg'usini va hamkorlikka intilishni rivojlantirish, ichki ma'naviy dunyosini boyitish, muloqot qilish ko'nikmalarini takomillashtirish; rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarni o'qitish amaliyotida qo'llaniladigan maxsus, o'ta samarali usul va uslublarni ommalashtirish imkoniyati, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'qitishning o'ziga xos texnologiyalarini o'zlashtirish orqali o'qituvchilarning metodik tayyorgarligi sifatini oshirish va hokazo. Shunday qilib, "inklyuziv ta'lim" atamasi ta'lim tizimi va nogironlarning jamiyatdagi o'rniga zamonaviy yondashuvni aks ettiradi [3. B. 6].
Tajribali, mohir murabbiylarning ta'kidlashicha, iste'dodsiz bola bo'lishi mumkin emas. Farzand dunyoga kelibdiki, unda bir qator iste'dodlarning kurtagi mujassam ekan. Ota-ona, murabbiy va muallimlar hamda o'sib kelayotgan shaxsning o'zi ana shu kurtaklarni qancha erta payqasalar kamolotga yetishish, yorqin iste'dod namoyon qilish shuncha tez amalga oshadi. Iste'dodingiz kurtaklarini kashf qilishning o'zi yetarli emas. San'at sohasida tinmay izlanish, bilim va tajriba to'plash, muttasil mehnat qilishga to'g'ri keladi [4. B. 15-16].
Jumladan, nogironligi bo'lgan shaxsning qobiliyatlari kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni egallash uchun imkoniyat tariqasida namoyon bo'ladi. Inklyuziv ta'lim muhitida kasbiy bilim va ko'nikmalar egallanishi va imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish, ularning ushalmagan orzu sifatida qolib ketishiga yo'l qo'ymaslik bularning barchasi ko'pgina omillarga va sharoitlarga bog'liqdir. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar (oila, maktab, mehnat jamoasi a'zolari, jamoatchilik) imkoniyati cheklangan shaxsning u yoki bu bilim hamda ko'nikmalarni egallashidan manfaatdorligi, o'qish, o'rganishga munosabati, ularni tashkil qilish va mustahkamlashga nisbatan mas'uliyat his etish kabilarning barchasi imkoniyatni ro'yobga chiqarishning, uni voqelikka aylantirishning kafolatidir.
Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari bo'lmish bilim, ko'nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etib, ularning birligini e'tirof etadi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro'yobga chiqadi, lekin aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko'rinishlaridagina aks etadi xolos. Masalan, agar shaxs tasavvur qilishga hali o'rganmagan bo'lsa, amaliy faoliyatning malakalarini uddalay olmasa, uning dizayn san'atiga nisbatan qobiliyatlari haqida mulohaza yuritish noo'rin. Bularning barchasi bo'lg'usi dizaynerning ish uslubi, usullari, rang, shakl va mazmun munosabatlarini qanchalik tez va oson o'zlashtirishida hamda borliqdagi go'zallikni idrok qilish, tasavvur etishida namoyon bo'ladi.
Inklyuziv ta'lim muhitida har bir o'quvchida kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar tizimi, ularning barqarorligi, shakllangan shaxsiy ish uslublari mavjud emasligiga asoslanib, ularni jiddiy tekshirib, tashxis qilmasdan turib, shoshilinch tarzda unda qobiliyatlar yo'q degan xulosa chiqarish o'qituvchining qo'pol kasbiy xatosi hisoblanadi. Bolalik davrida u yoki bu
qobiliyatlarning atrof-muhitdagi insonlar tomonidan tan olinmagan, keyinchalik esa jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo'lgan juda ko'p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geometriya yo'nalishi asoschisi) va boshqalar ta'lim olish vaqtida genial olim bo'lib voyaga yetishishidan dalolat beruvchi omilllar yo'q edi.
Qobiliyatlar bilim, ko'nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo'ladi. Faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to'g'risida mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan bilim, ko'nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo'ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi.
Psixologiyada qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan farqli xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutib bo'lmaydi, chunki insonlar o'z qobiliyatlari bo'yicha bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o'rtasida farqlar sifat va miqdor jihatidan bir talay bo'lishi mumkin.
G'arb psixologiyasida dastlabki bosqichlarda iqtidorni o'rganish intellektual komponentni o'rganishga qisqartirildi. Bugungi kunga kelib, bir qator tadqiqotchilar intellektning tug'ma va doimiy emasligini, balki turli omillar ta'sirida o'zgarishga qodir ekanligini tan oldilar. Bundan tashqari, bugungi kunda intellekt koeffitsienti iqtidorni rivojlantirishning kafolati va yagona omili hisoblanmaydi, "intellekt" tushunchasining yagona ta'rifi hali ham mavjud emas. Shu sababli, biz intellektni o'rganish asosida ishlab chiqilgan dastlabki nazariyalarni chetlab o'tdik va va quyida muhokama qilingan tushunchalar iqtidorni bir qator komponentlarga asoslangan tizimli shakllanish sifatida tavsiflaydi, bunda intellekt ulardan faqat bittasi hisoblanadi.
J. Gilford va E. Torransning kreativlik konsepsiyasi. Ushbu konsepsiyada ijodkorlik universal kognitiv ijodiy qobiliyat sifatida belgilanadi. J.Gilford fikrlashning ikki turini ajratib ko'rsatdi: konvergent (o'xshash) va divergent [5. B. 180-183]. Birinchisining vazifalari shundaki, u shartlar to'plamidan yagona to'g'ri yechimni topishga yordam beradi. Divergensiya esa, yechimlarning xilma-xilligini va ularni topish usullarini nazarda tutadi, buning natijasida biz kutilmagan xulosa va natijalarga erishamiz.
Keyinchalik J.Gilfordning ishlanmalari E.Torransning asarlarida rivojlandi, u ijodkorlikni kamchiliklarni idrok etish qobiliyatini, bilimdagi bo'shliqlarni, disgarmoniyaga sezgirlikni oshirish qobiliyati deb tushundi. E.Torrens ijodkorlik tuzilishiga to'rtta sifatni belgilagan: o'ziga xoslik; ravonlik; moslashuvchanlik; rivojlanish (puxtalik).
Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdor tavsifi esa faoliyatga qo'yiladigan talablarni shaxs tomonidan qay yo'sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nechog'lik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birinchidan, maqsadga turlicha yo'llar orqali erishishga imkon beruvchi «o'zgaruvchan miqdor» to'plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta'minlovchi shaxsning individual psixologik xislatlari (fazilatlari) murakkab majmuasi ko'rinishida gavdalanadi.
Qobiliyatlar tuzilishi bu shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta'lim, xoh mehnat, xoh o'yin, xoh sport bo'lishidan qat'iy nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, hissiy-irodaviy jabhalariga, individual xususiyatlariga muayyan talablar qo'yadi va ularning hamkorlikdagi sa'i-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi.
Yaqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari, fazilatlari orasida ma'lum turkumi yetakchilik, ustuvorlik qilsa, ayrimlari yordamchi vazifasini bajaradi. Ma'lumki, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida yetakchi xislatlar sifatida pedagogik odob, bolalarni sevish, o'quvchilar jamoasini tashkil qilish va uni boshqarish, kuzatuvchanlik, talabchanlik, bilimga chanqoklik, bilimlarni kuzatishga uquvchanlik va shunga o'xshashlar tan olinadi. Pedagogik qobiliyatning yordamchi (qo'shimcha) fazilatlariga nutqiy qobiliyat, diqqatni taqsimlash, akademik qobiliyatlar kiradi.
Pedagogik qobiliyatlarning yetakchi (asosiy) va yordamchi (qo'shimcha) tarkiblari, jabhalari ta'lim jarayoni muvaffaqiyatini ta'minlaydigan birlikni (birikuvni) yuzaga keltiradi hamda o'qituvchi shaxsi bilan bog'liq bo'lgan hamkorlik, individual faoliyatini tashkillashtiradi. Qobiliyatlardan muayyan darajada umumiy va torroq ma'noda maxsus sifatlarni ajratish orqali ma'lum turkum tizimini yuzaga keltirish mumkin. Bundan kelib chiqqan holda, qobiliyatlarni umumiy va maxsus qobiliyatlar guruhiga ajratish maqsadga muvofiq.
Umumiy qobiliyatlarni (sifatlar) maxsus qobiliyatlarga (sifatlarga) zid tarzda talqin qilish xatodir. Maxsus qobiliyatlar ko'lam jihatdan torroq bo'lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o'zida mujassamlashtiradi [7. B. 128-130].
Talantning paydo bo'lishi va tuzilishi, ijtimoiy tarixiy tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (tabiiy xislat degan ma'noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta'minlaydigan qobiliyat hamda iste'dodlar majmuasidan (yig'indisidan) iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta'rif berilishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta'kidlab o'tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va o'ziga xos tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgilari:
• muvaffaqiyatni ta'minlash;
• faoliyatni mustaqil bajarish;
• qobiliyat hamda iste'dodlar yig'indisidan iborat ekanligi;
• individual psixologik sifat ekanligi;
• ijtimoiy turmushni o'zgartiruvchi, yaratuvchi imkoniyat ekanligi kabilar.
Talant ham qobiliyatlarga o'xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush shart-sharoitlariga bog'likdir. Jamiyatda talantli shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi uchun zarur ob'ektiv va subektiv shart-sharoitlar yaratilsa , barkamol shaxsning shakllanishiga imkoniyat tug'iladi.
Shuning uchun jahon taraqqiyoti, fan va texnikasi, san'at va adabiyot, moddiy va ma'naviy madaniyatini yaratishning ichki (ruhiy) imkoniyati hisoblanmish talant taraqqiyotning harakatlantiruvchi omilidir. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yetishmasligi tufayli ko'pchillik talant sohiblari o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish imkoniyatlaridan mahrum bo'lganlar.
Talant o'zining umumiy va maxsus sifatlari yig'indisi bilan ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Talant mahoratning dastlabki sharti hisoblansada, lekin ular bir-biridan muayyan
darajada farqlanadi. Talant katta, ijodiy va zo'r mehnat mahsulidir. Mehnat esa hayotiy tajriba, ko'nikmalarning zaruriy majmuasi manbaidir.
Ijodiyotning sharti - bu hayotiy tajriba, zaruriy ko'nikma, malakalar yig'indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan iboratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtai nazardan haqiqiy mahorat - bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo'lishidir.
Shuni ta'kidlash joizki, qobiliyatning tug'maligini inkor qilish mutlaq xususiyatga ega emas, albatta. Lekin qobiliyatning tug'ma ekanligini tan olmaslik, miya tuzilishi bilan bog'liq xususiyatlarning tug'maligini inkor qiladi degan so'z emasdir. Layoqat esa qobiliyatning tabiiy zamini sifatida faoliyatda muhim rol o'ynaydi. Layoqat deb qobiliyatlar taraqqiy etishining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo'ladigan miya tuzilishining, sezgi a'zolari va harakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlari aytiladi. Tug'ma layoqat jumlasiga nozik hid sezish, ya'ni, bilish analizatorlarining alohida yuksak sezgirligi muvofiqdir. Alohida yakka shaxs ma'lum tabiiy layoqatga ega bo'lsa, u holda o'ziga taalluqli qobiliyatlarni rivojlantirish nisbatan yengil kechadi. Insonlarning kasbiy qobiliyati ularning layoqatlari rivojlanishi mahsulidir.
Layoqat ko'p qirrali psixik hodisa bo'lganligi tufayli faoliyat talablarining xususiyatiga bog'liq ravishda bir xil layoqatlar negizida har xil qobiliyatlar rivojlanishi kuzatiladi.
Qobiliyatning rivojlanishi va shakllanishi, bu:
- birinchidan, ma'lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalarini aniqlash yo'li bilan;
- ikkinchidan, mutaxassis rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo'li bilan;
- uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo'li bilan;
- to'rtinchidan, o'quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta'minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo'li bilan;
- beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo'li bilan;
- oltinchidan, o'quvchilarga nisbatan individual munosabatda bo'lishni umumiy talablar bilan uyg'unlikda olib borishdir.
Shunday qilib, ijodiy qobiliyat biror masala yechimini topish jarayonida insonning o'z faoliyatiga ijodiy yondashuv jarayonidir. Ammo har qanday savol yoki topshiriq ham fikr mustaqilligi va faolligini talab qilavermaydi. Inson tafakkuri mustaqilligini faollashtirishning birinchi sharti uning oldiga chigal masala qo'yishdir.
Agar inklyuziv ta'lim jarayonida mashg'ulot mavzusi avvaldan ma'lum bilimlardangina kelib chiqib o'tilsa, mantiqan yangi dalil va tushunchalarga tayanmasa yoki o'rganilayotgan mavzu avval o'qilganlarning yangi bosqichiga aylanmasa, to'garak rahbari ta'limni qanchalik baland darajada, qanday ilg'or metodlar bilan uyushtirmasin, muvaffaqiyat qozonolmaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, agar iqtidorning rivojlanishi qobiliyatlarning rivojlanishiga asoslangan bo'lsa, unda mualliflar birinchi va ikkinchi o'rtasidagi munosabatlar masalasini hal qilishni "iqtidorlilik" ning ajralmas ko'rinishi sifatida harakat qiladi, degan bayonotda ko'rishadi. muayyan faoliyat maqsadi uchun turli qobiliyatlar.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, agar bolaning tashabbusi kognitiv motivatsiya bilan qo'llab-quvvatlansa, bu uning ishini sifat jihatidan boshqa darajaga olib keladi. Shunday qilib,
41
ushbu xulosa bolaning ijodiy rivojlanishi bilan bog'liq muammoni hal qilishga yaqinroq bo'lishga imkon beradi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarning barchasidan xulosa qilishimiz mumkinki, G'arb va rus tadqiqotchilarining asarlarida iste'dod, birinchi navbatda, bir nechta omillarning kesishmasida yuzaga keladigan tizimli tuzilish sifatida tushuniladi, xususan:
- umumiy va maxsus qobiliyatlar;
- muammolarni hal qilishda nostandart yondashuvni qo'llash qobiliyati sifatida rivojlangan ijodkorlik, bu o'z navbatida muammolarni alohida ko'rishni, sezgirlikni va hal qilinayotgan masalalarning mohiyatiga kirish qobiliyatini ta'minlaydi;
- kognitiv motivatsiya, asosan faoliyat jarayoniga, muammolarni hal qilishga qaratilgan;
- ijtimoiy omil - o'zini o'zi qadrlash va ijobiy o'zini o'zi anglash uchun zarur bo'lgan qulay mikro muhit sharoiti.
Inklyuziv ta'limda har bir o'quvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda mazkur jarayonga axborot va pedagogik texnologiyalar tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
REFERENCES
1. Gaydukevich S.E. Sredovwy podxod v inklyuzivnom obrazovanii // Inklyuzivnoe obrazovanie: sostoyanie, problemw, perspektivw. Minsk: Chetwre chetverti, 2007. - S. 3446.
2. Bajukova O.A. Problemw i perspektivw razvitiya inklyuzivnogo obrazovaniya. // Izvestiya DGPU. - 2013. - № 4. - S. 6-11.
3. Organizatsiya inklyuzivnogo obrazovaniya obuchayu^ixsya s ogranichennwmi vozmojnostyami zdorovya i/ili detey-invalidov: metodicheskie materialw dlya rukovoditeley, pedagogov, spesialistov soprovojdeniya (uchiteley-logopedov, uchiteley defektologov, pedagogov-psixologov, sotsialnwx pedagogov, tyutorov) / Avtorw-sost.: L. M. Betker, M.I. Yeremenko, N.V. Lopatkina - Xantw-Mansiysk, RIO IRO, 2016.- 90 s.
4. Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. - Toshkent: O'zbekiston, 2009. - 24 b.
5. Psixologiya sposobnostey: sovremennoe sostoyanie i perspektivw issledovaniy: Materialw Vserossiyskoy nauchnoy konferensii, posvya^ennoy 60-letiyu so dnya rojdeniya V. N. Drujinina, IP RAN, 25-26 sentyabrya 2015 g. /Otv. red. S.S. Belova. - Moskva: Izd-vo "Institut psixologii RAN", 2015. - 243 s.
6. Osnovnwe sovremennwe konsepsii tvorchestva i odarennosti, st. «Diagnostika i razvitie odarennwx detey i podrostkov». /Pod red. D.B.Bogoyavlenskoy. - Moskva: Molodaya gvardiya, 1997. - S. 243-259.
7. SemenyukL.M. Xrestomatiya po vozrastnoy psixologii: uchebnoe posobie dlya studentov. -Moskva: Institut prakticheskoy psixologii, 1996. - 304 s.
8. Rabochaya kniga shkolnogo psixologa / I.V. Dubrovina, M.K. Akimova, Ye.M. Borisova i dr.; Pod red. I.V. Dubrovinoy . - Moskva: Prosve^enie, 1991. - 303 s.
9. Shadrikov V.D. Psixologiya deyatelnosti i sposobnosti cheloveka. - Moskva: Izdatelskaya korporatsiya "Logos", 1996. - 320 s.
10. Babaeva Yu.D. Dinamicheskaya teoriya odarennosti // V kn.: Psixologiya razvitiya: xrestomatiya / Red. A.K. Bolotova, O.N. Molchanova. - Moskva: CheRo : Omega-L, 2005. - S. 153-160.
11. Osnovbi psixodiagnostiki. / pod оЬщ. redaksiey A.G. Shmeleva. - Moskva, Rostov-na-Donu: "Feniks", 1996. - 544 s.
12. Smolonskaya A.N. Sotsialnbie aspektbi inklyuzivnogo obucheniya detey s ogranichennbimi vozmojnostyami zdorovya // Vestnik KGU im. N.A. Nekrasova. 2009. T. 15. - S. 238-244.
13. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).
14. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.
15. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.
16. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.
17. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.