EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
PEDAGOGIK MAHORATNI SHAKLLANTIRISH ZAMONAVIY TA'LIMNING DOLZARB MASALASIDIR
Mavlanova Saidaxon Umarovna
SDVMCHBU Toshkent filiali pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10821317
EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 08th March 2024 Accepted: 14th March 2024 Online: 15th March 2024
KEYWORDS Yuksak kasbiy tayyorgarlik, o'quv - tarbiya jarayoni, ijodkorlik, tashabbuskorlik, pedagogik faoliyat, pedagogik mahorat, kasbiy va shaxsiy tayyorgarlik, mahoratning asosiy komponentlari.
Ushbu maqolada o'qituvchining pedagogik mahoratini tarbiyalash, kasbiy mahoratni shakllantirish, o'qituvchilar mahoratini oshirish, ularning falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, yuksak mulohazali bo'lishlarida pedagogik mahoratni tashkil etuvchi asosiy komponentlar, shuningdek, zamonaviy ta'limda o'qituvchidan talab etiladigan vazifalar haqida so'z yuritilgan.
Har bir inson uchun hayotda kasbni aniq tanlash, unga bo'lgan qiziqishni orttirish, mahoratli bo'lish, o'z kasbining fidoyisi bo'lishiga yetaklaydi. Mahoratli kasb egasining ma'naviy dunyosi boy, ishlash qobiliyati teran bo'ladi va u o'z mehnati yordamida o'ziga ham, boshqalarga ham katta foyda keltiradi. Shuning uchun kasbiy mahoratni shakllantirish, tarbiyalashga va nihoyat uni takomillashtirishga intilish, kerakli ma'lumotlar, axborot(bilim)lar, malakalar bilan to'ldirib borish shu kunning, qolaversa, ta'lim islohotlarining dolzarb masalasidir. Chunonchi, egallanajak kasb-korga tayyorlanayotgan har bir mutaxassis-pedagog nafaqat o'z ixtisosligi bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ladi, balki pedagogik - psixologik tayyorgarlikni qo'lga kiritib, ma'naviy va jismoniy jihatdan kamol topadi, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotda faol ishtirokchi bo'lib voyaga yetadi. O'zining aql - zakovati, ilmiy salohiyati, ma'naviyati, tarbiyasi bilan milliy sharqona tarbiya mezonlari asosida aziz va jonajon Vatani uchun yonib yashaydigan shaxs bo'lib shakllanadi va ta'lim islohotlari hujjatlarida belgilangan vazifalarini bajarishga o'z hissasini qo'shadi. Aynan mana shunday ezgu maqsadlarni bajarishdek mas'uliyatli va sharafli kasblardan biri o'qituvchilik kasbidir. Zero, pedagog yosh qalblar kamolotining me'moridir. Bugun u yoshlarni g'oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib, tabiat, jamiyat, pedagogik tafakkur taraqqiyoti, qonuniyatlarini o'rgatar ekan, avvalo, u yosh avlodni kelajak mehnat faoliyatiga tayyorlashi, kasb - hunar egallashlariga ko'maklashishi va jamiyat uchun muhim bo'lgan ijtimoiy - iqtisodiy vazifani hal etishga chog'lamog'i darkor. Ushbu mas'uliyat o'qituvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchi - yoshlarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirishning optimal yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Pedagogik jarayonning samaradorligi ko'p jihatdan o'qituvchi-
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
murabbiyning pedagogik-psixologik bilimdonligi, kasbiy mahorati, pedagogik odob va pedagogik ijodkorligiga bog'liq. Pedagogning mahorati uning bilim doirasida, nutqida, kiyinish madaniyatida o'z aksini topadi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda pedagoglarimizning o'rni beqiyosdir.
Hozirgi fan va texnika jadal ravishda rivojlanayotgan, axborotlar keskin oshib borayotgan bir davrda o'qituvchining pedagogik mahoratini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, mohir pedagogik bo'lish uchun o'qituvchi o'zida ham ilg'orlikni, ham novatorlikni (bunyodkorlikni), ham ijodkorlikni (tadqiqotchilikni) tarbiyalashi lozim. Pedagogik mahoratning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning pedagogik shaxsi va kasbiy fazilatlarining o'zaro bog'liqligidadir. Pedagog inson sifatida shaxsiy fazilatlarga ega bo'lishi bilan birga, kasbiy, ya'ni ixtisoslik fazilatlariga ega bo'lishi lozimligini tajriba ko'rsatmoqda. xususan, shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat, nozik didlik, o'z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qat'iylik, har qanday vaziyatda o'zini idora qila olish, millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalilik va shu kabi fazilatlar misolida ifodalangan bo'lsa, kasbiy sifatlar tizimida: pedagogik ziyraklik, Yangi O'zbekistonning o'z istiqbol va taraqqiyot yo'lining mohiyatini, O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi mazmunini bilishi, milliy tarbiyaning mohiyati va mazmunini chuqur anglashi, mukammal ilmiy-nazariy salohiyat, pedagogik ijod, o'z fanining tarbiyaviy imkoniyatlaridan xabardorlik, pedagogik bilimlarni takomillashtirishga intilish, o'zbek xalqining an'analari, qadriyatlari, urf - odatlarini yaxshi anglash, siyosat, tarix, madaniyat, ma'naviyat, adabiyot va san'at, axloqshunoslik, huquqshunoslik, o'lkashunoslik, texnikaga oid ma'lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid bilimlarga ega bo'lish pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli omilidir. Bo'lajak pedagoglarda qayd qilingan milliy pedagogikaning faoliyatga tayyorlovchi yuqoridagi shaxsiy va kasbiy sifatlarga ega bo'lish, uning pedagogik mahoratini tarkib toptirishdir. Shu munosabat bilan o'qituvchilar mahoratini oshirish, ularning falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, yuksak mulohazali bo'lishlariga e'tibor berilmoqda. Shuni aytish kerakki, o'qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi pedagog bo'lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o'zi yetarli emas. Chunki, pedagogik nazariyada bolalarni o'qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g'oyalar bayon etiladi. O'quvchilarning yosh individual hususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Lekin, oliy, professional va umumiy o'rta ta'lim hayoti, amaliy jarayoni esa xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o'qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham ta'lim muassasalarida ishlaydigan pedagog o'z faoliyatida qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni dunyoviy, diniy bilimlarni mukammal egallagan, ma'naviy barkamol, O'zbekistonning rivojlangan davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to'g'ri anglagan, e'tiqodli, psixologik, pedagogik bilimli va mahoratli bo'lishi muhimdir. Mahoratli ijodkor pedagog o'quvchilar ruhiyatini, bilim va kamolot darajasini hisobga oladi. Shu bilan birga milliy o'ziga xosligimizni, asrlar sinovidan o'tgan an'analarimizni, hamisha iymon-e'tiqod bilan yashash kabi
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, ham yuksaltirib borishi va ularni talabalar qalbiga singdirish zarur.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoevning ma'ruza va chiqishlarini diqqat bilan tahlil qilsak, raqobatbardoshlikni oshirish masalasi O'zbekiston Respublikasida milliy g'oya darajasiga ko'tarilgani anglash mumkin. Globallashuv jarayoni na faqat jamiyatga, balki yoshlarga ham katta ta'sir ko'rsatmoqda. Bugun zamonaviy bilimlar va ma'lumotlarni o'zlashtirmagan pedagog raqobatbardosh mutaxassis, tan olingan o'qituvchi, bolalar sevgan murabbiyi bo'lishi mushkul. Pedagogik mahorat egasi bo'lish uchun o'qituvchi o'z o'quv predmetini davr talablari asosida bilishi pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo'lishi hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni o'zida tarkib toptirishi lozim. I.P. Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san'atning bir qismi sifatida ta'riflab, shunday yozadi: "Pedagogik mahorat deganda o'qituvchining pedagogik-psixologik bilimlarni, malaka va ko'nikmalami mukammal egallashi, o'z kasbiga qiziqishi rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyasi, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo'lishi, o'z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat'iy irodasi tushuniladi".
Quyidagi komponentlar pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi:
1. O'z-o'zini anglash. Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri - bu insonning hayotiy jihatdan o'z-o'zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o'zi yashab turgan muhitning subyekti sifatida e'tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o'z-o'zini anglash muhim ahamiyatga ega. Pedagog o'quvchilarni, o'z-o'zini tarbiyalashga, ya'ni o'z ustida ongli, batartib ishlashga o'rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi.
2. Umummadaniy-milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo'lish. Mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etishi, milliy urf-odatlarga hurmat, ijtimoiy ko'nimalarga ega bo'lishi, ilm fanning yangiliklarini inson hayotidagi o'rni va o'quvchi yoshlarga bu ma'lumotlarni tushuntira olishi.
3. O'qituvchining ijodkorligi va mehnatda faolligi. Ijodkorlik - o'qituvchining o'z mehnati jarayonida mustaqil faoliyat olib borishi, shuningdek, o'qituvchining ta'lim va tarbiya jarayonida sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror ilmiy yangilikni paydo qiluvchi faoliyatidir.
4. Pedagogik muomala madaniyatiga ega bo'lish. Oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashda kasbiy mahoratni shakllantirish g'oyasi yetakchi o'rinda bo'lishi kerak. Yuqori malakali kasbiy mahoratni shakllantirish yo'llari har xil bo'lishi mumkin. Bo'lajak o'qituvchi o'z kasbiy mahoratining shakllantirilganligini bildiruvchi pedagogik muomala madaniyatiga ega bo'lishi o'qituvchining kasbiy mahoratini namoyon qiluvchi asosiy vosita hisoblanadi.
5. O'z ustida ishlash - jismoniy, ma'naviy, intellektual jihatdan o'z-o'zini rivojlantirib borishi. Pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan oladigan bo'lsak, keng ma'noda muammoni hal etish uchun zarur bo'lgan harakat va bilimlarni ko'rsatish, topish qobiliyatidir.
O'qituvchining bilimi, pedagogik mahorati, qizg'in mehnati barkamol avlodni tarbiyalashga, ularda tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, tadbirkorlik hislatlarini va ma'naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyatdagi global o'zgarishlar, texnik va texnologik taraqqiyot, dunyoviy fanlardagi o'zgarishlar va yangiliklar uning sharafli mehnatiga ta'sir qiladi. Ta'lim jarayoni o'qituvchi ijodiy qobiliyatini namoyish etuvchi sahnadir.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Yuqorida ta'kidlab o'tilgan o'qituvchilik mahorati hech qachon bir yo'nalishda qotib qolmasligi kerak. O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati jamiyatda fan olamida ro'y berayotgan yangiliklar va hodisalar bilan doimo chambarchas bog'langan holda shakllanib borishi lozim. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy - siyosiy o'zgarishlar ta'lim sohasida o'qituvchi oldiga yuksak vazifalarni qo'yar ekan, zamonaviy ta'lim o'qituvchidan quyidagi vazifalarni e'tiborga olishni talab qiladi:
- o'z mutaxassisligi bo'yicha eng so'nggi bilimlardan xabardor bo'lib borish, ta'limni pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanib amaldagi o'quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;
- ta'limda o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini e'tiborga olib o'z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;
- o'quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o'zlashtirilishiga sharoit yaratish;
- ta'limni tarbiyaviy jarayon bilan o'zaro aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish;
- internet va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so'nggi yutuqlaridan xabardor bo'lib borish;
- ta'limda o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalari, fikrlash va faoliyat turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o'rganib borish.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, pedagogik mahoratga ega bo'lish, o'qituvchi uchun ta'lim-tarbiya samaradorligini ta'minlovchi zamin bo'libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro'-e'tiborini ham oshiradi, o'quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Barkamol inson va yetuk malakali mutaxassis maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida shakllanar ekan, ushbu jarayonda o'qituvchilarning o'rni beqiyosdir. O'qituvchi kelajak avlod ta'lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo'lib, nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk o'qituvchi sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur.
References:
1. O'zbekiston Respublikasining 'Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod -O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: Sharq, 1997.
2. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T. Sharq, 1997.
3. Omonov H.T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: Iqtisod-moliya, 2009.
4. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU 2005 .
5. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. - T. : Iqtisod-moliya, 2011.
6. S.Mavlanova Adabiy ta'limda kelajak o'qituvchisi konsepsiyasi. International scientific journal " Interpretation and research" 2023.