Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATGA EGA BO’LISHINING MAZMUNI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATGA EGA BO’LISHINING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

815
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat talablari / pedagogik mahorat / yuksak darajadagi madaniyat / xalq pedagogikasi / milliy qadriyatlar / odob-ahloqli qalb egasi / g‘oyaviy xazinasi / kasbiy faoliyat. / social requirements / pedagogical skills / high level of culture / folk pedagogy / national values / moral heart / ideological treasure / professional activity

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Manzura Abduraxmonovna Norqoziyeva, Navbahor Shayzaqova

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik maxoratga ega bo’lishining mazmuni haqida so’z borgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the content of future teachers' pedagogical skills

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATGA EGA BO’LISHINING MAZMUNI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATGA EGA

BO'LISHINING MAZMUNI

Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik maxoratga ega bo'lishining mazmuni haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: jamiyat talablari, pedagogik mahorat, yuksak darajadagi madaniyat, xalq pedagogikasi, milliy qadriyatlar, odob-ahloqli qalb egasi, g'oyaviy xazinasi, kasbiy faoliyat.

This article discusses the content of future teachers' pedagogical skills. Keywords: social requirements, pedagogical skills, high level of culture, folk pedagogy, national values, moral heart, ideological treasure, professional activity.

Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bo'lgan shaxs. U juda ko'p narsani bilishi kerak. Hozirgi zamonda o'zi o'qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarni har kuni mashg'ulotlarni o'rgatib borish uchun o'zi muntazam o'qib, o'rganib, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak. Demak, pedagog, pedagogik mahoratining asosiysi o'z ustida mustaqil o'qishidir. O'zbekiston mustaqillika erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy ahloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar ana'nalarni joy-joyiga qo'yish milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida buyuk burilishlar bo'lgani barchaga ayon. Davlatning buyuk kelajagi, albatta, yoshlarni chuqur bilim va pokiza odob-ahloqli qalb egasi ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim. Pedagogik mahorat - tug'ma yoki nasldan-naslga o'tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Bu ko'p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy mehnat yotadi. Agar pedagogning kasbiy

Manzura Abduraxmonovna Norqo'ziyeva

Jizzax davlat pedagogika instuti o'qituvchisi

Navbahor Shayzaqova

Jizzax davlat pedagogika instuti talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

February, 2022

mahorat dasturiga amaliy qarasa, u holda birinchi o'ringa uning integral sifati -mahoratidan iborat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Pedagogika oliy ta'limida bo'lajak o'qituvchilarga xizmat ko'rsatuvchi xodimlar, moddiy bazaning elementlari va boshqa ko'plab vositalar yordamida ta'limga moslashtirish jarayoni amalga oshiriladi. Mukammal pedagogik sistemani Yan Amos Komenskiy yaratdi. U o'z davrining ilg'or g'oyalariga tayangan holda "hammaning hamma narsaga o'rgatish" to'g'risida da'vat bilan chiqdi. Uning "Buyuk didaktika" degan katta risolasi nazariy pedagogikaning ilk asarlaridan hisoblanadi. Pedagogikaning ilmiy asoslarini tuzishga J.J.Russo (1712-1858), (I.G.Pestolotsiy, A.Destervenrg, R.OUEN (17711-1858), A.N.Radi^ev (1749-1802), V.G.Belinskiy, A.Gersen, I.I.Pirogov, N.G.Chernishevskiy (1822-1899), N.D.Dobrolyubov ko'p yordam qildilar. Pedagogika nazariyasining rivojlanishiga K.D.Ushinskiy buyuk hissa qo'shdi. Uni rus pedagogikasining otasi deb atashadi. Har qanday fanning ajralib turishi va normal faoliyat ko'rsatishi uchun uning o'zida muqarrar shart bo'lib hisoblanadi.

NATIJALAR

Pedagogika ta'lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o'zgarib borishini o'rgatadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o'rtasidagi bog'lanishlarni ochib beradi. Shu asosda ta'lim tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo'llarini ko'rsatib beradi. Bugun mustaqillik davrida istiqlol g'oyalari ruhida qadimgi xalq an'anasini tiklash, ta'minlash tarbiyada boy rang-barang xalq pedagogikasidan foydalanish davri keldi. Zamonaviy tarbiya ishida o'zining mohiyatini yo'qotmagan xalq pedagogikasining g'oyaviy xazinasi va buyuk yutuqlari sifatida epos, ertak, lapar, maqol, tez aytish, topishmoq kabi janrlar mustaqillik davrida yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo'lishida o'zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. O'zini o'zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o'z amaliy harakatlari mohiyatining o'rganilishidir. O'zini o'zi tahlil qilish orqali pedagog o'zini o'zi ob'ektiv baholash imkoniyatiga ega bo'ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo'lishida ularning o'z-o'zini baholash malakalariga egaligi ham

muhimdir. O'zini o'zi baholash (O'O'B) - shaxsning o'z-o'zini

February, 2022

tahlil qilishi orqali o'ziga baho berishi. O'zini o'zi baholash sub'ekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o'ziga ob'ektiv baho berish, o'zidan qoniqishni ta'minlaydi. O'z-o'zini baholash shaxsning qobiliyatini o'z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O'z-o'zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi pedagogning ham o'zini o'zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi.

MUHOKAMA

Pedagoglik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra individualdir. Har bir pedagogning hayotiy o'rni o'z ishining ustasi bo'lishi, usta (master) juda ilg'or, bilimdon yoki o'z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Pedagoglik mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. Pedagog eng avvalo, pedagogik jarayon qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga ega . Mahorat - bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada usta bo'lish mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog'idagina go'zaldir. Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek,pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqorolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.

Pedagogik mahorat kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. So'nggi yillardagi ilmiy yondashuvlar bu holatga nisbatan quydagicha xulosa qilishga imkon berdi: pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin ko'rinishi sifatida tushuniladi.

Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko'p bo'lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari albatta ifodalanadi. Pedagoglik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi bo'lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o'zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o'qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g'oyalar bayon etiladi, yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Maktabgacha ta'lim hayoti kichik pedagogik jarayon bo'lib juda xilma -xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi.

XULOSA

February, 2022

REFERENCES

1. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

2. Axmedjanov M.M., Xo'jaev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat- Buxoro Davlat universiteti, 2014

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-

4. Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782

5. М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.

6. М.Усмонова .Педагогик жараён лойиxаси - машгулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлангич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил

7. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. Psychology and Education Journal, 58(2), 1339-1345

8. Norquziyeva, M. (2020). Булажак укитувчиларнинг касбга муносабатини узгартириш-касбий баркарорликни таъминлаш гарови. Архив Научных Публикаций JSPI.

9. Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

10. Content of developing the creative abilities of teachers of higher educational institutions . Xasanova Gulnoza Ilhomovna

11. Norquziyeva, M. (2021). Xalq og'zaki ijodi asosida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash: xalq og'zaki ijodi asosida o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash. Журнал дошкольного образования, 2(2). извлечено от https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/article/view/832

12. Выготский Л.С. Педагогическая психология. - М.: "Педагогика", 1999. -С. 321.

13. Абдурахманова Р.Б. Становление профессиональной направленности педагогов и психологов Автореф. дис. канд. психол. наук. -

Ташкент, 2005.-22 с.

225б

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.