Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO’LAJAK TARBIYACHILARINI UMUMMADANIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MAHORATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO’LAJAK TARBIYACHILARINI UMUMMADANIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MAHORATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog / tarbiyachi / kompetensiya / pedagogik mahorat / kasbiy kompetensiya / pedagogik qobiliyat / pedagogik texnika.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shokirjonova Zuhraxon Murodjon Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak tarbiyachilarini umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik mahorati hamda uning asosiy tarkibiy qismlari haqida ham so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO’LAJAK TARBIYACHILARINI UMUMMADANIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MAHORATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI BO'LAJAK TARBIYACHILARINI UMUMMADANIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK

MAHORATI Shokirjonova Zuhraxon Murodjon qizi

Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11047801

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta 'lim tashkilotlari bo 'lajak tarbiyachilarini umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik mahorati hamda uning asosiy tarkibiy qismlari haqida ham so 'z boradi.

Kalit so'zilar: pedagog, tarbiyachi, kompetensiya, pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiya, pedagogik qobiliyat, pedagogik texnika.

Kirish.

Hozirgi kunda "pedagogik mahorat" da erishilgan eng so'nggi yutuqlar nuqtai nazaridan yondashganda, o'qituvchilik kasbi - hamisha navqiron kasb sifatida e'zozlanib kelinmoqda. Shuning uchun ushbu kasbiy faoliyatning ilmiy - nazariy va amaliy-metodik asoslari yildan yilga o'z xususiyatlarini boyitib bormoqda. Darslarda "pedagogik mahorat''ning nazariy va metodologik asoslariga, mazmuni, funksiyasi, tarkibiy qismlariga, ularning vazifalariga jiddiy e'tibor berilgan. Shu bilan birga, o'quv-tarbiyaviy jarayonni boshqanshda o'qituvchilar va tarbiyachilarning o'z kasbiga milliy, ma'naviy jihatdan munosabati qanday bo'lishi kerakligi yoritilgan.

Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarga hamda pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan talabalarga kasbiy pedagogik mahoratni egallash hamda uni uzluksiz takomillashtirib borish to'g'risida har tomonlama mukammal tavsiyalar berish lozim.

Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo'lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar o'qitish shakllarida foydalaniladigan o'qitish qonuniyatlarini, prinsiplarini ijodiy qo'llashda, ilmiy-bilimlarga doir g'oyalar, nazariyalar, qonuniyatlari amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism.

Pedagoglik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra individualdir. Har bir pedagogning hayotiy o'rni o'z ishining ustasi bo'lishi, usta (master) juda ilg'or, bilimdon yoki o'z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Pedagoglik mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. Pedagog eng avvalo, pedagogik jarayon qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim.

Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga ega.

Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.

Pedagogik mahorat kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. So'nggi yillardagi ilmiy yondashuvlar bu tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati holatga nisbatan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

quyidagicha xulosa qilishga imkon berdi: pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin ko'rinishi sifatida tushuniladi.

Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan kishi induvidualligini xarakterlaydi. Xo'sh, pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi ilmiy manbalarda pedagogik mahorat tushunchasiga nisbatan turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushuncha mohiyatining aniqroq ta'rifi "Pedagogik ensiklopediya"da berilgan ta'rif pedagogik mahorat mazmun-mohiyatini ancha to'g'ri yoritadi: "Tarbiya va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkonini ta'minlovchi san'at bo'lib, talabaga mehr qo'ygan va o'z kasbini sevgan, har bir pedagogning qiladigan ishi. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog bu yuksak daraja madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassisdir".

Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no-mohiyatini tahlil etadigin bo'lsak, ushbu ta'rifda pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo'ladi:

• Umumiy madaniyatning yuqori darajasi hamda bilimdonlik va aql-zakovatining yuksak ko'rsatkichi.

• O'zining o'qitayotgan faniga doir keng va bilim sohibi.

• Pedagogika, umumiy va pedagogik - psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ulardan o'qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish.

• O'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini egallangan bo'lishi.

Hozirgi zamon pedagogining shaxsi uchun eng muhim asos - bu insonparvarlik. Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bo'lgan shaxs. Hozirgi zamonda o'zi o'qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarga har kuni mashg'ulotlarni o'rgatib borish uchun o'zi muntazam o'qib, o'rganib, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak.

Demak, pedagog, pedagogik mahoratining asosiysi o'z ustida mustaqil o'qishidir. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, ana'nalarni joy-joyiga qo'yish, milliy qadiriyatlarni yanada rivojlantirish xususida buyuk burilishlar bo'lgani barchaga ayon. Davlatning buyuk kelajagi, albatta, yoshlarni chuqur bilim va pokiza odob-axloqli qalb egasi ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim.

Mahorat - bu yuqori va yuksalib boruvchi tarbiya va o'qitish san'atidan iborat. Pedagog o'z ishining ustasi, o'z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o'qitish va tarbiyalash metodikasini har tamonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo'lgan mutaxassisdir. Bo'lajak mutaxassislarning mahoratini oshirishda ma'ruza darslarining o'rni qanchalik zarur bo'lsa, seminar mashg'ulotlarining o'rni ham shunchalik muhimdir.

Pedagogik mahorat - bu tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o'z fanini chuqur va atroflicha bilishda, Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati psixologik va metodik tayyorgarlikda,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

yoshlarni o'rgatish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo'llarini izlabtopib, amaliy faoliyatda qo'llashida namoyon bo'ladi.

Pedagoglik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi pedagog bo'lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o'zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o'qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g'oyalar bayon etiladi, yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi.

Maktabgacha ta'lim hayoti kichik pedagogik jarayon bo'lib, juda xilma-xildir. Pedagogik jarayonda turli vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi. Shuning uchun bugungi kun tarbiyachisi:

• pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol;

• O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to'g'ri anglagan, e'tiqodli fuqaro;

• ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan;

• pedagoglik kasbini va bolalarni yaxshi ko'radigan, har bir bola ulg'ayib, yaxshi inson bo'lishiga chin ko'ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko'maklashadigan;

• erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo'lmog'i darkor. Davlatimiz xalq ta'limi sohasida o'rtaga qo'yayotgan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan

pedagogga bog'liq. Hozirgi kunda ta'lim-tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, pedagoglarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, mehnatsevar, erkin fikrli, ongli, barkamol inson qilib o'stirish pedagoglar zimmasiga yuklatilgan. Bu maqsad quyidagi vazifalarni yechish orqali hal etiladi:

- pedagogik mahoratning nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish;

- pedagogik mahoratning pedagogik texnika, pedagogik muloqot, pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat kabi tarkibiy qismlari haqidagi malakalarni yechish;

- pedagogik mahoratni mustaqil shakllantirish ko'nikmalarini hosil qilish;

- egallangan pedagogik-psixologik bilimlar asosida shaxsiy pedagogik mahoratni yaratish malakalarini hosil qilish.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi" mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. - T.: "O'zbekiston", 2017.

2. Sh.M Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: "O'zbekiston". - 2017.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. 2018 -yil, 28-dekabr.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707- sonli qarori. O'zbekiston

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017.y., 1-son, 11-modda, 35-son, 923-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018 y.

5. A.Xoliqov. Pedagogik mahorat. - Toshkent, 2010, -367 б.

6. Aзизходжаева Н.Н. Педагогические технологии и педагогическое мастерство. Издателско-полиграфический творческий дом им.Чулпана. Т.; 2005. -200 с.

7. Umumiy pedagogika Darslik 1-qism /O.Musurmanova va boshq. - Toshkent, Yoshlar nashriyot

8. file:///C:/Users/user/Downloads/5313-Article%20Text-13161-1-10-20220314%20(1).pdf 1. https://tsuull.uz/sites/default/files/tarbiyachining_kasbiy_kompeten._compressed.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.