Научная статья на тему 'O‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI'

O‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
1710
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika / psixologiya / kasbiy xislatlar / o‘qituvchi qobiliyatlari / (perseptiv qobiliyatlar / akademik qobiliyatlar / avtoritar qobiliyatlar / ) / gnostik malakalar. / Pedagogy / psychology / professional qualities / teacher skills / (perceptive skills / academic skills / authoritarian skills / ) / gnostic skills.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Rizayeva, Nasiba Muhammadiyevna

Ushbu maqolada talim jarayonida oqituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qoyiladigan mezon va talablar, talim samaradorligini taminlashda oqituvchi va oquvchi hamkorligining orni masalalariga toxtalinadi. Pedagogik faoliyat subyekti bolgan oqituvchi shaxsiga xos psixologik xususiyatlari yoriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHER'S PSYCHOLOGY

This article focuses on the criteria and requirements for the teacher's personality and professional knowledge in the educational process, the role of teacher-student cooperation in ensuring the effectiveness of education. The psychological characteristics of the teacher, who is the subject of pedagogical activity, are revealed.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI»

O'QITUVCHI PSIXOLOGIYASI

RIZAYEVA Nasiba Muhammadiyevna

Navoiy viloyati Xatirchi tumani 19-umumiy o 'rta maktabi amaliyotchi psixologi

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-l-106-113

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida o'qituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qo'yiladigan mezon va talablar, ta'lim ANNOTATSIYA samaradorligini ta'minlashda o'qituvchi va o 'quvchi hamkorligining o'rni masalalariga to'xtalinadi. Pedagogik faoliyat subyekti bo'lgan o'qituvchi shaxsigaxospsixologikxususiyatlariyoriladi.

Kalit so'zlar: Pedagogika, psixologiya, kasbiy xislatlar, o'qituvchi qobiliyatlari; (perseptiv qobiliyatlar; akademik qobiliyatlar; avtoritar qobiliyatlar;), gnostik malakalar.

В данной статье основное внимание уделяется критериям и требованиям к личности учителя и профессиональным знаниям в образовательном процессе, роли взаимодействия учителя и ученика АННОТАЦИЯ в обеспечении эффективности образования. Выявляются психологические особенности педагога, являющегося субъектом педагогической деятельности.

Ключевые слова: педагогика, психология, профессиональные качества, педагогическое мастерство; (навыки восприятия; академические навыки; авторитарные навыки;), гностические навыки.

This article focuses on the criteria and requirements for the teacher's personality and professional knowledge in the educational ABSTRACT process, the role of teacher-student cooperation in ensuring the effectiveness of education. The psychological characteristics of the teacher, who is the subject of pedagogical activity, are revealed.

Key words: Pedagogy, psychology, professional qualities, teacher skills; (perceptive skills; academic skills; authoritarian skills;), gnostic skills.

KIRISH (Introduction)

Muhim davlat vazifasini - "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o'qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o'sib rivojlana boradi. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o'rni beqiyosdir. Chunki

106

14 www.birunijournal .uz

har bir pedagog dars o'tish jarayonida o'quvchilarining individual psixologik xususiyatlarini bilishi, yangi mavzuni tushuntirayotganda ham umumpsixologik qonuniyatlarni hisobga olgan holda darsni tashkil etishi ta'limning sifatiga ijobiy ta'sir etadi. Hozirgi jamiyatimizda o'qituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o'z malakasini oshirib borishi bir tomondan o'qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi. Chunki bu kechiktirib bo'lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Psixologik nuqtayi nazardan o'qituvchi doimiy ravishda o'z bilimlarini oshirish bilan shug'ullanishi zarurdir. Chunki o'qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida bo'larkan, u birinchidan, odamlarni ko'pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o'z qarashlari bo'yicha to'g'ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o'qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko'p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o'qituvchining o'zi axborotlar olish uchun o'quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o'ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo'lish imkoniyatiga ega boiib, ko'pincha o'z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi. Ta'limning barcha ko'rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning ta'kidlashicha, anglash tezligi, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bo'lgan aniq ma'lumotlar hajmi, uni bevosita hal qilishdagi bosqichlar soni, natijaga erishishga yordam beruvchi ma'lumotlar miqdori, shuningdek, masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, o'z-o'zining bilimini oshirish qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bog'liq. O'qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o'z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan toldirib, o'zining individual ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo yangilab borishi tushuniladi. Odatda aksariyat o'qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o'qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko'p hollarda bunday motivlar "o'qituvchilarni qanday o'qitib va qanday tarbiyalash kerak?" degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o'zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug'ilishi munosabati bilan shakllana boradi. Shu bilan birga yaqqol ko'zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko'z yuma olmaymiz. Masalan, o'qituvchilar ommasining ma'lum qismi mustaqil izlanishda bo'lib, o'z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug'ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba'zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmoqdalar. Bunday o'qituvchilar o'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar. Bu muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka

107

www.birunijournal .uz

oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish institutlarining tarmoqlari joriy etilgan, bular Avloniy nomidagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti, Toshkent shahar, viloyatlardagi xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir. Xalq ta'limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda o'qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, o'qituvchi kadrlarni o'zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko'nikma, malakalarini, ma'naviyat va ma'rifatini, shu bilan bi r qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy ma'lumotini oshirishga da'vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir. O'qituvchining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir. Shu bilan birga o'qituvchi doimiy ravishda o'z malakasini oshirib, o'z ishining muvaffaqiyatini yuqori darajada ta'minlashga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarur. Bu borada hazrati Bahouddin Naqshband "Chaqmoq tosh qo'limizga berilgan, faqat harakat qilish kerak, toki natija hosil bo'lsin" deb ta'kidlaganlar. Bu fikr bilan u ijtimoiy tarbiyaning o'rniga ishora qiladi, to'g'ri tarbiyaning mohiyatini, uning samarasini aniq o'xshatishlar bilan asoslab beradi. Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan bir necha qimmatli asarlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo'lsa-da, o'z qimmatini yo'qotgan emas.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA (Discussion)

Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o'z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko'rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin.

O'qituvchining o'rni va uning vazifalari o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi. "...O'qituvchi, — deydi Abu Nasr Forobiy, — aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur". U o'z fikrini davom ettirib: " O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi,

108

www.birunijournal .uz

shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini chiroyli ifodalab berishni bilmog'i, shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lmog'i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi",— deb ta'kidlaydi.

Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy ham o'qituvchi mehnatini xolisona baholab: "Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi",

"Haq yolida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila,

Aylamak emas oson oning haqqin yuz ganj ila", — kabi satrlar bitgan.

Zamonaviy maktab o'qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O'qituvchi — sinfdagi o'quv jarayoni tashkilotchisidir. O'qituvchi o'quvchilar uchun dars payti, qo'shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbayidan biridir. Ko'pchilik o'qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo'lib hisoblanadilar. Zamonaviy o'qituvchi ijtimoiy psixolog bo'masligi mumkin emas. Chunki u o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro ijobiy munosabatlarni yo'lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Ma'lumki, pedagogik faoliyat — kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. O'qituvchi jamiyat tomonidan qo'yilgan talablar bilan bir qatorda o'z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma'muriyati, hamkasblari, o'quvchilar va ularning otaonalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim. O'qituvchining o'z ishidan nimanidir kutayotganligini bilishining o'ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o'qituvchiga qo'yiladigan talablarga mos kelsa-da, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, xalq ta'limi bo'limlari va maktab direktorlari o'qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta'limi bo'limlarining mudirlari o'qituvchidan birinchi navbatda o'z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o'zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o'qituvchiga qo'yiladigan bunday talablarni uchinchi o'ringa qo'yadilar. Shu bilan birga xalq ta'limi bo'limlarining mudirlari o'qituvchilarning o'quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo'lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e'tibor bermaydilar. Maktab direktorlari esa, bunday xislatlarni o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar ichida birinchi o'ringa qo'yadilar. Bo'lajak pedagog shaxsiga

109

www.birunijournal .uz

bir qator jiddiy talablar qo'yiladi. Ularni asosiy, ya'ni uni egallamasdan turib, yuqori malakali o'qituvchi yoki tarbiyachi bo'lib yetishish mumkin bo'lmagan va ikkinchi darajali, ya'ni bevosita pedagogik faoliyati uchun emas, balki uning shaxs sifatida shakllanishi va shaxsga ta'lim-tarbiya berishida muhim bo'lgan talablarga ajratish mumkin. Bosh, asosiy talablar singari, ikkinchi darajali talablar ham pedagogning faoliyati psixologiyasiga ya'ni, uning muloqoti, qobiliyati, bilimi, malaka va ko'nikmasi, mahorati, bolalarni tarbiyalash va ta'lim berish uchun zarur bo'lgan sifatlarga bog'liqdir. Asosiylari orasida ham, qo'shimcha psixologik xossalar ichida ham o'zgarmas, ya'ni har bir davrda, vaqt va xalqlarda doimo o'qituvchi va tarbiyachilar uchun, malakali pedagoglar uchun zarur bo'lgan hamda o'zgaruvchan, ya'ni muayyan davr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablaridan kelib chiqadigan, jamiyat qaror topgan sharoitda yashaydigan va pedagog ishlaydigan muhit talablaridir.

Pedagogga qo'yiladigan asosiy, bosh va o'zgarmas talablar bolalarga bo'lgan mehr, pedagogik faoliyat, o'zi ishlaydigan soha bo'yicha maxsus bilim, keng fikrlay olish, pedagogik intuitsiya, yuqori saviyada rivojlangan tafakkurga, chuqur bilimga, madaniyat va yaxshi xulqqa ega bo'lish, bolalarni o'qitish va tarbiyalashning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan iborat. Yuqorida keltirilgan xislatlarning birortasisiz muvaffaqiyat bilan pedagogik ish olib borish mumkin emas. Pedagog uchun qo'shimcha, lekin nisbatan turg'un talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxshi did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o'rinda turmasa-da, ammo o'qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi. Bu hamma xossalar tug'ma qobiliyat emas. Ular pedagogning muntazam mehnati, shuningdek, o'z ustida tinmay ishlashi natijasida egallanadi. Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o'qituvchi qaytarilmas va o'ziga xos shaxs sifatida namoyon bo'ladi. Jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablardan eng muhimi o'qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog'liq xislatlariga qaratilgan. Jamiyatning o'qituvchilik kasbiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagichadir:

— shaxsni ma'naviy va ma'rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o'z Vatani, tabiatga va oilasiga bo'lgan muhabbati;

— keng bilim saviyasiga ega boiishi, turli bilimlardan xabardor boiishi;

110

www.birunijournal .uz

— yosh, pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bolishi;

— o'zi dars beradigan fan bo'yicha mustahkam bilimga ega bo'lib, o'z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo'lishi;

— ta'lim va tarbiya metodikasini egallashi;

— o'z ishiga ijodiy yondashishi;

— bola psixik taraqqiyotini, uning ichki dunyosini tushuna olishi;

— pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta'limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo'lishi;

— o'qituvchining o'z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Наг bir o'qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo'lishga intilishi kerak. O'qituvchiga jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o'qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi. Jamiyatning muayyan tarixiy davrida, belgilangan vaqt va belgilangan ish joyiga xos bo'lgan pedagogning asosiy va ikkinchi darajali o'zgaruvchan xususiyatlari haqidagi masalani hal qilish birmuncha murakkabdir. Jamiyatda ro'y berayotgan yangi shart-sharoitlar, ta'lim va tarbiya sohasida yangi maqsad va vazifalarni qo'yadi. Ular o'z navbatida o'qituvchi va tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu talablarni o'z vaqtida va aniqroq aniqlash uchun quyidagilarni bajarish lozim:

O'quvchini hozirgi zamon talabiga javob beradigan, erkin fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish uchun pedagogning o'zi mustaqil fikrlovchi, yuqori saviyadagi bilimli, dunyoqarashi keng bo'lmog'i va bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib bormog'i lozim. Ota-onalar o'qituvchining ish staji va yoshi qanday bo'lishidan qat'i nazar undan farzandlarini tarbiyalash va o'qitish mahoratini kutadilar. O'quvchilar esa o'qituvchilarni uch xil xislatlari bo'yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o'qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi ko'rish xislatlari; ikkinchidan, o'qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog'liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan, o'qituvchining o'z fanini bilishi, uni tushuntira olishi kabi ta'lim jarayoni bilan bog'liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo'yiladigan talablar bilan birga, o'qituvchi shaxsi va

111

www.birunijournal .uz

uning faoliyatiga nisbatan qo'yiladigan ijtimoiy talablar ham o'sib bormoqda. O'qituvchiga jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o'qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.

XULOSA (Conclusion)

Shunday qilib, xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, pedagoglarning pedagogik mahoratida shaxsiy faoliyat tizimini ishlab chiqish muhimdir. Hayot — kashfiyotlar olami. Tajriba, uslub, fikrlar rang-barang. U samarali mehnat natijasida isbot va dalillar orqali talabalar qalbiga ko'chadi. Ularning tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilar, talabalar muallimning faxri, kelajagidir. Shu bois ularning niyati o'quvchilarni, talabalarni mustaqil yurt quruvchilari, muhandislari, ilmu ma'rifat fidoyilari safida ko'rishdir. Har bir pedagognig o'z faoliyat tizimini ishlab chiqishi va unga qat'iy amal qilishi uning ta'lim sohasidagi muvaffaqiyatlarining muhim omillaridan biridir. Pedagog bir xil metodlarda dars o'tish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Aksincha, u o'qitish metodlarini takomillashtirish ustida tinimsiz ishlashi zarur. Xalqimizning kelajagi mustaqil O'zbekistonning istiqboli ko'p jihatdan pedagogga, uning saviyasiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.:O'zbekiston, 2017.

3. Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». — Т.: TDPU. 2009.

4. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000.

5. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

6. Халперн Д. Психология критического мышления. Питер. 2000.

7. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

8. Югай А.Х., Мираширова Н.А. "Общая психология" - Ташкент 2014.

9. Дружинина В.. "Психология ". Учебник. "Питер", 2003.

10. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

112

www.birunijournal .uz

11. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

12. Sulaymonov, J. B. (2022). ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 363-373.

13. CynaÖMOHOB, (2021). AB^YPAXMOH HBH XA.H^YHHHHr TAMA^YH TAPAKKHËTH XAKH^ArH KAPAm^APH^A ^AMH^T TAX,.HH.nH. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 451-455.

14. CynaÖMOHOB, B. (2022). HBH XA^YH KAPAm^APH^A "TAACCYB" KATETOPH£CHHHHr A^AMH^TH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 864-871.

15. CynaÖMOHOB, B. (2022). AB^YPA^MOH HBH XA^YH H^THMOHH KAPAm^APH BA ^H ro^rOK H^THMOHH KAPAm^APHHHHr KHÊCHË ^HXAT-HAPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1477-1483.

16. CynaÖMOHOB, B. (2022). AB^YPAXMOH HBH XA^YH H^THMOHH KAPAm^APH BA KОHOYЦHH H^THMOHH KAPAmnAPHHHHT KHÊCHË ^HXAT^APH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 613-621.

113

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.